™️ TASKIN (T.R.A.)
162 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
Achchiq gap

Qiz bayramda yigitdan sovgʻa kutadi, yigit esa qizdan sadoqat.(har biridan):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
💯2👍1🔥1🕊1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
#R2

G'ulom ishdan kelib vahtli uhlagan ekan, yarim kechasi 3 larda uygʻonib ketdi, qayta uhlay olmadi, shunchaki oʻy surib qoldi, hech kimga telefon ham qilmadi, (shunchaki yon daftarini qoraladi) ota-onasi va yaqinlari dam olishyapti, bezovta qilmadi, yana, kelajagini u bilan quradigan insonni hali uchratmaganini anglab yetdi, oʻrni bilindi.

G'ulom uchun endi oʻyin-kulguni tugatadigan vaqt ham keldi, lekin rost kundan avval ortga qadam tashlay olmaydi, sabr, yana 20 kun.

Kun: 19.02.2024.
Soat: 04:36


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🕊1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
BUYUK QARGʻISH

📝 Ustoz shunday insonki, oʻz bilimini, mehnatini, salohiyatini va vaqtini imkon qadar boshqalarga ulashishga, hayrli yoʻlda yaxshilik qilishga intiladi, haqiqiy inson, chin jasorat sohibi, Alloh rozi boʻlsin....

Faqat bir, buyuk qargʻishi bor..
Shogirdlaridan.
Beminnat xizmatlari va kalta qoʻllari uchun..!


® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍1
Biz

Yaxshilik bobida tezda unutishga moyil, yomonlikni esa eslashda tengi yoʻq insonlarmiz.

Jamiyatga taʼna qilishda ustasi farang va oʻz illatini anglashda soʻqir kimsalarmiz.

❗️Har qadam yo hikmat, yo gʻaflat uchun imkon):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🤔21👎1
Ramazon

Ogʻiz faqat taom uchun emas, balki gʻiybat, tuhmat, achchiq soʻz va yolgʻondan ham tiyilish uchun yopilgan, hayr va samimiyat hukmron davrga kirib kelmoqdamiz!

Barchaga oylarning sultoni muborak boʻlsin!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🥰51🕊1
#tuygʻu

La'nat bo'lsin, avrab insonni
Allalagan o'shal tuyg'uga!
La'nat bo'lsin, tabarruk jonni
Tan g'origa solgan dog'uga!

La'nat! Ado qilguvchi bizni
Ko'ngildagi takabburga ham,
La'nat! Murgak hislarimizni
Aldaguvchi tasavvurga ham.

La'nat senga! Bizni band etgan
Turmush o'yi, oila, shuhrat.
Lahza bizni sarbaland etgan
Shirin tushlar, sizga ham la'nat!

Senga ham, ey boylikka ruju!
La'nat bo'lsin butun umrga,
La'nat bo'lsin muhabbatga-yu,
Sharob bergan totli sururga.

La'nat senga, shirin hayolot!
Ne g'ulular solguvchi boshga,
Barchasiga chidarmiz, hayhot,
La'nat bo'lsin sabru bardoshga!!!


Gyote

™️
https://t.me/Taskinnn
🕊3😢1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
#Ramazon

Kimningdir iftorligi uchun kamlik qilayotgan puli kim uchundir butun boshli Ramazon oyi uchun yetarli.

Tafakkur qilaylik!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
@Taskinnn
👍2🔥2👏1
#___

Nomard ishi oson, vijdoni bandi,
Ko'ngilni sindirmoq hayotin zavqi,
Nodonga nodonlik qilar be-qadri,

Jabr senda qolar, unutma hech vaqt!

Nafs uchun qilganing olar joningni,
Na or senda qolar va na hamiyat.
Hayr uchun bergin, bugun boringni,
Ajr senda qolar, unutma hech vaqt!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
2
ISHONCH

Bir kishi tuyasini sotdi. Sotib olganlar tuyani qushxonaga so‘ygani olib borishdi. Tuya qushxonaga kirmadi. Qaysarlik qilib oyoq tirab oldi. Barcha urinishlar bekor ketdi.

