™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#umid

Ota-onalarimiz bizga bugunni emas, ertanggi kunni ham oʻylab, keyin ish qilishni oʻrgatishganda nega bunday degan savolni oʻzimizga berar edik. Koʻpincha ishtahalari boʻlmas edi, odatda biz yoʻq paytlar ovqatlanisharmidi, yana bilmadm, biz koʻrmasdik har holda, vaqtlari ham kam boʻlardi.

Ulgʻaydik, yillar oʻtdi, oʻsha vaqtlar koʻz qorachigʻidek asragan jigarbandlari, bugun oʻzlariga ovoz koʻtarib baqirayotgan, oshini minnat qilayotgan farzandlari uchun oʻsha vaqtlarda och boʻlishgan, ishtahalari boʻlmagan ekan.

Vaqtlari kam boʻlishini sababi, bizni tashvishimiz bilan band boʻlgan ekanlar, garchi bugun biz koʻchada ularni oʻylab yurganimiz kabi ):

Bir kun och qolishganiga arzidikmikan, har holda ertangi kun uchun, umid bilan
, gʻutbatni sabr bilan yengishgandi. Qalbi taskin topdimikan!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😢5👍21
#Qismat

Moziy, 10 xonali uy, har birining oʻz sohibi va oʻz qulfi bor. Uydan chiqar ekan har qaysisi xonasini berkitib ketadi. Yillar oʻtdi, faqat bir kishi qoldi, qolgani bu yorugʻ olamni tark etishdi, adashib boshqa xonaga kalit soldi, xona ochildi, oʻz xonasi bilan bir xil, zarrasiga qadar, qolgan xonalarga qarab shoshildi, hammasini ochib koʻrdi, bir xil, ikki tomchi suvdek, hammasi.....

Nahot shuncha yil bir oʻzi yashagan boʻlsa, nahot aks.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
@Taskinnn
3👍21👏1
#xulosa

Oqibatini o'ylab ish qilish kerakligini oddiygina isboti bu telegramda guruh ochsangiz va undan yaqinlaringizni chiqib ketganini koʻrganda ichingizdan nima oʻtishini his qilib koʻrishda bilinadi.

P/S: Aksiya uchun allaqanday guruhlarga odam qoʻshish bundan mustasno):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2👏211🔥1
#yo'l

Maqsadingiz tog' cho'qqisiga chiqish ekan, quduq tomon harakatlanayotgan poyezddan tushing, yoki sabr bilin cho'kishingizni kuting.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥311👍1
#Dars

Haybatli bino, vazmin va sokin!

419-xonada quyonlar uchun "oʻljaga aylanmaslik va uning tipologiyasi" mavzusida maʼruza oʻtilmoqda.

421-xonada esa boʻrilarga quyon ovlash texnologiyalari haqida seminar....

Har ikki guruhda ham hafsala yoʻq, natija ham, yana oʻxshamadi!


® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍4🔥2🕊21👏1
#davr

Koʻngillar emas liboslar soʻzlashadigan davr, zabonda na qadr va na mehr qoldi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4👍31
#Bozor

Tinch va hotirjam hayot kechiryapmiz, hohlagan narsa(buyum)mizni topa olamiz, bozorlarimiz koʻp, koʻz tegmasin. Bozorga kirsak bir inson tugʻilganidan to vafotiga qadar ehtiyojini taʼminlash vositalari bor.

Yaratgan ajib neʼmat, farzand bilan siylagan insonlar uchun beshik, sovuq kunlarda tanamizni asrash uchun liboslar, birlamchi ehtiyoj boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari, ishimizni yengillatuvchi jihozlar, roziligini topshirgan birodarimizning yaqinlari uchun esa kafan. Yana farzandi bilan kelib uning hohshiga qurbi yetmagan otalar ham bor bu manzilda.

Hamma har xil kayfiyat va maqsad bilan kiradi bu maskanga, umrning turli koʻrinishlari.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😢32🔥2
Dunyoning g‘alati yo‘rig‘iga boq,
Kimga aysh tashnayu kimga dor mushtoq
Lekin hammasidan ma’no bittadir:
Qurbon oldin ketar, jallod keyinroq.


©️ Abdulla Oripov

™️ https://t.me/Taskinnn
3🔥3👍1
Kun kelib ibtidoga qaytamiz):

Sizning yig'lash ovozingiz bilan boshlangan umr yaqinlaringiz hayqirig'i bilan yakunlanadi;

Bilmaganingiz uchun qiziqishdan yoshlikda ko'p berilgan savollar o'rnini xotira sustligi uchun berilgan savollar egallaydi;

Oyoqlar nimjonligi uchun emaklab yurgan tanangizni yana shu muammo bezovta qiladi;

Yoshlikda ham kimningdur qaroviga muhtoj edik, keksalikda ham shu ehtiyojga qaytamiz;

Bolalikda erkaligingiz uchun ko'pchilik nazarida edingiz, yosh o'tib g'animatligingiz uchun e'zozdasiz;


Yoshligingizda o'zingizga tegishli hech narsa yo'q edi, keksalikda ham hech vaqo qolmadi, faqat oq va qora yo'l.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
4👍31
Yolgʻon

Sodda va samimiy insonga hech qachon yolgʻon gapirmang, undan chirkin maqsadlaringiz yoʻlida foydalanmang. Bu bilan siz dunyoga samimiyat koʻzi bilan qarovchi bir nurni soʻndirasz, u qayta porlamasligi mumkin.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍6🔥3😢1💯1
Salom-alik

Umrimdan ming marta roziman, biroq
Gohida ko’ksimni ortiq keribman.
Yoshlik - g’o’rlik ekan, anglamay, ko’proq
Katta shaytonlarga salom beribman.

Vaqtning tezligiga hayron qolaman
Va kulib qarayman buning bariga.
Endi yoshim ulug’, alik olaman
Kichik shaytonlarning salomlariga.


©️ Abdulla Oripov

™️ https://t.me/Taskinnn
2👍2❤‍🔥1😢1
Qismat

Qismat shunday - yozilmagan, lekin kutilgan bitik, oʻzingga bogʻliq boʻlmagan holda u tomonga qarab turgan joyingda harakatlanasan, zabonsiz hayqirasan, soʻqir koʻzlar nurdan porlaydi, oyoqsiz yugurasan, ongsiz fikrlaysan.

Turli yoʻllarga hohlamasdan kirar ekansan, har qadamda qodir qilgan dard kutadi, koʻz yoshi va ogʻir nafas bor, bu qismat, faqat dardli, gʻaliz.

Hayot faqat baxt(dard)dan iborat emas):


📌 Toshkent, 29.11.2023.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍511
Andisha

Takror aytilganda iltimos buyruqqa va soʻngra sizning majburiyatingizga aylanadigan davr, rad etmaslik doimiy rozilikni ifodalaydigan zamon (yoki insonlar). Dastlab iltimos boʻlgan koʻngilli vazifa uchun yakunda siz jazo olasiz, bezabonlik va begʻaraz yordam natijasi.

Axloqi qashshoq inson uchun qadrning qadri yoʻq):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍21💯1
Qish

❄️ Qish, oʻzi kabi shaffof va qahrli, sovuqligi hayot haqiqati va iliqlikka ehtiyojni, qorga burkangan tabiat esa yer yuzidagi chirkinlikni ustini qoplagandek, ajib va sokin.

Hayrli va armonli xotiralar, shirin va yoqimli kunlar, qaytmas boʻlib ketgan qadrlilar bilan eslanadi.

🧮 Dekabr, xulosalar oyi, yil yakuni, bir yillik umrni sarhisob qilish imkoniyati, natijalar tahlili, qalbimiz nuri yorqinlashgani yoki hira tortganligini anglash vaqti, aytilmagan uzrlar va rahmatlar, olinmagan koʻngil va eʼtiborsiz qadrlilar, qilinmagan yaxshilik va amallar.

Qishning birinchi kuni muborak, qadrdonlar!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
32👍2🥰1
Kun

3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni - imkoniyati cheklangan, jismida va biz bilgan ruhiyatida nuqsoni borlar emas, balki axloqi, fikrida ham gʻarizlik, qalbida chirkinlik, nafs quliga aylangan, kibrli, qalbi majruh insonlarning ham kuni, bayrammikan):

Nogironlik jismda emas, qalbdan boshlanadi, koʻpchiligimiz nogironmiz, hazrati inson emas.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
42👍2🔥1
Forwarded from Namangan davlat pedagogika instituti (Murodjon Nabijonov)
#Xushxabar

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Namangan viloyati Qo'riqlash boshqarmasi xodimlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga qo'shayotgan munosib hissasi uchun boshqarma rahbariyati tomonidan Namangan davlat pedagogika institutining Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (Ma'naviyat asoslari) mutaxassisligi magistranti Tursunov Ramziddin Abdixalil o'g'li maxsus tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

💐 Ramziddin Abdixalil o'g'lini ushbu muvaffaqiyat bilan institut jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz!

🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍8👏3🎉21🔥1🥰1
Faxr

Yangi davrda insonga gʻurur, faxr va iftixor tuygʻularini his qilishlarini taʼminlash yoʻli bu hamma uchun qatʼiy boʻlgin qoidani buzish.

Ushbu faxrli ish qancha koʻp insonlar koʻz oʻngida sodir boʻlsa, shuncha qadrlilik darajasi ortadi.
Aks):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4🥰1👏1