™️ TASKIN (T.R.A.)
162 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
Baxt

Siz qay darajada baxtli inson ekanligingizni hasta boʻlib, millionlab pulni sarf qilib davolanayotgan vaqtda, sogʻlom tana sizga hech bir toʻlovsiz berilganligini anglab yetganda his etasiz.

Odat uchun, doim haqqini toʻlayotgan emas, balki toʻlamayotgan neʼmatingizga ham eʼtibor qiling!

P/S: davosi topilmagani sari oʻsha neʼmatning qiymati ham oshib boraveradi, bepul neʼmatni):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🥰4👍2👏1🕊1
Qismatlar

Har bir qishloqning hamma taniydigan bir olim-u fuzalosi (ziyoli, o'qimishli, hamma uchun ilm manbai), keksa nasihatgo'yi (qishloqning qut-barakasi va fayzi), qo'li gul usta (navbat kutib bo'lsa ham shu insonga uyini qurdiradi) va mohir oshpazi (albatta to'yda xizmat qiladi), bir go'rkov (hammaga dardkash), o'g'ri (achinish kayfiyati va nafratli qarash) va devonasi(shukr uchun) bor.

Bejiz emas, siz ham shulardan birisiz, kim uchundir o'rnak, yoki yaxshi, yoki yomon.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥1
Qaytish

Begunoh va begʻubor tugʻilib, yana shunday yakunga erishish ham oson emas.

Baʼzan qoʻlimizdan kelmaydi, katta boʻlib qolganmizda, kuchimiz ham, aqlimiz ham oʻsgan):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5😢1🕊1
Sodda qarash

Sodda qarashli inson uzoq umr koʻrsa kerak, chunki u jamiyatga faqat ikki rangda baho beradi: oq va qora.

Har holda u har ikki rangli va umuman rangsiz tomonlarni bilmaydi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
1👍1
#rost

Rost so'z xususiyati kundan-kun chigallashib, taqdiri vaziyat ixtiyoriga o'tib qolmoqda. O'rni kelsa aytiladi, o'rni kelmasa e'tiborsiz qoladi.

___________________

Sukut har doim ham neytrallik alomati emas, ba'zan uning ortida g'ayir ishga hayrihohlik ham bor.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🤔1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
#Facebook
#Kõrdik

Yiqilgan kurashga toʻymas deydilar,
Yilqilmay kurashga toʻyganni koʻrdik.
Rizq emas, bil taqdir deya bariga,
Qismatga tavakkal qoʻyganni koʻrdik...

©️ Ramziddin Tursunov

Yiqilmay kurashga toʻyganki gʻolib,
Asli magʻlub, gʻalaba qilganin koʻrdik.
Taqdir deya, taskin deya bariga,
Koʻnikkan koʻngilning koʻnganin koʻrdik.

©️ Shaxboz Ubaydullayev

Sabrla kurashib borib mardona,
Manzilin izlabon topganni ko'rdik.
Topibla shukr deb sajdaga nogoh,
Boshini pinhona qo'yganni ko'rdik!

©️ Dostonbek Sobirov

Nagahon kichik bir murg'ak jussada ,
Dunyoni yukuni ortganni ko'rdik.
Patdek yengil g'amni ko'tarolmasdan,
Zaminla cho'kallab qolganin ko'rdik.

©️ Zoxidjon Komilxojayev

Zaminga choʻkkalab yiqilgan gʻarib,
Koʻnglida hatto gard yoʻqligin koʻrdik.
Hayrlisi uchun, hech un chiqarmay,
Eshiklarni yopib, ketganin koʻrdik...]:

® Ramziddin Tursunov

Ko'rdik yiqilganin hatto mardlarni,
Ko'tarolmay qalbi ulkan dardlarni,
Zabt etib mayuslik murg'ak qalbini,
Dardlarga shukrlar qilganni ko'rdik...

© Dostonbek Sobirov

Qodir ekanliging uchun dard bergan,
Asli dard, quvonchdir, Allohdan nazar.
Qorning uchun emas, qadring uchun oʻl,
Haybatli togʻlarning singanin koʻrdik...]:

® Ramziddin Tursunov

T.me/Taskinnn
👍21
Bugun

Qish kunlari, havo sovuq, lekin munosabatlarga qaraganda ancha iliq. Har ehtimolga qarshi issiq kiyingan maʼqul!

Salom bermaslik illatga aylanayotganini qayta-qayta aytdik, bolalarimiz salomni oʻrgandi, lekin alik olishga hali tayyor emas ekanmiz. Avlodimizga yana bir martta yutqazdik.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍1🕊1
#R2

G'ulom ishdan kelib vahtli uhlagan ekan, yarim kechasi 3 larda uygʻonib ketdi, qayta uhlay olmadi, shunchaki oʻy surib qoldi, hech kimga telefon ham qilmadi, (shunchaki yon daftarini qoraladi) ota-onasi va yaqinlari dam olishyapti, bezovta qilmadi, yana, kelajagini u bilan quradigan insonni hali uchratmaganini anglab yetdi, oʻrni bilindi.

G'ulom uchun endi oʻyin-kulguni tugatadigan vaqt ham keldi, lekin rost kundan avval ortga qadam tashlay olmaydi, sabr, yana 20 kun.

Kun: 19.02.2024.
Soat: 04:36


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1
#balki

Tajribasiz kishiga yordam bermoqchi bo‘lsang — u bilan bajar.
Keksa kishiga yordam bermoqchi bo‘lsang — uning o‘rniga bajar.
Mohir kishiga yordam bermoqchi bo‘lsang — nariroq tur, halal berma.
Ahmoqqa yordam bermoqchi bo‘lsang — sen ham ahmoqsan.


©️ Facebookdan olindi

™️ https://t.me/Taskinnn
👍2😁2🔥1
#Aks

Barchaga oʻzi kabi munosabatda boʻlsangiz siz ular uchun eng badfeʼl va betgachopar odamsiz.

Barchaga yaxshi muomalada boʻlsangiz esa laganbardor va ojiz, yomon boʻlsa madaniyatsiz va qoʻpolsiz.

Hayrli yoʻlda albatta sinov bor, baʼzan oʻzingiz, baʼzan oʻzgalar bilan sinalasiz!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
4👍1🕊1
#Qor

Ikki kun davomida yoqqan qor havoni ancha tozaladi, g'ubor, chang va hovurlar bosildi, shukr.

Qalblarni ham anchayin tozalovchi, ahillik va poklik uchun osmondan yog'ilishi kutilayotgan kunlar ham yaqin, ming bor shukr.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4🕊32🥰1
#aks

Bugun kim uchundir to'qigan nayranggingiz va yoki ko'rsatgan tomoshalaringizni ham, qilgan shirin so'z va hayrli ibratlaringizni ham tomoshabini, ertaga albatta o'zingiz bo'lasiz.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🕊3👏1😢1
#Raqobat

Qishning sovuq kunlarida koʻchada yurar ekansiz, turli taqdir egalariga duch kelasiz. Yoʻl chetida yonma-yon uch nafar ehson umidida turgan inson: birining ikki qoʻli yoʻq, ikkinchisi qoʻlida chaqaloq bilan, uchinchisi esa soppa sogʼ.

Birining nuqsoni, ikkinchisi kelajagiga umidsiz chaqalogʻi borligi uchun va soʻnggisi gʻurursizlikni yelkalariga olib kelishgan. Asli, uchinchida turgani koʻp narsaga muhtoj, lekin bu yerda raqobat yoʻq.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🔥1👏1
Tuygʻu

Hissiz inson ortingda soʻnggi soʻzingdan keyin bir nuqtada qotib qolmaydi, koʻngillarni kamroq ogʻriting, qoʻlingizdan kelsa butkul ogʻritmang!

Qolgani, aytilmagan rahmat, soʻralmagani uzr!

Ayblarni unutadigan va chin inson boʻlib yashaydigan kunlar yaqin, shukr!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1👏1
XXI asr muhabbati

Taqdir uchrashtirdi deb atalmish ushbu ikki qalb bir-birlari uchun birinchisi emasdi, afsus, oxirgisi ham emas.

Tuygʻu uchun haqorat, or uchun isnot!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
❤‍🔥2😢2🔥1👏1😭1
#qadr

Maddohlar sabab qadri va ta'siri o'lib borayotgan so'zlardan biri - ko'zimga yosh keldi...

Ba'zan tabassum bilan aytilganda bilinib qoladi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥2👏1😢1
#Hayr

Ota-onangizdan yashirgan har bir qatra dardingiz uchun ming hayr va ajrlar boʻlsin.

Afsus, ular koʻp hollarda bizni bu mukofotdan mahrum qilishadi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🔥1👏1
Bola kimniki

Bolalar degan bir qatlam borki, doimo egasi noma'lum. Agarki bir muvaffaqiyatga erishsa u hammaniki, ota-ona, mahalla, ta'lim olayotgan maskani, qarindoshlar, ustozlar... Biror xato va yoki qilmish qilgan vaqtida esa u hechkimniki emas, na oila va va naboshqalar, shunchaki unga isnod ko'zi bilan qaraladi.

Taqdir taqozosi bilan ota va ona ayrilganda ham u yana egasiz qoladi. Egasini topaylik!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🔥1👏1
#Tanlov

Hayotda turli xildagi tanlovlarga va qarorimizga qarab uning natijalariga duch kelamiz. Eng hayrlisi esa qaygʻuni vazminlik bilan va quvonchni bosiqlik bilan qarshi olish.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2👏1🕊1
QOʻSHNI

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda bir kontentga koʻzim tushdi:


Bir yupun insonning olamdan oʻtganligi haqida badavlat qoʻshnilariga xabar keltirishdi. Qoʻshnilardan biri uning janozasini oʻtkazish, ikkinchisi goʻrkov va gʻassolni olib kelishi, uchinchisi esa qoʻy soʻyishini aytdi va har uchalasi ham oʻlim sababini soʻrashganda shunday javob olishdi: marhum 4 kunlik ochlikdan soʻng vafot etdi!

™️
https://t.me/Taskinnn
😢2👍1👏1
Rizq

Muvaffaqiyat sizni kuchli ekanligingiz va yoki mag'lubiyat ojiz ekanligingizni anglatmaydi, rizq deb qo'ying!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🕊2