#tanlov
Qachonki oldingizda tanlov boʻlsa ikkilanasz, oʻylaysz, bir tomon mashaqqatli va ogʻir, lekin yakuni hayrli, hikmatli, halovatli, ikkinchi yoʻl yengil va nafs uchun rohatli va yakuni gʻurbat va chirkin. Tanlash oson emas, mashaqqat bor, taqdir bor, umr bor.
Tanlov berilmasa edi, koʻpincha tanlov oldida nafsimizni yenga olmay qolamiz):
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn

👍3
#hayot
Hayotda ikki xildagi insonlar tug'ilgan, tug'ilmoqda, tug'iladi - qullar va ularni boshqaruvchi. Qullik har xil tarzda, ko'rinishda, shaklda, boshqarish ham. Har ikkisining yaxshi yoki yomonligi qorong'u.
Tug'ilish nisbiy, qullik ham ):

🔥2
#sovuqqon
Insonlarga xos odat, ilk uchrashuvda hayajondan qizargan yuzlar, bora-bora kiprik qoqmas darajaga borib yetadi, shirin soʻzlar qoʻpol, yoqimli muomala dagʻal, tuygʻular sovuq - yuzlar kabi, mehr va eʼtibor ham eshik ortida, yangi inson uchun, yangi hayajon uchun, yangi tuygʻu uchun.
Sovuqqon, badbaxt, beor insonlarmiz):
🍂 Kuz kunlari soviy boshladi, insonlar kabi, horgʻinlik va sokinlik, bir oz zahri bor.
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn | Nisbiy

👍4🥰1🤔1
#odat
🍻 Koʻchada oʻlib qolgan inson kabi mast holda uhlab yotgan kimsani koʻrish odatiy hol.
🔞 Ikki yoshning koʻchada nikohgacha harom boʻlgan ishni mavhum kelajakka ishonib qilib yurishi ham odatiy hol.
❗️Bir kamsuqum va ojiz kishining uch-toʻrt tarbiya koʻrmagan hoʻkizlar tomonidan kaltaklanishini jimgina kuzatish va oʻzimizni koʻrmaganga olish esa odatiy hol emas?
📱Odatiy hol boʻlishi uchun uni kameraga ham olish kerak):
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn | (Be+) baxt

👍4🔥3
#javobsiz_savol
Bolalik yillarini eslasangiz koʻpincha quvonasiz, begʻubor, sodda, beayb davrlar. Har bir kuning oʻz oʻrni, oʻz qiymati bor. Uchragan insonni koʻpgina savollar bilan koʻmib tashlaymiz, ota onalarimizni ham. Baʼzan bizning yoshlik davrlaridagi injiqlik va hohish bilan bergan savollarimiz javobsiz qoladi.
Avgust, qora mehnat bilan roʻzgʻor tebratadigan ota-ona uchun ogʻir oy, maktab boshlanish arafasida, farzandlari uchun anʼanaga aylangan yangi forma, oyoq kiyim, kuz - qishga tayyorgarlik, oʻtin, koʻmir, un, yogʻ...
Shu davrda bolaning qachon bozorga boramiz degan savoli takroran javobsiz qoladi, eshitmaslikda emas, zil ketgan qalb va qavargan qoʻllarning buyuk ojizligidan):
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn | Xotira

😢4❤2🕊1
#manzil
Umr manzilining boshi va yakuni qayer?
- Sharqdan g'arbgacha, shimoldan janubgacha, Rimdan New yorkgacha, xodimlikdan rahbarlikkacha, farzandlikdan otalikkacha, men kosmosga ham chiqqanman, demak yerdan osmongacha (kosmonaft).
P/S: tuproqdan tuproqqacha!
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn | Umr

👍8👏2🕊1
#fikr
Mag'lubiyat kutilgan ikki natijadan biri, hech ham kutilmagan vaziyat emas.
***
Buyuk insonning buyukligi uning shaxsiy hislati emas, jamiyatning uni buyuk etib tarbiya etgani va vaziyatning yetilishi.
***
Buyuk insonlardan doim ham yaxshi shogird chiqmasligi mumkin, lekin yaxshi insonning ustozi buyuk bo'lishi aniq.
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn | Qarashlar

👍4
#qahramon
Tasavvur qiling, qahramon. Koʻz oldingizda shubhasiz kelishgan, chiroyli kiyingan, jismonan yetuk inson gavdalanadi, uning oʻziga xos kuchli qobiliyati va aqliy salohiyati bor. Qahramon.
Aslidachi, aslida jismonan nimjon, dunyoqarashi ham unchalik keng emas, sodda, baʼzi vaqtda hattoki muomalada qoʻpolroq, yuzlari ajin, dogʻlar, qoʻli qadoq, lekin sizni shu kunga yetkazgan, umri jigarbandi uchun hazon boʻlgan, yoʻlingizga termulib oʻtirgan insonlar qahramon, haqiqiy qahramon!
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn | ogʻriq

👍4🕊2
#kasblar
Sartarosh: mensiz insonlarni soch soqoli o'sib, ibtidoiy davrga qaytadi, oʻziga eʼtibor bermaydi, madaniyatdan chiqib ketamiz. Mijozlarim oldimdan hursand holatda chiqib ketadi.
Tikuvchi: mensiz insonlar qishda sovuq qotadi, yozda esa kiyimsiz yurishiga toʻgʻri keladi, imidj yarata olmaydi, topsa ham har doim bir xil libosda yurishga majbur boʻladi. Insonlar tikgan liboslarimni havas bilan kiyishadi.
Shifokor: men boʻlmasam insonlar oddiygina shamollash orqali oʻlib ketishlari mumkin. Davolagan insonlarim bir umr meni duo qilishadi.
Oʻqituvchi: mensiz insonlar savodsiz, ilmsiz boʻlishadi, olam haqiqatini anglay olishmaydi. Oʻquvchilarim bilan doimo faxrlanaman.
Go'rkov: ishdan ketaman, haqiqatni gʻurbatidan toʻydim):
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn | qismat

👍3🕊3😁2
#muvaffaqiyat
Gʻolibning yutugʻi, uning tun-u kun mehnati, oʻziga boʻlgan ishonchida emas, balki rizqi qoʻshilganligi va bir oz boshqalarning butkul haraksizligi natijasi (menimcha)):

👍6
#ota
Qora mehnatdan qoʻllari qavargan, yuzlariga ajin tushgan ota nonushta uchun oʻtirib, bir burda nonni olib, yemoqchi boʻldiyu, katta qizini oʻyladi, oilasi tinchmikan? Telefon qildi, tinchligini bildi, hotirjamlik bilan nonushta qilishni boshlamoqchi boʻldi, birdan oʻgʻli hayolidan oʻtdi, chet elda ishda, qiynalmayaptimikan, kecha gaplashgandi, yaxshidur, choy ham soviyapti, ota kenja oʻgʻliga telefon qildi, koʻtarmadi, koʻngli gʻash, qirq ikkinchi kun ham nonushta qilmadi.
➖ Muhiddin aka bilan suhbatlardan!

👍15
#Ijara
Yangi oila, shaharga koʻchib kelishdi, to oʻz oʻrnini topguncha ijarada yashaydi, kimningdir qosh qovogʻiga qarab. Talaba, hoh xonadon, hoh Talabalar turar joyi, u ham ijarada yashaydi, albatta tartib qoidalarga amal qilib. Ikki holatda ham ijara xonadon ozoda boʻlishi lozim, ijaraga qoʻyuvchining talabi shu.
Hayot deb atalgan ulugʻ neʼmatda ham biz ijaradamiz, talablari poklik, hayr, toʻlovi yaxshilik, ajri yaxshi nom.

🔥6👍4👏1
Odamlar och,
Kolbasa lekin
Kuchuklarga yedirilmoqda.
Sharh etamiz bu holni sekin:
Sabablari qidirilmoqda.
O’ldirmoqda aka-ukani,
Oilalar yemirilmoqda.
Sababini kim aytar, qani?
Sabablari qidirilmoqda.
Samolyotni opqochdi birov,
Norozilik bildirilmoqda.
Javobimiz tayyordir darrov:
Sabablari qidirilmoqda.
Yer yuzidan katta bir davlat
Shitob bilan sidirilmoqda.
Biz-chi majlis qilamiz faqat:
Sabablari qidirilmoqda.
© Abdulla Oripov
™️ https://t.me/Taskinnn
Kolbasa lekin
Kuchuklarga yedirilmoqda.
Sharh etamiz bu holni sekin:
Sabablari qidirilmoqda.
O’ldirmoqda aka-ukani,
Oilalar yemirilmoqda.
Sababini kim aytar, qani?
Sabablari qidirilmoqda.
Samolyotni opqochdi birov,
Norozilik bildirilmoqda.
Javobimiz tayyordir darrov:
Sabablari qidirilmoqda.
Yer yuzidan katta bir davlat
Shitob bilan sidirilmoqda.
Biz-chi majlis qilamiz faqat:
Sabablari qidirilmoqda.
© Abdulla Oripov
™️ https://t.me/Taskinnn
👍11
#Umr
Yoshmiz, vaqt va kuch bor, lekin pul yoʻq.
Yetuk davrimiz, kuch va pul bor, lekin vaqt yoʻq.
Keksaydik, pul va vaqt bor, kuch yoʻq.

👍10
#qadriyat
Oila, har kuni tongda quvonch va yaxshi kayfiyat bilan nonushta qilinadi, ota ayoliga tabassum bilan hazil qiladi, har kuni bir xil hazil, lekin mehr bor, oddiygina shu hazilda taft, iliqlik bor, bolalar ham hursand, kun shu kayfiyat bilan yakunlanadi.
Bolalar ulgʻaydi, biri nonushtaga chiqmay qoʻydi, bir koʻngilga mehr berdi, ikkinchisi uchun esa har doimgi hazil qiziq boʻlmay qoldi, ona betob, ota keksaydi, endi nonushtada kulgu yoʻq, samimiyat yoʻq, qadriyat yoʻqoldi.

❤🔥3😢2
#magnit
Hayot yoʻlimiz ham magnitga oʻxshaydi, yaxshi va hayrli yoʻl tomon qancha shoshib harakat qilsak, yaxshilik ham biz tomonda shuncha tez intiladi, gʻaraz niyat tomon intilsak ham albatta niyatimizga yetamiz):
Ertangi kun kafolati yoʻqligi uchun shoshilamiz, har ikki yoʻlga ham.

👍3🔥2👏1
#umid
Ota-onalarimiz bizga bugunni emas, ertanggi kunni ham oʻylab, keyin ish qilishni oʻrgatishganda nega bunday degan savolni oʻzimizga berar edik. Koʻpincha ishtahalari boʻlmas edi, odatda biz yoʻq paytlar ovqatlanisharmidi, yana bilmadm, biz koʻrmasdik har holda, vaqtlari ham kam boʻlardi.
Ulgʻaydik, yillar oʻtdi, oʻsha vaqtlar koʻz qorachigʻidek asragan jigarbandlari, bugun oʻzlariga ovoz koʻtarib baqirayotgan, oshini minnat qilayotgan farzandlari uchun oʻsha vaqtlarda och boʻlishgan, ishtahalari boʻlmagan ekan.
Vaqtlari kam boʻlishini sababi, bizni tashvishimiz bilan band boʻlgan ekanlar, garchi bugun biz koʻchada ularni oʻylab yurganimiz kabi ):
Bir kun och qolishganiga arzidikmikan, har holda ertangi kun uchun, umid bilan, gʻutbatni sabr bilan yengishgandi. Qalbi taskin topdimikan!

😢5👍2❤1
#Qismat
Moziy, 10 xonali uy, har birining oʻz sohibi va oʻz qulfi bor. Uydan chiqar ekan har qaysisi xonasini berkitib ketadi. Yillar oʻtdi, faqat bir kishi qoldi, qolgani bu yorugʻ olamni tark etishdi, adashib boshqa xonaga kalit soldi, xona ochildi, oʻz xonasi bilan bir xil, zarrasiga qadar, qolgan xonalarga qarab shoshildi, hammasini ochib koʻrdi, bir xil, ikki tomchi suvdek, hammasi.....
Nahot shuncha yil bir oʻzi yashagan boʻlsa, nahot aks.
® Ramziddin Abdikhalil
™️ @Taskinnn

❤3👍2⚡1👏1
#xulosa
Oqibatini o'ylab ish qilish kerakligini oddiygina isboti bu telegramda guruh ochsangiz va undan yaqinlaringizni chiqib ketganini koʻrganda ichingizdan nima oʻtishini his qilib koʻrishda bilinadi.
P/S: Aksiya uchun allaqanday guruhlarga odam qoʻshish bundan mustasno):

👍2👏2⚡1❤1🔥1
#yo'l
Maqsadingiz tog' cho'qqisiga chiqish ekan, quduq tomon harakatlanayotgan poyezddan tushing, yoki sabr bilin cho'kishingizni kuting.

🔥3⚡1❤1👍1