TechWave | TECH
22 subscribers
309 photos
167 videos
61 links
Texnologiyalar Olamidagi eng so'ngi yangiliklar, Hayotni ossonlashtiruvchi Texnologiyalar , Gajetlar va Sun'iy Intellektlar haqida malumotlar !!!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Starship kosmik kemasi uchib birinchi marta Yerga muvaffaqiyatli qaytdi.

To’rtinchi sinovda SpaceX jamoasi Hind okeanida (lekin platformasiz) raketani qo’ndirishga muvaffaq bo’lishdi — ikkala modul ham endi qayta ishlatilishi mumkin.

Afsuski, qo’nish paytidagi chiroyli kadrlar bo’lmaydi: qaytish paytida raketaning ustki qismlari tushib, kamerani sindirdi.

2026-yilda Starship'dan NASA missiyasida astronavtlarni Oyning janubiy qutbiga qo’ndirish va kelajakda Marsga birinchi kolonistlarni yuborish uchun foydalanish rejalashtirilgan.

📱TechWave
👍1🔥1
Telegramda katta kompanyalar o'z mini ilovalarini ishga tushira boshladi.

"O‘tgan haftada Microsoft Telegram’da o‘zining Copilot AI botini taqdim etdi .

😌 Katta texnologiyalar Telegram’da o‘z ilovalarini ishga tushirayotganini ko‘rib hayron bo‘lmayman. Telegram - bu barcha sun'iy intellekt ishlab chiquvchilari uchun qulay bo'lgan yagona platforma bo'lib, u foydalanuvchilarga o'zining raqobatdosh chatbotlarini yuklamaydi.

⭐️ Telegram deyarli hech qanday komissiya olmaydi (5% kam) va reklamalarni subsidiyalaydigan yangi Stars toʻlovlari dasturchilar uchun nafaqat foydali, balki Apple va Google qoidalariga ham mos keladi. Shuning uchun biz Telegram ilovalarining tegishli qismlarida Yulduzlarni qabul qiluvchi botlar va mini ilovalarni tavsiya qilamiz.

📬 Misol uchun, mijozlarga “Mini App Store”ning AI bo‘limini ko‘rsatishni boshlaymiz. Yoki Sticker Maker dasturini sinab ko‘rgan foydalanuvchilarga stikerlar yaratishda yordam beradigan botlarni taklif qiling⭐️
Va hokazo. Imkoniyatlar cheksizdir⭐️"

@TechWaveUz
👍2
Xalqaro kosmik stansiyada (MKC) birinchi marta metallni 3D-printerda chop etishdi

Yevropalik olimlar va Airbus kompaniyasi buni muvaffaqiyatni amalga oshirdi. Ushbu texnologiya kosmonavtlarga stansiya uchun zarur bo'lgan qismlarni kosmosda (XKS) chop etish imkoniyatini beradi.

📱TechWave
⚡️DrinkingMaker kompaniyasi havoni ichimlik suviga aylantiradigan oshxona jihozini ishlab chiqdi.

Qurilma tom ma’noda nam havoni so’rib, uni 6 bosqichli filtrlash tizimidan o’tkazadi va ichimlik suviga aylantiradi. Shu tarzda kuniga 19 litrgacha suv to’plash mumkin.

Bular havodan pul qilyapti degan hazil reallikga aylandi :)

📱TechWave
📲 iOS 18 chiqqandan keyin bosh ekranni shunday ko’rinishda sozlash mumkin bo’ladi. Apple dasturlarni xohlagan joyingizga joylashtirish imkonini beradi. Bu bosh sahifani kompaniya tarixidagi eng yirik yangilanishidir.

SI funksiyalar Apple Intelligence deb nomlanadi, chatbot fotosuratlar va videolarni yaratmaydi, faqat matn generatsiya qiladi, yangi funksiyalar beta-versiya sifatida chiqadi va ularni o’chirib qo’yish mumkin bo’ladi.

Biz barcha mish-mishlar va insaydlarni 10-iyun kuni tekshiramiz.

@TechWaveUz
BMW GINA

Mashina shaklini o'zgartira oladi. Mato bilan qoplangan ramka ostidagi mini-gidravlik qurilmalar tufayli u bamperlar, spoylerlarni o'zgartirishi mumkin. Eshiklarning harakati esa "mashina g'ijimlanib ketayotgan" kabi ko'rinadi

@TechWaveUz
📱Pavel Durov 180 dollarlik Samsung'dan foydalanishini va u Dubay issig’iga bardosh bera olmaganini aytdi.

Telegramning asosiy foydalanuvchilari Android ishlatgani uchun Durov ushbu qurilmani olgan.

iPhonedan Samsung zo'rligini Durovni o'zi ham aytyapti :)

@TechWaveUz
👍1
TechWave | TECH
📱Pavel Durov 180 dollarlik Samsung'dan foydalanishini va u Dubay issig’iga bardosh bera olmaganini aytdi. Telegramning asosiy foydalanuvchilari Android ishlatgani uchun Durov ushbu qurilmani olgan. iPhonedan Samsung zo'rligini Durovni o'zi ham aytyapti :)…
📱 Telegram bosh direktori sifatida men ta'tilga chiqmayman. Buning o'rniga men g'ayrioddiy joylardan foydalanuvchilarimiz bilan uchrashishda ishlashda davom etaman. Bu yozda men Markaziy Osiyoda hayot qandayligini ko‘rish, odamlarning Telegram’dan qanday foydalanishi va ularning raqamli ehtiyojlari qanday ekanini o‘rganishga qaror qildim.📞

-deb o'z kanalida post qoldirdi Pavel Durov.

