™️ TASKIN (T.R.A.)
162 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#balki

Tajribasiz kishiga yordam bermoqchi bo‘lsang — u bilan bajar.
Keksa kishiga yordam bermoqchi bo‘lsang — uning o‘rniga bajar.
Mohir kishiga yordam bermoqchi bo‘lsang — nariroq tur, halal berma.
Ahmoqqa yordam bermoqchi bo‘lsang — sen ham ahmoqsan.


©️ Facebookdan olindi

™️ https://t.me/Taskinnn
👍2😁2🔥1
#Aks

Barchaga oʻzi kabi munosabatda boʻlsangiz siz ular uchun eng badfeʼl va betgachopar odamsiz.

Barchaga yaxshi muomalada boʻlsangiz esa laganbardor va ojiz, yomon boʻlsa madaniyatsiz va qoʻpolsiz.

Hayrli yoʻlda albatta sinov bor, baʼzan oʻzingiz, baʼzan oʻzgalar bilan sinalasiz!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
4👍1🕊1
#Qor

Ikki kun davomida yoqqan qor havoni ancha tozaladi, g'ubor, chang va hovurlar bosildi, shukr.

Qalblarni ham anchayin tozalovchi, ahillik va poklik uchun osmondan yog'ilishi kutilayotgan kunlar ham yaqin, ming bor shukr.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4🕊32🥰1
#aks

Bugun kim uchundir to'qigan nayranggingiz va yoki ko'rsatgan tomoshalaringizni ham, qilgan shirin so'z va hayrli ibratlaringizni ham tomoshabini, ertaga albatta o'zingiz bo'lasiz.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🕊3👏1😢1
#Raqobat

Qishning sovuq kunlarida koʻchada yurar ekansiz, turli taqdir egalariga duch kelasiz. Yoʻl chetida yonma-yon uch nafar ehson umidida turgan inson: birining ikki qoʻli yoʻq, ikkinchisi qoʻlida chaqaloq bilan, uchinchisi esa soppa sogʼ.

Birining nuqsoni, ikkinchisi kelajagiga umidsiz chaqalogʻi borligi uchun va soʻnggisi gʻurursizlikni yelkalariga olib kelishgan. Asli, uchinchida turgani koʻp narsaga muhtoj, lekin bu yerda raqobat yoʻq.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🔥1👏1
Tuygʻu

Hissiz inson ortingda soʻnggi soʻzingdan keyin bir nuqtada qotib qolmaydi, koʻngillarni kamroq ogʻriting, qoʻlingizdan kelsa butkul ogʻritmang!

Qolgani, aytilmagan rahmat, soʻralmagani uzr!

Ayblarni unutadigan va chin inson boʻlib yashaydigan kunlar yaqin, shukr!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1👏1
XXI asr muhabbati

Taqdir uchrashtirdi deb atalmish ushbu ikki qalb bir-birlari uchun birinchisi emasdi, afsus, oxirgisi ham emas.

Tuygʻu uchun haqorat, or uchun isnot!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
❤‍🔥2😢2🔥1👏1😭1
#qadr

Maddohlar sabab qadri va ta'siri o'lib borayotgan so'zlardan biri - ko'zimga yosh keldi...

Ba'zan tabassum bilan aytilganda bilinib qoladi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥2👏1😢1
#Hayr

Ota-onangizdan yashirgan har bir qatra dardingiz uchun ming hayr va ajrlar boʻlsin.

Afsus, ular koʻp hollarda bizni bu mukofotdan mahrum qilishadi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🔥1👏1
Bola kimniki

Bolalar degan bir qatlam borki, doimo egasi noma'lum. Agarki bir muvaffaqiyatga erishsa u hammaniki, ota-ona, mahalla, ta'lim olayotgan maskani, qarindoshlar, ustozlar... Biror xato va yoki qilmish qilgan vaqtida esa u hechkimniki emas, na oila va va naboshqalar, shunchaki unga isnod ko'zi bilan qaraladi.

Taqdir taqozosi bilan ota va ona ayrilganda ham u yana egasiz qoladi. Egasini topaylik!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🔥1👏1
#Tanlov

Hayotda turli xildagi tanlovlarga va qarorimizga qarab uning natijalariga duch kelamiz. Eng hayrlisi esa qaygʻuni vazminlik bilan va quvonchni bosiqlik bilan qarshi olish.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2👏1🕊1
QOʻSHNI

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda bir kontentga koʻzim tushdi:


Bir yupun insonning olamdan oʻtganligi haqida badavlat qoʻshnilariga xabar keltirishdi. Qoʻshnilardan biri uning janozasini oʻtkazish, ikkinchisi goʻrkov va gʻassolni olib kelishi, uchinchisi esa qoʻy soʻyishini aytdi va har uchalasi ham oʻlim sababini soʻrashganda shunday javob olishdi: marhum 4 kunlik ochlikdan soʻng vafot etdi!

™️
https://t.me/Taskinnn
😢2👍1👏1
Rizq

Muvaffaqiyat sizni kuchli ekanligingiz va yoki mag'lubiyat ojiz ekanligingizni anglatmaydi, rizq deb qo'ying!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🕊2
#safar

100 kilometr atrofidagi masofaga qilgan 66 kunlik safarim oʻz yakuniga yetdi.

Bugungi bayram barcha nafosat vakillariga muborak boʻlsin, Alloh hayrli yoʻldan hech ham adashtirmasin, har doim va har yerda yuzingiz yorugʻ boʻlsin!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1
Achchiq gap

Qiz bayramda yigitdan sovgʻa kutadi, yigit esa qizdan sadoqat.(har biridan):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
💯2👍1🔥1🕊1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
#R2

G'ulom ishdan kelib vahtli uhlagan ekan, yarim kechasi 3 larda uygʻonib ketdi, qayta uhlay olmadi, shunchaki oʻy surib qoldi, hech kimga telefon ham qilmadi, (shunchaki yon daftarini qoraladi) ota-onasi va yaqinlari dam olishyapti, bezovta qilmadi, yana, kelajagini u bilan quradigan insonni hali uchratmaganini anglab yetdi, oʻrni bilindi.

G'ulom uchun endi oʻyin-kulguni tugatadigan vaqt ham keldi, lekin rost kundan avval ortga qadam tashlay olmaydi, sabr, yana 20 kun.

Kun: 19.02.2024.
Soat: 04:36


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🕊1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
BUYUK QARGʻISH

📝 Ustoz shunday insonki, oʻz bilimini, mehnatini, salohiyatini va vaqtini imkon qadar boshqalarga ulashishga, hayrli yoʻlda yaxshilik qilishga intiladi, haqiqiy inson, chin jasorat sohibi, Alloh rozi boʻlsin....

Faqat bir, buyuk qargʻishi bor..
Shogirdlaridan.
Beminnat xizmatlari va kalta qoʻllari uchun..!


® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍1
Biz

Yaxshilik bobida tezda unutishga moyil, yomonlikni esa eslashda tengi yoʻq insonlarmiz.

Jamiyatga taʼna qilishda ustasi farang va oʻz illatini anglashda soʻqir kimsalarmiz.

❗️Har qadam yo hikmat, yo gʻaflat uchun imkon):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🤔21👎1
Ramazon

Ogʻiz faqat taom uchun emas, balki gʻiybat, tuhmat, achchiq soʻz va yolgʻondan ham tiyilish uchun yopilgan, hayr va samimiyat hukmron davrga kirib kelmoqdamiz!

Barchaga oylarning sultoni muborak boʻlsin!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🥰51🕊1
#tuygʻu

La'nat bo'lsin, avrab insonni
Allalagan o'shal tuyg'uga!
La'nat bo'lsin, tabarruk jonni
Tan g'origa solgan dog'uga!

La'nat! Ado qilguvchi bizni
Ko'ngildagi takabburga ham,
La'nat! Murgak hislarimizni
Aldaguvchi tasavvurga ham.

La'nat senga! Bizni band etgan
Turmush o'yi, oila, shuhrat.
Lahza bizni sarbaland etgan
Shirin tushlar, sizga ham la'nat!

Senga ham, ey boylikka ruju!
La'nat bo'lsin butun umrga,
La'nat bo'lsin muhabbatga-yu,
Sharob bergan totli sururga.

La'nat senga, shirin hayolot!
Ne g'ulular solguvchi boshga,
Barchasiga chidarmiz, hayhot,
La'nat bo'lsin sabru bardoshga!!!


Gyote

™️
https://t.me/Taskinnn
🕊3😢1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
#Ramazon

Kimningdir iftorligi uchun kamlik qilayotgan puli kim uchundir butun boshli Ramazon oyi uchun yetarli.

Tafakkur qilaylik!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
@Taskinnn
👍2🔥2👏1