™️ TASKIN (T.R.A.)
162 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#tavsiya

Dam olish kunlarida ko'rish uchun.


Yig'lab turgan bolani, begonasi bo'lmaydi...


👉 https://www.youtube.com/watch?v=a4Im_lfAioY

™️ https://t.me/Taskinnn
👍4🔥2
#сарказм

Агар сени қирол қилиб танлашсаю, тож каллангга катталик қилса:

• у аввал кўзингга тушади ва сен ҳеч нарсани кўрмайсан;
• кейин у қулоғингга тушади ва сен ҳеч нарсани эшитмайсан;
• сўнг у лабингга тушади ва сен ҳеч нарсани айтолмайсан;
• охирида у бўйнингга тушади ва бўйинбоғинг бўлади, ўз қўлларинг ундан тортиб сени қатлга олиб боради;
• ва сен ҳамма нарсани кўрасан, эшитасан ҳамда айта оласан...

Лекин энди сенга ҳеч ким қарамайди ва қулоқ солмайди.


©️ Н.Макиавелли (1469-1527) италиялик сиёсатчи, файласуф, адиб

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥32👍1
#sinfdosh

Qadrdon sinfdoshlarning do'stini to'yi kuni nahorgi oshdagi suhbatidan:
- oylikka mendan kattasan, boshlab ber.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😁7👍2🔥1
#so'z

Eshigi tepasiga qalbim pok deya yozilgan tahtani osib qo'ygan o'g'ri poklik nomini tahqirlanishiga o'z hissasini qo'shdi
.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🔥1
#istak

O'limi yaqin qolgan badavlat insonning farzandi har qanday istagi bajarilishini biladi va hech narsa hohlamaydi.

Ochlikdan azob chekayotgan bolakayning esa faqat va faqat bir ilinji bor, yoki u boyning farzandidan avval ketadi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1
#ilinj

Yoshlik paytlarimiz otamiz yoki onamiz bozorga va yoki uzoqroq safarga yo'l olishsa qaytishlarida bizga kichkinagina kulcha non olib kelishlarini kutardik, odatda har doim olib kelishardi, olib kelishmasa indamasdik, lekin qandaydir ho'rsinish bo'lardi.

Ulg'aydik, navbat almashdi, ko'p safarlarga chiqamiz, uyga bo'lgan yo'l tobora uzoqlashib boravergandek bo'ladi, qaytamiz, ho'rsinish navbatini ham ularga berdik....

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍21🔥1😢1
#tanlov

Katta hayot oldida turgan G'ulom o'ylab qoldi, haydovchi bo'lsa avtohalokatga uchrab, mayib bo'lishi mumkin, shifokor bo'lsa qondan qo'rqadi, bemorlarga noto'g'ri tashxis qo'yib qo'ysachi?, quruvchi bo'lsa qurgan binosi qulab ketishi mumkin, haqqini ololmaydi, agar dexqon bo'lsa ekinini sovuq urib ketadi, mehnati ko'p....O'ylab-o'ylab oxiri osongina o'qituvchi bo'lishga qaror qildi, javobgarligi va mashaqqati kamroq):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😢42👏2👍1🔥1
#buyum

Buzilguniga qadar barcha buyumlarning egalari koʻp boʻladi!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1
#odat

Bizga qadimdan odat bo'lib qolgan, hamma narsani ortig'i bilan olib o'rganganman. Bozor qilsak ozgina ko'proq olamiz, kerak bo'ladi-da, ekin eksak ozgina ortig'i bilan ekamiz, qurilish qilsak ham ozgina ko'proq material olamiz.....g'ibat qilsak ham ozgina ko'proq qilib qo'yamiz, baribir og'zimiz qon-ku.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2
Forwarded from Milliy Rakurs
#milliy_timsol

Gʻulom, dovon osha uyiga qaytar ekan yoʻlda yuz bergan katta halokatga koʻzi tushdi, oʻnlab, balki yuzlab odamlarga jabr boʻlgan halokat.

Yerda yotgan 3-4 ta eski, avtomobil qoldiqlari bilan aralashib ketgan doʻppi eʼtiborni tortdi, taʼsir qildi, koʻz oldidan millat oʻtdi, doʻppi egalari ham.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn |
™️ https://t.me/Milliy_rakurs
👍2🔥1
#yomg'ir

Yomg'irda ivigan inson tez yurishga harakat qilmaydi: na hohish va na ehtiyoj bor.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
22👍1🔥1🕊1
#tenglik

Eshak bilan teng bo'lmoq uchun hangrashni o'zi kifoya qilmaydi, eshakday fikrlash ham lozim.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍21
#sabr

Vaqtida biror ishni boshlamasligimizni bilgan holda rejalarimiz vaqtini belgilaymiz va uni albatta kechroq boshlaymiz.

Doimgidek, hayrli ishlarni, burchimiz va tavbamizni umr oxiriga belgilaymiz, kech boshlashimiz esa esimizda):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1
#qoida

Mukofot olgan vaqting garchi munosib boʻlsang ham kimgadur tashakkur bildirasan, jazo olgan vaqting esa beayb boʻlsang ham kimdandur uzir soʻrab qoʻyasan):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2💯21🔥1
Forwarded from Alisher Qodirov
“Hech qachon ahmoqlar bilan tortishmang. Ular o’z darajalarida tajribalari hisobiga sizni ezib tashlaydilar”

Mark Tven.

@alisherQodir
👍3🔥3
#savol

G'ulom og'ir hastalik bilan tabib huzuriga bordi va bir qancha muddatdan so'ng tabib unga savol berdi:

- agar bir oy umringiz qolgan bo'lsa nima qilar edingiz?
- ota-onamni roziligini olardim, ular uchun borimni berardim, nohaq hafa qilgan va ranjitgan insonlarimdan uzr so'rardim.....
- agar soppa sog' bo'lsangizchi?
- ........................):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥21
#Nasib

Bir yigit masjiddan namozni oʻqib chiqibdi va yumush bilan yoʻlga tushibdi. Yoʻlida bir goʻzal qizga koʻzi tushibdi, ammo nomahram ekanligini bilib darhol koʻzini yerga tikibdi. Ammo qiz yaqinlashgach nafsi ustunlik qilib, goʻzal qizga qayta qaramoqchi boʻlibdi. Ammo, shu payt shu atrofda oʻynab turgan bir bolakay u yigitga salom berib qolibdi. Yigit unga qarab alik olar ekan, qizga qarash imkoniyatini oʻtkazib yuboribdi. Ajoyib, agar Alloh hohlasa sizni gunohdan goʻzal tarzda saqlar ekan.

® Akmaljon Abdullayevning facebook sahifasidan

™️
https://t.me/Taskinnn
6👍3🔥3👏21
Forwarded from RUSTAM ERGASHEV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jazoirlik transgender Imona Halif bilan italiyalik Anjelina Karini jang qildi.

Jangning 1-round 45 soniyasida Halif italiyalik qizga jeb zarbasini berdi. Nokdaun yoki nokaut bo'lmadi.

Shu zahoti Anjelina jangni to'xtatdi va mag'lubiyatini tan olib yig'lab chiqib ketdi.

Jangdan keyin Anjelina "Men hayotimda ayol kishining bunday zarba berishini ko'rmaganman, jangdan oldin ko'pchilik bu erkak bilan jang qilma, hayoting uchun xavfli degandi" dedi.


https://t.me/+bLLe6AB8ha80MzZi
RUSTAM ERGASHEV
Jazoirlik transgender Imona Halif bilan italiyalik Anjelina Karini jang qildi. Jangning 1-round 45 soniyasida Halif italiyalik qizga jeb zarbasini berdi. Nokdaun yoki nokaut bo'lmadi. Shu zahoti Anjelina jangni to'xtatdi va mag'lubiyatini tan olib yig'lab…
Butun bir insoniyat va bashariyatning fojeasi, hayvoniy erkinlikning jirkanch mevasi, agar yetib boriladigan yakuniy manzil boʻlsa, shunchalik boʻlarda...
ЕВРОПА

Муҳаббат аталган бир ҳис бор эди,
Уни деб қавмлар бир-бирин еган.
Жулетта исмли бир қиз бор эди,
Бир йигит бор эди Ромео деган.

Бор эди муҳаббат аталмиш қўрғон,
Учиб киролмасди чивин ҳам ҳатто.
Совғасин Ягонинг қўлида кўрган,
Бўғиб қўяқолган жуфтин Отелло.

Энди бу юртларда дунё тескари,
Муҳаббат ҳислари бадар кетганлар.
Жаннатни мадҳ этиб юрганлар бари
Жаҳаннам комига бориб етганлар.

Хўроз хўроз билан ўтказса тўйин,
Буқалар буқа деб ипини узса.
Бу қандай томоша, бу қандай ўйин,
Сигирлар сигирга кўзини сузса.

Инсон мукаррамдир, унутма асло,
Шаънига ёмон гап тўқима, болам.
Бу шеърни бир ўзинг ўқидинг, аммо
Ўқима бировга, ўқима, болам!

© Абдулла Орипов

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4🔥1😱1
#ovoz

"Eng mehribon inson" mavzusida o'tkazilgan so'rovnomada "jallod" va "o'g'ri" g'olib bo'lishdi.

G'oliblarning shaxsi va qilgan ishidan qat'iy nazar, ovoz berganlar uchun joni va moli havotirsizroq va ovoz berish adolatli.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥1