SAFAR
Kunlik rejalarimiz, muhim ishlar va yumushlarimiz, turli-tuman safarlarimiz bor. Erta tongda uyqudan turib ishga yoki oʻqishga borish uchun hozirlik koʻramiz, yuz-qoʻlni yuvib, agar gʻijim boʻlsa albatta kiyimlarni dazmol qilib, kir kiyimlarni tozasiga almashtirib, qornimiz ochib qolmasligi uchun nonushta qilib, oyoq kiyimimizni tozalab olamiz. Oddiygina bir kunning boshlanishi uchun tayyorgarlik. Bir kunlik safar.
Umr degan safar uchunchi?
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn

👍4🔥1
Dunyoda har kimning bor o‘z matlabi,
Tuya so‘rab bo‘lmas echkiboqardan.
Pismiqdan faylasuf chiqmagan kabi,
Haqgo‘y ham chiqmaydi betgachopardan.
Kim o‘zar o‘ynasang toshbaqa bilan,
Bo‘yningga olursan unga tenglikni.
Dunyoning ishlari shunaqa ekan,
Har nechuk odat qil fe’li kenglikni.
© Abdulla Oripov
™️ https://t.me/Taskinnn
Tuya so‘rab bo‘lmas echkiboqardan.
Pismiqdan faylasuf chiqmagan kabi,
Haqgo‘y ham chiqmaydi betgachopardan.
Kim o‘zar o‘ynasang toshbaqa bilan,
Bo‘yningga olursan unga tenglikni.
Dunyoning ishlari shunaqa ekan,
Har nechuk odat qil fe’li kenglikni.
© Abdulla Oripov
™️ https://t.me/Taskinnn
👍4🔥3
#maqola
Ilmiy tadqiqot faoliyati olib borgan, aqalli umrida bir bor maqola yozgan inson biladi, kalit so'zlar maqolaning qaysidir ma'noda mazmunini belgilab beradi. Inson hayotida ham shunday kalit so'zlar bor-ki, ushbu inson kim ekanligini bir o'qiganda bilib olasz: husni xulq, halollik, iymon, ehson, qanoat.....nafs, kibr, g'iybat ):

👍7
#beburd
Kishilar xatto shunchaki tanish boʻlishdan ham or qiladigan darajada beburd boʻlishdan Alloh saqlasin.

👍2🕊1
G'urbat izlaganga, hamroh g'urbatlar
go'zal qalbning zahri ham, totlidir doim.
Ajab, yomon yetar, yaqin marralar,
Sodda inson vijdoni, qiynalar doim.
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
go'zal qalbning zahri ham, totlidir doim.
Ajab, yomon yetar, yaqin marralar,
Sodda inson vijdoni, qiynalar doim.
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
👍6🕊2
#Kapalak
Kapalak umri ajib, sehrli, qisqa, inson hayotining butun fasli shu jonzodning bir kunida mujassam, uygʻonadi, yashaydi, atrofga goʻzallik ulashadi, soʻladi. Uning hayot vazifasi shu, mazmuni ham, kimgadur oz boʻlsada quvonch, hayot goʻzalligini eslatish, shikast bermaslik, koʻngildan ham qolmaydi, yaxshilik qilmagan taqdirda yomonlik ham qoʻlidan kelmaydi.
Agar kimgadir umr zavqini berishga ulgurmay oʻlib qolsachi? Bir kunlik umr.
Umrimizda mazmun, maqsad, hayr, hikmat va halovat boʻlsin! Hech bolmasa bir kunida ):

👍4❤1🕊1
#achchiq_haqiqat
Imkoniyati cheklangan inson: hamma qatori toʻkis boʻlsam edi.
Sogʻlom inson: shaxsiy biznesim, chiroyli kiyimlarim, qimmat telefonim boʻlsa edi.
Migrant: vatanimga, oshna ogʻaynilarim, oila aʼzolarimni oldida boʻlsam.
Talaba: oʻqishni bitirib, hammaning havasi keladigan tashkilotlarda, firmalarda ishlasam edi.
Oliy maʼlumotli mutaxassis: ilmiy ishlarimni qilsam, oyligim oshsa, hashamatli uy, qimmatbaho mashina olsaydim.
......................
Badavlat inson: onam hozir hayot boʻlsa edi, bir lahza koʻrsam, nafas olishlarini eshitsam boʻldi, hamma narsamdan kechishga tayyorman):
® Ramziddin Abdikhalil
Namangan shahri. 26.09.2023. 01:27

👍4👏2😢2
#Qarz
Ocharchilik vaqtlarida qoʻshnisidan qarzga guruch (sof, oliy navli) olib ishlatgan Gʻulom, oʻsha kundan boshlab qoʻshnisini koʻrganda hijolat torta boshladi, qaytarishga qiynalib, imkon topganida esa aynan olgani bilan bir xil guruchni izlab, ahiri topib, sof holaticha qaytardi. Qarz uzildi, sof guruch.
P/S: Pok tugʻilgan edik, qarz edik biz ham ):
® Ramziddin Abdikhalil
Namangan shahri. 28.09.2023. 00:18

👍6🤔1🕊1
#Savolning_javobi
Aniq savolning aniq javobini faqatgina o'zingiz bilan teng darajadagi insonga ayta olasiz va undan qabul qilasiz. Sizdan quyidagi inson bilan munosabatlarda ham, sizdan yuqoridagilar bilan munosabatda ham javoblar doimiy tarzda o'zgarib turadi.
P/S: Aslini olganda javob ham bitta, daraja ham ):

👍5
#gʻanimat
Birodar, kun kelib bir yomon, nazaringga ilmagan, hatto hayotingda bir lahza oʻtib ketgan insonning ham o'rni bilinar ekan, gʻanimat ekanmiz.
Oʻtkinchining qadri bilinadi, qolgani oʻzingizga havola.

🔥3
#bemor
Vaqti bilan bemor boʼling, dard bersin, suysin, sinov bilan siylasin, oʻylash uchun, tafakkur uchun vaqtingiz, skunatingiz boʻlsin, har daqiqada koʻzingiz eshik tomon sababsiz qarasin, oʻylang, qayerda, kimga nohaqlik qildingiz, kimni ranjitdingiz, qaysi hayrning ajri boʻldi. Oʻzgarasiz, albatta behikmat boʻlmaydi, qadringizni ham, aybingizni ham bilib olasz.
Yaratgan barchamizni oʻz panohida asrasin!

🕊4🔥2
#ehtiyoj
30 yildan ortiq faqatgina togʻlar orasida, adirlarda suruv haydab, choʻponlik bilan kun ko'rgan inson umrida ilk bor bozorga bordi, qayta turib o'ylab qoldi, juda koʻp olishi lozim bo'lgan narsalari, ehtiyoji bor ekan.
30 yil):

#qilmish
Sodir etgan eng tuban qilmishimiz uchun o'z o'ziga jazo berish imkoni bo'lsa edi, eng yengilidan boshlagan bo'lar edik, jon shirinda, agarda imtiyozimiz bo'lganida edi, jazo ham olmasdik):

👍2👏1
#neytral
Biz neytral insonlarmiz, yomon emasmiz, lekin yaxshilik ham qilmaymiz, gunohdan qochamiz, savobga ham yaqin kelish biz uchun mushkul, hech kimga dushman emasmiz, doʻst ham, kimningdur ustidan kulmaymiz, achinish, ibrat olish ham shart emas.
P/S: Ogʻir kunda biz xavfli insonmiz, jarlikka itarmaganimiz kabi, undan chiqarib ham olmaymiz):

💯5👍1
#Alhamdulillah
Yana bir tong, yana bir yosh, yana bir hikmat. Yigirma toʻrtinchi kuz, oktabrni kutib olish ham nasib qildi. Shu kunlarga yetkazgan yaratganga behisob shukrlar boʻlsin.
Oʻtkan yillar davomida yaxshi kunlar, yaxshi insonlar davrasida boʻlib, har neki boʻlsa hayrli deb bildim, jannatim va davlatim, jigarlarim, ustozlarim, qadrdon doʻstlarim va yaqinlarim, barchangizni boringizga shukr.
Shu kunga qadar oʻtgan umrimning har soniyasi men uchun qadrli, ibratli boʻldi. Hech qachon va hech qayerda toʻgʻri yoʻldan adashtirmasin, ilmimizga, umrimizda va rizqimizga Alloh baraka bersin!

👍10
#doʻst
Uchta qadrdon oʻgʻrilardan biriga amal berilsa ishni qolgan ikkitasini qoʻlga olishdan boshlaydi, yoki unutishdan.
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
Uchta qadrdon oʻgʻrilardan biriga amal berilsa ishni qolgan ikkitasini qoʻlga olishdan boshlaydi, yoki unutishdan.
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
👍7😢1
#ozuqa
Odat boʻlib qolgan, esimizdan chiqishi juda qiyin, bir kunda uch mahal ovqatlanish, nonushta, tushlik, kechki ovqat. Har birining oʻz oʻrni bor, tongda imkon boʻlsa shirinlik yoki meva, tushlikda albatta issiq ovqat, kechki ovqat koʻpincha erkaklarda choyxonada osh bilan boʻladi. Birortasiga ulgurmasak albatta oʻrni bilinadi, ozuqa, odat.
Qalb, ilm, ruh ozuqasi ham bor, hech boʻlmasa ikki varoq, bir lahzalik tabassum, uch mahal emas, bir mahal kimgadur yaxshilik, hayr.
➖ Surat Donishmand Sizif asaridan

👍7🕊1
#qaygʻu
Bugun ogʻir kun boʻldi, hayol joyida emas, ishdan ishga oʻta turib shoshilib yurdim, shu orada hamyonimni yoʻqotdim, ishdagi charchoq ustida taqdir ustimdan kulgandek boʻldi. Qidirdim, yurgan yoʻllarimni izladim, oʻtkan ketgandan soʻradim, topdim. Hamyonni topdim.
Lekin yoʻqolganidan topguncha boʻlgan vaqtda gumonimni, ishonchimni yoʻqotdim, shu qaygʻu.

👍8🕊1