™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#___

Ihlos tajriba va mahoratdan koʻra kattaroq kuchga ega, agar hayrli yoʻlda boʻlsa!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍1🥰1
Xalqdan xalqqacha.

Xalqning koʻp qismi piyoda harakatlanadi, qoida buzish natijasida yoʻlovchi yoki piyodani urib yuborgan kishi qotil va huquqbuzar, qoidabuzarlik holatini oldini olish va kamaytirish, qoidalarga amal qilish koʻnikmasini shakllantirish maqsadida haydovchilardan haqqini talab qilgan inson yozuvchi, yozuvchi esa boyagi xalqning dushmani.

Natija: qoidabuzar qahramon va u magʻrur, xalqini va haqqini tanigan inson esa ertakning yomon personaji.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2🥰1
Har so'zning o'z o'rni bor, har nuqtaning makoni.

Har bir yuksak cho'qqini ko'zlagan burgutning manzili cheksiz osmon, og'ir va vazmin, savlatini sukut berkitgan ulkan kitlarning manzili tubsiz ummon, bebaho olmosning makoni haybatli harsanglar qarida, yaxshilik va hayrning o'rni qalbning kalit bilan ochilmas qulflarida, kalamushning manzili zah va badbo'y chuqurlar, cho'chqalarning makoni esa iflos balchiqlar.

Manzil tanlashda adashmang, badali umr, uvoli qadr bo'ladi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2❤‍🔥1🥰1
Vazifa

Hech bir inson oʻz ishini qilmas bu qishloqda goʻrkov chayqovchilik bilan shugʻullanar edi. Bir oʻtkinchi undan dafn marosimi boʻlsa sizni qidirib, oʻz ishingizni qilishingizni talab qilishmaydimi degan savoliga u javob qildi:

- mengacha hali hech kim yetib kelgan emas, chunki gʻassol ham oʻz ishini qilmaydi, farzandlar ham.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🥰1
Bilmayman ne yerdan izlarim seni,
Izlagan, topganda ne ham qilardim.
Bir armon o'rtaydi tunlari meni,
Yig'lab janozamga kelsang, o'lardim.

Eslasam, yaqinday tuyular samo,
Yoding borlig'imni yog'duga belar.
Istamasman baxtsiz bo'laring, ammo
Baxtli deb o'ylasam, so'kingim kelar.


© A'zam O'ktam


™️ https://t.me/Taskinnn
👍1🥰1😢1
Qaytar kun

Bugun tepib kirgan eshigingni ochishga, balkida oʻsha eshikka yetib borishga ham kuching va madoring yetmas kunlarga yetib borasan hali.

Tafakkur qil, bugun poyingda boʻlgan narsaning poyiga borarsan bir kun. (Bu bir eshik halos)


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🥰1
Hayitlik

Yoshlik davrida ko'p kutiladigan kunlardan biri bu hayit. Hayitlik oladigan kun. Quvonch. Bu kunni hayot tashvishidan bexabar farzand va uyga kirishga jur'at topmagan ota timsolida his qilish esa juda og'ir.

Hayitlik kutadigan va oladigan davrdan beradigan kunlarga ham yetib keldik, hursandchilik ulashing, qodir qilgan bo'lsa baxt shu, bolalik kunlar uchun ham.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4🥰1
#______

Yigitlikda qo'llar uzun, tillar qisqa,
Keksalikda tillar uzun, qo'llar qisqa.
Yigitlikda yillar uzun, kunlar qisqa,
Keksalikda kunlar uzun, yillar qisqa…


©️ A'zam O'ktam

™️ https://t.me/Taskinnn
👍2🔥2🥰1👏1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
#Qismat

Moziy, 10 xonali uy, har birining oʻz sohibi va oʻz qulfi bor. Uydan chiqar ekan har qaysisi xonasini berkitib ketadi. Yillar oʻtdi, faqat bir kishi qoldi, qolgani bu yorugʻ olamni tark etishdi, adashib boshqa xonaga kalit soldi, xona ochildi, oʻz xonasi bilan bir xil, zarrasiga qadar, qolgan xonalarga qarab shoshildi, hammasini ochib koʻrdi, bir xil, ikki tomchi suvdek, hammasi.....

