™️ TASKIN (T.R.A.)
162 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
Jamiyat

Koʻngillar kabi nozik boʻlgan bu jamiyat na mukofotni va na jazoni koʻtara oladi. Biri kibr, ikkinchisi jabr.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍7❤‍🔥2👏1
Baxt

Hayot tashvishlari bilan shoshilib, vaqtingiz vaqtingizga yetmay, yoʻlda turtilib va quvonib yurish, shunday yashash ham bir baxt.

Har tongni huddi birinchi bor ishga kirgan kunimiz, talabalik baxtiga muyassar boʻlgan lahzalarimiz kabi hayajon bilan kutib olish barchamizga nasib qilsin.


Albatta duogoʻylarimizni Alloh panohida asrasin, ularsiz baxtimiz toʻkis emas!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4🥰2
Qurol

Insoniyat ibtidoiy davrdan to bugungi kunga qadar doimo kurash va raqobat bilan ulg'ayib borgan. Har bir davrda urushlar va unga mos qurbonlar, turli tuman jang qurollar va hiylalar paydo bo'lib borgan.

Bugungi kunga kelib qurollar ko'p, lekin eng chirkin inson ham raqibiga qarata uning oriyati va g'ururi bor, unga qarshi eng yaxshi qurol shu deya olmaydi, afsus bu qurol bilan jang qilmoq uchun raqib yo'q): aks

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍6
Bosh

Kunlardan bir kun qaysidir karomati uchun eng yaxshi chumoli fillar karvoniga yoʻlboshlovchi boʻldi va fillar oʻz manzili uchun yer ostida harakatlana boshladi.

Bosh qayerga yursa, tana ham shu tomonga qarab harakat qiladi, hech qachon sizni oyogʻingiz yoʻldan urmaydi.


Qoʻli egri emas, fikri buzuq


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
❤‍🔥5
Bajarilmagan va'da

Baʼzan insonlarni bajarilmagan vadalar bogʻlab turadi, diydor va hotirjamlik uchun sabab, doimiy soʻzlashishga mavzu va tabassumlar sababchisi. Balki shu vaʼda bajarilsa ikki tomonda ham jurʼat topilmas.

Uhlatib ketish emas lekin bu


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍41🔥1🕊1
Muvozanat

Chiroylilarni (hoh husni, hoh hulqi) sevishni istar ekansiz avvalo chiroyli sevishni, iltifot kutar ekansiz avvalo kamtar boʻlishni, yaxshilik kutar ekansiz avvalo hayr qilishni, halolini kutar ekansiz avvalo sabrli boʻlishni oʻrganing!

Aksini kutsangiz aksiga yetasiz):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
4👏2🔥1🥰1
Keyingi bekat

Umr aftobus emaski doimo keyingi bekat keladigan.
Shamol bargini to'kgan mag'rur daraxt ham bir ibrat. Ildizi esa qumursqalarning oshiq o'yini.

Keyingi bekat yo'q, qayta imkon ham, cheksiz yo'lda har bir lahza faqat bir bor beriladi. Daraxt qulaydi, nihol jonsiz, umid yo'q.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2❤‍🔥11👍1
IBRAT

Ko'chada mast holda yotgan inson qanchalik aqilli va dono bo'lmasin uning so'zlari tugul, o'zini ko'rishga ham jirkanasiz.

Balki bir kun avval uning qadri osmon bo'lgandur. Qadrning umri mavhum, hulqingiz bilan birga ulg'ayadi, birga o'ladi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
3👍3🙏1
Oʻsish

Oʻz oldingizga qaysidir maʼnoda oʻsishni, hozirgi holatga nisbatan oʻzgarishni niyat qilar ekansiz maqsadni hayrli qiling.

Har holda yuqoriga ham, pastga ham oʻsish mumkin.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👏2👍1
Buyuklik

Buyuk inson bo'lish bu - mashaqqatli mehnat va tinimsiz harakat, matonat, aql-zakovat va sabr-bardosh bilan birga rizq va davr(jamiyat)ning shunga vaziyatni yetiltirishidir!

Jamiyat hohlamasa, unda ehtiyoj va bunda rizq bo'lmasa ming daho bo'lsa ham "tog'larni orasidan nomi chiqmay" o'tib ketaveradi.


Aql-zakovat va sabr-bardosh ham rizq):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5🔥2
Orzu

Badavlat tanishingni hashamatli uyi va zamonaviy mashinasi, qimmatbaho soati va kiyimlari sen uchun havas, harakat qilsang, rizq boʻlsa ortigʻiga ham yetasan, imkon bor.

Sening sogʻlom tana aʼzolaring, qoʻling va oyoqlaring, koʻrib turgan koʻzing va eshitayotgan quloqlaring, har xil soʻzlarni soʻzlayotgan zaboning ham kim uchundir orzu. Qani imkon ?

Salomatliging uchun duo qilib turgan ota-onangni borligi ham kim uchundir orzu, qani imkon boʻlsa edi.

Maqsadni katta qoʻying, ammo borini ham qadrlang):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
❤‍🔥6👍3
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
#taskin
#yomğir

🌧Hammaning tabiati har xil, masalan menga yomgʻir yoqadi. Ayniqsa maydalab yogʻsa va davomli boʻlsa. Yomgʻir ostida yursang.....

