™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#hurmat

Tekinga ishlagan vaqtingda hurmat topasan va vaqti kelib haqqingni so'ragan paytingda hamma hurmatingni yo'qotasan.

® Ramziddin Abdikhalil

📌 Kuzatuvchilar uchun eslatma (yoki iltimos):
postni ko'chirganda muallif nomini o'chirish yoki o'zgartirish man etiladi!

™️
https://t.me/Taskinnn
💯2👍1🥰1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
#Taskin
#Drabl

Yoz faslining oxirlari, avgust oyi edi adashmasam, asrdan keyin doʻstim bilan Chorsu bozoriga qandaydir yumush bilan chiqdik. Bozorda haridorlar siyrak, issiq ancha arigan edi. Bozorga kirgan payt odatda juda koʻplab qismat egalari, hayot oʻy tashvishi bilan yurgan insonlarni, hayot oqimining qatrasi kabi oʻz hayotida yashayotgan turli taqdirlarni kuzatish mumkin. Baʼzan havas, baxtli oilalar farzandlari bilan yuzlarida quvonch, roʻzgʻor qilishadi, baʼzan mahzun nigohlar, sotuvchilar har oʻtkinchiga umid nazari bilan qarashadi. Rizq..
Bozorni orqa eshik tomondan chiqib ketayotib doʻstim bilan suhbatlasha turib koʻzim orqa eshik oldida bir insonga tushdi. Yoshi saksonlar atrofidagi, yuziga ajin tushgan va koʻzida qandaydir maʼyuslik bor onaxon (Namanganda acha deyishadi). Oldida kichik dastroʻmol, ustida....ustida ikkita koʻm koʻk olma, ikki dona bodring, bitta pomidor va bir bogʻ koʻkat...
Doʻstim bilan suhbat oʻz oʻrnini skunatga, qalbdagi sokinlik gʻalayonga almashdi.
Hayot ekan, qismat ekan... Lekin nimaga, nima uchun, bu jazomi yoki mukofot, bu qismatni( koʻrish nasibi meni qismatim va yoki shu holat onaxonning qismatimi).
Nahot kimdur kutayapti, kimningdur koʻzlari yoʻlda.
Allanechuk boʻgʻzimga nimadur tiqildi, koʻzimga yosh keldi, karaxt edim, bardoshim shu onda yiqildi..
Uzoq oʻyladim, doʻstim ham jim edi. Uni qalbida nima oʻtdi, bilmayman. Lekin men oʻsha kundan buyon #taskin topolmadim (!

Ramziddin Tursunov

@Taskinnn
👍52🔥2🥰1
#qismat

Mehnatidan mashaqqati ortiq bo'lgan ko'cha supuruvchi ayol erta tong uyidan ishga qarab chiqar ekan, bir qo'liga supurgi hamda ikkinchisiga katta idishda semichka solib oldi, yo'l-yo'lakay sotish uchun!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👏31👍1🥰1
#ovchi

Dam olish va zavqlanish uchun ovga chiqqan ovchi moviy osmon uzra gʻayrat bilan parvoz qilayotgan lochinni urib tushirdi. Mohir mergan. Lekin qush uzoqroqqa qulagani uchun olib kelishga hafsala qilmadi, erinchoqlik qildi.

Kimga foyda, bir jon uzildi, polaponlarchi?


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
1👍1🥰1🤔1
#muhr

Otang yelkangga urgan tayoqning oʻrni yoʻq boʻlmasligini duo qilib soʻra, mehr va tarbiya muhrini eslatib turadi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🥰2👏1
#qismat

Sahar vaqtida yupun kiyim bilan qo'llarini qovushtirib ketayotgan kamsuqum bolakay hayolidan o'tayotgan o'ylar qo'rqitadi, u murg'ak va begunoh!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🥰1💯1
#munosabat

Yaqindan tanishmang, masofada turmoq hayrli - unda hurmat, andisha va uyat bor!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🥰21🔥1👏1
#uvol

......qabr ustida ko'zlaridan yum-yum yoshlar to'kilar ekan, bermagan mehri va aytilmagan so'zlari uvolini his qildi...


vaqtim yo'q deydigan birodarlarimiz uchun):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😢6👍1🥰1
#__

Podalarga erk tuhfasi yot:
Bichilish va qirqilish - marra.
Meros emish avlodma-avlod
Bo'yinturuq, halqa va darra.


© A.S.Pushkin

™️ https://t.me/Taskinnn
😁3🔥2🥰1
#so'rovnoma

So'rovnoma o'tkazsangiz men o'likman deydigan respondentlar ham topiladi, huddi fikr bildirmagan va listni orqasiga ham yozganlar borligi kabi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3💯2🥰1
#rahbar

Qirq yildan ziyod umrini mehnatga tikkan va quyosh jaziramasida toblangan dexqon yerni chopar ekan, ikki kun avval ishga tayinlangan yangi rahbar unga yerni yaxshiroq chopishini aytdi. Va albatta bizning dexqon yomg'ir yog'magani uchun ham jazoga tortilishi mumkin.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2😢2💯2😨2🥰1💔1
#rizq

Qimorboz va o'g'ri kimsa uyidan chiqar ekan, duo olish uchun o'tirdi: "ishing baroridan kelsin, bolam"...

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2🥰1
#kamchilik

Ko'plab nodonlar ichidagi donolar hamisha jabr chekadi, huddi ko'plab donolar ichidagi nodonlar mehr topgani kabi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1🥰1
#salom

O'zi tanigan 30 yoshli ustoziga salom bergan G'ulom xulqidan mamnun holda 80 yoshli nuroniylarni oldidan jimgina o'tib ketdi, balkim tanimagandur.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3🥰1
#yurt

Ikki vatandosh suhbati:

- biz bu yurtning farzandlarimiz, uni sevishimiz, asrashimiz va uni yuksaltirishimiz kerak;
- haqqini berishadimi?


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥1🥰1
Yana bir qadrli va hayrli ayyom barchangizga muborak boʻlsin aziz yurtdoshlar!

™️
https://t.me/Taskinnn
6🎉21🥰1🕊1
#ayb

Jonini haddan ziyod yaxshi ko'radigan inson (agar gunohi ko'p bo'lsa) qattiqroq yo'talishdan ham qoʻrqadi, jonim chiqib ketmasin deb.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1🥰1💔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sinov

Qaysidir kichik bir sinovga, toʻsiq va muvaffaqiyatsizlikka uchrab, hayotning "adolatsiz"ligidan ta'na qilayotgan doʻstlarimiz uchun!

Dard chiroyli soʻzlar, balandparvoz nutqlar bilan emas, boʻgʻzingizdan chiqmagan soʻzlar bilan ifodalanadi.


Bu sinov, bu qismat, bu bardosh

™️
https://t.me/Taskinnn
😢21🔥1🙏1
#qadam

Hayotingizdagi ilk qadamni tavakkalchilik bilan qo'ygan bo'lsangiz, umringiz yakunida hatto ba'zi qadamlarni qo'yishga ham jur'at topa olmaysiz, yoki ehtiyoj.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4
#sabrlilik

Sabrli insonman deya olish uchun faqatgina maʼlum vaqtni kutish yoki oʻtkazish nazarda tutilmaydi, unda mashaqqatni yengish, aybdan oʻtish, bardoshlilik, taʼna qilmaslik va eng muhimi oʻzligiga hiyonat qilmaslik ham bor!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
💯3👍2🔥2