Temiryo‘lchi yoshlar
3.22K subscribers
20.1K photos
1.34K videos
228 files
6.58K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
☎️Murojaat uchun: +998337694121
📝Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
#mehnat_kodeksi

📃
Mehnat kodeksining 117-moddasiga asosan, ish beruvchi ish bilan bog‘liq, shuningdek quyidagi hujjatlarni xodim arizasiga ko‘ra 3 ish kunida berishi shart❗️

🟢 ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish haqidagi buyruqlar ko‘chirma nusxalari;

🟢
mehnat daftarchasidan yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma;

🟢 ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

🟢 hisoblangan hamda xodim tomonidan haqiqatan to‘langan soliqlar va yig‘imlar haqidagi ma’lumot;

🟢 ish beruvchida ishlash davri to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar va boshqalar.

❗️Ushbu hujjatlarning ko‘chirma nusxalari tashkilot rahbarining yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi, shuningdek muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Ish bilan bog‘liq hujjatlar va ularning ko‘chirma nusxalari xodimga bepul beriladi.

🖇️Manba: (
https://lex.uz/docs/6257288#6260307)

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#mehnat_kodeksi

⚡️Ishga qabul qilinayotgan 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga dastlabki sinov belgilanmaydi

To'liq ma'lumotlar👇🏻

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#mehnat_kodeksi

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi:

(
https://lex.uz/docs/6257288#6260620)▫️ homilador ayol, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);

▫️ zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;

▫️ davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 3 oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

▫️tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

▫️o‘zi bilan 6 oygacha muddatga
mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;

▫️ 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;

▫️ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan
mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar;

▫️ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar;

▫️jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#mehnat_kodeksi

🧩Ma'lumot uchun: O'tkazilgan audiochat bo'yicha kelib
tushgan savolga javob

Talaba ishlashi mumkinmi? Eng ko‘p berilayotgan
12 savolga 12 javob


Batafsil👇🏻

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube