™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
#Qismat

Moziy, 10 xonali uy, har birining oʻz sohibi va oʻz qulfi bor. Uydan chiqar ekan har qaysisi xonasini berkitib ketadi. Yillar oʻtdi, faqat bir kishi qoldi, qolgani bu yorugʻ olamni tark etishdi, adashib boshqa xonaga kalit soldi, xona ochildi, oʻz xonasi bilan bir xil, zarrasiga qadar, qolgan xonalarga qarab shoshildi, hammasini ochib koʻrdi, bir xil, ikki tomchi suvdek, hammasi.....

Nahot shuncha yil bir oʻzi yashagan boʻlsa, nahot aks.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
@Taskinnn
👍3🥰1
Ish

Gʻayrat va shijoat bilan boshlamoqchi boʻlgan ishimiz uchun 10 dan ortiq rahbarlarni ishga oldik, endi bitta ishlaydigan oddiy xodim olishimiz qoldi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🕊41🥰1👏1
#___

Umr yoʻl, ilm nur, nafs tuman. Agar qalbda nafs ustunlik qilsa ilmimiz soʻqir, yoʻlimiz jarlikka aylanadi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥1🥰1
Ona

Sud zalida uch insonning qotili va bir badbaxt kimsaning hukmi oldidan so'nggi so'z berilganida, farzandining ko'ngli o'ksik va qalbi pokligini iddao qilgan inson ham ona edi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍21🔥1🥰1
#Qadr

Qadr topish uchun birgina hislat kamlik qiladi, ilmingiz, xulqingiz, mehnatingiz, hech biri kam bo'lishi mumkin emas. Yo'qotish uchun esa birgina illat ham ko'plik qiladi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🥰1
Forwarded from Ahrorbek Akbarov jamoasi
YAXSHILIKNI OʻZIMIZDAN BOSHLAYLIK

"Siz aziz kanalimiz aʼzolari kuzatib borayotgan har bir lavha hayotimizning qaysidir jabhasida yuz bergan, berishi mumkin boʻlgan va boʻlayotgan voqealarni, kuni kecha bizga tanish boʻlgan, vaholanki bugungi kunda bizdan tobora uzoqlashib borayotgan insoniy fazilatlarni, mehr-oqibatni, milliy ruhimizni gavdalantirayotganligini koʻrishimiz mumkin. Ushbu lavhalarimiz orqali hech boʻlmaganda bir insonni koʻnglida shu tuygʻularni, fazilatlarni uygʻota olgan, uning hayotini yaxshi tomonga oʻzgartira olgan boʻlsak biz oʻz maqsadimizga yetdik deya olamiz.
Yaxshilik zanjirimizni siz ham davom ettiring, siz ham kimgadur yaxshilik qiling, yaxshi ishni oʻzingizdan boshlang
!!!

RAMZIDDIN TURSUNOV
Ahrorbek Akbarov jamoasi kanali aʼzosi


KANALGA ULANISH 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFCTItdv1xecmN_6yA
4👍1🥰1
Dunyo sarvatidan kechib ketyapman,
Yuk bordi yelkamda og'ir, dolg'ali...
Hayot poyezdida uchib ketyapman,
Faqat bir odamga yetib olgali.

Hammayoq tomosha, har yon tomosha,
Poyezd pishqiradi, hurkak olomon.
Bir kuni tugaydi bari mashmasha,
Bir kuni o'zimga yetib olaman.


© Xayrulla Hamidov


™️ https://t.me/Taskinnn
👍2🥰1
#qismat

Baʼzi insonlar kishilar hayotiga sinov boʻlib kirib keladi, baʼzilar esa quvonch, yana baʼzilar ibrat va hikmat uchun.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5🥰1
Forwarded from Alisher Qodirov
“Hech qachon ahmoqlar bilan tortishmang. Ular o’z darajalarida tajribalari hisobiga sizni ezib tashlaydilar”

Mark Tven.

@alisherQodir
🔥4🥰2
#qarash

Duoda so'rashni odat qiling, Iymonimizni ilmimizdan ortiq qilgin!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🥰1
#ibrat

Tulki daryoning narigi qirg‘og‘ida turgan tuyadan so‘radi:
— Suv sathi chuqur emasmi?
Tuya javob berdi:
— Yo‘q, yelka barobar.
Tulki o‘zini suvga otgan edi daryo chuqurligidan uni domiga torta boshladi. U goh suv ichiga g‘arq bo‘lib, goh tipirchilab zo‘rg‘a boshini suvdan chiqarib, arang bir toshga tirmashib jonini saqlab qoldi. Keyin xansiragancha tuyaga baqirdi:
— Sen daryoni yelka barobar, demaganmiding?!
Tuya yana xotirjam javob berdi:
— Ha, shunday, lekin u mening yelkam barobar.

Birovdan maslahat so‘rasangiz, u o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib maslahat berishi mumkinligini hisobga oling. Hammaning ham ko‘rsatmalari yoki hayot yo‘lini to‘lig‘icha o‘zingizga yo‘l tutmang. Yo‘qsa, ular kechib o‘tgan yo‘l, sizni g‘arq qilishi mumkin.

© Facebook sahifasidan olindi

™️ https://t.me/Taskinnn
🔥3👍2🥰2
#qarash

Kimdir ishi ko'pligidan va yana kimdir ishi yo'qligidan noliydi, Har ikki holatda ham hayrli yo'ldan adashtirmasin, zero rizqimiz butun!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍6🥰32
#hikmat

Mag'lubiyatni mag'rur va muvaffaqiyatni vazmin qabul qilish ham bir hislat!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍9🔥1🥰1
#____

Forsiyzabon shoirlardan biri:
"Odamiylik na jonu, na soqolu, na nutq bilandur.
To'tida nutq, echkida soqol, eshakda jondur", degan ekan.


™️ https://t.me/Taskinnn
🔥4🥰1
#qarz

Bolalik yillari ogʻir kechgan, nochor oilada dunyoga kelgan bola ulgʻayganidan soʻng koʻp qiynaldim, hayotimni oʻzim hal qilaman, men mustaqil insonman degan fikr bilan davom etar ekan, ota-onasining hayot tashvishlari va farzandi uchun uhlolmagan bir kunini ham oqlay olmasligini hech ham hayoliga keltirmaydi.

Qattiq gapirgan paytimizda esa (huddi dunyoni yelkasida ushlab turgan insondek) shunchaki jim qolishadi, eng ogʻir va achchiq jimlik. Ular oldidagi buyuk qarzimiz esa koʻpincha nasiya qoladi.

Qarzni soʻramaguniga qadar bermaydigan insonlarmizku ahir, ular ham shuni bilgandek, hech soʻrashmaydi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1🥰1💔1
#hotirjamlik

Ogʻir dard oldida yiqilgan koʻngilning buyuk qismati hotirjamlik va sukutda, nafs bilan kurashda sovuqqonlik va gʻurbat kuni birdamlikdadir!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🥰1
#dard

Boshingga tushgan dardni mustahkam bardosh bilan yenggayotgan paytda yaqinlaring ham yengishga yordam berishadi, seni.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🥰1
#saboq

Momoqaldiroq mahali gunoh botqog'iga tomog'i qadar botgan G'ulom yo'lda yurib borar ekan, chaqmoq uni qilmishlarini yuvishga imkon qoldirmasligidan qo'rqar edi.

Hayryatki manziliga yetdi, yana imkon berildi. Lekin yana shu osmon ostida rizqi qoldi, yo'l tugamadi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😢5👍1🔥1🥰1
#shukr

Tez-tez yaqinlarimizdan hol ahvol so'rashga undab turgan manfaatning ham boriga shukur):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥2🥰1
#chaqqon

Muvaffaqiyatga erishsangiz birinchilardan boʻlib tabriklovchi va quvonchingizga sherik boʻladigan hamda xato qilsangiz tezda sizni ayblovchi va avval yuzaga chiqmagan kamchiliklaringizni ham soʻzlovchi chaqqon insonlar ham yetarlicha topiladi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4😁3🥰1
#xotira

Har doim biz qilgan va bizga qilingan yaxshiliklarni unutishimiz anʼana, biz qilgan va bizga qilingan yomonliklarni esda saqlashimiz esa odat.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5👏2🥰1