™️ TASKIN (T.R.A.)
162 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
Maishiy illatlar

Bora-bora hayotimiz mazmuni buyuk maqsadlar sari intilish o'rnini mayda muammolarga qarshi kurashishga almashtirmoqda.

Birlashish, kim uchundir foydali ishlarni amalga oshirish, yaxshilik qilish va halovat topish kabi ishlarga qo'l urish, bahamjihat holda ishlarni hamfikrlar bilan rejalashtirib, boshlaydigan paytda telefon qilgan do'sting hech ham telefonni ko'tarmaydi.

Shu paytdan uyg'onasan, mana o'sha hammasiga to'siq, kichik lekin daxshatli to'siq):


Shu muammo, maishiy illatga qarshi kurash taraqqiyot uchun ilk qadam bo'lsa ajab emas.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👏4👍1
Sinov

G'ulomning umri qaygʻudan va pushaymondan iborat boʻldi, ming laʼnatlar aytdi oʻsha kunga. Yoshlik qilib, bir zamonda otasini sinamoqchi bo'ldi, kuzatdi, oʻzicha nimadurlar qilishini kutdi, afsus, ota uning sinovidan o'ta olmadi.

Ikkita kitob o'qib jamiyatni tahlil qilish, baholash va kimnidir sinash uchun emas, balki sinalish, hayr qilish, hazrati inson boʻlib yashash uchun kelgandik, Gʻulom.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥1💯1
#Kun_qayg'usi

Har kunimiz va bosgan har bir qadamimiz hikmat va ibratga to'la. Har kun bir imkoniyat, bir ilinj, bir sinov va bir rizq - eng oliy ne'mat.

Shuni anglab yetish, munosib bo'lish, behuda o'tkazmaslik va qadriga yetish shu kunning hikmati, anglamaslik esa qayg'usi
):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍52
Masʼuliyat

Boʻyniga "yaxshi" degan nomni olgan va hayrli insonlar safiga qoʻshilgan har qaysi kishi yelkasidagi masʼuliyat ikki karra ortadi, bir shu yoʻldan adashmasligi boʻlsa, ikkinchisi shunday insonlar nomiga dogʻ tushirmaslik va unga munosib boʻlish.

Sizsiz taraqqiy etgan jamiyat, siz bilan barbod boʻlishiga yoʻl qoʻymang):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4🔥3
Mukofot

Yaxshi kishi uchun eng katta mukofot bu uning hayrli yoʻlda ekanligi, haromdan hazar qilishi, yolgʻon va firb ishlatmasligi, halovati borligi.

Yomon insonni jazosi esa tanlagan yoʻli, hazar qilishlariga loyiqligi, shu qismatning egasi ekanligining oʻzi.


Har nafasdan natija kutmang, shu nafasning oʻzi sizga mukofot yoki jazo (yaxshi inson sifatida nafas olish ham bir baxt(dir)):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5
Dil - dengiz, til - qirgʻoq. Dengiz toʻlqin koʻtarsa, qoʻynida borini qirgʻoqqa chiqarib tashlaydi.

Jaloliddin Rumiy

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5🥰2🕊1
#dars

Koʻzi ojiz insonlar uchun quyosh botishi va dunyoning yetti moʻjizasi, kar-soqov insonlar uchun musiqa jilosi nomli maʼruza tugallandi, maʼruzachilar hursand, qoʻl oyogʻi yoʻq insonga koʻrsatilgan barmoq mashqi esa yigʻilganlar kayfiyatini koʻtardi.

Natija kutilyapti, ancha mehnat qilindi, trenerlar uchun qoʻshimcha oylik toʻlash qoldi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn | ®️https://t.me/Ramziddin_Abdikhalil
👍6👏1🕊1
Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng, ushbu xat fashistlarning konslagerida topilgan bo‘lib, unda o‘qituvchilarga murojaat qilingan quyidagi xabar mavjud:

"Hurmatli ustoz, men konslagerdan omon qolganman. Ko‘zlarim hech kim guvoh bo‘lmasligi kerak bo‘lgan narsalarni ko‘rdi:
Bilimli muhandislar tomonidan qurilgan gaz kameralarini.
O‘qimishli shifokorlar tomonidan zaharlangan bolalarni.
O‘qitilgan hamshiralar tomonidan o‘ldirilgan chaqaloqlarni.
Maktab va kollej bolalari tomonidan o‘ldirilgan ayollar va bolalarni.

Bundan keyin men ta’limga shubha bilan qarayman.

Mening iltimosim: O‘quvchilaringizga inson bo‘lishiga yordam bering. Sizning sa’y-harakatlaringiz hech qachon bilimdon yirtqich hayvonlarni, malakali psixopatlarni, o‘qimishli savodsizlarni keltirib chiqarmasligi kerak.

O‘qish, yozish, hisob-kitob qilish farzandlarimizni yanada insonparvar bo‘lishiga xizmat qilsagina muhim bir ahamiyatga ega bo‘ladi."


