Temiryo‘lchi yoshlar
2.53K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
224 files
6.22K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
Халқаро конгресс марказида 8 март – Халқаро хотин-қизлар кунига бағишланган байрам тадбири бўлиб ўтди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев аёлларни самимий табриклаб, уларга юксак эҳтиромини билдирди.
Тадбирда фахрий унвон, орден ва медаллар билан тақдирланган бир гуруҳ хотин-қизларга ҳамда Зулфия номидаги Давлат мукофотига муносиб топилганларга ушбу мукофотлар тантанали равишда топширилди.

В Международном конгресс-центре состоялось праздничное мероприятие в честь 8 марта – Международного женского дня.
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев сердечно поздравил женщин и выразил им свое глубокое почтение.
Состоялось торжественное вручение наград группе женщин, удостоенных почетных званий, орденов и медалей, а также лауреаткам Государственной премии имени Зульфии.

#Mirziyoyev #marosim #8mart #taqdirlash

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#LIVE

Ayni damda Qarshi Temiryo'lchilar madaniyat saroyida ZAKOVAT intellektual o'yiniga start berildi.

#temiryòlchiyoshlar
#qarshimtuyoshlar
#zakovatintellektualòyini

https://t.me/TemiryulchiYoshlar
8 - mart xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Temiryo'lchilar madaniyat saroyida "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" UK tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o'rtasida Zkovat intellektual o'yini tashkillashtirildi.

https://t.me/TemiryulchiYoshlar
🌸 Aziz va mehri daryo onajon-u buvijonlar, go‘zal va nafosatli opa-singillar, maftunkor va oqila qizlar!

Barchangizni 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaymiz! Sizga, oila a’zolaringiz, yaqinlaringizga mustahkam sog‘liq, olam-olam baxt tilaymiz!

💐 Bugun ayollar, qizlarga berilayotgan imkoniyatlarning soni tobora oshib bormoqda, buyuk va ezgu maqsadlaringizda muvaffaqiyat hamroh bo‘lsin! Zero yurtimiz, jamiyatimiz taraqqiyoti, farovonligimiz, xonadonlardagi fayz-baraka va xotirjamlik beshigini tebratuvchilar - sizdirsiz!

🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin! Sizni yolg‘iz 8-mart kuni emas, yil davomida e’zozlaymiz!

🇺🇿 Cheksiz hurmat va sof tilaklar bilan,
Yetakchilar Kengashi jamoasi!

#temiryolchiyoshlardan

👉https://t.me/TemiryulchiYoshlar
Forwarded from Alisher Sadullaev
Bugun, 9-mart kuni soat 21:00 da vazirlik, idora, tashkilotlar, korxona va muassasalar kesimida “Zakovat” intellektual oʻyinini qanday tartibda tashkil etilishi yuzasidan ovozli suhbat oʻtkazamiz.

Unda vazirlik, idora, tashkilotlar, korxonalarning xodimlari va yoshlar yetakchilari qatnashadilar. Ishtirok etish uchun: https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
"Qamchiq" dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgani munosabati bilan yo‘lda qolib ketgan yo‘lovchilarga maxsus reys orqali poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Ayni vaqtda viloyat Hokimligi, FVB, “Qamchiq” MQYoQB, IIBB, Milliy gvardiya, Tibbiyot boshqarmalari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamkorligida Toshkent viloyatining Ohangaron, Angren, va Orzu vokzali orqali qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi qo‘yilib, vokzallardan aholini manzilga yetkazish ishlari tashkillashtirilmoqda.

Hurmatli fuqarolar!
“Qamchiq” dovonida ob-havo barqaror bo‘lmaguniga qadar dovon orqali vaqtinchalik harakatlanmaslikni tavsiya etamiz.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Yo‘lovchilarga e'lon va eslatma!

Yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan, yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, joriy yil 19–26-mart kunlari Toshkent – Samarqand – Toshkent yo’nalishi bo’yicha qo'shimcha yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" poyezdi qo’yiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-35-sonli Farmoniga muvofiq mamlakatimizda ichki yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari 2021 yilning 31 dekabr - 2022 yil 4 yanvar, 2022 yil 21-23 mart va 2022 yil 1-2 sentyabr kunlarida quyidagi tarif qismidan kiritilgan bayram chegirmalar mavjud:

- Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning tarif qismidan – 50%;

- Oliy o‘quv yurtlarining talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus ta'lim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan – 15%;

- Oilaviy bo‘lib poyezdga chiqsa (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) chiptaning tarif qismidan – 15%;

- Bir jamoa, guruh bo‘lib poyezdga chiqsa (4 kishidan ortiq - yo‘riqnoma asosida) chiptaning tarif qismidan – 15%;

- "Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga chiptaning tarif qismidan - 10%.

IZOH: Imtiyozli bo‘lgan chiptalarni faqat temiryo‘l kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.

Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami,
joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|