™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#illat

Farzandingni ta'lim-tarbiya olishini, jamiyatga qo'shilishini istamasang uyingdan chiqarma. Quyosh nuridan aziyat chekmasin desang derazasi yo'q va salqin uyda saqla. Qurbing yetsa uyingda o'qit va keyinchalik ish joyini ham aynan o'sha xonaga olib kelib ber. Va nihoyat, so'nggi kuningda ham o'sha xonadan chiqmasin. vasiyat qil.

Dunyoning dardi kirmagan ko'ngilning ko'chasida, bir ustozning dakkisi og'irlik qilibdida.

Kelajagimiz egalari bo'lgan yoshlaga tarbiya, ta'lim berayotgan insonlarga shunday munosabatda bo'laverar ekanmiz, butun dunyo ham bizga shunday munosabatda bo'laveradi. yuzimiz qon, dard, illat.

Asli, shu qonli yuz bizning asl qiyofamiz, jamiyatimizning asl yuzi, bugunimiz!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😢2👍1🔥1👏1
#Sodda_qalb

Uzoq emas, yaqin kunlar. Bir insonni tanir edim, sodda, samimiy, oddiy inson. Na g'arazi, na achchiq gapi va na kinoyasi bor edi. Har hafta jum'adan qaytishda qant olib kelardim, juda hursand bo'lar edilar, samimiyat va quvonch ko'zlaridan bilinib turardi. Shu kichikkina e'tibor ham u insonning ko'nglini osmonlar qadar ko'tarar edi.

Yaqinda, anchayin muammolar bilan bo'lib, na ko'zida quvonch, na yuzida tabassum qoldi. Men esa anchadan buyon qand olib kela olmayapman. Olib kelsam, kayfiyati ko'tarilarmikan...?

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1
#Samimiyat

Hayotdan umidlari katta bo'lgan, sodda va samimiy insonga zinhor yomkonlik qila ko'rmang. Siz tufayli uning uchun hayrli yo'llar butun umrga yopiladi.

Kichik zarra bo'lib ko'rinishi mumkin, lekin bir samimiy va beg'ubor inson qalbining pokligi sababidan biz salomat yurgandirmiz!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4
#Tan_olish

Oldingizda hech kim qolmaganda va hech qanday tuhmatlar bo'yningizga tushmayotgan bir vaqtda, skut qilib, o'z qilgan ayb va xatolaringizni tan oling, shunchaki tan oling, kimligingizni ko'rasz!

Shunda ham tan olmasangiz, bilmadm, kim ekansz!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4😢31
#Dard

Bir faqir avomning, sodda insoni,
Yig'idan to'xtamas, yoshdir ko'zlari.
Hayqirib aytadi, bir aybim uchun,
Begunoh, qo'shimga keldi dardlari.
* * * *
Hech qusuri yo'q edi, aslida uning,
Halolligi uchunmi, dardmanddir shu kun.
Mahzunning kasri qo'shniga, urgan bo'lsa gar,
Bizniki dunyoni qulatar bugun!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥61
HAYIT TAROVATI

Erta tong, masjid tomon turli manzillardan turfa insonlar kelishadi, turli liboslarda, rangi, boʻy-basti, boy yoki kambagʻalligiga ham qaralmaydi, faqat saf bor, adolatni qarang, erta kelgan oldingi qatorda, kech kelgan ortda, tanish bilish ham oʻtmaydi bu manzilda, muhimi, muhimi maqsad bir, bir yoʻldamiz, manzilimiz bir!

Qurbon hayiti barchangizga muborak boʻlsin qadrdonlar!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🕊62
#EHTIYOJ

Kitobxonlarning kelishi uchun kutubxonalar qurdik, yashash uchun saroylar, rohatini koʻrish uchun bogʻlar bunyod etdik, yurish uchun tekis yoʻllar va yana bemorlar uchun shifoxona, jinoyatchilar uchun qamoq, sarmastlar uchun mayxona, nafs quli boʻlgan insonlar uchun.......xona va barcha uchun qabriston.

P/S: Oʻz oʻzidan hech biri vujudga kelmadi, ehtiyoj bor-da.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥8👍2
#Facebook
#Umid_qizidan

– Ўшанда жуда чиройли кетдинг… – деди эркак. – Йигирма йилки кетишингни унутолмайман.

– Раҳмат, – деди аёл.

– На жанжал, на зуғум, на бир оғир сўз….

Фақат эсимда,
кетаётганингда елканг бетўхтов силкинди…

Йиғлаган эдингми?

– Йиғлаган эдим.
Ёшим тўхтагани йўқ
ҳали-ҳануз ҳам…

Сукунат.

Эркак бош эгди.

Қанча уринмасин кўтаролмади бошини.

Елкаси эса
силкингани-силкинган…

Усмон Азим
5.10.2020
🔥3👍1
#xulosa

Oldinga tomon harakat qilayotgan vaqtingizda, bir lahza to'xtab, tin olib, ortingizga qarab qo'ying, balki qilayotgan ishingiz va yo'lingiz hayrli emasdir!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4😁1
#Tong

Har tong uyqudan uygʻonib, farzimiz, odatdagidek, ishga, oʻqishga, yoki boshqa oʻzimiz uchun zarur boʻlgan tomonga qarab ketamiz, kuni bilan ish, mashgʻulotlar, doʻstlar bilan vaqtni oʻtkazamiz, abed yaqinlashadi, peshin. Qayerdadir, har holda kecha bormagan joyimizga borib tushlik qilamiz, tushlikdan keyin yana oʻsha ishlar, asr, kech boʻldi, charchadik, uyga qaytamiz, shom, kechki ovqat, ozgina ijtimoiy tarmoqlar, oila davrasi, xufton, uyqu, orom, yangi kuch yigʻamiz, yangi nafas bilan yangi kunni qarshi olish uchun.

P/S: Shu oraliqda huddi sezilmagandek, bir kunlik umr ketdi, endi qaytmaydi, yangi tong, yangi kun, hammasi yangi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3😢3🕊2💯21
Bizlar, yo‘lovchilar, tinchmiz, xotirjam,
Yo‘llarda itlarni ko‘rmagan paytlar.
Undan ham xotirjam, tinchroq bo‘lamiz,
Ko‘rishmasa agar bizlarni itlar.


© Rasul Hamzatov
🕊3🔥1😁1
#duo

Allaqayerda insonlar faqatgina aysh-u ishrat uchun hayot kechirmoqda, umrni shunga sarflamoqdalar, nafs uchun har nedan kechayotgan noqislar qancha, bugungi kungi rohati uchun ertangi javob - qaytar dunyosini ko'nglini ko'chasiga ham kiritmaganlar, kirdikor, fisq-u fasod, g'iybat bilan lazzat topayotgan insonlar, yolg'on, maddohlik va laganbardorlik kurtaklari ulkan daraxtga aylangan bugungi kunda, sizni nazaringizga ham kirmgan, faqir insonlarning qo'l ochib qilgan duolari uchun hayot davom etmoqda, zamin tinch. shukr, shukronamiz sababchisi aslida.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍1
Jumʼa ayyomingiz muborak boʻlsin!

@Taskinnn
🔥1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
Ikki gumondordan biri oʻlishi, ikkinchi tirik qolishi lozim, birining ikki farzandi bor, yetim qoladi, ikkinchisini keksa onasi, farzand dogʻiga chiday olmaydi.

Hukm bir kunga kechikdi, erta tongda esa qozi bu foniy dunyoni tark etdi, qismat yuki ogʻir.

