™️ TASKIN (T.R.A.)
164 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
ШАЙТОН

Лаънатлаб бўлса ҳам, қарғаб бўлса ҳам,
Ҳар кун тиловатда айтилар номи.
Унинг бош суқмаган жойи камдан-кам,
Ичилган ҳар қадаҳ унинг ҳам жоми...

Дейдилар, нораста гўдакни ҳатто
Уйқуда қитиқлаб кулдирар эмиш.
Салгина ғафлатда қолсанг мабодо,
Қилмаган ишингни қилдирар эмиш.

Шайтоннинг ҳунари чиндан ранг-баранг,
Саллани пайтава қилиб ўратгай.
Агар сидқидилдан кўрсатса найранг,
Нодонни шоҳ қилиб, юртни сўратгай.

Минода Шайтонни қилдик тошбўрон,
Лаънатга кўмилди бадбахт у лаин.
Дедик, шунча юкнинг остидан Шайтон,
Минг йиллаб чиқолмай ётмоғи тайин.

Шодумон йўл олдик Ватанга қараб,
Шайтон қолди, дея чуқурда – чоҳда.
Манзилга қайтгандик, Шайтон, во ажаб,
Бизни кутиб олди тайёрагоҳда...

©️ Абдулла ОРИПОВ


™️ https://t.me/Taskinnn
2👍2👏1
#suhbat

- bugun Gʻulom menga anchayin yordam koʻrsatdi, ogʻir yuklarimni olib kelib berdi va qilgan duoyimdan juda hursand boʻldi, baraka topsin.
- uni oʻtmishi haqida bilasizmi, firibgar va muttaham, odam boʻlmaydi u...

Achinarli suhbat, baʼzan "fikring ichingda qolsin" deydigan holatlar ham uchraydi, holat va vaziyatni unutgan, albatta pok-pokiza insonlardan.


Insonni yashashiga ham imkon berish lozim, kim boʻlsa ham, kim boʻlsangiz ham!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1
#gap

Soʻralmagan gapni qayta-qayta gapirish toʻygandan keyin yana ovqat yeyishga oʻxshaydi, ikkisi ham yoqimsiz!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥41👍1
#ömür

Her şeyi bu kadar dert etme ey gönül, zira ne bu dertler kalıcı ne de bu ömür

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4
ARRA

Bizlar arra tortmoqdamiz,
Arramizning tishi yo‘q.
Nega arrang tishi yo‘q, deb
So‘raydigan kishi yo‘q.

Chunki bizlar anoyimas,
Pishib ketgan ko‘zimiz.
Arra tushgan o‘sha shohda
O‘tiribmiz o‘zimiz.


©Erkin VOHIDOV

™️ https://t.me/Taskinnn
🔥3👍2
#obraz

Obrazlarimiz timsoli:

Boy - ziqna va pastkash kimsa, garchi sahiy va qalbi pok boʻlsa ham;

Qishloq odami - laqma va sodda, baʼzan butkul dunyodan uzilgan ibtidoiy mavjudot, garchi olim va yuksak ahloq egasi boʻlsa ham;

Shaharlik - noziktab va kibrli inson, manmanlik va yolgʻonchilik timsoli, garchi kamtarin va hokisor boʻlsa ham;

Talaba - faqat ilm va maʼrifat uchun kurashuvchi inson, garchi......


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3💯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

Beg'ubor qalb, toza ko'ngil va bir oz umid!

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥1💔1
#tavsiya

Dam olish kunlarida ko'rish uchun.


Yig'lab turgan bolani, begonasi bo'lmaydi...


👉 https://www.youtube.com/watch?v=a4Im_lfAioY

™️ https://t.me/Taskinnn
👍4🔥2
#сарказм

Агар сени қирол қилиб танлашсаю, тож каллангга катталик қилса:

• у аввал кўзингга тушади ва сен ҳеч нарсани кўрмайсан;
• кейин у қулоғингга тушади ва сен ҳеч нарсани эшитмайсан;
• сўнг у лабингга тушади ва сен ҳеч нарсани айтолмайсан;
• охирида у бўйнингга тушади ва бўйинбоғинг бўлади, ўз қўлларинг ундан тортиб сени қатлга олиб боради;
• ва сен ҳамма нарсани кўрасан, эшитасан ҳамда айта оласан...

