™️ TASKIN (T.R.A.)
164 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
Qish

❄️ Qish, oʻzi kabi shaffof va qahrli, sovuqligi hayot haqiqati va iliqlikka ehtiyojni, qorga burkangan tabiat esa yer yuzidagi chirkinlikni ustini qoplagandek, ajib va sokin.

Hayrli va armonli xotiralar, shirin va yoqimli kunlar, qaytmas boʻlib ketgan qadrlilar bilan eslanadi.

🧮 Dekabr, xulosalar oyi, yil yakuni, bir yillik umrni sarhisob qilish imkoniyati, natijalar tahlili, qalbimiz nuri yorqinlashgani yoki hira tortganligini anglash vaqti, aytilmagan uzrlar va rahmatlar, olinmagan koʻngil va eʼtiborsiz qadrlilar, qilinmagan yaxshilik va amallar.

Qishning birinchi kuni muborak, qadrdonlar!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
32👍2🥰1
Kun

3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni - imkoniyati cheklangan, jismida va biz bilgan ruhiyatida nuqsoni borlar emas, balki axloqi, fikrida ham gʻarizlik, qalbida chirkinlik, nafs quliga aylangan, kibrli, qalbi majruh insonlarning ham kuni, bayrammikan):

Nogironlik jismda emas, qalbdan boshlanadi, koʻpchiligimiz nogironmiz, hazrati inson emas.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
42👍2🔥1
Forwarded from Namangan davlat pedagogika instituti (Murodjon Nabijonov)
#Xushxabar

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Namangan viloyati Qo'riqlash boshqarmasi xodimlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga qo'shayotgan munosib hissasi uchun boshqarma rahbariyati tomonidan Namangan davlat pedagogika institutining Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (Ma'naviyat asoslari) mutaxassisligi magistranti Tursunov Ramziddin Abdixalil o'g'li maxsus tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

💐 Ramziddin Abdixalil o'g'lini ushbu muvaffaqiyat bilan institut jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz!

🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍8👏3🎉21🔥1🥰1
Faxr

Yangi davrda insonga gʻurur, faxr va iftixor tuygʻularini his qilishlarini taʼminlash yoʻli bu hamma uchun qatʼiy boʻlgin qoidani buzish.

Ushbu faxrli ish qancha koʻp insonlar koʻz oʻngida sodir boʻlsa, shuncha qadrlilik darajasi ortadi.
Aks):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4🥰1👏1
#Drabl
#Halovat

🕌 Gʻulom jumʼa namozini oʻqish uchun masjidga qadam qoʻydiyu, bir oz hijolat bilan ust boshiga qaradi, ichkarida oʻtirgan insonlarning ust boshlari anchayin raso, har qaysilarining yonlarida qimmatbaho ulovlarining kaliti-yu soʻnggi rusumli smartfon, liboslariga gard yuqmagan, havas qilasan kishi. Gʻulomda esa oʻsha eski yamoq kiyimlar, 4G nimaligini bilmagan telefon, hayolini zikrdan chalgʻitgan tirikchilik vajida gangib, mingʻirlagancha yurib borardi, nima uchundir koʻngliga urilgan birinchi fikr ichkariroqqa, imomga yaqinroqqa joylashish boʻldi.

📿 Hushuga yetolmadi, hayol hamon tirikchilik, yashash uchun kurash vaji bilan band edi. Qaytib chiqa turib oʻsha havas qilgan insonlaridan birining koʻzida yosh bilan qilayotgan iltijosi qulogʻiga qaqshab eshitildi, "Ey Allohim, birgina ilinjim, halovat bergin....."

Masjid eshigiga yetganida ortiga oʻgirilgan Gʻulom, havas qilgan insonlarining birortasida bosh kiyim yoʻqligi koʻrdi, hayol oʻz joyida...

® Ramziddin Abdikhalil
📚 "Taskin uchun yashalgan yillar"

🗓 07.05.2022

@Taskinnn
3👍3❤‍🔥1🥰1
Xotira

Qani edi umri yakunida insonni qancha vaqti online boʻlgani, kimga like bosgani, qancha komment yozgani, druzyalari soni bilan eslashganida edi, qadr aks, balki yetar.

Bu yillar gʻanimat, kunlar gʻanimat, soniya gʻanimat. 20 yoshgacha katta boʻlasan (+), soʻng esa aksi (-):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍7🕊3🥰1😢1
Fikr

Faqat oyoq ostini oʻylaydigan va kaltabin kimsagina suv oʻrnini choy yoki qahva bosadi deyishi mumkin.

Suv, avvalo isteʼmol ehtiyoji, soʻng poklanish, ozodalik, tabiat, jamiki jonzodlar va borliq uchun hayot manbayi.

Suv, isrof va uvol navbatida doimo birinchi, ariqlarda oqqan ham, chiqindi tashlangan ham, qadriga yetilmagan ham.

