Temiryo‘lchi yoshlar
3.23K subscribers
20K photos
1.33K videos
228 files
6.55K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
☎️Murojaat uchun: +998337694121
📝Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
Forwarded from e-gov.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз 2026 йилда Халқаро информатика олимпиадаси илк бор мамлакатимизда ўтказилишини маълум қилди.

Шу муносабат билан мутасаддиларга “мактаб – туман – вилоят – республика” босқичида танловлар ўтказиб, 5-8 синф ўқувчилари орасидан энг салоҳиятли 100 нафарини танлаб олиш топширилди.

IT яхши ривожланган давлатлардан малакали экспертлар жалб қилинган ҳолда ўқувчилар бўлажак халқаро олимпиадага чуқур тайёрланади.

Facebook|Instagram|Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Кун тартибидаги иккинчи масала - вазирлик ва тармоқларни рақамлаштириш муҳокама қилинди.

Тармоқ раҳбарларига фақат ва фақат рақамлаштириш орқали таннархни тушириш мумкинлиги кўрсатиб ўтилди.

Масалан, Бухородаги “Жанубий Кемачи” конини рақамлаштириш ҳисобига, йўқотиш 3 фоизга камайиб, йилига 28 миллион куб метр қўшимча газ олинаяпти.

Шу муносабат билан “Ўзбекнефтгаз” АЖга қудуқларни рақамлаштиришни тўлиқ якунлашга кўрсатма берилди.

Барча тармоқларда ҳам рақамлаштириш суръати бир хил эмаслиги қайд этилди.

Масалан, “Ўзбеккосмос” республика бўйича 2 мингдан зиёд ноқонуний қазишларни аниқлаган бўлсада, ҳокимлик ва масъул идоралар тайёр рақамли маълумот асосида амалий чора кўрмаган.

Ёки, алкоголь ишлаб чиқарувчи 59 та корхонанинг 42 тасида маҳсулот ҳажмини онлайн ўлчаш тизими ишламаяпти. Оқибатда, акциз солиғи йиғилувчанлиги талаб даражасида бўлмаяпти.

Шу каби, иссиқ сувни қозонхонадан аҳоли хонадонларига етказиб беришда аниқ ҳисоб-китоб бўлмагани учун нореал қарздорлик билан боғлиқ муаммолар мавжуд.

Facebook|Instagram|Twitter
Барча тармоқлар ва улар тизимидаги компаниялар раҳбарларига келгуси йилда рақамлаштириш ҳисобига таннархни камида 10-15 фоизга камайтириш бўйича кўрсатма берилди.

Хорижий консультантларни жалб қилиб, коммунал соҳада рақамли назорат тизимини ишга тушириш муҳимлиги қайд этилди.

Келгуси йилда авиа, темир йўл, автобус, метронинг ҳаракатланиш йўналишлари ва графиги тўғрисида
ягона тизимда онлайн ахборот олиш имконини яратиш топширилди.

Facebook|Instagram|Twitter
Авиа, темир йўл, автобус, метронинг ҳаракатланиш йўналишлари ва графиги тўғрисида ягона тизимда онлайн ахборот олиш имконини яратиш топширилди

Авиа, темир йўл, автобус, метронинг ҳаракатланиш йўналишлари ва графиги тўғрисида ягона тизимда онлайн ахборот олиш имконини яратиш топширилди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/550148

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#kun_tarixi

🛰 1979-yil 21-dekabrda Ariane kosmik kemasi uchirilgan

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Yoshingiz nechada
Anonymous Poll
25%
18-25 yosh
74%
25-45 yosh
1%
45-60 yosh
#qoida

Xizmat kiyimini kiyish qoidasi!!!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Temiryo‘lchi gazetasining 50-soni.pdf
8.7 MB
#gazeta

2023-yil 21-dekabrdagi “Temiryoʻlchi” gazetasining 50-soni


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bilasizmi

☑️ Yo'lovchi o'zi bilan birga yo'lovchi tashish poezdida yo'l haqi to'lamasdan 5 yoshgacha (jo'nash vaqtiga yoshi to'lgani ham) bitta bolani alohida joy berilmasdan olib yurish huquqiga ega. 5 yoshgacha bolaga chipta rasmiylashtirish yo'l haqi to'lamasdan ota-onalar birining chiptasiga asosan amalga oshiriladi.

❗️ Yo'lovchi bilan bittadan ortiq 5 yoshgacha bolalar ketayotgan bo'lsa, ulardan biri yo'l haqi to'lanmasdan, qolganlari – tarif qiymatidan 50 foiz chegirma bilan alohida joy taqdim qilinib tashiladi.

▶️ 5 yoshdan 10 yoshgacha bolalarga ham tarif qiymatidan 50 foiz chegirma bilan alohida joy beriladi.

📌 10 yoshdan oshgan bolalar uchun chiptalar kattalar sifatida sotib olinadi.

Manba: https://t.me/huquqiyaxborot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#mehnat_kodeksi

⚡️Ishga qabul qilinayotgan 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga dastlabki sinov belgilanmaydi

To'liq ma'lumotlar👇🏻

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#mehnat_kodeksi

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi:

(
https://lex.uz/docs/6257288#6260620)▫️ homilador ayol, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);

▫️ zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;

▫️ davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 3 oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

▫️tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

▫️o‘zi bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;

▫️ 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;

▫️ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar;

▫️ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar;

▫️jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#profilaktik_tadbir

🔹 Qarshi aloqa va ishorat muassasasi majlislar zalida korxona Bosh muhandisi Bozorov.B.X yoshlar yetakchisi Xolmuratov.M tomonidan profilaktik targʻibod tadbiri tashkil etildi. Tadbirga Qashqadaryo viloyati Transporti XTB xodimi Umirov.X, Tergov boʻlimi boshlig'i Amirov.Q, Profilaktika inspektori kapitan M.Razzoqovlar taklif etildi. Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad korxonada faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlar va yoshlarni,  korrupsiya  illatlari,  uning tarixiy ildizlari haqida hamda Diniy ekstremizm – jamiyat uchun anʼanaviy boʻlgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid boʻlgan gʻoyalarni aldov va zoʻrlik bilan targʻib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatilishi haqida kerakli ma'lumotlar berib o'tildi. Tadbir davomida ishchi xodimlar o'zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Manba:
@qarshimtuyoshlar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#kun_tarixi

1937-yil 22-dekabrda Linkoln tunneli transport harakati uchun ochilgan


🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube