Temiryo‘lchi yoshlar
3.2K subscribers
19.6K photos
1.3K videos
226 files
6.37K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
☎️Murojaat uchun: +998337694121
📝Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
#ota_onalar_majlisi

Ota-onalar majlisi
Samarqand temir yo'l texnikumi YBIBDO‘ G.A.Raximova va "Tashishni tashkil etish" bo‘limi boshlig‘i R.B.Isomov bilan birgalikda dars jarayonlarida ota-onalar va ta‘lim muassasasi hamkorligini mustahkamlash va o‘quvchilarning sifatli ta‘lim olishlarini ta‘minlash maqsadida bo‘limning 511, 514, 514A va 514B-guruh o‘quvchilari uchun ota-onalar majlisi tashkil etildi.
Yig'ilishda o‘quvchilarining dars jarayonlaridagi davomati, darslarning o'zlashtirish darajasi, tartib-intizomi muhokama qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram | Instagram | Facebook
#Zakovat

📌 2023-yilning 31-may sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi YBIBDO‘ G.A.Raximova tashabbusi  bilan  yoshlar uslubchisi B.V.Suyunova Prezidentimizning 2022-yil 20-yanvardagi ""Zakovat" intellektual o'yinini aholi o'rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o'yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-96-sonli qarori va "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisi v.b X.N.Xasilovning 430-H sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida texnikum o‘quvchilari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o'yinining 3-mavsum yarim final o‘yinlarini tashkil etishdi. Bugungi o'yinda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan:
515, 515A, 517, 519-guruh jamoalari final yo‘llanmasi uchun bellashdi.
Murosasiz bahslarga boy kechgan o'yinda barcha jamoalar faollik ko'rsatib, savollarga yuqori aniqlikda javob yo'llashdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram | Instagram | Facebook
#Profilaktik_suhbat

👮‍♂️ 2023-yilning 1-iyun  sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi YBIBDO‘ G.A.Raximova tashabbusi bilan texnikumning 1-bosqich 516-guruh o‘quvchilari uchun "Terrorizm va diniy ekstremizm" mavzusida profilaktik suhbat tashkil etildi.
Tadbirda Samarqand viloyati TXTB xodimlari F.Mo‘minov, J.Norboyev va S.Pardayevlar ishtirok etishdi. Tadbirda mutaxassislar tomonidan o'quvchilarga muhokama qilinayotgan mavzu yuzasidan ma‘lumotlar berib borish asnosida, butun dunyoda dolzarb masalaga aylangan terrorizm, diniy aqidaparastlik va ekstremizm insoniyat boshiga ulkan fojialar olib kelayotganligi ta'kidlab o'tildi. Shuningdek, bugungi kunda dolzarb bo'lgan global muammolar xususida so'z yuritilib, ularning yechimi to‘g‘risida fikrlar eshitildi.
Tadbirda so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan aniq javoblar olishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram | Instagram | Facebook