™️ TASKIN (T.R.A.)
162 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
Targ'ibot

Targ'ibot uchun eng yaxshi va qulay joy bu oshxona, chunki insonlar qorni to'q bo'lsagina kimningdir gapiga quloq solishadi. Oshpazga esa halal berasiz):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍6🕊1
Suhbat:

- biz erta tongda 3000 metr masofaga yugurib kelamiz, sog'lik va tetiklik uchun;
- biz ham minglab metr masofani bosib o'tamiz, tirikchilik uchun;
_____________________________________
- biz tushlikka oqsilli mahsulotlarni iste'mol qilamiz, taomlardan zavq olamiz;
- biz esa kechadan qolgan ovqatni yeymiz, yashash uchun;
_____________________________________
- biz hayotdan zavq olish uchun chet ellarga sayohat qilamiz, hayotga bir martta kelamiz ahir;
- sizning chet elga qilgan bir marttalik sayohatingiz bizga bir umirga yetsa ajab emas.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2😢2🕊1
Biz

Qaysidir birodarimizga yaxshilik qilamiz va eshikka tomon qarab yaxshilik qilgan insonimiz har safar bizga qulluq qilishini kutamiz;

Yordamga muhtoj insonga qarz beramiz, qarzini uzganidan keyin ham u bizning nazarimizda qarzdordek bo'lib qoladi;

Ehson qilamiz, asli yashirin bo'lishi kerak bo'lgan narsani imkon qadar ko'proq inson ko'z o'ngida qilgimiz keladi;

Farzandlarimizga uydan chiqishida men borman ortingda, qo'rqma deb qo'yamiz, kambag'al do'stini mazah qilishida kuch bo'lishi uchun
.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3😢1🕊1
#sir

Qilgan tuban qilmishlarimizni hammadan berkitdik, ishni puhta bajardik, hech kim sezmadi, hammasi joyida, yashashda davom etamiz.

Kun kelib kutilmagan paytda boshimizga kulfat yoki sinovli kunlar kelsa ikkilanib qolamiz, qaysi aybim uchun, hech kim bilmagandiku):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😢3🔥2👍1🕊1😐1
28-yanvar

Unutmaslik va eslamaslik biz uchun yozilmagan qoida.

Xotira kishiga qadrli kunlarni eslatuvchi, hech sababsiz yuzimizga tabassum olib keluvchi, agar shu xotiralar sababchisiga yetishgan boʻlsangiz birga eslaydigan, yetmagan boʻlsangiz bari aksiga xizmat qiluvchi ajib holat.


Hayrli, hikmatli, halovatlisini bersin!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
3👍1🔥1🕊1
Samimiy suhbat

G'ulom juda ko'p suhbatlar guvohi bo'ldi, do'stlar, bir-biriga muhabbat qo'ygan ikki yosh, qadrdon hamkasblar, sinfdoshlar, qo'ni-qo'shni va qarindoshlarning quvonchli va qayg'uli kunlardagi suhbatlari, tinglovchining ham, so'zlovchining ham hissiyotlarini yuzlaridan bir ko'rishda anglash mumkin.

Eng samimiy va soxtalikdan yiroq suhbat esa, bu qabristondagi farzandning 7 yil avval olamdan o'tgan mushtipari va padari buzrukvori bilan suhbati, yolg'onga na hojat, na ehtiyoj bor, ishga ham kech qolinmaydi, tortinish ham yo'q...


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn | ®️https://t.me/Ramziddin_Abdikhalil
👍4🕊4🔥3
#barqarorlik

Bu beqaror va subtsiz jamiyatda halol insonlar tomonidan yaxshilikning doimiy tarzda qilinishi oqibatida uning qadri yoʻqolib ketmasligi uchun ham gʻaraz niyatli insonlar yomonlik bilan barqarorlikni saqlab turishsa kerak.


Biz qadriyatimizga muvofiq koʻp narsaning qadriga yetmaymiz har holda):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
3🕊2
Xulosa

Har bir buyuk muvaffaqiyat avvalida bir buyuk xato, har bir ibrat avvalida bir qismat uvoli va og'ir qilmish, aytilayotgan har bir achchiq so'z avvalida ming dard va har soniya qilingan sukut ortida ming hikmat bor.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍7
Natija

Biz, kimsalarga omadi kulib turgan vaqtda olqish va yiqilayotgan vaqtda ta'na qilishda anchayin yuksak natijaga erishgan jamiyatmiz!

Aslini olganda, bizning kimga do'st va yoki dushman ekanligimizni ham nimanidir natijasi hal qiladi):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5
Do‘stlar, yaxshilarni avaylab saqlang!
«Salom» degan so‘zning salmog‘in oqlang!
O’lganda yuz soat yig‘lab turgandan
Uni tirigida bir soat yo‘qlang!


Maqsud Shayxzoda

™️ https://t.me/Taskinnn
🥰21👍1
#hayot

Ishi yurishib ketishi hohlamaydigan insonlardan biri go'rkov, aksiga olib ketmoni mehnatda yarqiraydi;

O'qituvchi ming mashaqqat bilan bolaga ta'lim beradi va tarbiyasiz ota-onaning kasriga qoladi;

Shafyor qizildan katta tezlik bilan o'tib ketganidan faxrda, radar esa tabassum bilan qarab qo'ydi halos;


Qimorda yutgan pulimizga uyga bozorlik qildik, yutqazgan insonnikida esa peshindan so'ng janoza;

Chin do'stga muhtojligimiz katta, lekin vafo va sadoqatda oxirgi o'rindamiz;

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍32🥰1
Umr

Kishini mehnat qaritmaydi, arzimas sabab uchun siqilish qaritadi;
Ishdan hech ham odam o'lmaydi, lekin g'urbatda unsiz jon chiqadi
;
Baxt pulda emas, lekin u yo'qchilikda ham topilmaydi.