© Facebookdan olindi

™️
https://t.me/Taskinnn
3👏2👍1🔥1
#Fikr

Odatda yomon insonlardan aqilli fikr, yaxshi insonlardan esa hayrli fikr chiqadi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
❤‍🔥3🕊2👍1🔥1
Formula

Halol(33%) + mehnatkash(33%) + sodda(33%) + xato(1%) = yomon odam

Kibrli(25%) + badnafs(25%) + nomard(25%) + ikkiyuzlamachi(25%) = yomon odam

Beparvo(25%) + loqayd(25%) + neytral(25%) + sirli(25%) = yomon odam
emas):

Baʼzan muhit aldab qoʻyishi mumkin, baʼzan qarash. Lekin birinchisi qolgan ikkisiga qaraganda xavfliroq.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
❤‍🔥3👍2🔥1🕊1
Dars

Bir para dars, 40 ta talaba, 80 daqiqalik dars uchun oʻqituvchi keldi, talablar ham, kimdir shu vaqt mobaynida gapirishi, ikkinchi tomon esa jimgina eshitishi kerak.

Dars tugadi, missiya yaxshi yakunlandi, ikki tomon ham shunga majburligi va tartib shundayligi uchun vaqtni oʻtkazdi, sovuqqonlik bilan.


Shakl bexato, mazmun va mohiyat aks. Ertasi kuni 3 para, qolgan kunlari ham):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1🕊1
#dargoh

Gʻulomga ustozi bir zamonlar aytgan edi, qilayotgan ishlaring yaxshi lekin unutma, bu dargoh sening xizmatlaringni unutmaydi, eslamaydi ham.

Hayrli va halovatli yoʻlda boʻlsak hech kim unutmasa ham, eslamasa ham mayli emasmi,


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2❤‍🔥1🕊1
Targ'ibot

Targ'ibot uchun eng yaxshi va qulay joy bu oshxona, chunki insonlar qorni to'q bo'lsagina kimningdir gapiga quloq solishadi. Oshpazga esa halal berasiz):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍6🕊1
Suhbat:

- biz erta tongda 3000 metr masofaga yugurib kelamiz, sog'lik va tetiklik uchun;
- biz ham minglab metr masofani bosib o'tamiz, tirikchilik uchun;
_____________________________________
- biz tushlikka oqsilli mahsulotlarni iste'mol qilamiz, taomlardan zavq olamiz;
- biz esa kechadan qolgan ovqatni yeymiz, yashash uchun;
_____________________________________
- biz hayotdan zavq olish uchun chet ellarga sayohat qilamiz, hayotga bir martta kelamiz ahir;
- sizning chet elga qilgan bir marttalik sayohatingiz bizga bir umirga yetsa ajab emas.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2😢2🕊1
Biz

Qaysidir birodarimizga yaxshilik qilamiz va eshikka tomon qarab yaxshilik qilgan insonimiz har safar bizga qulluq qilishini kutamiz;

Yordamga muhtoj insonga qarz beramiz, qarzini uzganidan keyin ham u bizning nazarimizda qarzdordek bo'lib qoladi;

Ehson qilamiz, asli yashirin bo'lishi kerak bo'lgan narsani imkon qadar ko'proq inson ko'z o'ngida qilgimiz keladi;

Farzandlarimizga uydan chiqishida men borman ortingda, qo'rqma deb qo'yamiz, kambag'al do'stini mazah qilishida kuch bo'lishi uchun
.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3😢1🕊1
#sir

Qilgan tuban qilmishlarimizni hammadan berkitdik, ishni puhta bajardik, hech kim sezmadi, hammasi joyida, yashashda davom etamiz.

Kun kelib kutilmagan paytda boshimizga kulfat yoki sinovli kunlar kelsa ikkilanib qolamiz, qaysi aybim uchun, hech kim bilmagandiku):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😢3🔥2👍1🕊1😐1
28-yanvar

Unutmaslik va eslamaslik biz uchun yozilmagan qoida.

Xotira kishiga qadrli kunlarni eslatuvchi, hech sababsiz yuzimizga tabassum olib keluvchi, agar shu xotiralar sababchisiga yetishgan boʻlsangiz birga eslaydigan, yetmagan boʻlsangiz bari aksiga xizmat qiluvchi ajib holat.


Hayrli, hikmatli, halovatlisini bersin!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
3👍1🔥1🕊1
Samimiy suhbat

G'ulom juda ko'p suhbatlar guvohi bo'ldi, do'stlar, bir-biriga muhabbat qo'ygan ikki yosh, qadrdon hamkasblar, sinfdoshlar, qo'ni-qo'shni va qarindoshlarning quvonchli va qayg'uli kunlardagi suhbatlari, tinglovchining ham, so'zlovchining ham hissiyotlarini yuzlaridan bir ko'rishda anglash mumkin.

Eng samimiy va soxtalikdan yiroq suhbat esa, bu qabristondagi farzandning 7 yil avval olamdan o'tgan mushtipari va padari buzrukvori bilan suhbati, yolg'onga na hojat, na ehtiyoj bor, ishga ham kech qolinmaydi, tortinish ham yo'q...


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn | ®️https://t.me/Ramziddin_Abdikhalil
👍4🕊4🔥3
#barqarorlik

Bu beqaror va subtsiz jamiyatda halol insonlar tomonidan yaxshilikning doimiy tarzda qilinishi oqibatida uning qadri yoʻqolib ketmasligi uchun ham gʻaraz niyatli insonlar yomonlik bilan barqarorlikni saqlab turishsa kerak.


Biz qadriyatimizga muvofiq koʻp narsaning qadriga yetmaymiz har holda):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
3🕊2
Xulosa

Har bir buyuk muvaffaqiyat avvalida bir buyuk xato, har bir ibrat avvalida bir qismat uvoli va og'ir qilmish, aytilayotgan har bir achchiq so'z avvalida ming dard va har soniya qilingan sukut ortida ming hikmat bor.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍7