Temiryo‘lchi yoshlar
3.2K subscribers
19.9K photos
1.32K videos
228 files
6.52K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
☎️Murojaat uchun: +998337694121
📝Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
Forwarded from Toshkent MTU Yoshlar
🔌💡🔌 ELEKTR TA'MINOTI SOHASIDA "ENG FAOL YOSH MUTAXASSIS"LAR SARALANMOQDA.... 📊

Bugun O‘zbekiston temir yo'llari" AJ raisining 244-N sonli buyrug‘i hamda Toshkent MTUning 29-sonli buyrug'ini ijrosini ta'minlash maqsadida elektr ta'minoti sohasida "Eng faol yosh mutaxassis"👨‍🏭👮‍♂️tanlovining saralash bosqichi XOVOS ELEKTR TA'MINOTI MASOFASIda o'tkazildi.

Tanlovda jami 8 nafar yosh ishchi-xodimlar ishtirok etdi. 1-shartda elektr ta'minoti sohasiga hamda ijtimoiy sohaga oid bo'lgan testlar olindi. 2-shartda og'zaki savol-javob orqali bilimlari sinaldi. Tanlov natijalariga ko'ra ECHK-12 Bekobod elektr tarmog'i bosh elektromexanigi Quvondiqov Tolibjon 1-o'rinni egallab Uzel miqyosida o'tkaziladigan navbatdagi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Tanlovda qatnashgan barcha yosh ishchi-xodimlar taqdirlanishdi.

👉👉 Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram I Facebook I
Forwarded from BUXORO MTU FILIALI AXBOROT XIZMATI (Umid Gaffarov)
#Xavfsiz_hudud

Buxoro mintaqaviy temir yo'l uzeli unitar korxonasi rahbari tomonidan imzolangan tegishli buyruqning ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 20 aprel sanasida Ziyovuddin temir yo'l masofasining xodimlari va yoshlar yetakchisi hamda IIB TXTB XPB inspektori katta leytenant B.Narziqulovlar tomonidan Samarqand viloyati Paxtachi tumani Mirza Salimiy MFY da joylashgan 14-umumta'lim maktabi oʻquvchilari bilan "Xavfsiz hudud" targʻibod ishlari olib borildi. Temir yo'l kesishmasidan o'tish vaqtida xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilish kerakligi va temir yo'l atrofida chorva mollarini boqmaslik kerakligi, tezyurar Afrosiyob poyezdi hamda yo'lovchi va yuk poyezdlar harakatiga xavf soluvchi har qanday harakat jinoyat ekanligi, inson hayoti uchun xavfli ekanligi tushuntirildi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
#uchrashuv #TDTU

🔹 “Termiz MTU” UK rahbariyati Transport universitetida 20-aprelda Surxondaryolik talabalar bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etdilar.

🔹 Uchrashuvda:
— “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK rahbari - Giyazov Farxod Saitqulovich;
—Xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘limi boshlig‘i - To‘rayev Otabek Xudoyberdiyevichlar so'zga chiqishdi.

🔹 Mutasaddi xodimlar uchrashuv davomida “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK asosiy faoliyati bilan tanishtirdi va kelajakdagi rejalari bo'yicha ma'lumot berish bilan bir qatorda yangi kadrlarga qo'yilayotgan talablar, universitet talabalarini amaliyotga jalb qilish va ishga qabul qilish masalalari bo'yicha ma'lumotlar berib o'tildi. Uchrashuv yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

🎁 Iqtidorli talabalar Termiz MTU tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Telegram kanalimiz:
👉@Termiz_MTU 👈
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter