Qavmimni qanchalik zukko deb bilmay,
Afsus, ko‘p uchratdim saviyasizni.
Gaping tuzsiz desang, hech parvo qilmay,
Oldingga keltirib qo‘yadi tuzni.
Falonchini arslon, desangiz agar,
Qaytadan so‘raydi: — Hayvonmi deya.
O‘zini shu holda aqlli sanar,
Minglab soddalarga berar tarbiya.
✍ Abdulla Oripov
™️ https://t.me/Taskinnn

🔥3❤1
QUL QISMATI
Agar yarim qulni butkul qullikka mahkum qilsangiz u ozodlik uchun emas, yarim qullik uchun kurashadi. Ehtimol, kurashmas.
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
Agar yarim qulni butkul qullikka mahkum qilsangiz u ozodlik uchun emas, yarim qullik uchun kurashadi. Ehtimol, kurashmas.
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
👍2
#Ibart
Shu yoshlarga, shu mehr va hayr, yuzdagi nur bilan yetish nasib qilsin, faqat havas qildim!
https://youtu.be/U1cjSF5A9uY
Shu yoshlarga, shu mehr va hayr, yuzdagi nur bilan yetish nasib qilsin, faqat havas qildim!
https://youtu.be/U1cjSF5A9uY
YouTube
Oramizdagi odamlar namanganlik nuroniy egizaklar
Namangan shahrining Taxtako‘prik ko‘chasida yashovchi 80 yoshli Hasan-Husan Botirovlarni ko‘rgan inson borki yuziga tabassum yugurishi aniq. Egizak nuroniylar bilan miriqib suhbat qurish, duolarini olishga ko‘pchilik oshiqadi. Ikki tomchi suvday bir-biriga…
❤2
#Muvozanat
Ba'zi insonlar shu qadar adolatliki, doimo tenglik va muvozanatni saqlab turishadi.
Jum'a kuni masjidga borib (agar) tavba qilishsa, shanbadan-payshanbaga qadar ichkilik-u faxsh, fisq-i fasod va g'alamislik bilan band bo'lishadi. yaxshi hamki hafta yetti kun, ko'p narsaga ulgurmaslaridan yangisi keladi. Muhimi muvozanat bor!
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
Ba'zi insonlar shu qadar adolatliki, doimo tenglik va muvozanatni saqlab turishadi.
Jum'a kuni masjidga borib (agar) tavba qilishsa, shanbadan-payshanbaga qadar ichkilik-u faxsh, fisq-i fasod va g'alamislik bilan band bo'lishadi. yaxshi hamki hafta yetti kun, ko'p narsaga ulgurmaslaridan yangisi keladi. Muhimi muvozanat bor!
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
🕊3😢2
Har zamonning va har makonning bir devonasi bor, hamma vaqt ham haqiqatni aytib kelgan va hech kim tomonidan yaxshi koʻrilmagan.
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
👍6🕊1
#avlod
Bizlar kim-ki Buxoriylar avlodimiz,
Sochimizni tolasi ham oʻxshamagan,
Ajdodlarga gʻamgin, uzuq faryod boʻlib,
Tavbasi yoʻq, gunohi hech toʻxtamagan.
Gina saqlab, umid qilmay uhlaguvchi,
Eʼtiqodi, iymoni-yu, faxmi kalta,
Qon qoʻlini tuproq bilan poklaguvchi.
Ona hasta, bola yupun, erta mavhum.
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
Bizlar kim-ki Buxoriylar avlodimiz,
Sochimizni tolasi ham oʻxshamagan,
Ajdodlarga gʻamgin, uzuq faryod boʻlib,
Tavbasi yoʻq, gunohi hech toʻxtamagan.
Gina saqlab, umid qilmay uhlaguvchi,
Eʼtiqodi, iymoni-yu, faxmi kalta,
Qon qoʻlini tuproq bilan poklaguvchi.
Ona hasta, bola yupun, erta mavhum.
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
❤4😢3🔥2👍1
#Niyat
Eng chirkin insonlar, qadamida qusur bilan yurib, nafsini hech ham hafa qilishmaydi va albatta, eng yaxshiga umid qilishadi.
Munosib boʻlishdan koʻra umid qilish osonroq, har kimga ham ajri va kifoyasini bersin!

👍2🕊2
#Yetakchi
Jamoaning barcha harakatlari zoye ketib, ummondagi kema kabi borgan sari cho'kib borayotgan, omadsizlik va muammolar yomg'irdek yog'ayotgan, topganidan baraka, ishidan unum, uyqusidan halovat yo'qolayotgan vaqtda, so'nggi vaziyatda hammaning nigohi umid va istirob bilan qaratilgan inson - shu jamoaning haqiqiy yetakchisi.
P/S: yoki hamma palakatlarga aybdor inson ):

👍4😁4🕊1
#usta
Usta harobaga aylangan uyini va nihoyat yangiladi, qurilish katta bo'ldi, yo'lakni toshlar bilan to'ldirib, chiroyli holatga keltirdi, koshona desa ham bo'ladi.
Hayoliga g'oyibdan uyini avvalgi holati bilan solishtirish fikri kelib qoldi, lekin ish bitgan edi. Hayriyat, qiyin bo'lmadi, akasining uyiga qarab qo'ya qoldi.

👍2😢1🕊1
#talaba
Birinchi kursga qadam qo'ygan talaba, bitirib yaxshi ish topishi kerakligini o'ylab o'qishni boshladi.
Oliygohni tamomlayotganda bitirib ish topish emas, bitirguncha halol mehnati va hulqi bilan hurmat topgan insonni ishni o'zi topishini anglab yetdi.

👍4🔥1🕊1
#baxt
Shahar markazi yaqinida, yo'l chetida yoshi qirqlar atrofidagi bir inson, ust boshi oddiy, qora mehnat qavartirgan qo'llar va hayot chiziqlari bilan uyqashib ketgan ajinlari bisyor, sochiga oq oralagan, soqollari o'sib qolgan, yuzida tabassum, yelkasiga birinchi sinfda o'qiydigan o'g'lining maktab so'mkasini osib olib, o'g'lini qo'lidan ushlab ketmoqda. Ota. Baxt.
P/S: Ulg'aygan sari inson xotirasi sustlashib qolar ekan, farzandlarga insof va mustahkam xotira bergin Allohim!
📍Namangan. 07.09.2023.

🔥4👍1🕊1
Forwarded from 𝑴꯭𝑨꯭𝑿꯭𝑺꯭𝑼꯭𝑻꯭𝑨꯭𝑳꯭𝑰꯭𝒀꯭𝑬꯭𝑽꯭𝑳꯭𝑨꯭𝑹꯭ ꯭𝑶꯭𝑰꯭𝑳꯭𝑨꯭𝑺꯭𝑰꯭
Usta
Usta xarobaga aylangan uyni
Nihoyat yangilab qaytadan qurdi.
Qurilish boshladi, qilay deb to'yni
Har g'isht terimida boshida turdi.
Yo'laklar tosh ila terib chiqildi,
Gullar ekildi har bir joyiga.
Eski daraxtlar sindi, yiqildi,
O'rniga yangisin ekdi poyiga.
Chiroyli holatga keldi uyi ham
Xuddi koshonaning o'zginasidek.
Bir go'zal hislarga bordi o'yi ham
Jannatning bir parcha ozginasidek.
Uy qurdi, tikladi, imorat soldi
Shunday yangiladi turgan uyini.
Ammo hayolini bir fikr oldi,
Solishtirish fikri qurgan uyini.
Oldin qanday edi, endichi qanday
Qaysi joylar bitdi, qayeri qoldi.
Ammo ishlar bitgan edida gulday
Solishtirish endi imkonsiz qoldi.
Hayriyat, bu ham qiyin bo'lmadi,
Buning yo'lini ham u topa oldi
Usta akasining eski uyiga
Bir daqiqa Jim, qarab qo'ya qoldi.
P'S: @Ramziddin_Abdikhalil ning yangi "Usta" hikoyasi asosida yozildi. Hikoyaning o'zi juda ham ta'sirli, yuragimning tub-tubiga yetib bordi va shu she'rni yozish niyati paydo bo'ldi.
© JAHONGIRSHOH
™️ t.me/Maxsutaliyev_Jahongir

👍4🔥2
#oila
Oddiy oila, er oddiy kosib, oliy ma'lumotli emas, na boy va na ziyolining farzandi. Ayoli uy bekasi, qorovulning yakkayu yagona farzandi. Ularda dunyo yo'q, lekin samimiy tabassum, shukr, qanoat, quvonch bor.
Biz izlaganimiz orzu ham shu emasmi aslida. (o'qish, ish, uy, mashina, to'y, sayohat.....)
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
Oddiy oila, er oddiy kosib, oliy ma'lumotli emas, na boy va na ziyolining farzandi. Ayoli uy bekasi, qorovulning yakkayu yagona farzandi. Ularda dunyo yo'q, lekin samimiy tabassum, shukr, qanoat, quvonch bor.
Biz izlaganimiz orzu ham shu emasmi aslida. (o'qish, ish, uy, mashina, to'y, sayohat.....)
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
👍5
#shukr
Shukr va qanoatni oʻzingiz shu holatda tushmaguncha his qilmaslik shart emas, shunchaki sizda bor narsaga muhtoj insonlarga eʼtibor qiling!

🕊5👍1
SAFAR
Kunlik rejalarimiz, muhim ishlar va yumushlarimiz, turli-tuman safarlarimiz bor. Erta tongda uyqudan turib ishga yoki oʻqishga borish uchun hozirlik koʻramiz, yuz-qoʻlni yuvib, agar gʻijim boʻlsa albatta kiyimlarni dazmol qilib, kir kiyimlarni tozasiga almashtirib, qornimiz ochib qolmasligi uchun nonushta qilib, oyoq kiyimimizni tozalab olamiz. Oddiygina bir kunning boshlanishi uchun tayyorgarlik. Bir kunlik safar.
Umr degan safar uchunchi?

👍4🔥1
Dunyoda har kimning bor o‘z matlabi,
Tuya so‘rab bo‘lmas echkiboqardan.
Pismiqdan faylasuf chiqmagan kabi,
Haqgo‘y ham chiqmaydi betgachopardan.
Kim o‘zar o‘ynasang toshbaqa bilan,
Bo‘yningga olursan unga tenglikni.
Dunyoning ishlari shunaqa ekan,
Har nechuk odat qil fe’li kenglikni.
© Abdulla Oripov
™️ https://t.me/Taskinnn
Tuya so‘rab bo‘lmas echkiboqardan.
Pismiqdan faylasuf chiqmagan kabi,
Haqgo‘y ham chiqmaydi betgachopardan.
Kim o‘zar o‘ynasang toshbaqa bilan,
Bo‘yningga olursan unga tenglikni.
Dunyoning ishlari shunaqa ekan,
Har nechuk odat qil fe’li kenglikni.
© Abdulla Oripov
™️ https://t.me/Taskinnn
👍4🔥3
#maqola
Ilmiy tadqiqot faoliyati olib borgan, aqalli umrida bir bor maqola yozgan inson biladi, kalit so'zlar maqolaning qaysidir ma'noda mazmunini belgilab beradi. Inson hayotida ham shunday kalit so'zlar bor-ki, ushbu inson kim ekanligini bir o'qiganda bilib olasz: husni xulq, halollik, iymon, ehson, qanoat.....nafs, kibr, g'iybat ):

👍7
#beburd
Kishilar xatto shunchaki tanish boʻlishdan ham or qiladigan darajada beburd boʻlishdan Alloh saqlasin.
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
Kishilar xatto shunchaki tanish boʻlishdan ham or qiladigan darajada beburd boʻlishdan Alloh saqlasin.
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
👍2🕊1
G'urbat izlaganga, hamroh g'urbatlar
go'zal qalbning zahri ham, totlidir doim.
Ajab, yomon yetar, yaqin marralar,
Sodda inson vijdoni, qiynalar doim.
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
go'zal qalbning zahri ham, totlidir doim.
Ajab, yomon yetar, yaqin marralar,
Sodda inson vijdoni, qiynalar doim.
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
👍6🕊2
#Kapalak
Kapalak umri ajib, sehrli, qisqa, inson hayotining butun fasli shu jonzodning bir kunida mujassam, uygʻonadi, yashaydi, atrofga goʻzallik ulashadi, soʻladi. Uning hayot vazifasi shu, mazmuni ham, kimgadur oz boʻlsada quvonch, hayot goʻzalligini eslatish, shikast bermaslik, koʻngildan ham qolmaydi, yaxshilik qilmagan taqdirda yomonlik ham qoʻlidan kelmaydi.
Agar kimgadir umr zavqini berishga ulgurmay oʻlib qolsachi? Bir kunlik umr.
Umrimizda mazmun, maqsad, hayr, hikmat va halovat boʻlsin! Hech bolmasa bir kunida ):

👍4❤1🕊1