Temiryo‘lchi yoshlar
2.52K subscribers
19.3K photos
1.26K videos
224 files
6.22K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
Forwarded from Temiryo‘lchi yoshlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

🎗Temiryo‘lchi yoshlar tomonidan har bir soxaga aloqador videoroliklar tanloviga start beramiz!

📝Mavzular:

🟣Harakat xavfsizligi
🟣Qurilmalarni ta'mirlashdagi texnalogik jarayonlar
🟣Nosozliklarni bartaraf qilish jarayonlari


📌Ushbu yo'nalishlarda videoroliklar tayyorlash talab etiladi

⚡️Tanlov g'oliblari “O'zbekiston temir yo’llari” AJ Yetakchilar Kengashi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Muddat: 20-yanvardan 20-martgacha

📱Murojaat uchun: @temiryulchiyoshlar1

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Temiryo‘lchi yoshlar
#tanlov_boyicha

🎗Videoroliklar tanlovi bo'yicha tayyorlanadigan videoroliklarni tayyorlashda e'tibor berilishi kerak bo'lgan jihatlar!


Batafsil: pastda👇🏻

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Temiryo‘lchi yoshlar
#eslatma

01.01.2024 yildan oldin hech qaysi ijtimoiy tarmoqda yoritilmagan bo’lishi kerak!

1. Yuqori tezlikda harakatlanish temir yoʻl uchastkasida barcha turdagi poyezdlar harakat xavfsizligiga taxdid soluvchi omillarni oldini olish toʻgʻrisidagi №111-N sonli yoʻriqnoma asosida
2. Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi harakatlanish davomida fuqarolar tomonidan poyezd oldidan temir yoʻl izlarini kesib oʻtish holatlari
3. Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdini oʻtkazish toʻgʻrisidagi №594-N sonli yoʻriqnoma talablarini buzilish holatlari
4. Poyezdlar va avtomobillar toʻqnashuvini oldini olish choralari
5. Poyezdlar yoʻlida odamlarning notoʻgʻri kesib oʻtish va boshqa xavfli choralar natijasida poyezd va odamlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan choralar
6. Harakat xavfsizligining buzilish xolatlarini bartaraf qilishda aniqlik va tezkorlik choralari
7. Poyezdlarni xavfsiz o'tkazish tartiblari
8. Poyezdlarni texnalogik jarayonlarga muvofiq yuborish va qabul qilish
9. Poyezdlarni to'g'ri taʼmirlash jarayonlari
10. Vagonlarni texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi
11. Aloqa, elektr taʼminoti, yuk ortish va tushurish, vagonlarga xizmat ko'rsatish, lokomotivlar va boshqa harakat xavfsizligiga aloqador qurilmalarni soz saqlash, nosozliklarini bartaraf qilishda aniq va tez ishlar tartiblari
12. Avariya holatlarida birinchi yordam berish tartibi
13. Avariya holatlarida yuqori turuvchi tashkilotlarga maʼlumot berish tartibi
14. Poyezdlarning temir yoʻl izidan chiqishdagi asosiy sabablari
15. Vagonlarni yuk ortish va tushurishdagi qoidalarga rioya qilinishi tartibi


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#suhbat

📌2024-yil 7-fevral kuni "Samarqand aloqa va ishorat masofasi korxonasi" da “Buxoro mintaqaviy temir yoʼl uzeli” unitar  korxonasi boshligʼi v.b А.Sh.Bozorovning uzel hududida joylashgan barcha temir yoʼl korxonalarida 2024 yil “Yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirish” yuzasidan fevral oyi uchun tasdiqlangan oylik dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand viloyati transportda XTB XPG inspektori leytinant R.Sultonov, BMTU UK Yoshlar ittifoqi yetakchilar Kengashi Samarqand hududi boʼyicha koordinotori B.Nazarov, Boshlagʼich tashkilot yoshlar yetakchisi F.M.Xaydarovlar tomonidan  “Mahdudlik yoki gedonizm, balosi”, “Ommaviy madaniyat terrorizm va diniy ekstrimizm-davr muammosi , global xavf-xatarlar” mavzusida  ishchi xodimlar,  yoshlar va amaliyot o‘tayotgan o‘quvchilar bilan profilaktik davra suhbati tashkil qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#profilaktika

📌Buxoro transport prokurori tergovchisi M.Arashev, Buxoro viloyati Transportda XTB XPB boshlig‘i podpolkovnik R.I.Xusenov, Buxoro viloyati Transportda XTB XPB katta inspektori M.Mo‘minov, "Buxoro MTU" filiali Hududiy yetakchilar Kengashi raisi o‘rinbosari Sh.Sh.Dilovlar bilan birgalikda, Temir yo'llar atrofida hamda kesishmalarda xavfsiz xarakatlanish boʻyicha Kogon tuman "Niyozhoji" MFY hududida joylashgan 6-sonli maktab o'quvchilariga tegishli tartibda koʻrsatmalar berib o‘tildi. Bundan tashqari, Aholidan temir yo'l atrofida xushyorlikni oshirishlari, farzandlariga tushuntirish berishlari so'raldi. Temir yo'l kesishmasidan belgilangan joylardan o'tish vaqtida xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilish kerakligi, temir yo'l yaqinida chorva mollari boqmaslik kerakligi, yuk va yo'lovchi poyezdlar harakatiga xavf soluvchi har qanday harakat jinoyat ekanligi, inson hayoti uchun xavfli ekanligi batafsil tushuntirildi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#tadbir

