™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Drabl - rizq

✍️ Muallif:
Ramziddin Abdikhalil
🎙 Ijro: Mohlaroyim

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4
#achchiq_haqiqat

Imkoniyati cheklangan inson: hamma qatori toʻkis boʻlsam edi.

Sogʻlom inson: shaxsiy biznesim, chiroyli kiyimlarim, qimmat telefonim boʻlsa edi.

Migrant: vatanimga, oshna ogʻaynilarim, oila aʼzolarimni oldida boʻlsam.

Talaba: oʻqishni bitirib, hammaning havasi keladigan tashkilotlarda, firmalarda ishlasam edi.

Oliy maʼlumotli mutaxassis: ilmiy ishlarimni qilsam, oyligim oshsa, hashamatli uy, qimmatbaho mashina olsaydim.
......................
Badavlat inson: onam hozir hayot boʻlsa edi, bir lahza koʻrsam, nafas olishlarini eshitsam boʻldi, hamma narsamdan kechishga tayyorman):

® Ramziddin Abdikhalil

Namangan shahri. 26.09.2023. 01:27

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4👏2😢2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Drabl - taskin

✍️ Muallif:
Ramziddin Abdikhalil
🎙 Ijro: Mohlaroyim

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2
#Qarz

Ocharchilik vaqtlarida qoʻshnisidan qarzga guruch (sof, oliy navli) olib ishlatgan Gʻulom, oʻsha kundan boshlab qoʻshnisini koʻrganda hijolat torta boshladi, qaytarishga qiynalib, imkon topganida esa aynan olgani bilan bir xil guruchni izlab, ahiri topib, sof holaticha qaytardi. Qarz uzildi, sof guruch.

P/S: Pok tugʻilgan edik, qarz edik biz ham ):

® Ramziddin Abdikhalil

Namangan shahri. 28.09.2023. 00:18

™️
https://t.me/Taskinnn
👍6🤔1🕊1
#Savolning_javobi

Aniq savolning aniq javobini faqatgina o'zingiz bilan teng darajadagi insonga ayta olasiz va undan qabul qilasiz. Sizdan quyidagi inson bilan munosabatlarda ham, sizdan yuqoridagilar bilan munosabatda ham javoblar doimiy tarzda o'zgarib turadi.

P/S: Aslini olganda javob ham bitta, daraja ham ):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5
#gʻanimat

Birodar, kun kelib bir yomon, nazaringga ilmagan, hatto hayotingda bir lahza oʻtib ketgan insonning ham o'rni bilinar ekan, gʻanimat ekanmiz.

Oʻtkinchining qadri bilinadi, qolgani oʻzingizga havola.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3
#bemor

Vaqti bilan bemor boʼling, dard bersin, suysin, sinov bilan siylasin, oʻylash uchun, tafakkur uchun vaqtingiz, skunatingiz boʻlsin, har daqiqada koʻzingiz eshik tomon sababsiz qarasin, oʻylang, qayerda, kimga nohaqlik qildingiz, kimni ranjitdingiz, qaysi hayrning ajri boʻldi. Oʻzgarasiz, albatta behikmat boʻlmaydi, qadringizni ham, aybingizni ham bilib olasz.

Yaratgan barchamizni oʻz panohida asrasin!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🕊4🔥2
#ehtiyoj

30 yildan ortiq faqatgina togʻlar orasida, adirlarda suruv haydab, choʻponlik bilan kun ko'rgan inson umrida ilk bor bozorga bordi, qayta turib o'ylab qoldi, juda koʻp olishi lozim bo'lgan narsalari, ehtiyoji bor ekan.

30 yil):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5
#qilmish

Sodir etgan eng tuban qilmishimiz uchun o'z o'ziga jazo berish imkoni bo'lsa edi, eng yengilidan boshlagan bo'lar edik, jon shirinda, agarda imtiyozimiz bo'lganida edi, jazo ham olmasdik):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2👏1
#neytral

Biz neytral insonlarmiz, yomon emasmiz, lekin yaxshilik ham qilmaymiz, gunohdan qochamiz, savobga ham yaqin kelish biz uchun mushkul, hech kimga dushman emasmiz, doʻst ham, kimningdur ustidan kulmaymiz, achinish, ibrat olish ham shart emas.

P/S: Ogʻir kunda biz xavfli insonmiz, jarlikka itarmaganimiz kabi, undan chiqarib ham olmaymiz):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
💯5👍1
#Alhamdulillah

Yana bir tong, yana bir yosh, yana bir hikmat. Yigirma toʻrtinchi kuz, oktabrni kutib olish ham nasib qildi. Shu kunlarga yetkazgan yaratganga behisob shukrlar boʻlsin.

Oʻtkan yillar davomida yaxshi kunlar, yaxshi insonlar davrasida boʻlib, har neki boʻlsa hayrli deb bildim, jannatim va davlatim, jigarlarim, ustozlarim, qadrdon doʻstlarim va yaqinlarim, barchangizni boringizga shukr.

Shu kunga qadar oʻtgan umrimning har soniyasi men uchun qadrli, ibratli boʻldi.
Hech qachon va hech qayerda toʻgʻri yoʻldan adashtirmasin, ilmimizga, umrimizda va rizqimizga Alloh baraka bersin!
👍10
#doʻst

Uchta qadrdon oʻgʻrilardan biriga amal berilsa ishni qolgan ikkitasini qoʻlga olishdan boshlaydi, yoki unutishdan.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍7😢1
#ozuqa

Odat boʻlib qolgan, esimizdan chiqishi juda qiyin, bir kunda uch mahal ovqatlanish, nonushta, tushlik, kechki ovqat. Har birining oʻz oʻrni bor, tongda imkon boʻlsa shirinlik yoki meva, tushlikda albatta issiq ovqat, kechki ovqat koʻpincha erkaklarda choyxonada osh bilan boʻladi. Birortasiga ulgurmasak albatta oʻrni bilinadi, ozuqa, odat.

Qalb, ilm, ruh ozuqasi ham bor, hech boʻlmasa ikki varoq, bir lahzalik tabassum, uch mahal emas, bir mahal kimgadur yaxshilik, hayr.

Surat Donishmand Sizif asaridan

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍7🕊1
#qaygʻu

Bugun ogʻir kun boʻldi, hayol joyida emas, ishdan ishga oʻta turib shoshilib yurdim, shu orada hamyonimni yoʻqotdim, ishdagi charchoq ustida taqdir ustimdan kulgandek boʻldi. Qidirdim, yurgan yoʻllarimni izladim, oʻtkan ketgandan soʻradim, topdim. Hamyonni topdim.

Lekin yoʻqolganidan topguncha boʻlgan vaqtda gumonimni, ishonchimni yoʻqotdim, shu qaygʻu.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍8🕊1
#ilm

Qaysiki davrada ilmli insonlar oyoq osti qilinar ekan, shu millat oʻz oʻrnini oyoq ostidan topadi. Qayerdaki ahli ilm va ziyolilar kulgu va jabr ostida yashar ekan, shu jamiyatning hayoti jabrdan ortiga oʻtmaydi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Drabl - bemor

✍️ Muallif:
Ramziddin Abdikhalil
🎙 Ijro: Mukhlisa

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1👏1💯1
#tanlov

Qachonki oldingizda tanlov boʻlsa ikkilanasz, oʻylaysz, bir tomon mashaqqatli va ogʻir, lekin yakuni hayrli, hikmatli, halovatli, ikkinchi yoʻl yengil va nafs uchun rohatli va yakuni gʻurbat va chirkin. Tanlash oson emas, mashaqqat bor, taqdir bor, umr bor.

Tanlov berilmasa edi, koʻpincha tanlov oldida nafsimizni yenga olmay qolamiz):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3
#hayot

Hayotda ikki xildagi insonlar tug'ilgan, tug'ilmoqda, tug'iladi - qullar va ularni boshqaruvchi. Qullik har xil tarzda, ko'rinishda, shaklda, boshqarish ham. Har ikkisining yaxshi yoki yomonligi qorong'u.

Tug'ilish nisbiy, qullik ham ):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2
#sovuqqon

Insonlarga xos odat, ilk uchrashuvda hayajondan qizargan yuzlar, bora-bora kiprik qoqmas darajaga borib yetadi, shirin soʻzlar qoʻpol, yoqimli muomala dagʻal, tuygʻular sovuq - yuzlar kabi, mehr va eʼtibor ham eshik ortida, yangi inson uchun, yangi hayajon uchun, yangi tuygʻu uchun.

Sovuqqon, badbaxt, beor insonlarmiz):

🍂 Kuz kunlari soviy boshladi, insonlar kabi, horgʻinlik va sokinlik, bir oz zahri bor.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn | Nisbiy
👍4🥰1🤔1
#odat

🍻 Koʻchada oʻlib qolgan inson kabi mast holda uhlab yotgan kimsani koʻrish odatiy hol.

🔞 Ikki yoshning koʻchada nikohgacha harom boʻlgan ishni mavhum kelajakka ishonib qilib yurishi ham odatiy hol.

❗️Bir kamsuqum va ojiz kishining uch-toʻrt tarbiya koʻrmagan hoʻkizlar tomonidan kaltaklanishini jimgina kuzatish va oʻzimizni koʻrmaganga olish esa odatiy hol emas?

📱Odatiy hol boʻlishi uchun uni kameraga ham olish kerak):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn | (Be+) baxt
👍4🔥3
#javobsiz_savol

Bolalik yillarini eslasangiz koʻpincha quvonasiz, begʻubor, sodda, beayb davrlar. Har bir kuning oʻz oʻrni, oʻz qiymati bor. Uchragan insonni koʻpgina savollar bilan koʻmib tashlaymiz, ota onalarimizni ham. Baʼzan bizning yoshlik davrlaridagi injiqlik va hohish bilan bergan savollarimiz javobsiz qoladi.

Avgust, qora mehnat bilan roʻzgʻor tebratadigan ota-ona uchun ogʻir oy, maktab boshlanish arafasida, farzandlari uchun anʼanaga aylangan yangi forma, oyoq kiyim, kuz - qishga tayyorgarlik, oʻtin, koʻmir, un, yogʻ...

Shu davrda bolaning qachon bozorga boramiz degan savoli takroran javobsiz qoladi, eshitmaslikda emas, zil ketgan qalb va qavargan qoʻllarning buyuk ojizligidan):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn | Xotira
😢42🕊1