Hayotingiz suv kabi boʻlsin, hech kim bilmasa ham hammaga foydangiz tegsin, hayrli boʻladi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4🔥1🥰1🕊1
Mehnat

Minglab insonlar va yoki bir avlodning mashaqqatli mehnati va umri evaziga bunyod etilgan qadriyat bir ahmoq kimsaning badnafsligi va badfelligi natijasida qulashi mumkin.

Nafsingizni ehtiyot qiling, imkon boʻlsa ishlamagani maʼqul):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍7🥰2🕊1
Yurtga podshoh boʻldi bir kun musulmon,
Bir osiy oʻsha kun musulmon boʻldi.
Yurtga podshoh boʻldi bir kun nasoro,
Ul banda oʻsha kun nasoro boʻldi.

Toju taxt dunyoda aylanar payvast,
Shohlar goh darvishu xudparast boʻldi.
Podshoh boʻlganida yurtda butparast
Ul banda oʻsha chogʻ butparast boʻldi.

Shundoq yashadi u foniy hayotni,
U nayrang koʻrgazdi hatto Xoliqqa.
Oxirat kunida mavhum bul zotni,
Oʻtqazib qoʻydilar uchta qoziqqa.


© Abdulla Oripov

™️ https://t.me/Taskinnn
3👍2🕊1🙊1
Sinov

Halol yurib, samimiyat va poklik, mehnat va mashaqqat bilan harakat qilsang-u kimningdir kasriga balogardon qolib, aziyat cheksang bu sinov, albatta ajri bo'ladi. Agarki harom va tuban yo'lda yurib boshing devorga tegsa, bu ko'ngilga tugib yurgan niyatlarning mukofoti.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🥰21👏1🕊1
Eʼtibor

Har birimiz boshimiz osmonga qadar borib yetsa hamki eʼtiborga muhtojmiz, eʼtiborning qulmiz.

Tasavvur qiling, hech kim boʻlmasa sizning kuchingiz, husningiz, hayringiz va qadringiz qanchalik muhim):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
❤‍🔥2💯2👍1🕊1
Xabarchi

Xabarchilardan ehtiyot bo'lgan ma'qul. Kimningdir haqida sizga pinhona xabar keltirgan inson albatta siz haqingizdagi xabarni ham kim(lar)gadur yetkazmasligi dargumon.

P/S: Halol va to'g'ri insonga har ikki vaziyatning ahamiyati yo'q):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3💯3🕊1
Xat tashuvchi

Xat tashuvchi qishloqda barchaga hush kayfiyat ulashuvchi, samimiy va quvnoq inson. U xabar olib kelganda insonlar ikki martta hursand bo'lishadi: biri xat tashuvchini ko'rganligi, ikkinchisi yaxshi xabar olib kelganligidan. Uzoq yillar insonlarga quvonch ulashgan yaxshilik elchisi hech bir dardsiz, erta tongda vafot etdi.

Yaqinlari yo'qligi sabab qo'shnilari va taniganlar uni ohirgi manzilga kuzatishdi, uyidan esa mazmuni fisq-u fasod va g'urbatga to'la tahlam tahlam xatlar, bir dunyo yozilmagan oq qog'oz va siyohga botgan qalam topildi.

P/S: Qo'lingdan kelganicha hayr qil, qo'lingdan keladi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍32
Kuy

Ijodkor tomonidan o'z maromiga yetkazib ijro etilayotgan nayning go'zal va betakror tovushi dardli inson qulogʻiga qargʻaning qagʻillashi kabi eshitiladi, och odamga esa eshitilmaydi):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🕊4👍3
Haqiqat

To'ylarimiz haqiqatni so'zlaydi, biz gapirmaymiz, o'zi aytadi. Qishloq toʻylari, erta tongda dasturxonchi ko'chalar bo'ylab hayqiradi, "nahorgi oshga", "falonchinikiga"...

Kun yakunlandi, to'yxonada faqat, faqat ota kun bo'yi bir xil kiyimda yurdi, eski do'ppi, ohori to'kilgan kastyum va dag'al oyoq kiyim, avvalgi to'yda ham shuni kiygandi. (avvalgi to'yga 6 yil bo'ldi)
:

Otalarimiz doimo shunday bo'lishgan, uning yelkasida mas'uliyat bor, unda ro'zg'or tashvishi, unda ulg'aygan farzandining jahlini ko'tarish uchun matonat bor hali):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😢6👏1
Hissiyot

Inson qalbidagi eng katta ogʻriq bu begʻubor va hayotga quvonch koʻzi bilan qarovchi farzandining hohlagan narsasini olish uchun qora mehnatdan yuziga ajin tushgan otaning qurbi yetmasligi, boʻsh hamyondan qayta qayta pul ahtarish, hech narsa yoʻqligini oʻzi biladi, lekin ters ayta olmaydi, ogʻir.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😢5👍3😐1