™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#Xabarni_tekshirib_koʻrib_keyin_tarqatinglar!

“Ey iymon keltirganlar! Agar fosiq xabar keltirsa, aniqlab koʻringlar, bir qavmga bilmasdan musibat yetkazib qoʻyib, qilganingizga nadomat chekuvchi boʻlmanglar”.(Hujurot surasi, 6-oyat).

“Abu Hurayra roziyallohu anhuning hadisi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam “Eshitgan har bir narsasini gapiraverishi kishining yolgʻonchiligiga kifoya qiladi” deganlar”.

Facebookdan olindi.

👉@sodirjonov_m
👍41
Kes so‘zingni, ey «Qalam», bas, muncha faryoding yetar,
Ko‘p baqirsang, og‘zingga toshlarni otkay bizni xalq.

© Abdulhamid Cho‘lpon

™️
@Taskinnn
👍5😢2👎1🔥1
#Tong

Shukr, ming shukr, kechqurun sog'-salomat uyquga ketib, erta tong hotirjam va tirik uyg'onganligimiz uchun;

Shukr, shu tongda jannatimiz va davlatimiz borligini his etib, ularga yana bir tongda suyana olishimizni bilganimiz, jigarlarimizni qumsab bir oz o'yga tolganimiz uchun;

Shukr, tanimizga shikast yetmagan, yurishga oyoqlarimiz, ko'rishga ko'zlarimiz, so'zlamoqqa til va eshitmoq uchun quloqlarimiz sog'lomligi uchun;

Shukr, shu tongda bizga chirkin illatlardan va g'ayir yo'llardan, harom ishlardan (agar qilgan bo'lsangiz) qaytish, qaysidir birodaringizni ko'nglini noo'rin (o'rinli bo'lsa ham) og'ritgan bo'lsangiz, ikki og'iz uzurni aytishga yana bir imkoniyat berilganligi uchun;

Shukr, kimgadur yaxshilik, oz bo'lsada hayrli ish qilish uchun yana bir kun imkoniyat, ertaga berilmasligi mumkin bo'lgan imkoniyat uchun;

P/S: Birgina tong berayotgan ne'matlar!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2😢1🙏1
#Xulosa

Yurib ketayotgan insonning ortga qarashi uning uchun zarar boʻlishi mumkin. Ikkilandingmi, shoshilma, toʻxta, ortga qara, qayerda eding, qayerdan kelding va qayerga ketyapsan...

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍7🔥1
Bugun, adolatni qurbon qilgan inson, ertaga albatta oʻzi qurbonga aylanadi!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👏3👍21🔥1
Kim nimani qidirsa, albatta bir kuni unga yetadi. Halolmi, harommi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5🔥31
#Qadr

Bir ish kuni - bir kunlik umrga teng.
Ish o'rniga har qaysi so'zni qo'yishingiz mumkin, lekin ikkinchi tomon o'zgarmaydi.

P/S: rahbar sizning mehnatingizga mas'ul, umringiz va hayotingizga emas.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5😢21😐1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yakun

Ba'zan, qaysidir senga yaxshiligi, na bir nafi tegmagan, faqat o'zi bilan o'zi ovvora bo'lib yurgan, lekin hech kimga qalbida zarra g'arazi bo'lmagan insonning vafotini hazm qila olmay qolasan kishi.

Yorug' olamda yana bir yaxshi inson, uning qadriga teng halovat, bir oz samimiyat ham bizni tark etadi.

Ketganingdan so'ng o'rning bilinishini hohlaysan, albatta yaxshi nom va xotira bilan!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥6👍2👏1
#illat

Farzandingni ta'lim-tarbiya olishini, jamiyatga qo'shilishini istamasang uyingdan chiqarma. Quyosh nuridan aziyat chekmasin desang derazasi yo'q va salqin uyda saqla. Qurbing yetsa uyingda o'qit va keyinchalik ish joyini ham aynan o'sha xonaga olib kelib ber. Va nihoyat, so'nggi kuningda ham o'sha xonadan chiqmasin. vasiyat qil.

Dunyoning dardi kirmagan ko'ngilning ko'chasida, bir ustozning dakkisi og'irlik qilibdida.

Kelajagimiz egalari bo'lgan yoshlaga tarbiya, ta'lim berayotgan insonlarga shunday munosabatda bo'laverar ekanmiz, butun dunyo ham bizga shunday munosabatda bo'laveradi. yuzimiz qon, dard, illat.

Asli, shu qonli yuz bizning asl qiyofamiz, jamiyatimizning asl yuzi, bugunimiz!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😢2👍1🔥1👏1
#Sodda_qalb

Uzoq emas, yaqin kunlar. Bir insonni tanir edim, sodda, samimiy, oddiy inson. Na g'arazi, na achchiq gapi va na kinoyasi bor edi. Har hafta jum'adan qaytishda qant olib kelardim, juda hursand bo'lar edilar, samimiyat va quvonch ko'zlaridan bilinib turardi. Shu kichikkina e'tibor ham u insonning ko'nglini osmonlar qadar ko'tarar edi.

Yaqinda, anchayin muammolar bilan bo'lib, na ko'zida quvonch, na yuzida tabassum qoldi. Men esa anchadan buyon qand olib kela olmayapman. Olib kelsam, kayfiyati ko'tarilarmikan...?

