Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng, ushbu xat fashistlarning konslagerida topilgan bo‘lib, unda o‘qituvchilarga murojaat qilingan quyidagi xabar mavjud:
"Hurmatli ustoz, men konslagerdan omon qolganman. Ko‘zlarim hech kim guvoh bo‘lmasligi kerak bo‘lgan narsalarni ko‘rdi:
Bilimli muhandislar tomonidan qurilgan gaz kameralarini.
O‘qimishli shifokorlar tomonidan zaharlangan bolalarni.
O‘qitilgan hamshiralar tomonidan o‘ldirilgan chaqaloqlarni.
Maktab va kollej bolalari tomonidan o‘ldirilgan ayollar va bolalarni.
Bundan keyin men ta’limga shubha bilan qarayman.
Mening iltimosim: O‘quvchilaringizga inson bo‘lishiga yordam bering. Sizning sa’y-harakatlaringiz hech qachon bilimdon yirtqich hayvonlarni, malakali psixopatlarni, o‘qimishli savodsizlarni keltirib chiqarmasligi kerak.
O‘qish, yozish, hisob-kitob qilish farzandlarimizni yanada insonparvar bo‘lishiga xizmat qilsagina muhim bir ahamiyatga ega bo‘ladi."
© Facebookdan olindi
™️ https://t.me/Taskinnn

❤3👏2👍1🔥1
#Fikr
Odatda yomon insonlardan aqilli fikr, yaxshi insonlardan esa hayrli fikr chiqadi.
® Ramziddin Abdikhalil

❤🔥3🕊2👍1🔥1
Formula
Halol(33%) + mehnatkash(33%) + sodda(33%) + xato(1%) = yomon odam
Kibrli(25%) + badnafs(25%) + nomard(25%) + ikkiyuzlamachi(25%) = yomon odam
Beparvo(25%) + loqayd(25%) + neytral(25%) + sirli(25%) = yomon odam emas):

Baʼzan muhit aldab qoʻyishi mumkin, baʼzan qarash. Lekin birinchisi qolgan ikkisiga qaraganda xavfliroq.
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
❤🔥3👍2🔥1🕊1
Dars
Bir para dars, 40 ta talaba, 80 daqiqalik dars uchun oʻqituvchi keldi, talablar ham, kimdir shu vaqt mobaynida gapirishi, ikkinchi tomon esa jimgina eshitishi kerak.
Dars tugadi, missiya yaxshi yakunlandi, ikki tomon ham shunga majburligi va tartib shundayligi uchun vaqtni oʻtkazdi, sovuqqonlik bilan.

Shakl bexato, mazmun va mohiyat aks. Ertasi kuni 3 para, qolgan kunlari ham):
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1🕊1
#dargoh
Gʻulomga ustozi bir zamonlar aytgan edi, qilayotgan ishlaring yaxshi lekin unutma, bu dargoh sening xizmatlaringni unutmaydi, eslamaydi ham.

Hayrli va halovatli yoʻlda boʻlsak hech kim unutmasa ham, eslamasa ham mayli emasmi,
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
👍2❤🔥1🕊1
Targ'ibot
Targ'ibot uchun eng yaxshi va qulay joy bu oshxona, chunki insonlar qorni to'q bo'lsagina kimningdir gapiga quloq solishadi. Oshpazga esa halal berasiz):

👍6🕊1
Suhbat:
- biz erta tongda 3000 metr masofaga yugurib kelamiz, sog'lik va tetiklik uchun;
- biz ham minglab metr masofani bosib o'tamiz, tirikchilik uchun;
_____________________________________
- biz tushlikka oqsilli mahsulotlarni iste'mol qilamiz, taomlardan zavq olamiz;
- biz esa kechadan qolgan ovqatni yeymiz, yashash uchun;
_____________________________________
- biz hayotdan zavq olish uchun chet ellarga sayohat qilamiz, hayotga bir martta kelamiz ahir;
- sizning chet elga qilgan bir marttalik sayohatingiz bizga bir umirga yetsa ajab emas.

👍2😢2🕊1
Biz
Qaysidir birodarimizga yaxshilik qilamiz va eshikka tomon qarab yaxshilik qilgan insonimiz har safar bizga qulluq qilishini kutamiz;
Yordamga muhtoj insonga qarz beramiz, qarzini uzganidan keyin ham u bizning nazarimizda qarzdordek bo'lib qoladi;
Ehson qilamiz, asli yashirin bo'lishi kerak bo'lgan narsani imkon qadar ko'proq inson ko'z o'ngida qilgimiz keladi;
Farzandlarimizga uydan chiqishida men borman ortingda, qo'rqma deb qo'yamiz, kambag'al do'stini mazah qilishida kuch bo'lishi uchun.

👍3😢1🕊1
#sir
Qilgan tuban qilmishlarimizni hammadan berkitdik, ishni puhta bajardik, hech kim sezmadi, hammasi joyida, yashashda davom etamiz.
Kun kelib kutilmagan paytda boshimizga kulfat yoki sinovli kunlar kelsa ikkilanib qolamiz, qaysi aybim uchun, hech kim bilmagandiku):

😢3🔥2👍1🕊1😐1
28-yanvar
Unutmaslik va eslamaslik biz uchun yozilmagan qoida.
Hayrli, hikmatli, halovatlisini bersin!
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
Unutmaslik va eslamaslik biz uchun yozilmagan qoida.
Xotira kishiga qadrli kunlarni eslatuvchi, hech sababsiz yuzimizga tabassum olib keluvchi, agar shu xotiralar sababchisiga yetishgan boʻlsangiz birga eslaydigan, yetmagan boʻlsangiz bari aksiga xizmat qiluvchi ajib holat.
Hayrli, hikmatli, halovatlisini bersin!
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
❤3👍1🔥1🕊1
Samimiy suhbat
➖ G'ulom juda ko'p suhbatlar guvohi bo'ldi, do'stlar, bir-biriga muhabbat qo'ygan ikki yosh, qadrdon hamkasblar, sinfdoshlar, qo'ni-qo'shni va qarindoshlarning quvonchli va qayg'uli kunlardagi suhbatlari, tinglovchining ham, so'zlovchining ham hissiyotlarini yuzlaridan bir ko'rishda anglash mumkin.
➖ Eng samimiy va soxtalikdan yiroq suhbat esa, bu qabristondagi farzandning 7 yil avval olamdan o'tgan mushtipari va padari buzrukvori bilan suhbati, yolg'onga na hojat, na ehtiyoj bor, ishga ham kech qolinmaydi, tortinish ham yo'q...
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn | ®️https://t.me/Ramziddin_Abdikhalil

👍4🕊4🔥3
#barqarorlik
Bu beqaror va subtsiz jamiyatda halol insonlar tomonidan yaxshilikning doimiy tarzda qilinishi oqibatida uning qadri yoʻqolib ketmasligi uchun ham gʻaraz niyatli insonlar yomonlik bilan barqarorlikni saqlab turishsa kerak.

Biz qadriyatimizga muvofiq koʻp narsaning qadriga yetmaymiz har holda):
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
❤3🕊2
Xulosa
Har bir buyuk muvaffaqiyat avvalida bir buyuk xato, har bir ibrat avvalida bir qismat uvoli va og'ir qilmish, aytilayotgan har bir achchiq so'z avvalida ming dard va har soniya qilingan sukut ortida ming hikmat bor.

👍7
Natija
Biz, kimsalarga omadi kulib turgan vaqtda olqish va yiqilayotgan vaqtda ta'na qilishda anchayin yuksak natijaga erishgan jamiyatmiz!
Aslini olganda, bizning kimga do'st va yoki dushman ekanligimizni ham nimanidir natijasi hal qiladi):

👍5
Do‘stlar, yaxshilarni avaylab saqlang!
«Salom» degan so‘zning salmog‘in oqlang!
O’lganda yuz soat yig‘lab turgandan
Uni tirigida bir soat yo‘qlang!
✍ Maqsud Shayxzoda
™️ https://t.me/Taskinnn
«Salom» degan so‘zning salmog‘in oqlang!
O’lganda yuz soat yig‘lab turgandan
Uni tirigida bir soat yo‘qlang!
✍ Maqsud Shayxzoda
™️ https://t.me/Taskinnn
🥰2❤1👍1
#hayot
➖Ishi yurishib ketishi hohlamaydigan insonlardan biri go'rkov, aksiga olib ketmoni mehnatda yarqiraydi;
➖O'qituvchi ming mashaqqat bilan bolaga ta'lim beradi va tarbiyasiz ota-onaning kasriga qoladi;
➖Shafyor qizildan katta tezlik bilan o'tib ketganidan faxrda, radar esa tabassum bilan qarab qo'ydi halos;
➖Qimorda yutgan pulimizga uyga bozorlik qildik, yutqazgan insonnikida esa peshindan so'ng janoza;
➖Chin do'stga muhtojligimiz katta, lekin vafo va sadoqatda oxirgi o'rindamiz;

👍3❤2🥰1
Umr
➖ Kishini mehnat qaritmaydi, arzimas sabab uchun siqilish qaritadi;
➖ Ishdan hech ham odam o'lmaydi, lekin g'urbatda unsiz jon chiqadi;
➖Baxt pulda emas, lekin u yo'qchilikda ham topilmaydi.
➖Dunyoni u chetidagi inson siz bo'lmasangiz ham yashayveradi, kunning hajmi ham o'zgarmaydi, agarki unga yaxshilik qilmagan bo'lsangiz, yoki yomonlik.
P/S: borgan sari zang egallayapti):

🔥2🥰2👍1
#timsol
Jamiyatimizda har qanday holat va vaziyatning oʻz timsoli bor:
🍻 Koʻp ichadigan odam - nursiz kelajak (garcha hech kimga yomonlik qilmasa ham);
👔 Erta tongda rasmiy kiyimda ishga ketadigan inson - kibrli inson (garchi doimo qoʻli koʻksida barchaga salom berib, feli keng boʻlsa ham);
💵 Badavlat inson - ziqna odam (topganidan doimo ehson qilib, minglab odamlarni ish bilan taʼminlasa ham);
👂Boshqalar haqida xabar olib keluvchi insonlar - hammaning doʻsti (basharti hamma uning naqadar orsiz ekanligini bilsa ham);
👨🎓Talaba - kelajagi bor, hali katta katta oylik oladigan umidli bola (garchi shaharda oʻqishni bir chetga surib, oʻyin kulgu va masxarabozlik bilan umrini oʻtkazayotgan boʻlsa ham);
P/S: Ramziddin Abdikhalil - taskin loyihasi muallifi (garchi........)

👍5🔥1👏1🕊1
#kulfat
Yaratgandan so'rang, og'ir kulfat va yoki bir ofat kelmay turisn, yo'qsa bir birini go'shtini yeyishga tayyor kimsalari bor jamiyatda yashayapmiz.
Shunday kunlardan ham foyda olguchilar talaygina.

👍1😢1🕊1
#mazmun
Hayotning mazmuni biz kutgan kunlar(tug'ilgan kun, bayram, tarixiy sana, qadrli kunlar)ning ertasiga haqqoniy ko'rinishga ega bo'ladi.
Soxtalik, sun'iy mulozamat va hayajon yo'q, sovuqqonlik hukmron.

👍3