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
🔥4👍2🕊1
OILA EVOLUTSIYASI

🌬 Muzlik davridagi oilalar sovuqdan nobud bo'lishdi. afsus;

🌊 Yana bir qavmni butkul suv oldi, oilalar yana yo'qoldi;

🔥 Ko'p oilalar asrlar davomida bo'lgan urushlarda zavol ketishdi, yo beki, yoki bekasi;

🦠 Vabo va o'latlar, turli xildagi epidemiya va hastaliklar ham oilalarni chetlab o'tmadi, yana qanchasi tuproqqa qorishdi, essiz.

💧 Dunyo ochlik, qurg'oqchilik va yana allaqancha dardni ham yelkasida ko'tardi, sabr qildi, ayrildi.

😢 Bugun, minglab oilalar yo'q bo'lib ketyapti, inqiroz har qaysi davrdan ham ortiq va daxshatli. Sabab: "ko'nglim bo'lmadi!"

❗️Yetim haqqi, ota nomusi, millat umidi. ming afsus, ko'ngil ekanda.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🔥1👏1
Oila evolyutsiyasi

Muzlik davrida ham yashagan inson,
Gohi yashash mushkul, gohida oson.
Mushkulotlar sabab bo'lmadi ishon,
Ammo, yangi oilalar, ajrimlar ko'z-ko'z,
Bunga sabab, ko'ngil, ozgina gap-so'z.

Urushlarda qancha, oila zavol,
Topmadi miltiq-tankning, ostida kamol.
Qanchasi yashadi bo'lsa-da nochor,
Ammo, yangi oilalar, "yetarli" kam-ko'st,
Ikki tarafdan ham o'tganmish bir so'z.

Vabo, o'lat yoki kasallik avjda,
O'lim nafasidan murdalar mavjda.
Usti yupun farzand-bolalar ochda,
Shunday sababdan ham yo'q, bo'lmas oila,
Ammo, bitta gapdan qolmas oila.

Sababmish ajrimga "ko'nglim bo'lmadi".
Erdan xotinini ko'ngli to'lmadi.
Uyalinglar ozroq bu, sabab bo'lmadi.
Muqaddas oilani buzmoqlik uchun,
Ajrim qog'ozini tuzmoqlik uchun.

Qani, qayda qoldi yetimning haqqi,
Ota nomus qani, onamning haqqi.
Zir titramasmi yer, Xudoning haqqi,
Undan ko'ra, oila qurmang azizlar,
Alloh halovatin buzmang azizlar.

© Maxsutaliyev Jahongir

@Maxsutaliyev_Jahongir
🔥4👍1
Forwarded from Alisher Qodirov
“Hech qachon ahmoqlar bilan tortishmang. Ular o’z darajalarida tajribalari hisobiga sizni ezib tashlaydilar”

Mark Tven.

@alisherQodir
👍2🔥1
#Dard

😢 Dard kelsa oʻylaymiz, qaysi qilgan ishim uchun, qayerda xato qildim, bu sinovmi, yoki jazo.

👉 Balki bu mukofotdir, qaysidir tubanlikdan saqlanish, qaysidir gʻarazli yoʻlni oldini olish, bizni chirkinlikdan qaytarish uchun berilgan hayrli mukofot.

P/S: Har ishda bir hayr, hikmat va halovat bor!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍51
Forwarded from Ubaydullayev's blog
#Munosabatlarda

Oliy ta'limda "Ijtimoiy-madaniy faoliyat" hamda "Milliy go'ya va huquq asoslari" nomli ta'lim yo'nalishlari bor edi. Bu yo'nalishda targ'ibot va tashviqot ishlarini olib borishning samarali usullari o'rgatiladi. Afsuski bu yo'nalishlar uchun hozir kvotalar ajratilmayapti. ularni bitirib chiqqan mutaxassislar uchun esa – maosh yetarli emas.

Bu nima degani?

Bu shuni anglatadi-ki, bu yo'nalishlarga e'tibor qaratilmasa, auditoriyadan va uning psixologiyasidan kelib chiqmay ma'ruzalar, targ'ibotlar, tashviqotlar va ma'naviyat soatlari o'tkazilaveradi.

