™️ TASKIN (T.R.A.)
164 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#rizq

Qimorboz va o'g'ri kimsa uyidan chiqar ekan, duo olish uchun o'tirdi: "ishing baroridan kelsin, bolam"...

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2🥰1
#kamchilik

Ko'plab nodonlar ichidagi donolar hamisha jabr chekadi, huddi ko'plab donolar ichidagi nodonlar mehr topgani kabi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1🥰1
#salom

O'zi tanigan 30 yoshli ustoziga salom bergan G'ulom xulqidan mamnun holda 80 yoshli nuroniylarni oldidan jimgina o'tib ketdi, balkim tanimagandur.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3🥰1
#yurt

Ikki vatandosh suhbati:

- biz bu yurtning farzandlarimiz, uni sevishimiz, asrashimiz va uni yuksaltirishimiz kerak;
- haqqini berishadimi?


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥1🥰1
Yana bir qadrli va hayrli ayyom barchangizga muborak boʻlsin aziz yurtdoshlar!

™️
https://t.me/Taskinnn
6🎉21🥰1🕊1
#ayb

Jonini haddan ziyod yaxshi ko'radigan inson (agar gunohi ko'p bo'lsa) qattiqroq yo'talishdan ham qoʻrqadi, jonim chiqib ketmasin deb.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1🥰1💔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sinov

Qaysidir kichik bir sinovga, toʻsiq va muvaffaqiyatsizlikka uchrab, hayotning "adolatsiz"ligidan ta'na qilayotgan doʻstlarimiz uchun!

Dard chiroyli soʻzlar, balandparvoz nutqlar bilan emas, boʻgʻzingizdan chiqmagan soʻzlar bilan ifodalanadi.


Bu sinov, bu qismat, bu bardosh

™️
https://t.me/Taskinnn
😢21🔥1🙏1
#qadam

Hayotingizdagi ilk qadamni tavakkalchilik bilan qo'ygan bo'lsangiz, umringiz yakunida hatto ba'zi qadamlarni qo'yishga ham jur'at topa olmaysiz, yoki ehtiyoj.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4
#sabrlilik

Sabrli insonman deya olish uchun faqatgina maʼlum vaqtni kutish yoki oʻtkazish nazarda tutilmaydi, unda mashaqqatni yengish, aybdan oʻtish, bardoshlilik, taʼna qilmaslik va eng muhimi oʻzligiga hiyonat qilmaslik ham bor!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
💯3👍2🔥2
#gap

Haddan ziyod gapira boshlashingiz bilan - so'zingizdan mazmun va taningizdan hurmat yo'qolib boradi!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥52
#haqiqat

Haqiqat qatl etilmoqda - so'qir ko'zlarda yosh, zabonsiz tillarda tovush va ingroq, falaj qalblarda isyon...bo'lsa edi
, essiz, hayf):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4🔥2
#qozi

Qozining farzandi yugurgancha uyiga kirib keldi va otasiga qarab hayajon bilan dedi: oddiy odamlar ham biz kabi yolg'on gapirar ekan....


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#orzu

Orzular bisyor, orzumandlar ham oz emas, sen uchun hech narsa - ular uchun hammasi.

™️ https://t.me/Taskinnn
🔥3👍1
#istak

Cheklamasangiz bu hohish va saviya bilan dunyoni vayron qiladi, cheklasangiz bu kayfiyat va tushukunlik bilan hammadan norozi bo'ladi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2💔1
ШАЙТОН

Лаънатлаб бўлса ҳам, қарғаб бўлса ҳам,
Ҳар кун тиловатда айтилар номи.
Унинг бош суқмаган жойи камдан-кам,
Ичилган ҳар қадаҳ унинг ҳам жоми...

Дейдилар, нораста гўдакни ҳатто
Уйқуда қитиқлаб кулдирар эмиш.
Салгина ғафлатда қолсанг мабодо,
Қилмаган ишингни қилдирар эмиш.

Шайтоннинг ҳунари чиндан ранг-баранг,
Саллани пайтава қилиб ўратгай.
Агар сидқидилдан кўрсатса найранг,
Нодонни шоҳ қилиб, юртни сўратгай.

Минода Шайтонни қилдик тошбўрон,
Лаънатга кўмилди бадбахт у лаин.
Дедик, шунча юкнинг остидан Шайтон,
Минг йиллаб чиқолмай ётмоғи тайин.

Шодумон йўл олдик Ватанга қараб,
Шайтон қолди, дея чуқурда – чоҳда.
Манзилга қайтгандик, Шайтон, во ажаб,
Бизни кутиб олди тайёрагоҳда...

©️ Абдулла ОРИПОВ


™️ https://t.me/Taskinnn
2👍2👏1
#suhbat

- bugun Gʻulom menga anchayin yordam koʻrsatdi, ogʻir yuklarimni olib kelib berdi va qilgan duoyimdan juda hursand boʻldi, baraka topsin.
- uni oʻtmishi haqida bilasizmi, firibgar va muttaham, odam boʻlmaydi u...

Achinarli suhbat, baʼzan "fikring ichingda qolsin" deydigan holatlar ham uchraydi, holat va vaziyatni unutgan, albatta pok-pokiza insonlardan.


Insonni yashashiga ham imkon berish lozim, kim boʻlsa ham, kim boʻlsangiz ham!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1
#gap

Soʻralmagan gapni qayta-qayta gapirish toʻygandan keyin yana ovqat yeyishga oʻxshaydi, ikkisi ham yoqimsiz!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥41👍1
#ömür

Her şeyi bu kadar dert etme ey gönül, zira ne bu dertler kalıcı ne de bu ömür

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4
ARRA

Bizlar arra tortmoqdamiz,
Arramizning tishi yo‘q.
Nega arrang tishi yo‘q, deb
So‘raydigan kishi yo‘q.

Chunki bizlar anoyimas,
Pishib ketgan ko‘zimiz.
Arra tushgan o‘sha shohda
O‘tiribmiz o‘zimiz.


©Erkin VOHIDOV

™️ https://t.me/Taskinnn
🔥3👍2
#obraz

Obrazlarimiz timsoli:

Boy - ziqna va pastkash kimsa, garchi sahiy va qalbi pok boʻlsa ham;

Qishloq odami - laqma va sodda, baʼzan butkul dunyodan uzilgan ibtidoiy mavjudot, garchi olim va yuksak ahloq egasi boʻlsa ham;

Shaharlik - noziktab va kibrli inson, manmanlik va yolgʻonchilik timsoli, garchi kamtarin va hokisor boʻlsa ham;

Talaba - faqat ilm va maʼrifat uchun kurashuvchi inson, garchi......


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3💯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

Beg'ubor qalb, toza ko'ngil va bir oz umid!

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥1💔1