™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
Яхши кўрган инсонингга сахий бўл, аҳдга вафодор бўл ва энг бахтли онларни ғанимат бил! Аллоҳга қасамки, ўлимдан кейинги соғинчга тоқат қилиб бўлмайди!

© Айман Ёғий

@Taskinnn
Xasdek xasratimni etib muammo,
Uchragan har kasga shikoyat qildim...

@Taskinnn📿
- Ey Ali! Agar mahzunligingiz bu dunyo uchun bo'lsa bizga yarashmaydi.
Yoq agar ohirat uchun mahzun bo'layotgan bo'lsangiz ayting birga bo'laylik.....


@Taskinnn 📿
Baʼzan insonlar oʻzlari uchun tarkni afzal koʻrishadi. Tan oling, baʼzan qalbimizdagi mahzunlikka dard malham, shundan taskin topamiz. Koʻngil dard qumsaydi, baxtli dardlarni):

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Qo'y, siqilma. Biroz sabr qil, bir yilmi...ikki yilmi...

Vaqtlar o'tadi sen unutasan yoki... Taskin topasan

@Taskinnn
#Qismat

U sodda edi, lekin begʻubor emas. Bir kuni yoʻl chetida sochiga oq oralab, yuzlariga ajin tushgan supuruvchi amakiga koʻzi tushdi, taajjub bilan savol berdi:
- nahot shu chiqitlarni tozalasangiz?
Amaki sokin javob qaytardi:
- shularni sochmaganim va shundan rizq berganiga shukur(!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
3
#Rizq

Peshonaga bitilmagan boʻlsa uchib ham yeta olmaysiz, hatto oʻsha piyolangizga quygan choyingiz ham nasib emas):
Rizqingiz qoʻshilgan boʻlsa, oʻsha shapaloq ham sizniki(!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
1
#Isrof

- yangi yil, oddiy kundek nishonlasa ham boʻladi, nega hadeb diqqat boʻlasan, nishonlamasang nishonlama, kim qoʻlingdan tutib turipti?
- isrof uchun
- seni choʻntagingdan ketmaydi-ku?
- oʻlgan odam tuproqqa qorishadi, qanday oʻlgani qiziqmi(!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
1
#Kõz_yoshi

Inson koʻzlari
Inson aldaydi, lekin koʻzlar emas, ular chinroq.
Ikki holatda koʻzdan yosh toʻkilar ekan.
Biri quvonch, ikkinchisi yoshning ogʻirligidan!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
1
Qalbingni yo‘qla..

Ne qadar taniydi o‘z Sohibini..?

Qalbini ato etganga ne chog'lig' ibodatda

@Taskinnn 📿
1
Toʻyi Boʻlyapti
Doston Ergashev
Dard emas, shunchaki mahzun xotira uchun #taskin

@Taskinnn
1
Men yashayapman vaqtni o'ldirib

Vaqt nima?

Shunchaki o'tayotgan lahzalarni o'ylasam qo'rqib ketaman

Sizchi?
@Taskinnn
2
Qiynalganing sari hayotni anglab borasan, oʻzingni anglaysan. Hozir koʻrganing u emas(!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
#Uzir

Inson hayoti davomida faqatgina bitta burilish boʻlishi mumkin, faqat bitta.....
Hidoyat tomon burilish!
Siz burildingizmi ?
Qodir(mi)siz ?
Buriling, oʻsha tomonda #taskin bor(!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
1
Baxtli bo'lishing uchun hammasi mukammal bo'lishini kutishni bas qil.
Mukammallik baxtga xos emas

Baxt har bir nafasning zoye ketmaganligida

@Taskinnn
1
#Taskin

Ajib dunyo, sirli va sokin...
Biz dengizdamiz, biz sahrodamiz. Bugun, hozir harakat qilmasak alaloqibat choʻkamiz...
- achinaman!
- nimaga?
- qoʻlimda gugurt boʻla turib sovuq ayozda olov yoqmaganim uchun, sharros yomgʻir mahali soyabonimni ochmaganim, qayigʻim boʻlib suvda choʻkayotganim, dunyolarcha imkoniyatim boʻlib foniy olamda #taskin uchun yaratganga zikr qilmaganim va bila turib qaytmaganim uchun......
Sizchi?

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
#Tark

Sizdan ketganlarga tashakkuringizni yetkazing!
Tan oling, ular siz bilan qolganlardan koʻra koʻproq narsa oʻrgatishdi(!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
#Dalda

Yana nimani isbotlash kerak, qara, hamma seni tashlab ketganda ham u sen bilan ediku, nega endi yaxshi kuning yod etmaysan.
Tunda quyoshni qidirib topa olmaganing quyoshning qaysarligi emas, sening kunduzi uni qadrlamaganing sharofati!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
#Baxt

Hech kim hayrsiz emas, barchaga nasib etadi, atalgani bor.
Har kim baxtga yetadi
Kim bilan - nomaʼlum

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Biz eshitgan ko'p so'zlar
Essiz...
Taqdir,ekan🍂
Nasib qilmasa qiyin🍁
Yozilmagan ekanda.....
Yaxshilar yaxshilik izlang
Har ishni xayrli tarafları bor #taskin


@Taskinnn
#Yoʻllar

Insonlar hayotining 99.9% qismi yoʻllarda oʻtar ekan. Sogʻlom hayot uchun ham yoʻl yuramiz, ish uchun ham yoʻl yuramiz, bekorchilikda ham, tinchlikda ham, urush uchun ham, oʻgʻirilik uchun ham, gʻiybat uchun ham, faxsh uchun ham, gunoh uchun ham, yoʻl yuramiz, jahannamga ham..........
Iymon uchun ham bir yoʻl bor, masjid uchun ham, hidoyat uchun ham (!
Qiziq, tanlov oʻzimizda-ku!

P/S:
#Taskin uchun ham yoʻl bor, albatta!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn