#mehmon
Toʻy uchun uzoq tayyorgarlik ko'rdik, hamma narsa shay, lekin baribir kamchilik va hafagarchilik bo'ldi. Behosdan kelgan o'limni esa rejaga kiritmagan edik, tayyorgarlik na bizda va na marhumda bor edi..
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn

👍5🥰1
#kitobxon
Davrlar o'tishini qarang, kitob yozuvchilar kam va qadri ulug' bo'lgan qadim davrda o'quvchilar ko'p va farosatliroq va bugun yozuvchilar soni ko'p, lekin uni o'qiydigan na bir kimsa va na unda axloq yo'q.
Kitob ilm manbayi - agarki o'qisangiz, uqa olsangiz.

🕊2⚡1🥰1
#tanlov
Ota yoki onani tanlash ikki koʻzning biridan kechishdek gap, har ikkisiga rozi emassan.
Ikkisidan ayrilgan kuning esa begumon soʻqirga aylanasan.

❤2⚡2👍2🔥2🥰1💯1
#xotira
- ey G'ulom, shu faqir kulbangda yashashing uchun na non va na boshqa ozuqa bo'lmasa, ko'rimli ham emas, nima seni bu chaylaga bog'lab turipti?
- devordagi guvalalarda otamning panja izlari qolgan...dardimni eshituvchi va menga taskin bera oluvchi.

🔥2👍1🥰1
#qadr
Zarni zargarga, yog'ochni duradgorga, ekinni dexqonga va qotilni jallod qo'liga topshirmas ekansiz, isrofga da'vo qilaverasiz! Kitobni o'qish xazina, unga changdan libos kiydirish emas.

🔥3👍1🥰1💯1
Yelka
Mas'uliyat yelkamizda boʻladi koʻpincha, har ikkisida ham salomimizni qabul qiluvchi va amalimizni yozib boruvchilar borligi uchun.
Javobgarlik esa boʻynimizda, tanamizning kimsalar va oʻzimizga hayr yoki jabr berishi mumkin boʻlgan qismini bogʻlab turganligi uchun.

👍2🔥1🥰1👏1
Forwarded from Mayiz
Nodonlar hamisha xarob bo‘lishgan,
Ziyo da’vo qilib sarob bo‘lishgan.
Bir hovuch oqillar, ranjimang aslo,
Tarixan johillar serob bo‘lishgan.
Ziyo da’vo qilib sarob bo‘lishgan.
Bir hovuch oqillar, ranjimang aslo,
Tarixan johillar serob bo‘lishgan.
👍6🥰1👏1🌚1
#niqob
Niqob tanlashda bir oz adolatli boʻling. Mazlum insonning niqobida fosh boʻlsangiz, chin mazlum va faqirlarga kimsalarning ishonchi yoʻqoladi. (Kasri sizning boʻyningizga)
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
Niqob tanlashda bir oz adolatli boʻling. Mazlum insonning niqobida fosh boʻlsangiz, chin mazlum va faqirlarga kimsalarning ishonchi yoʻqoladi. (Kasri sizning boʻyningizga)
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
👍2🥰1
#hurmat
Tekinga ishlagan vaqtingda hurmat topasan va vaqti kelib haqqingni so'ragan paytingda hamma hurmatingni yo'qotasan.
® Ramziddin Abdikhalil
📌 Kuzatuvchilar uchun eslatma (yoki iltimos): postni ko'chirganda muallif nomini o'chirish yoki o'zgartirish man etiladi!

