TechWave | TECH
22 subscribers
309 photos
167 videos
61 links
Texnologiyalar Olamidagi eng so'ngi yangiliklar, Hayotni ossonlashtiruvchi Texnologiyalar , Gajetlar va Sun'iy Intellektlar haqida malumotlar !!!
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Boston Dynamics ning Spot robot iti haqiyqiy itga aylandi: Kompaniya Spot robot iti uchu Sparkles deb nomlanuvchi maxsus kostyum yaratdi.

Shu ish orqali , kompaniya Xalqaro raqs kunini nishonlashga qaror qildi.

@TechWaveUz
⚡️Dunyodagi birinchi saratonga qarshi vaksinaning yakuniy sinovlari boshlandi.

Melanoma olib tashlagan bemorlar o’simtaning genetik profiliga asoslangan shaxsiy vaksinani olishmoqda. U tanaga saraton hujayralarini ovlashni va ularni yo’q qilishni «o’rgatadi» va kasallikning qaytishini oldini oladi.

Vaksina allaqachon kasallik qaytalanish xavfini sezilarli darajada kamaytirdi. Bundan tashqari, u saratonning boshqa turlarini davolash uchun ham ishlatilishi mumkin.

@TechWaveUz
Xiaomi byudjetli o'yin monitorini chiqardi - Redmi G27Q 2025.

— 27 dyuymli Fast IPS paneli;
— Ekran piksellari 2560×1440 px;
- yangilash tezligi 180 Gts;
- javob vaqti 1 ms;
— AdaptiveSync texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydi, bu ramka sinishini oldini oladi;
— Ikkita HDMI 2.0 port va bitta DisplayPort 1.4

Imba narxi 124 dollarni tashkil qiladi.

@TechWaveUz
📱 Afsona qaytmoqda: Nokia 3210 25 yil deganda sotuvga chiqishi mumkin. Internetda telefonning reklama bannerlari tasvirlari tarqaldi.

Mish-mishlarga ko’ra, 90-yillarning xit telefoni dizayni yangilandi: kamera qo’shildi, Bluetooth va 4G funksiyalari qo’shildi. To’liq taqdimot may oyida bo’lishi mumkin.

@TechWaveUz
🎥 Bular neyron tarmoqlar yordamida rang berilib, tiniqlashtirilgan 1890-yillardagi kadrlardir. Ko’rib turganingizdek kadrlar sifati ancha oshgan va ranglar to’g’ri qo’yilgan. Asl ko’rinishida bular aka-uka Lumyerlar tomonidan suratga olingan oq-qora tasvirlar bo’lgan.

1. Parij, Fransiya
2. Kyoto(hozirgi Tokyo), Yaponiya
3. Nyu-York, AQSh
4. Moskva, Rossiya imperiyasi

@TechWaveUz
🚀 Kosmosga bitta chipta bervoring: SpaceX rasmiy veb-saytida kosmik parvozlar uchun joy band qilish ochildi.

Umumiy to’rtta yo’nalish mavjud: Yer orbitasi, XKS, Oy va Mars. Parvozlar Dragon va Starship kosmik kemalarida amalga oshiriladi.

Narxlar ko’rsatilmagan, ammo «Join A Mission» tugmasini bosib so’rov qoldirish mumkin.

@TechWaveUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚽️🛡Shunchaki o'yin reklamasi.

"Manchester City" futbol klubi hujumchisi Erling Holland "Clash of clans" o'yini reklamasida.


Reklama kreativ chiqqan .
Clash va city muhlislari bomi :)

@TechWaveUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Minecraft

Afsonaviy o'yin: Mojang Minecraftning 15 yilligini nishonlash uchun reklama chiqardi. Unda odamlar o'yindagi odatiy narsalarni qiladilar, lekin haqiqiy hayotda.

Minecraft-ning 15 yilligi 17-may kuni , TIGSource forumida birinchi versiyasi paydo bo'lgan kunda nishonlanadi.

@TechWaveUz
👍2
⚡️Hume AI neyron tarmog’i og’zaki ingliz tilini yaxshilashga yordam beradi. U har qanday mavzu bo’yicha suhbat qila oladi, nutqni matnga tarjima qiladi va emotsiyalar shuningdek, intonatsiyani aniqlaydi.

Saqlab qo’ying, asqotadi.

👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola.

@TechWaveUz
⚡️Jeyms Uebb teleskopi hayot bo’lishi mumkin bo’lgan K2-18b sayyorasini o’rganmoqda.

K2-18b da tirik organizmlar tomonidan ishlab chiqariladigan gaz borligi aniqlandi. Sayyora okeanlar bilan qoplangan va Yerdan «atigi» 120 yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan deb taxmin qilinmoqda.

Tadqiqotga rahbarlik qilgan Kembrij astrofizikining aytishicha, sayyorada gazning topilishi «uni shokka solgan va 1 hafta davomida uxlay olmagan».

@TechWaveUz
⚡️ Britaniyaning Engler kompaniyasi «superkvadrotsikl» — sport avtomobili va kvadrotsikl gibridini ishlab chiqdi.

U 1200 ot kuchiga ega V12 dvigateli bilan jihozlangan: 100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada erishadi va nazariy jihatdan 400 km/soatgacha tezlasha oladi.

Jami 20 dona chiqariladi, lekin hali taxminiy narx ham e’lon qilinmadi.

@TechWaveUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📦 Amazon AQSh'da buyurtmalarni dron orqali yetkazib berish yangi xizmatini ishga tushirdi.

Texaslik fuqaro ushbu havo orqali yangi yetkazib berish xizmatini sinab ko’rishga qaror qildi, ko’rib turganingizdek dron buyurtmani 2-3 metr balandlikdan shunchaki tashlab ketgan.

Xizmat hozircha beta-test rejimida ishlamoqda: ehtimol, bunga qandaydir yechim topishar.

@TechWaveUz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎵 Stability AI o’zining musiqa generatsiya qiluvchi neyrotarmog’ining yangi modelini chiqardi — Stable Audio 2.

👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola.

@TechWaveUz
⚡️Shu yozdan AQShda «elektrolyotlar» sotuvlari boshlanadi, uni boshqarish uchun uchuvchi litsenziyasi shart emas.

Qurilma Pivotal startapi tomonidan Google boshqaruvchisi Larri Peyj ko’magida yaratilgan: u 100 km/soat tezlikka chiqa oladi va bir zaryadda 32 km masofagacha uchadi. Ularning aytishicha, uni boshqarish dronni boshqarishdek oson, har ehtimolga qarshi ballistik parashyut ham bor.

Narxi — 190 000 dollardan boshlanadi. Bu narxga o’qitish va uni olib yurish uchun treyler ham kiradi.

@TechWaveUz