Temiryo‘lchi yoshlar
3.24K subscribers
19.8K photos
1.31K videos
227 files
6.49K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
☎️Murojaat uchun: +998337694121
📝Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
Forwarded from Samarqand temir yo'l texnikum yoshlari
Joriy yil 29.09.2022 yil kuni Samarqand temir yo'l texnikumi yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosari G.A.Raximova, yoshlar yetakchisi M.T.Rahmatullayev hamda xotin qizlar qo'mitasi rayisasi Sh.N.Davlatovalar tomonidan "Boqiy shaxar" ga sayohat uyushtirildi.
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Edu.uz
Profta'lim fanlar majmuasi2022.pdf
550.8 KB
DIQQAT!

⚡️2022/2023-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI rasman tasdiqlandi.

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

👉 Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol
.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

📌 5 ta fan bo'yicha maksimal ball 189.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️ Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

📆 2022-2023-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2022-yil 3-8-oktabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

🔹 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
🔹 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
🔹 majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sport
#volebol
#ustoz_va_murabbiylar_kuni

🏐🏐🏐🏐🏐🏆🏐🏐🏐🏐🏐
🏅🏅🏅🏅🏅🏅🏅🏅🏅🏅🏅

📌Joriy yilning 22-sentyabr sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi Yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosari G.A.Raximova, texnikum kasaba uyushmasi raisi B.D.Uldjabayev hamda Yoshlar Ittifoqi yetakchisi va sport targ'ibotchisi M.T.Rahmatullayevlar 1-oktyabr "O'qituvchi va murabbiylar kuni" bayrami munosabati bilan texnikumning ayol xodimlari o'rtasida sportning volebol turi bo'yicha musobaqa tashkil etishdi. Qura tashlash natijalariga ko'ra jamoalar shakllantirlib ular o'zaro kuch sinashdilar. Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇-o'rin "Afrosiyob" jamoasi
🥈-o'rin "Lokomativ" jamoasi
🥉-o'rin "Sharq" jamoasi qo'lga kiritdi. Barcha ishtirokchilar esdalik sovg'alar va diplom bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xon atlas_festivali
2022-yil 29-sentyabrda Samarqand temir yo‘l texnikumida temiryo‘lchi xotin-qizlar o‘rtasida "Xon atlas festivali" o‘tkazildi.Milliylik ufurib turgan atlas va adras millatimizning qiyofasi, ayollarimizning ko‘rki, milliy iftixorimizning ifodasidir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram | Instagram | Facebook
#uch_avlod_uchrashuvi
#rahbar_va_yoshlar

📌 Joriy yilning 29-sentyabr sanasida Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli unitar korxonasi Samarqand hududi bo‘yicha "Temiryo‘lchilar Madaniyat Saroyi"da Buxoro MTU UK Kasaba uyushmasi raisi o‘rinbosari D.R.Mamatqulov hamda Buxoro MTU UK Yoshlar Ittifoqi yetakchilar Kengashining Samarqand hududi bo'yicha koordinatori B.K.Nazarov hamkorlikda "Uch avlod uchrashuvi" va "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tadbirlari tashkil etildi. Tadbirda Samarqand Temir yo'l masofasi korxonasi faxriy temiryo'lchisi T.Sh.Rabbimov, Samarqand aloqa va ishorat masofasi korxonasi faxriylari N.Baratov, Y.A.Kuznetsov hamda Elektor ta'minoti korxonasi nafaqaxo'ri N.Yusupov, shuningdek, Samarqand temir yo'l texnikumi o'qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etishdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur tadbirda malakali faxriylar o‘z kasbiy tajribalarini yangi yetishib kelayotgan yosh kadrlar bilan o‘rtoqlashishdi.
manba
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram | Facebook | YouTube|