💯2👍1🥰1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
#Taskin
#Drabl
Yoz faslining oxirlari, avgust oyi edi adashmasam, asrdan keyin doʻstim bilan Chorsu bozoriga qandaydir yumush bilan chiqdik. Bozorda haridorlar siyrak, issiq ancha arigan edi. Bozorga kirgan payt odatda juda koʻplab qismat egalari, hayot oʻy tashvishi bilan yurgan insonlarni, hayot oqimining qatrasi kabi oʻz hayotida yashayotgan turli taqdirlarni kuzatish mumkin. Baʼzan havas, baxtli oilalar farzandlari bilan yuzlarida quvonch, roʻzgʻor qilishadi, baʼzan mahzun nigohlar, sotuvchilar har oʻtkinchiga umid nazari bilan qarashadi. Rizq..
Bozorni orqa eshik tomondan chiqib ketayotib doʻstim bilan suhbatlasha turib koʻzim orqa eshik oldida bir insonga tushdi. Yoshi saksonlar atrofidagi, yuziga ajin tushgan va koʻzida qandaydir maʼyuslik bor onaxon (Namanganda acha deyishadi). Oldida kichik dastroʻmol, ustida....ustida ikkita koʻm koʻk olma, ikki dona bodring, bitta pomidor va bir bogʻ koʻkat...
Doʻstim bilan suhbat oʻz oʻrnini skunatga, qalbdagi sokinlik gʻalayonga almashdi.
Hayot ekan, qismat ekan... Lekin nimaga, nima uchun, bu jazomi yoki mukofot, bu qismatni( koʻrish nasibi meni qismatim va yoki shu holat onaxonning qismatimi).
Nahot kimdur kutayapti, kimningdur koʻzlari yoʻlda.
Allanechuk boʻgʻzimga nimadur tiqildi, koʻzimga yosh keldi, karaxt edim, bardoshim shu onda yiqildi..
Uzoq oʻyladim, doʻstim ham jim edi. Uni qalbida nima oʻtdi, bilmayman. Lekin men oʻsha kundan buyon #taskin topolmadim (!
✍ Ramziddin Tursunov
@Taskinnn

👍5❤2🔥2🥰1
#qismat
Mehnatidan mashaqqati ortiq bo'lgan ko'cha supuruvchi ayol erta tong uyidan ishga qarab chiqar ekan, bir qo'liga supurgi hamda ikkinchisiga katta idishda semichka solib oldi, yo'l-yo'lakay sotish uchun!
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
Mehnatidan mashaqqati ortiq bo'lgan ko'cha supuruvchi ayol erta tong uyidan ishga qarab chiqar ekan, bir qo'liga supurgi hamda ikkinchisiga katta idishda semichka solib oldi, yo'l-yo'lakay sotish uchun!
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
👏3⚡1👍1🥰1
#ovchi
Dam olish va zavqlanish uchun ovga chiqqan ovchi moviy osmon uzra gʻayrat bilan parvoz qilayotgan lochinni urib tushirdi. Mohir mergan. Lekin qush uzoqroqqa qulagani uchun olib kelishga hafsala qilmadi, erinchoqlik qildi.

Kimga foyda, bir jon uzildi, polaponlarchi?
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
❤1👍1🥰1🤔1
#muhr
Otang yelkangga urgan tayoqning oʻrni yoʻq boʻlmasligini duo qilib soʻra, mehr va tarbiya muhrini eslatib turadi.

🥰2👏1
#qismat
Sahar vaqtida yupun kiyim bilan qo'llarini qovushtirib ketayotgan kamsuqum bolakay hayolidan o'tayotgan o'ylar qo'rqitadi, u murg'ak va begunoh!

🥰1💯1
#munosabat
Yaqindan tanishmang, masofada turmoq hayrli - unda hurmat, andisha va uyat bor!

👍3🥰2⚡1🔥1👏1
#uvol
......qabr ustida ko'zlaridan yum-yum yoshlar to'kilar ekan, bermagan mehri va aytilmagan so'zlari uvolini his qildi...

vaqtim yo'q deydigan birodarlarimiz uchun):
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
😢6👍1🥰1
#__
Podalarga erk tuhfasi yot:
Bichilish va qirqilish - marra.
Meros emish avlodma-avlod
Bo'yinturuq, halqa va darra.
© A.S.Pushkin
™️ https://t.me/Taskinnn
Podalarga erk tuhfasi yot:
Bichilish va qirqilish - marra.
Meros emish avlodma-avlod
Bo'yinturuq, halqa va darra.
© A.S.Pushkin
™️ https://t.me/Taskinnn
😁3🔥2🥰1
#so'rovnoma
So'rovnoma o'tkazsangiz men o'likman deydigan respondentlar ham topiladi, huddi fikr bildirmagan va listni orqasiga ham yozganlar borligi kabi.

🔥3💯2🥰1
#rahbar
Qirq yildan ziyod umrini mehnatga tikkan va quyosh jaziramasida toblangan dexqon yerni chopar ekan, ikki kun avval ishga tayinlangan yangi rahbar unga yerni yaxshiroq chopishini aytdi. Va albatta bizning dexqon yomg'ir yog'magani uchun ham jazoga tortilishi mumkin.

👍2😢2💯2😨2🥰1💔1
#rizq
Qimorboz va o'g'ri kimsa uyidan chiqar ekan, duo olish uchun o'tirdi: "ishing baroridan kelsin, bolam"...

🔥2🥰1