📌2024 yilning 7-fevral kuni “Termiz MTU” Ukda KUHQ raisi G.B.Daminov, Xodimlar bo‘limi boshlig‘i O.To‘rayev, yetakchilar Kengashi B.Najmiddinov, huquqshunos N.Ganiyevlar va Termiz davlat pedagogika instituti mutaxassislari ishtirokida quyidagi:
1. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 22.12.2023 yildagi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi ma’ruzalari mazmun-mohiyati;
2. Vatanparvarlik - ulug‘ fazilat mavzusida;
3. “2024-yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” mazmun-mohiyati;
4. “Tashqi koʻrinish, kiyinish madaniyati, ichki tartib qoidalarga mehnat intizomiga amal qilish va ommaviy madaniyat global xavf-xatarlar” mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi:
Tadbirda uzel tarkibidagi korxona va tashkilotlarda ishlovchi ishchi Xodimlar ishtirok etdi. Mutaxassislar tomonidan yuqoridagi mavzularda keng tushunchalar berildi.

🖇Manba:
https://t.me/TERMIZ_MTU

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#profilaktika

📌“Termiz MTU” UKda temir yo‘l izlariga yaqin joylashgan maktablarda Xavfsiz hudud profilaktik tadbirini tashkil etish maqsadida Termiz temir yo‘l masofa korxonasi masʼul xodimlari va Transportda XTB xodimlari bilan hamkorlikda Jarqo‘rg‘on tumani «Gulxovuz» MYYda va Jarqo‘rg‘on-Baktriya peregonidagi 4486 km 6 pkda joylashgan qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida “DIQQAT TEMIR YO‘L” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda mahalliy aholi vakillariga temir yo‘lda baxtsiz hodisalar to‘g‘risida keng tushunchalar berilib, temir yo‘llarni belgilanmagan joylaridan kesib o‘tmaslik to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi, haydovchilarga temir yo‘l kesishmalaridan harakatlanganda “Temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish” qoidalariga qatʼiy rioya etishlari tushuntirib o‘tildi


🖇Manba: https://t.me/termizmtu_yoshlari

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#tadbir

📌"Termiz MTU" UK Hududiy kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi G‘.B.Daminov va Hududiy yetakchilar Kengashi raisi B.J.Najmiddinovlar Qumqo‘rg‘on stansiyasida barcha korxona va tashkilotlar stansiyalardan ishchi xodimlar ishtirokida Vatanparvarlik - ulug‘ fazilat mavzusida va ichki mehnat tartib qoidalari, kiyinish madaniyati va ichki intizom mavzularida yig‘ilish tashkil etildi. Shundan so‘ng Qumqurg‘on stansiyasi hududida yangi qurilayotgan TO-2 sexida ishlayotgan ishchi xodimlar bilan uchrashib davra suhbati tashkil etildi.


🖇Manba:
https://t.me/TERMIZ_MTU

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bugun, 9-fevral buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Navoiy butun ijodi davomida turli janr va yoʻnalishlarda salmoqli ijod qilgan. Nasrda ham, nazmda ham yetuk asarlar yaratgan. Nasrda Navoiy asosan ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taʼlimiy va ilmiy-falsafiy, iqtisodiy yoʻnalishlarda qalam tebratgan.

Mir Alisher Navoiy butun umrini nafaqat ijodga, balki xalq farovonligi yo'lida bunyodkorlik hamda ezgulik va xayr-saxovat ishlariga bag'ishlagan. Barchamizga yaxshi ayonki, Navoiy o'z davrida zamondosh shoirlar, olimlar va san'at ahlining moddiy va ma'naviy ko'makchisi, san'at va adabiyotning haqiqiy homiysi bo'lgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#tadbir

📌Termiz lokomotiv deposi yoshlar etakchisi Z.N.Salimov Termiz lokomotiv deposi ta`mirlash chilagarlari ishtirokida Vatanparvarlik - ulug‘ fazilat mavzusida va ichki mehnat tartib qoidalari, kiyinish madaniyati va ichki intizom mavzularida yig‘ilish tashkil etildi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#chellenj

📌"O'zbekiston temir yo'llari" AJ Yo'l xo'jaligi boshqarmasiga qarashli 203-Tajriba yo'l mashina stansiyasida "9-fevral g‘azal mulking sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi” munosabati bilan chellendj tadbiri o'tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube