Temiryo‘lchi yoshlar
3.23K subscribers
20.1K photos
1.33K videos
228 files
6.56K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
☎️Murojaat uchun: +998337694121
📝Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
#kalendar

🗓️30 yillik Ramazon kalendari.

📌2030-yilda Yangi yil Ramazonga toʻgʻri kelar ekan, 33 yildan keyin bugungi kunga qaytib kelishi prognoz qilinmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#malumot

🚉Vagon davlat kodlari

20 rossiya RJD
21 Belarus BCH
22 UKRAINA UZ
23 MOLDAVA CHFM
24 LITVA LG
25 LATVIYA LDZ
26 ESTONIYA EVR
27 KAZAXSTAN KZX
28 GRUZIYA GR
29 UZBEKISTAN UTY
57 AZARBAYDJAN AZ
58 ARMENIYA ARM
59 KIRGIZIYA KRG
66 TADJIKISTAN TJD
67 TURKMENIYA TRK

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#hashar

📌Oʻzbekistonda 16-18-mart kunlari umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi
Bosh vazir farmoyishiga koʻra, respublikada “Navruz” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish, sogʻlom turmush tarzi hamda sanitariya-gigiyenik madaniyatni targʻib qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2024-yil 16-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla - yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi.

🖇Batafsil:
https://uza.uz/posts/576993

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#memorandum

📌Yetakchilar Kengashi va Oʻzbekiston temiryoʻlchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Yoshlar birlashmasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumi imzolandi.

🎯Batafsil🤏🏻

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xotin_qizlar_huquqi

Qonunchilikka ko'ra, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o'zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o'zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e'tirof etilganda ayollar 53 yoshga to'lganda va ish staji kamida 20 yil bo'lganda pensiya olish huquqiga ega bo'ladi.

🖇️Manba: huquqiyaxborot_lotin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#onlayn_zakovat
#_5_savol
#diqqat_savol

Onlayn zakovat viktorinasining 5-savoli.
Qadimiy obidalardan birida tayyorlangan videoda aytilishicha, eski qadamjolar va masjidlarda U bor bo’lishi odatiy hol edi. Ba’zi eski masjidlardagi ULAR yo’q qilingach binolar zax bosib, nurab ketgan ekan.

⁉️🧮Diqqat savol: Biz savol matnida bir necha bor tashlab ketgan narsaning nomini yozib bering.

Javobni  https://t.me/temiryolchiyoshlarbot ga yozing.

Savol yo‘llangandan so‘ng 60 daqiqa ichida berilgan 1-to‘g‘ri javob hisobga olinadi.

Viktorinani o‘tkazish Nizomi bilan batafsil tanishib chiqish.
Nizom

🎯Savol yo’llash tartibi bilan batafsil tanishib chiqish.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#uchrashuv

📌"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Boshqaruv raisi o‘rinbosari J. Z. Yusupovning joriy yil 5-martdagi 70-NZ sonli buyrug‘i ijrosi bo‘yicha yetakchilar Kengashi raisi v.b R.N.Eshanqulov tomonidan
Buxoro MTUning Samarqand hududida joylashgan Samarqand aloqa va signallashtirish korxonasi,  Samarqand elektr ta
minoti distansiyasi va Maroqand bekatidagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv davomida yoshlarga sohada amalga oshirilayotgan loyihalar, tanlovlar bo‘yicha batafsil ma'lumot berildi.
Shu bilan birga ularning sohaga oid takliflari,  muammolari  ham tegishli mutaxassislar bilan bartaraf qilish uchun nazoratga olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#uchrashuv

📌"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Boshqaruv raisi o‘rinbosari J. Z. Yusupovning joriy yil 5-martdagi 70-NZ sonli buyrug‘i ijrosi bo‘yicha  yetakchilar Kengashi raisi v.b. R.N.Eshanqulov tomonidan
Samarqand hududida joylashgan  "O'zbekiston lokomotiv deposi" ning Samarqand filiali yoshlari bilan ham uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv davomida yoshlarni qiynab kelayotgan muammo va takliflari o'rganildi.
Ularga sohada amalga oshirilayotgan loyihalar, tanlovlar bo‘yicha batafsil malumot berildi.
Ularning taklif va muammolari nazoratga olindi.
Yoshlarning sport musobaqalari, Lokomotiv sohasidagi eng faol yosh mutaxassis tanlovi va boshqa ko‘plab takliflari yuzasidan ishlar rejalashtirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Online_zakovat
#_5_savolga_javob
#JAVOB

❗️Online zakovat viktorinamizning 13-mart kuni e'lon qilingan 5-savoliga belgilangan nizomga asosan 60 daqiqa vaqt ichida Samarqand temir yo`l texnikumi o’qituvchisi Islomov Jamshid G`iyos o`g`li birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘lladi. 👏👏👏

To'g'ri javob: Tut daraxti.
Izoh. Tut ildizi namlikni o`ziga tortib turadi va atrofidagi binolarning zax bosib qolishining oldini oladi.

📎To‘g‘i javob yo‘llagan barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!!!

Viktorinani o‘tkazish Nizomi bilan batafsil tanishib chiqish.
🎯Savol yo’llash tartibi bilan batafsil tanishib chiqish.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Temiryo‘lchi gazetasining 11-son+.pdf
4.4 MB
#gazeta

📌2024 yil 14 martdagi “Temiryoʻlchi” gazetasining 11-soni.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Сирдарёда

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#yangilik

📌ATTO transport kartasining virtual versiyasidan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda

💳Jamoat transportidan foydalanish uchun moʻljallangan ATTO kompaniyasining trasport kartalarining virtual versiyasidan foydalanuvchi yoʻlovchilar soni keskin ortgan.

Bunga sabab sifatida virtual kartaning nisbatan qulayligi koʻrsatilmoqda. Jumladan, virtual kartalarni ochish bepul, kartadan cheklanmagan muddatda foydalanish mumkin, kartada almashish tariflari ham mavjud. Shuningdek virtual kartada oddiy kartada bor barcha imtiyozlar mavjud.
Virtual kartani ochish uchun:
— ATTO mobil ilovasini yuklab oling
— Bepul virtual transport kartasini yarating
— QR toʻlov boʻlimida kerakli transport turini (avtobus yoki metro) tanlang
— Avtobuslarda toʻlash uchun validatorlarda QR kodni skanerlashingiz / Metroda toʻlash uchun esa metro stansiyasini belgilashingiz va QR kodni skanerlash orqali virtual karta yordamida toʻlovni tez va oson amalga oshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#farmon

❗️Prezident farmoniga koʻra:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimlari oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari quyidagicha baholanadi:

▪️ har bir samaradorlik koʻrsatkichiga belgilanadigan salmoq oʻlchovi yigʻindisidan kelib chiqib, samaradorlik koʻrsatkichlari ular bajarilishi:

70 foizdan kam boʻlganda — “qoniqarsiz”;
70 dan 85 foizgacha — “qoniqarli”;
85 dan 100 foizgacha — “yaxshi”;
100 foiz va undan yuqoriga — “aʼlo” deb baholanadi.

▪️Samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot platformaga oʻz vaqtida va sifatli kiritilishi hamda tasdiqlanishi tanlanma tartibda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan monitoring qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
❗️Samaradorlik koʻrsatkichi “qoniqarsiz” boʻlgan rahbarlar va ularning oʻrinbosarlari egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi koʻrib chiqiladi.

Prezident farmoniga koʻra:

Samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilishida rahbarlarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish maqsadida:

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish toʻlovlari miqdori ularning samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash natijalaridan kelib chiqib belgilanadi;

chorak yakuni boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish natijalari “qoniqarsiz” deb baholangan rahbarlar va ularning oʻrinbosarlariga ragʻbatlantirish toʻlovlari kelgusi uch oy uchun toʻxtatiladi va ularga nisbatan intizomiy taʼsir choralarini qoʻllash masalasi koʻrib chiqiladi, bundan Vazirlar Mahkamasi Rayosatida samaradorlik koʻrsatkichlari asoslantirilgan sabablarga koʻra bajarilmaganligi tasdiqlangan hollar mustasno;

yil yakuni boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish natijalari “qoniqarsiz” deb baholangan rahbarlar va ularning oʻrinbosarlariga nisbatan ularning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi koʻrib chiqiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
❗️Prezident farmoniga muvofiq, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi:

ikki oy muddatda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarining faoliyatini samaradorlik koʻrsatkichlari asosida platforma orqali baholash tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatini samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash ishlarini uslubiy jihatdan muvofiqlashtiradi, samaradorlik koʻrsatkichlari natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni Prezident Administratsiyasiga kiritib boradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
document.pdf
2 MB
#farmon

❗️Prezidentning “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni

🖇️Manba: @davletovuz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#onlayn_zakovat
#_6_savol
#diqqat_savol

Onlayn zakovat viktorinasining 6-savoli.
2020-yilda suratga olingan “Avloniy” filmida Abdulla Avloniyning 1919-yilda boshqa davlatga diplomatik sayohatga ketishi va keyinroq uyga qaytishi haqida hikoya qilinadi. Ushbu filmga Tohir Malikning “--------” nomli asari asos qilib olingan.

⁉️🧮Diqqat savol: “Avloniy” filmi uchun Tohir Malikning qaysi asari asos qilib olingan?

Javobni  https://t.me/temiryolchiyoshlarbot ga yozing.

Savol yo‘llangandan so‘ng 60 daqiqa ichida berilgan 1-to‘g‘ri javob hisobga olinadi.

Viktorinani o‘tkazish Nizomi bilan batafsil tanishib chiqish.
Nizom

🎯Savol yo’llash tartibi bilan batafsil tanishib chiqish.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#tabrik

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ, "Temiryo'linfratuzilma" AJ Bosh muhandisi va "O'zbekiston qahramoni" oltin yulduz medali sohibi Ummatov Erkin Raxmonovichning 15.03.2024 yil tug'ilgan kunlari bilan “O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashi jamosi tomonidan   tabriklab, ularga kelgusi ish faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz. 
Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissalari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Online_zakovat
#_6_savolga_javob
#JAVOB

❗️Online zakovat viktorinamizning 6-savoliga belgilangan nizomga asosan 60 daqiqa vaqt ichida "Toshkent MTU" UK hududiy yoshlar yetakchilar Kengashi koordinatori Namozova Nasiba birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘lladi. 👏👏👏

To'g'ri javob: Qaldirg’och.
Izoh. Avloniyning chetga ketib, keyin o’z uyiga qaytishi huddiki qaldirg’ochning chetga ketib, keyin o’z uyiga qaytishini eslatib yuboradi. Bu film uchun Tohir Malikning “Qaldirg’och” asari asos qilib olingan.

📎To‘g‘i javob yo‘llagan barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!!!

Navbatdagi savol dushanba kuni, soat 12-00 da e'lon qilinadi.