Temiryo‘lchi yoshlar
3.18K subscribers
19.6K photos
1.3K videos
226 files
6.37K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
☎️Murojaat uchun: +998337694121
📝Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
Musobaqa g‘oliblariga "Damas" atomabili topshirilishi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan “30 iyun – Yoshlar kuni” etib belgilangan. Ushbu sana yoshlar uchun keng imkoniyatlar mamlakati – Yangi O‘zbekistonda har yili keng shodiyonalar bilan nishonlanadi.

Termiz shahridagi “San’at saroyi” amfiteatrida bayram gala-konserti tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng “Yoshlar kuni” munosabati bilan viloyat hokimining kubogi uchun o‘tkazilgan futbol musobaqasining g‘olibiga mukofotlar topshirildi. Xususan viloyat boshqarma, tashkilot va muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK jamoasiga “Damas” avtomobili topshirildi.

Telegramm kanalimiz:
👉 @Termizmtu_yoshlari 👈
🔰RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI🔰

🔹 “Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli” unitar korxonasi boshligʻi M.X.Mirzayev ishtirokida MTU tasarrufidagi korxona, tashkilot va stansiyalarda faoliyat yuritayotgan temiryoʻlchi yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida oʻtgan yillarda turli yutuqlarga erishgan, iqtidorli va samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh faol yoshlar MTU rahbariyati tomonidan ragʻbatlantirildi.
Shuningdek, tadbir ochiq muloqot shaklida davom ettirilib, yoshlarning murojaat, muammo, gʻoya va takliflari eshitilib, ularning yechimi boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Tadbir yakunida yoshlarga yangi tashkil etilgan "Innovatsion markaz" faoliyati tanishtirildi.

🔹 #RAHBARVAYOSHLAR
🔹 #temiryolchiyoshlar
🔹 #qarshimtuyoshlar

|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|Site|