Bog'chaga borib, tashkil etilgan tadbir esa – bu shunchaki tayyorgarlik ko'rilmagan va qo'l uchida o'tkazilgan "Показуха" ekanligi ko'rinib turibdi.

Bu yerda ichki ishlar organlari hodimlarining faoliyati ko'plab muhokamlarga sabab bo'layotgani turgan gap, ammo, masalaning boshqa tarafi ham bor: ha, shunday ma'naviyat soatlari kerak edi. Biroq, bunday tartibda emas.

Qanday tartibda deysizmi?

Hozir aytaman! Aslini olib qaraganda bunday jarayonlarni haqiqiy-professionallar olib borishlari kerak.
– Nimaga?

Chunki, ular olib borayotgan targ'ibot va tashviqot omma psixologiyasini o'rganish orqali amalga oshiriladi. Bolakaylarga kelsak, ular 7-sinf o'quvchilari emas, bunday ma'ruzalarni tushunish uchun ancha yoshlik qilishadi.

Bolalar psixologiyasini bilgan va ularga mos ravishda tushuncha bera oladigan mutaxassislar bo'lmasa, bunday ma'ruzalarni o'tish salbiy natijalarga olib kelishi mumkin...

"Oq va qora"ni ajratish uchun bolalarga kerak bo'lsa ertaklarni ichki ishlar xodimlari obrazlarga kirgan xolda aytib bersa, masalaga chiroyli yechim bergan bo'lardik! (Nima bo'libdi, harbiylashgan organ xodimlari ham bolalar bilan ularga mos ravishda suhbatlasha olsa?!)

*Mayli, nima bo'lsa bo'ldi. Bu kuladigan vaziyat emas, balki alohida e'tibor bilan yondashiladigan katta mavzu!

Kuzatib borishingiz uchun:
@Ubaydullayev_Shaxboz

👍 – Yoqsa!
🔥 – Juda ham yoqsa!
👎 – Yoqmasa!
––––––––––––––––
🔥4👍31
Koʻngil

Ijodiy imtihonlardamiz, jismoniy madaniyat boʻyicha, issiq, yugurish, erta tongdan to asrgacha imtihon jarayonlari. Har kuni yuzlab abituriyentlar kelishadi, tartib qoida bir xil, hammaga bir muomala.

Abituriyent, birinchi bor imtihon topshiryapti, hayajon bor, dovdirab qolyapti baʼzida, tashkiliy qoʻmita aʼzolari hammaga qilayotgan oddiy va qatʼiy muomalada boʻlishadi, balki unga yomon taʼsir qilar, har holda uning birinchi taassuroti shu.

Har bir kishini koʻngliga qarash qiyin, unda yaxshi taassurot qoldirish ham.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4🔥21
Forwarded from Ubaydullayev's blog
#davom_ettiring

Koʻrdik...

Yiqilgan kurashga toʻymas deydilar,
Yilqilmay kurashga toʻyganni koʻrdik.
Rizq emas, bil taqdir deya bariga,
Qismatga tavakkal qoʻyganni koʻrdik...]:

® Ramziddin Abdikhalil

Yiqilmay kurashga toʻyganki gʻolib,
Asli magʻlub, gʻalaba qilganin koʻrdik.
Taqdir deya, taskin deya bariga,
Koʻnikkan koʻngilning koʻnganin koʻrdik.

© Shaxboz Ubaydullayev

Sabrla kurashib borib mardona,
Manzilin izlanob topganni ko'rdik.
Topibla shukr deb sajdaga nogoh,
Boshini pinhona qo'yganni ko'rdik!

©️ Dostonbek Sobirov

Nagahon kichik bir murg'ak jussada,
Dunyoni yukuni ortganni ko'rdik.
Patdek yengil g'amni ko'tarolmasdan,
Zaminla cho'kallab qolganin ko'rdik.

©️ Zoxidjon Komilxoʻjayev
🔥41