Лекин энди сенга ҳеч ким қарамайди ва қулоқ солмайди.


©️ Н.Макиавелли (1469-1527) италиялик сиёсатчи, файласуф, адиб

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥32👍1
#sinfdosh

Qadrdon sinfdoshlarning do'stini to'yi kuni nahorgi oshdagi suhbatidan:
- oylikka mendan kattasan, boshlab ber.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😁7👍2🔥1
#so'z

Eshigi tepasiga qalbim pok deya yozilgan tahtani osib qo'ygan o'g'ri poklik nomini tahqirlanishiga o'z hissasini qo'shdi
.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🔥1
#istak

O'limi yaqin qolgan badavlat insonning farzandi har qanday istagi bajarilishini biladi va hech narsa hohlamaydi.

Ochlikdan azob chekayotgan bolakayning esa faqat va faqat bir ilinji bor, yoki u boyning farzandidan avval ketadi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1
#ilinj

Yoshlik paytlarimiz otamiz yoki onamiz bozorga va yoki uzoqroq safarga yo'l olishsa qaytishlarida bizga kichkinagina kulcha non olib kelishlarini kutardik, odatda har doim olib kelishardi, olib kelishmasa indamasdik, lekin qandaydir ho'rsinish bo'lardi.

Ulg'aydik, navbat almashdi, ko'p safarlarga chiqamiz, uyga bo'lgan yo'l tobora uzoqlashib boravergandek bo'ladi, qaytamiz, ho'rsinish navbatini ham ularga berdik....

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍21🔥1😢1
#tanlov

Katta hayot oldida turgan G'ulom o'ylab qoldi, haydovchi bo'lsa avtohalokatga uchrab, mayib bo'lishi mumkin, shifokor bo'lsa qondan qo'rqadi, bemorlarga noto'g'ri tashxis qo'yib qo'ysachi?, quruvchi bo'lsa qurgan binosi qulab ketishi mumkin, haqqini ololmaydi, agar dexqon bo'lsa ekinini sovuq urib ketadi, mehnati ko'p....O'ylab-o'ylab oxiri osongina o'qituvchi bo'lishga qaror qildi, javobgarligi va mashaqqati kamroq):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😢42👏2👍1🔥1
#buyum

Buzilguniga qadar barcha buyumlarning egalari koʻp boʻladi!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1
#odat

Bizga qadimdan odat bo'lib qolgan, hamma narsani ortig'i bilan olib o'rganganman. Bozor qilsak ozgina ko'proq olamiz, kerak bo'ladi-da, ekin eksak ozgina ortig'i bilan ekamiz, qurilish qilsak ham ozgina ko'proq material olamiz.....g'ibat qilsak ham ozgina ko'proq qilib qo'yamiz, baribir og'zimiz qon-ku.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2
Forwarded from Milliy Rakurs
#milliy_timsol

Gʻulom, dovon osha uyiga qaytar ekan yoʻlda yuz bergan katta halokatga koʻzi tushdi, oʻnlab, balki yuzlab odamlarga jabr boʻlgan halokat.

Yerda yotgan 3-4 ta eski, avtomobil qoldiqlari bilan aralashib ketgan doʻppi eʼtiborni tortdi, taʼsir qildi, koʻz oldidan millat oʻtdi, doʻppi egalari ham.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn |
™️ https://t.me/Milliy_rakurs
👍2🔥1
#yomg'ir

Yomg'irda ivigan inson tez yurishga harakat qilmaydi: na hohish va na ehtiyoj bor.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
22👍1🔥1🕊1
#tenglik

Eshak bilan teng bo'lmoq uchun hangrashni o'zi kifoya qilmaydi, eshakday fikrlash ham lozim.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍21
#sabr

Vaqtida biror ishni boshlamasligimizni bilgan holda rejalarimiz vaqtini belgilaymiz va uni albatta kechroq boshlaymiz.

Doimgidek, hayrli ishlarni, burchimiz va tavbamizni umr oxiriga belgilaymiz, kech boshlashimiz esa esimizda):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1
#qoida

Mukofot olgan vaqting garchi munosib boʻlsang ham kimgadur tashakkur bildirasan, jazo olgan vaqting esa beayb boʻlsang ham kimdandur uzir soʻrab qoʻyasan):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2💯21🔥1