TechWave | TECH
22 subscribers
309 photos
167 videos
61 links
Texnologiyalar Olamidagi eng so'ngi yangiliklar, Hayotni ossonlashtiruvchi Texnologiyalar , Gajetlar va Sun'iy Intellektlar haqida malumotlar !!!
Download Telegram
⚡️ “ Uzuklar hukmdori ” trilogiyasi kinoteatrlarga qaytadi – tomoshabinlarga 4K Ultra HD formatida remasterlar namoyish etiladi.

Rejissyorning qisqartmalar remasterlari yakuniy vaqt bilan ko'rsatiladi:

• “Uzuk birligi” – 3 soat 28 daqiqa ;
• “Ikki minora” – 3 soat 46 daqiqa ;
• “Qirolning qaytishi” – 4 soat 12 daqiqa .

Filmlar G‘arb kinoteatrlarida 8-10 iyun kunlari namoyish etiladi.

@TechWaveUz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"KNUCLES" filmi chiqdi.

Sonik filimidagi eng qattiq mushtli jonzot haqidagi shou voqealari Sonik filmining 2 va 3-qismlari orasida sodir bo'ladi.

Barcha 6 qism allaqachon ko'rish uchun mavjud.

@TechWaveUz
👍2
❗️ Tibbiyotda inqilob — endi inson DNKsini o‘zgartirish mumkin!

Tibbiyot sohasida so‘nggi o‘n yilliklarning eng muhim voqeasi sodir bo‘ldi. Olimlar inson DNKsini o‘zgartira oladigan OpenCRISPR neyrotarmog‘ini yaratishdi.

OpenCRISPR neyrotarmog‘i CRISPR texnologiyasi asosida qurilgan — uning yordamida olimlar DNK genlarini xuddi LEGO bo‘laklari kabi boshqara oladilar. Masalan, Alsgeymer xastaligiga olib keluvchi mutatsiyaga uchragan gen keraksiz blok singari shunchaki «sug‘urib tashlansa» bas.

CRISPR yeryong‘oqdagi allergen genni kesib tashlay oladi yoki yon ta’sirlarsiz antibiotik yaratishi mumkin, ammo eng katta kamchiligi — juda mehnattalab jarayonligida edi. CRISPRda bitta tadqiqot o‘tkazishning o‘ziga yuzlab soatlar inson mehnati sarflanardi.

Endi bu ishlar OpenCRISPR neyrotarmog‘i zimmasida. Uni minglab olimlarga tarqatish boshlandi, bu esa ulkan fan kashfiyotlariga olib kelishi mumkin.

@TechWaveUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚶‍♂️ Dnsys-ning so'nggi X1 ekzoskeleti sayohat tajribasini yaxshilaydi

Xitoyning Dnsys kompaniyasi foydalanuvchilarning jismoniy imkoniyatlarini 900 Vt ga oshiradigan X1 ekzoskeletini chiqardi. Ushbu transformatsiya yurish, yugurish, toqqa chiqish va piyoda yurishni o'z ichiga oladi, bu esa soatiga 26 km tezlikka erishish imkonini beradi.

Texnologiya real vaqtda oyoq harakatlarini kuzatib boradi va sizning individual harakat uslubingizga moslashadi. Turbo rejimi barcha quvvatlardan bir zumda foydalanish imkonini beradi. Tushganda ekzoskelet xavfsizlik uchun qo'shimcha qarshilik ko'rsatadi.

X1 narxi 399 dollardan 998 dollargacha , yetkazib berish 2024 yilning iyulida boshlanadi.

@TechWaveUz
🏎️ Ertaga BAA'da sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan haydovchisiz Formula-1 ning ilk poygalari bo’lib o’tadi.

Sakkizta jamoa sport avtomobili marraga iloji boricha tezroq yetib borishi uchun sun’iy intellektni dasturlashi kerak bo’ladi. Mashinalarning o’zlari baholanmaydi, ularni hammasi bir xil.

Sovrin jamg’armasi 2,25 million dollarni tashkil etadi, poygalar ertaga soat 20:00 da boshlanadi va jonli efirda translyatsiya qilinadi.

@TechWaveUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Minecraft

Minecraft video o'yinining yangi yangilanishi nomi e'lon qilindi.

O'yin yangilanishining bu yilgi versiyasi 1.21 Tricky Trails (Qiyin yo'llar) deb nomlandi. Bu yilgi yangilanishda biz ancha katta yangiliklarni ko'rishimiz munkin:

• Yangi biome
• Mace
• Avto Crafter
• Yangi moblar
• Yangi mis blokli dekaratsiyalar
• Bo'rilarning yangi turlari
• Itlar uchun himoya sovutlari
• Bedrock uchun hardcore o'yin rejimi
• Yangi musiqa
• Yangi sur'atlar
• Realms plus

Kabi yangiliklar qo'shiladi.

@TechWaveUz
👍1
🐭Tana sichqonniki, kalla kalamushniki

Amerikalik olimlar sichqon embrioni rivojlanishining dastlabki bosqichlarida uning bir necha nerv zanjirlarini yo‘q qilishdi, so‘ngra hosil bo‘lgan vakuumni to‘ldirib, gibrid old miyani hosil qiluvchi kalamush ildiz hujayralarini kiritdilar.

Buning natijasida yangi turdagi hayvon yaratildi. Bu yangi hayvonning tanasi sichqonniki, lekin miyasi kalamushniki.
Bu yangi hayvonlar oddiy sichqonlar kabi yurib-yuribdi, lekin ularning harakatlari biroz farq qilishi mumkin, bu hali aniq emas.

Shuningdek, olimlar sichqon va cho'chqalarga inson hujayralarini ham qo'shib ko'rishmoqda.

Bu yangi turdagi hayvonlardan kelajakda insonlarga yordam beradigan organlarni o'stirish uchun foydalanish rejalashtirilgan.

@TechWaveUz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyning Astribot kompaniyasi ovqat pishirish, changyutgichni ishlatish va har xil uy yumushlarini bajara oladigan epchil uy robotini namoyish etdi.

Robot Tencent, Baidu va Gonkong politexnika instituti sobiq ishchilari tomonidan ishlab chiqilmoqda. Hozircha bu faqat prototip, shuning uchun pastki tanasi hali yo’q, yakuniy versiyasida u bo’ladi.

Ular robotni takomillashtirib, sotuvlarni shu yil oxirigacha boshlashni rejalashtirishmoqda.

@TechWaveUz
GAC HYPER SSR

0-100 km/soat gacha 1.9 soniyada chiqar ekan⚡️⚡️⚡️


@TechWaveUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👓 Ray-Ban Meta aqlli ko’zoynaklariga MetaAI neyron tarmog’i qo’shildi. Uning funksiyalari:

– Oldingizda turgan narsalarni tanib olish;
– Real vaqt rejimida yozuvlarni boshqa tilga tarjima qilish;
– Ovozli so’rov bo’yicha fotosuratlar va videolar olish;
– WhatsApp'da matnni aytib turish orqali xabarlar yozish;
- Musiqani yoqish, video qo’ng’iroqni boshlash va har qanday ovozli yordamchi kabi savollarga javob berishi mumkin.

Qurilma narxi — 299 dollar.

@TechWaveUz
2
TechWave | TECH
Neyron tarmoqlar orasida dunyodagi birinchi Formula 1 Abu-Dabida boshlandi. BAAlik shayxlar haydovchisiz avtomobillar uchun tanlov yaratdilar. Sakkizta avtomobil bosh mukofoti 2,25 million dollar uchun kurashmoqda. @TechWaveUz
🏎 Kecha dunyodagi birinchi Sun'iy intelektlar o'rtasidagi Formula-1 poygasi bo'lib o'tdi.

Unda dunyoning turli nuqatalarida joylashgan Universitet jamolari ishtrok etdi.

Birinchi o'rinni Germanyadagi 1 inchi raqamli Texnalogiya Universiteti TUM ( Technology University of Munich) ning "Hailey" sun'iy intelektli poyga mashinasi g'alaba qozondi.

Tadbirda Germanyadan tashqari Italya , Fransiya kabi yevropa davlatlari ham qatnashgan.

@TechWaveUz
2👍1
Dunyodagi eng kichik avtomobil 1960-yillardagi Peel P50 hisoblanadi.

@TechWaveUz
🤣3