Dunyoni u chetidagi inson siz bo'lmasangiz ham yashayveradi, kunning hajmi ham o'zgarmaydi, agarki unga yaxshilik qilmagan bo'lsangiz, yoki yomonlik.

P/S: borgan sari zang egallayapti):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2🥰2👍1
#timsol

Jamiyatimizda har qanday holat va vaziyatning oʻz timsoli bor:


🍻 Koʻp ichadigan odam - nursiz kelajak (garcha hech kimga yomonlik qilmasa ham);

👔 Erta tongda rasmiy kiyimda ishga ketadigan inson - kibrli inson (garchi doimo qoʻli koʻksida barchaga salom berib, feli keng boʻlsa ham);

💵 Badavlat inson - ziqna odam (topganidan doimo ehson qilib, minglab odamlarni ish bilan taʼminlasa ham);

👂Boshqalar haqida xabar olib keluvchi insonlar - hammaning doʻsti (basharti hamma uning naqadar orsiz ekanligini bilsa ham);

👨‍🎓Talaba - kelajagi bor, hali katta katta oylik oladigan umidli bola (garchi shaharda oʻqishni bir chetga surib, oʻyin kulgu va masxarabozlik bilan umrini oʻtkazayotgan boʻlsa ham);

P/S: Ramziddin Abdikhalil - taskin loyihasi muallifi (garchi........)

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5🔥1👏1🕊1
#kulfat

Yaratgandan so'rang, og'ir kulfat va yoki bir ofat kelmay turisn, yo'qsa bir birini go'shtini yeyishga tayyor kimsalari bor jamiyatda yashayapmiz.

Shunday kunlardan ham foyda olguchilar talaygina.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1😢1🕊1
#mazmun

Hayotning mazmuni biz kutgan kunlar(tug'ilgan kun, bayram, tarixiy sana, qadrli kunlar)ning ertasiga haqqoniy ko'rinishga ega bo'ladi.

Soxtalik, sun'iy mulozamat va hayajon yo'q, sovuqqonlik hukmron.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3
Navbatchi

Davradagi 7 insondan bir kishi har soatda navbat almashib, eshik ortiga chiqib turadi, qolganlarni tashqi xavflardan saqlash va vaziyatni o'rganish, shuningdek, qolganlar u haqida bemalol gaplashib olishlariga sharoit yaratish uchun.

Navbatchilar doimo uyga imkon qadar tezroq kirishga harakat qilishadi, tashqari sovuq, keyingi mavzu qiziq.

P/S: Barchamiz ham navbatchilikka chiqamiz, qachondir, qayerdadir, holi qolganlardan bo'lib qolmang!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1
Baxt

Siz qay darajada baxtli inson ekanligingizni hasta boʻlib, millionlab pulni sarf qilib davolanayotgan vaqtda, sogʻlom tana sizga hech bir toʻlovsiz berilganligini anglab yetganda his etasiz.

Odat uchun, doim haqqini toʻlayotgan emas, balki toʻlamayotgan neʼmatingizga ham eʼtibor qiling!

P/S: davosi topilmagani sari oʻsha neʼmatning qiymati ham oshib boraveradi, bepul neʼmatni):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🥰4👍2👏1🕊1
Qismatlar

Har bir qishloqning hamma taniydigan bir olim-u fuzalosi (ziyoli, o'qimishli, hamma uchun ilm manbai), keksa nasihatgo'yi (qishloqning qut-barakasi va fayzi), qo'li gul usta (navbat kutib bo'lsa ham shu insonga uyini qurdiradi) va mohir oshpazi (albatta to'yda xizmat qiladi), bir go'rkov (hammaga dardkash), o'g'ri (achinish kayfiyati va nafratli qarash) va devonasi(shukr uchun) bor.

Bejiz emas, siz ham shulardan birisiz, kim uchundir o'rnak, yoki yaxshi, yoki yomon.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥1
Qaytish

Begunoh va begʻubor tugʻilib, yana shunday yakunga erishish ham oson emas.

Baʼzan qoʻlimizdan kelmaydi, katta boʻlib qolganmizda, kuchimiz ham, aqlimiz ham oʻsgan):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5😢1🕊1
Sodda qarash

Sodda qarashli inson uzoq umr koʻrsa kerak, chunki u jamiyatga faqat ikki rangda baho beradi: oq va qora.

Har holda u har ikki rangli va umuman rangsiz tomonlarni bilmaydi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
1👍1
#rost

Rost so'z xususiyati kundan-kun chigallashib, taqdiri vaziyat ixtiyoriga o'tib qolmoqda. O'rni kelsa aytiladi, o'rni kelmasa e'tiborsiz qoladi.

___________________

Sukut har doim ham neytrallik alomati emas, ba'zan uning ortida g'ayir ishga hayrihohlik ham bor.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🤔1