Tajribali bir kishi kelib qolib tuyaning egasini chaqirib kelishlarini, faqat u tuyani qushxonaga olib kira olishi mumkinligini aytdi.

Tabiiyki, tuyaning egasi keldi. Arqondan ushlab sekin qushxona sari tortdi. Tuya sekin yurishni boshladi va qushxonaga kirdi. Qassoblar darrov pichoqlarini hozirlab tuyani so‘ymoqchi bo‘lishdi. Ammo tuyaning egasi ularga dedi:
- Do‘stlar! Menga ishonib mening izimdan yurgan hayvonga men qanday qilib xiyonat qilaman?! Axir bu tuya menga ishondi-ku!

Tuyaning egasi ularning roziligi bilan pulni qaytarib berdi va tuyani olib ketdi. So‘ngra o‘ziga jonini ishonib topshirganlarga umuman xiyonat qilmaslikka qasam ichdi!

Sizga ishonganlarga xiyonat qilmang. Aldamang ularni. Xiyonat bu nomussizlik, razolat va pastkashlikdir!

© Facebookdan olindi

™️
https://t.me/Taskinnn
❤‍🔥3😢2
#dard

Muhabbatini dardga qoʻygan qalb uchun sogʻlik jarohat bilan barobar.

Baxt bu - siz qoʻygan muhabbat, albatta hayrli boʻlsa!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2
Ikki yuz

Illati ogʻir kimsa bilan birga boʻlsangiz undan yiroq boʻling, yoki yaxshi tomonga oʻzgartiring. Har holda ikki qadam ortda turib hammaga uning qilmishini bayon etishdan afzalroq tanlov ham bor sizda.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥1
#____

Bir qalbni obod qilish qo'lingdan kelmas ekan, unga zarra ozor berishga ham haqli emassan!


Jamiyat uchun keltirgan foydang qilgan zararingdan ko'proq bo'lishi shart!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
❤‍🔥1
Tentakni o‘tkazmang sira ham to‘rga,
O‘rganib qoladi juda ham to‘rga.
Tentakligi davom etadi uning-
To‘r so‘rab boradi hattoki go‘rga.....

Bir kulib dengchi: "bu katta olim-ku,
Unga kim qarshidir-katta zolim-ku".
Ko‘p bo‘lar tentakni qo‘llaydiganlar,
Sog‘larning kamligi axir, ma’lum-ku.


©️Xayrulla Hamidov

™️
https://t.me/Taskinnn
2👍2
Forwarded from Ubaydullayev's blog
O'zligingga qayt o'zbek!

Ushbu videoni ko'rganimdan keyin Toshkentdan Namanganga qarab ketgim keldi. Xullas, bugun tarovehdan keyin uyga qaytaman. Siz-chi?

Borib, bobom va buvim, dadam va barcha yaqinlarimning qabrini men obod qilmasam, kim obod qiladi?!

Xulosa o'rnida shuni aytaman-ki, yeng shimarib o'zlikka qaytish vaqti keldi do'stim. Musofirda bo'lsang, tur va borib uyingni, mahallangni obod qil. Stresslardan, muammolardan, hayot tashvishlaridan bir kunga ozod bo'l.

©️ Shaxboz Ubaydullayev

Obuna uchun: 🐝

https://t.me/+v8XjzpcP9UxhMGMy
👏2
#sabab

Muborak oy, nafs yo'lida insonni har ko'yga solishga tayyor shaytonlar ham bandi qilingan qutlug' kunlar.