Nahot shuncha yil bir oʻzi yashagan boʻlsa, nahot aks.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
@Taskinnn
👍3🥰1
Ish

Gʻayrat va shijoat bilan boshlamoqchi boʻlgan ishimiz uchun 10 dan ortiq rahbarlarni ishga oldik, endi bitta ishlaydigan oddiy xodim olishimiz qoldi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🕊41🥰1👏1
#___

Umr yoʻl, ilm nur, nafs tuman. Agar qalbda nafs ustunlik qilsa ilmimiz soʻqir, yoʻlimiz jarlikka aylanadi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥1🥰1
Ona

Sud zalida uch insonning qotili va bir badbaxt kimsaning hukmi oldidan so'nggi so'z berilganida, farzandining ko'ngli o'ksik va qalbi pokligini iddao qilgan inson ham ona edi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍21🔥1🥰1
#Qadr

Qadr topish uchun birgina hislat kamlik qiladi, ilmingiz, xulqingiz, mehnatingiz, hech biri kam bo'lishi mumkin emas. Yo'qotish uchun esa birgina illat ham ko'plik qiladi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🥰1
Forwarded from Ahrorbek Akbarov jamoasi
YAXSHILIKNI OʻZIMIZDAN BOSHLAYLIK

"Siz aziz kanalimiz aʼzolari kuzatib borayotgan har bir lavha hayotimizning qaysidir jabhasida yuz bergan, berishi mumkin boʻlgan va boʻlayotgan voqealarni, kuni kecha bizga tanish boʻlgan, vaholanki bugungi kunda bizdan tobora uzoqlashib borayotgan insoniy fazilatlarni, mehr-oqibatni, milliy ruhimizni gavdalantirayotganligini koʻrishimiz mumkin. Ushbu lavhalarimiz orqali hech boʻlmaganda bir insonni koʻnglida shu tuygʻularni, fazilatlarni uygʻota olgan, uning hayotini yaxshi tomonga oʻzgartira olgan boʻlsak biz oʻz maqsadimizga yetdik deya olamiz.
Yaxshilik zanjirimizni siz ham davom ettiring, siz ham kimgadur yaxshilik qiling, yaxshi ishni oʻzingizdan boshlang
!!!

RAMZIDDIN TURSUNOV
Ahrorbek Akbarov jamoasi kanali aʼzosi


KANALGA ULANISH 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFCTItdv1xecmN_6yA
4👍1🥰1
Dunyo sarvatidan kechib ketyapman,
Yuk bordi yelkamda og'ir, dolg'ali...
Hayot poyezdida uchib ketyapman,
Faqat bir odamga yetib olgali.

Hammayoq tomosha, har yon tomosha,
Poyezd pishqiradi, hurkak olomon.
Bir kuni tugaydi bari mashmasha,
Bir kuni o'zimga yetib olaman.


© Xayrulla Hamidov


™️ https://t.me/Taskinnn
👍2🥰1
#qismat

Baʼzi insonlar kishilar hayotiga sinov boʻlib kirib keladi, baʼzilar esa quvonch, yana baʼzilar ibrat va hikmat uchun.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5🥰1
Forwarded from Alisher Qodirov
“Hech qachon ahmoqlar bilan tortishmang. Ular o’z darajalarida tajribalari hisobiga sizni ezib tashlaydilar”

Mark Tven.

@alisherQodir
🔥4🥰2
#qarash

Duoda so'rashni odat qiling, Iymonimizni ilmimizdan ortiq qilgin!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🥰1
#ibrat

Tulki daryoning narigi qirg‘og‘ida turgan tuyadan so‘radi:
— Suv sathi chuqur emasmi?
Tuya javob berdi:
— Yo‘q, yelka barobar.
Tulki o‘zini suvga otgan edi daryo chuqurligidan uni domiga torta boshladi. U goh suv ichiga g‘arq bo‘lib, goh tipirchilab zo‘rg‘a boshini suvdan chiqarib, arang bir toshga tirmashib jonini saqlab qoldi. Keyin xansiragancha tuyaga baqirdi:
— Sen daryoni yelka barobar, demaganmiding?!
Tuya yana xotirjam javob berdi:
— Ha, shunday, lekin u mening yelkam barobar.

Birovdan maslahat so‘rasangiz, u o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib maslahat berishi mumkinligini hisobga oling. Hammaning ham ko‘rsatmalari yoki hayot yo‘lini to‘lig‘icha o‘zingizga yo‘l tutmang. Yo‘qsa, ular kechib o‘tgan yo‘l, sizni g‘arq qilishi mumkin.

© Facebook sahifasidan olindi

™️ https://t.me/Taskinnn
🔥3👍2🥰2
#qarash

Kimdir ishi ko'pligidan va yana kimdir ishi yo'qligidan noliydi, Har ikki holatda ham hayrli yo'ldan adashtirmasin, zero rizqimiz butun!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍6🥰32
#hikmat

Mag'lubiyatni mag'rur va muvaffaqiyatni vazmin qabul qilish ham bir hislat!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍9🔥1🥰1