🛫Katta ehtimol bilan Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozoqiston yoki O'zbekistonga keladi.

@TechWaveUz
👍3
⚡️Kecha Apple kompaniyasi Apple Intelligence'ni namoyish etdi. Bu iOS, iPadOS va macOS'dagi barcha tizimlarga birlashtiriladigan katta til modelidir.

Xususiyatlari:
– Matn bilan ishlash: qisqacha parafrazalar, istalgan tildan tarjimalar, elektron pochta xabarlarini yuborish va xatolarni topish;
– Matnli tavsif bo’yicha uchta uslubda (eskiz, illyustratsiya, animatsiya) rasmlar va emoji yaratish;
– Galereya va yozishmalarda aniq odamlar/hayvonlar/joylar bilan suratlarni qidirish;
– Siri ekrandagi ma’lumotlarni yozib olishi yoki tushuntirishi, shuningdek, kerakli ma’lumotlarni ovozli so’rov orqali deyarli har qanday ilovadan topishi mumkin bo’ladi.

Sun’iy intellekt internetsiz ishlay oladi, lekin faqat M1 chipli Mac va iPad yoki yangiroq qurilmalarda, smartfonlarda esa iPhone 15 Pro'dan eski bo’lmagan modellarda.

SI foydalanuvchilar uchun yozda taqdim etiladi, ammo boshlanishiga faqat AQShda va ingliz tilida. Keyinchalik boshqa tillarda ham mavjud bo’ladi.

@TechWaveUz
👍1🔥1👏1
⚡️OpenAI asoschilaridan biri o’z GPT-2-ni noldan yaratish bo’yicha katta qo’llanma chiqardi. Dasturlash tili — Python.

To’rt soat davomida Andrey Karpati modelni qanday yaratish va uni tayyorlashni optimallashtirishni tushuntirgan. Bundan tashqari, uni avtomatik sozlab, siz uxlab turguningizcha GPT-2 tayyor bo’lishini sozlashni ham o’rgatgan.

👉 Qo’llanmaga havola.

@TechWaveUz
👏2👍1🤔1
📱📱iOS 18 beta-versiyasida yangi funksiya topildi. Endi iPhone to’liq o’chiq holatida ham joriy vaqtni ko’rsatishi mumkin.

🔌Zaryadi tugagan smartfonning ekranida: vaqt, batareya belgisi va qidirish imkoniyati haqida xabar ko’rinadi. Lekin funksiya faqat iPhone 15 va undan keyingi versiyalarda ishlashi haqida mish-mishlar bor.🔲

@TechWaveUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏2
Samsung smartfonni boshqara oladigan aqlli krossovkalarni ishlab chiqdi

📱🥾Samsung Shortcut tagliklarida oyoq harakatlaringizni tanib, telefoningizga buyruqlar yuboradigan sensorlar mavjud. Misol uchun, siz oyoq kiyimingizga tegib, kimgadir qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

📱TechWaveUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2🔥1🤔1
📱Apple Intelligence'ni iOS 18, iPadOS 18 va macOS Sequoia-ni chiqishiga bitirishga ulgurishmaydi. Namoyish etilgan funksiyalarning aksariyati 2025-yildan keyin mavjud bo’ladi.

🧠Bundan tashqari, Bloomberg ma’lumotlariga ko’ra, sun’iy intellekt xususiyatlari juda sekin joriy qilinadi va ba’zi hollarda foydalanuvchilar hatto kutish ro’yxatiga kirishlari kerak bo’ladi.

Va bu yerda gap faqat Amerika bozori uchun ingliz tilidagi SI versiyasi haqida ketmoqda. Boshqa davlatlar bilan nima bo’lishi hozircha noma’lum.

@TechWaveUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ ChatGPT-3.5 - HAYR.

Bugun kechqurun GPT-4o-mini modeli chiqariladi, u GPT-3.5 o'rnini egallaydi va asosiy bepul modelga aylanadi. Bloomberg va CNBC reliz haqida muddatidan oldin yozishgan.

Yangi model oldingi versiyalarga qaraganda ancha aqlli : u nafaqat matn, balki rasm va audio bilan ham ishlay oladi. U shuningdek , ovoz ohangini va his-tuyg'ularini tushunadi.

📱TechWave
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️Microsoft Azure bulutli platformasidagi nosozlik butun dunyo bo’ylab yuzlab reyslarning bekor qilinishi va kechikishiga sabab bo’ldi, shuningdek, bir qancha banklar, ma’lumotlar markazlari, telekompaniyalar va ko’plab saytlar ishi to’xtab qoldi.

Nosozlik sababi — CrowdStrike kiberxavfsizlik xizmatlarining ertalabki yangilanishi va uning Windows xizmatlari bilan ulanishdagi xatosidir. Microsoft muammoni «yumshatish choralarini» ko’rayotganini e’lon qildi.

@TechWaveUz
🔥1🤔1