Temiryo‘lchi yoshlar
3.24K subscribers
19.8K photos
1.31K videos
227 files
6.49K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
☎️Murojaat uchun: +998337694121
📝Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
📣📣📣Qo`qon temir yo`l texnikumiga O`zbekiston Respublikasi Tibbiy-Ijtimoiy Xizmatlar Rivojlantirish Agentligi Farg`ona viloyati tibbiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi Qo`qon "Muruvvat" nogironligi bo`lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyining "Mard o`g`lonlar xavaskorlik" teatr guruhi taklif qilindi. Tadbirda "Mard o`g`lonlar xavaskorlik" teatr guruhi yigitlari o`zlarini tayyorlab kelgan qiziqarli va ma`noli chiqishlari bilan o`quvchi yoshlarni qalbida mehr olovini yanada yondirdi. Inson qalbiga yo`l mehr-muruvvat va saxovatdan boshlanadi. Ming yillar davomida shakllangan mehr-oqibat, mehr-muruvvat tushunchalari asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, ma`naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ongimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning amaliy ifodasidir.

https://t.me/QTYT_Yoshlar_kanali
#Taqdirlash
Qo`qon temir yo`l texnikumida "RAHBAR VA YOSHLAR" uchrashuvi doirasida "TAQDIRLASH" tadbiri bo`lib o`tdi.
Tadbirni Qo`qon temir yo`l texnikumi direktori X.X.Abdullaev ochib berib sportning minni futbol turi bo`yicha o`tkazilgan "Direktor kubogi-2023", hamda "Quvnoqlar va zukkolar", Navro`z bayrami munosabati bilan o`tkazilgan "Osh musobaqasi", "Milliy taomlar ko`rgazmasi", "Insholar ko`rik tanlovi" faxriy yorliqlar hamda estalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.

https://t.me/QTYT_Yoshlar_kanali
#Yotoqxona profilaktika
Qo`qon temir yo`l texnikumi talabalar turar joyida texnikum rahbariyati tomonidan o`qituvchi hamda ishlab chiqarish ta`limi ustalari ishtirokida navbatchilik tashkil etilib muntazam ravishda o`quvchilarga
1. Giyohvandlikni oldini olish
2.Jinoyatchilikni oldini olish
3. Shaxsiy gigiyena qoidalari
4. Tig`li buyumlarni olib yurmaslik choralarini oldini olish
hamda texnikumning ichki tartib qoidalari mavzularida pofilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

https://t.me/QTYT_Yoshlar_kanali