Illat qilmang, aslingiz namoyon bo'lganda bahona topolmay qolasiz!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
#Nutq

Insonni hayvondan ajratib turuvchi xususiyatlardan biri bu nutq, agarki undan hazrati insonga xos boʻlgan soʻzlar chiqsagina, aks holda qolgan belgilar ahamiyatsiz - hayvonga aylanamiz):

Nutq kalom uchun, yana shirin soʻz va mehr ulashish uchun berilgan neʼmat. Tahqir va haqorat uchun emas!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1🥰1
Fikr

Skunatni buzgan birinchi fikr hammaning munosabatini aniqlashtiradi:

- u haq, to'g'ri aytayapti, fikriga qo'shilaman, men ham shu fikrdaman;
- nima deyapsan, mutlaqo xato, biz qarshimiz, qayoqdan kelib qolding.

Lekin keyin munosabat bildirganlarning hech biri birinchi bo'lib fikr bildirmaydi, xato qilishdan qo'rqadi, subtsiz, beor):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
1👏1🕊1
Taqdir

Gʻulom yosh vaqtida kelgan azim va navqiron maskanda birinchi kun oyoqlari issiqda kuygan, dovdirab qay yerga boshini urishni bilmas, har qadamda dakki eshitgan va kelganiga ming pushaymonlar boʻlgan kunlar, koʻplab chirkin illatlarga duch keldi, yaxshi insonlar va nafs qullari davrasida guvoh boʻldi, ulgʻaydi, nihol asta daraxtga aylana boshladi.

Tush paytida bir bolakayga koʻzi tushdi, oyoqlari kuygan, kishilar turtkisidan toqati tugab borayotgan, hali uni koʻp qismat kutmoqda.


Tarix qaytalanadi, turli qismatlarda.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍21🥰1
#Inson

🔘 Har qaysi inson qalbining tub tubida bir orzu bor, eng bemaʼni va ahmoqona orzu, vaqt va imkon bor, lekin toʻsiq bor, subut;

🔘 Har qaysi inson bagʻrida bir buyuk armoni bor, achchiq va ogʻriqli, hatto eslashni yurak koʻtarmaydi, unga vaqtning ahamiyati yoʻq, vaqt davolay olmaydi;

🔘 Har qaysi bandaning bir ogʻir gunohi bor, bari baridan katta va ogʻirroq, har yodiga olganida tavbadan boshi koʻtarilmaydi;

🔘 Har qaysi halol moʻminning bir yoʻldan adashgan birodari bor, ikkisining shu holatda qarishi halokat;

🔘 Har qaysi badnafs badavlatning million million pullari bor, ehsondan yashirib qimorga atalgan;

🔘 Har qaysi qiyomatli qalin doʻstlarning bir birlariga ayta olmagan ikki ogʻiz gapi bor, qilgan hiyonati va yolgʻoni haqida;

🔘 Har qaysi insonning oʻz yoʻli, oʻz manzili, oʻz dunyosi, oʻz halovati va taskini bor, huddi Gʻulom kabi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
1👍1🔥1🥰1
#___

Tanasiga birinchi bor shikast yetgan murgʻak qalblar olamga jar solib aytadi: hech kim bu azobni his qila olmaydi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍21🥰1
Qismat

Har bir jonni dardi boʻlak, gʻami boshqa,
Har goʻshaning gashti boʻlak, siri oʻzga,
Malham izlab umr bilan yoʻlga chiqqan,
Fikri boʻlak, koʻngli nozik, yoʻli boshqa.

Topgan baxtni koʻrmagan biz beqarorlar,
Qadrini hech qadr qilmas, beparvolar,
Yigʻlab qoʻlda qurbon qilgan orzularni,
Yoʻlda davom etayapmiz, bedavolar.

Maqsad mavhum, niyat soʻqir, bu zaminda,
Nafsi bilan oshno boʻlgan koʻp zamonlar,
Adashganni koʻrib oʻsha qora yoʻlda,
Yurib borib choʻkayotgan, bemaʼnolar.

Vaqtini suv kabi sochgan, sahrolarga,
Boshin urib olgan turfa balolarga,
Taskin istab ochib koʻnglin, har insonlar,
Battar kirib qolgan oʻshal savdolarga.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👏32👍1🥰1