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1
#Samimiyat

Hayotdan umidlari katta bo'lgan, sodda va samimiy insonga zinhor yomkonlik qila ko'rmang. Siz tufayli uning uchun hayrli yo'llar butun umrga yopiladi.

Kichik zarra bo'lib ko'rinishi mumkin, lekin bir samimiy va beg'ubor inson qalbining pokligi sababidan biz salomat yurgandirmiz!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4
#Tan_olish

Oldingizda hech kim qolmaganda va hech qanday tuhmatlar bo'yningizga tushmayotgan bir vaqtda, skut qilib, o'z qilgan ayb va xatolaringizni tan oling, shunchaki tan oling, kimligingizni ko'rasz!

Shunda ham tan olmasangiz, bilmadm, kim ekansz!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4😢31
#Dard

Bir faqir avomning, sodda insoni,
Yig'idan to'xtamas, yoshdir ko'zlari.
Hayqirib aytadi, bir aybim uchun,
Begunoh, qo'shimga keldi dardlari.
* * * *
Hech qusuri yo'q edi, aslida uning,
Halolligi uchunmi, dardmanddir shu kun.
Mahzunning kasri qo'shniga, urgan bo'lsa gar,
Bizniki dunyoni qulatar bugun!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥61
HAYIT TAROVATI

Erta tong, masjid tomon turli manzillardan turfa insonlar kelishadi, turli liboslarda, rangi, boʻy-basti, boy yoki kambagʻalligiga ham qaralmaydi, faqat saf bor, adolatni qarang, erta kelgan oldingi qatorda, kech kelgan ortda, tanish bilish ham oʻtmaydi bu manzilda, muhimi, muhimi maqsad bir, bir yoʻldamiz, manzilimiz bir!

Qurbon hayiti barchangizga muborak boʻlsin qadrdonlar!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🕊62
#EHTIYOJ

Kitobxonlarning kelishi uchun kutubxonalar qurdik, yashash uchun saroylar, rohatini koʻrish uchun bogʻlar bunyod etdik, yurish uchun tekis yoʻllar va yana bemorlar uchun shifoxona, jinoyatchilar uchun qamoq, sarmastlar uchun mayxona, nafs quli boʻlgan insonlar uchun.......xona va barcha uchun qabriston.

P/S: Oʻz oʻzidan hech biri vujudga kelmadi, ehtiyoj bor-da.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥8👍2
#Facebook
#Umid_qizidan

– Ўшанда жуда чиройли кетдинг… – деди эркак. – Йигирма йилки кетишингни унутолмайман.

– Раҳмат, – деди аёл.

– На жанжал, на зуғум, на бир оғир сўз….

Фақат эсимда,
кетаётганингда елканг бетўхтов силкинди…

Йиғлаган эдингми?

– Йиғлаган эдим.
Ёшим тўхтагани йўқ
ҳали-ҳануз ҳам…

Сукунат.

Эркак бош эгди.

Қанча уринмасин кўтаролмади бошини.

Елкаси эса
силкингани-силкинган…

Усмон Азим
5.10.2020
🔥3👍1
#xulosa

Oldinga tomon harakat qilayotgan vaqtingizda, bir lahza to'xtab, tin olib, ortingizga qarab qo'ying, balki qilayotgan ishingiz va yo'lingiz hayrli emasdir!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4😁1
#Tong

Har tong uyqudan uygʻonib, farzimiz, odatdagidek, ishga, oʻqishga, yoki boshqa oʻzimiz uchun zarur boʻlgan tomonga qarab ketamiz, kuni bilan ish, mashgʻulotlar, doʻstlar bilan vaqtni oʻtkazamiz, abed yaqinlashadi, peshin. Qayerdadir, har holda kecha bormagan joyimizga borib tushlik qilamiz, tushlikdan keyin yana oʻsha ishlar, asr, kech boʻldi, charchadik, uyga qaytamiz, shom, kechki ovqat, ozgina ijtimoiy tarmoqlar, oila davrasi, xufton, uyqu, orom, yangi kuch yigʻamiz, yangi nafas bilan yangi kunni qarshi olish uchun.

P/S: Shu oraliqda huddi sezilmagandek, bir kunlik umr ketdi, endi qaytmaydi, yangi tong, yangi kun, hammasi yangi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3😢3🕊2💯21
Bizlar, yo‘lovchilar, tinchmiz, xotirjam,
Yo‘llarda itlarni ko‘rmagan paytlar.
Undan ham xotirjam, tinchroq bo‘lamiz,
Ko‘rishmasa agar bizlarni itlar.


© Rasul Hamzatov
🕊3🔥1😁1
#duo

Allaqayerda insonlar faqatgina aysh-u ishrat uchun hayot kechirmoqda, umrni shunga sarflamoqdalar, nafs uchun har nedan kechayotgan noqislar qancha, bugungi kungi rohati uchun ertangi javob - qaytar dunyosini ko'nglini ko'chasiga ham kiritmaganlar, kirdikor, fisq-u fasod, g'iybat bilan lazzat topayotgan insonlar, yolg'on, maddohlik va laganbardorlik kurtaklari ulkan daraxtga aylangan bugungi kunda, sizni nazaringizga ham kirmgan, faqir insonlarning qo'l ochib qilgan duolari uchun hayot davom etmoqda, zamin tinch. shukr, shukronamiz sababchisi aslida.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍1
Jumʼa ayyomingiz muborak boʻlsin!

@Taskinnn
🔥1