👟Tinimsiz yogʻayotgan yomgʻirlar oyoq kiyimidan suv oʻtadigan talabaga ham yoqarmikan;

💦 uyining bir chetidan chakka oʻtadigan kamsuqum qora ishchigachi;

🍂 gullagan daraxtlarini bitta qolmay nobud qilayotgan bogʻbongachi;

🥺 shu kunlarda sovuqligi uchun mardikor bozorida ish topolmaganlarning oilasigachi........

☔️ Ular uchun yomgʻirda yurish ahamiyatsiz menimcha(!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
🥰2😢2👍1
Doʻst

Gʻulom haftaning yetti kunidan faqat bir kuni may ichmas edi, sababini soʻrashganida - oʻsha kunda bir doʻsti xabar olgani kelishi, mast holatda koʻrsa qattiq ranjishi va nasihat qilib, shu kuni ichganiga pushaymon qilishini aytdi. 

Yillar oʻtdi, haftada bir keladigan doʻst ham bu yorugʻ olamni tark etdi, rizq. Endi esa Gʻulom har haftaning bir kunida qoʻshni qishloqqa oʻtib turadigan boʻldi. Aks):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍43🔥2
Forwarded from Mayiz
Haqiqiy do‘stlar yilda bir marta ko‘rishishadi va ularning birga tushgan suratlari bo‘lmaydi.
👍4🔥21
Vaziyat

Vaziyat tug'ilishi bilan agar muvaffaqiyatga erishsangiz sizning o'zingiz bilmagan g'ayratingiz, ilmingiz, halolligingiz va shijoatingiz haqidagi iliq fikrlarni eshitasiz va yoki yiqilgan vaqtingizda uzoq vaqtlar mobaynida yashirib yurgan qilmish va xatolaringiz, bilgan va bilmagan ayblaringiz yuzaga chiqadi.

Vaziyatdan hushyor bo'lish, u ikkiyuzlamachiroq):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn |
®️
https://t.me/Ramziddin_Abdikhalil
👍7👏2
Imkon

Balki hayr qilishga qodir emasdursiz, lekin zugʻm qilmaslik ixtiyoringizda;

Kimgadur shirin soʻz, umid va ishonch ber olmassiz, lekin orzusini oʻldirmaslik imkoni bor;

Oʻz baxtingizga erisha olmasangiz, kimnidir hayotini oʻyin, qismatini barbod qilishingiz ham insofdan emas;

Biror kimsaning ogʻirini yengil qilishga kuchingiz yetmasligi mumkin, lekin uning yengilini ogʻir qilish uchun harakat qilish shart emas.


Agar qaysidir ishni boshlash kerak boʻlsa, yaxshilik zanjirini boshlang!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5🔥211👎1👏1🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Garchi

Shu qora yer tushgan chekimga,
Uzolmadim ko'ngilni oydan.
Hasratidan toʻydim yupunning ,
Hafsalam koʻp pir bo'ldi boydan.

Yurtlar kezdim yov quvib borib,
Doʻst topmadim bironta joydan.
Arshdan tushgan boʻlsa-da odam
Yaralgani rost ekan loydan...


A'zam O'ktam
🎙 Xayrulla Hamidov


™️ https://t.me/Taskinnn
👏4👍1
Yomg'ir

Uzoq kutgan, kutilgan yomg'ir yog'di, yog'moqda, piyoda sayr qilsang, yo'l tugamasa, ushbu ajib mo'jizaning zaminni poklashini kuzatsang, hazrati insonning sharofati bilan vayron bo'lgan zamin ona tabiatning vositasi va yaratganning rahmati bilan obod bo'lishida ham bir hayr bor.

Oyog' kiyimi, uyining shiftidan suv o'tgan, tirikchilik vajida suv kechib yurgan va sabrli kunlarni boshidan kechirayotgan birodalarimdan uzur.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🥰3🔥1
Maishiy illatlar

Bora-bora hayotimiz mazmuni buyuk maqsadlar sari intilish o'rnini mayda muammolarga qarshi kurashishga almashtirmoqda.

Birlashish, kim uchundir foydali ishlarni amalga oshirish, yaxshilik qilish va halovat topish kabi ishlarga qo'l urish, bahamjihat holda ishlarni hamfikrlar bilan rejalashtirib, boshlaydigan paytda telefon qilgan do'sting hech ham telefonni ko'tarmaydi.

Shu paytdan uyg'onasan, mana o'sha hammasiga to'siq, kichik lekin daxshatli to'siq):


Shu muammo, maishiy illatga qarshi kurash taraqqiyot uchun ilk qadam bo'lsa ajab emas.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👏4👍1
Sinov

G'ulomning umri qaygʻudan va pushaymondan iborat boʻldi, ming laʼnatlar aytdi oʻsha kunga. Yoshlik qilib, bir zamonda otasini sinamoqchi bo'ldi, kuzatdi, oʻzicha nimadurlar qilishini kutdi, afsus, ota uning sinovidan o'ta olmadi.

Ikkita kitob o'qib jamiyatni tahlil qilish, baholash va kimnidir sinash uchun emas, balki sinalish, hayr qilish, hazrati inson boʻlib yashash uchun kelgandik, Gʻulom.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥1💯1