Har insonning chehrasida nur, issiqlik va mehr bor, hayrli va halol yoʻldan yurgani sari oʻsha nur yorqinlashib boraveradi, nafaqat oʻzi, balki atrofdagilarga ham ziyo ulashadi, harom yoʻlda, nafs botqogʻiga kirgani sari esa hiralashib, oxir oqibat sohibini tirik jasadga aylantiradi.
Nurni saqlash oson emas, aksi esa bir lahza, tanlov qoʻlimizda, rizq yaratgandan.
® Ramziddin Abdikhalil
™ @Taskinnn

👍6🕊1
#Munosabatlar_zanjiri
Munosabatlarimiz zanjirga oʻxshaydi, hech ham qilgan yomonliklarimiz oʻsha insondan qaytmaydi, uni qilgan yaxshiligi bizdan qaytmagani kabi.
® Ramziddin Abdikhalil
™ @Taskinnn
Munosabatlarimiz zanjirga oʻxshaydi, hech ham qilgan yomonliklarimiz oʻsha insondan qaytmaydi, uni qilgan yaxshiligi bizdan qaytmagani kabi.
® Ramziddin Abdikhalil
™ @Taskinnn
👍3🔥3
Qiynalayotgan insonga har doim ham sizning yordamingiz kerak emas, balki shu sinov u uchun eng katta sovgʻadir, balki bir falokatning oldini olish uchun shu dard bilan band etilgandir!
® Ramziddin Abdikhalil
™ @Taskinnn
® Ramziddin Abdikhalil
™ @Taskinnn
👍6🔥3❤🔥1👏1
Boshginamga ag’anagan, katta tog’lar, alvido!
Men ketarman hasratlanib, ruhi sog’lar alvido!
Bu dunyoning shoʻr ishiga navnihollar tebraning,
Esliroq bog’boni yoʻq, qoldi bog’lar alvido!
👉 @Taskinnn

👍4❤3😢3❤🔥1🤔1
Eshikdan hatlab koʻchaga chiqish koʻp narsani taqozo qiladi, masalan uyda olingan tarbiyani namoyon qilish uchun ajoyib imkoniyat.
Eng goʻzali bu shubhasiz, ahloqdan tikilgan libos!
® Ramziddin Abdikhalil
™ @Taskinnn
Eng goʻzali bu shubhasiz, ahloqdan tikilgan libos!
® Ramziddin Abdikhalil
™ @Taskinnn
👍5🔥3🙏1
"Oʻzini bilsin"
Kamchiliklarimizni bartaraf etishdagi bequntligimiz sabablaridan bir bu bizga oz boʻlsa ham yaxshilik ilingan insonni oʻzidan illat izlashimizda.
"Oʻzini bilsin" deb qoʻyaqolamiz, vaholangki uni oʻzini bilishi bizni xatolarimizni tuzatib qoʻymaydi.
Shu postni yozga insonga ham oʻzini bilsin deb qoʻymanglar):

😁5👍3❤🔥1👎1👏1
Muborak oy davomida roʻza tutmoq, gʻiybat qilmaslik, zinodan, koʻz zinosidan saqlanish, insonlar koʻnglini ogʻritmaslik, yolgʻon gapirmaslik, haromdan hazar qilish...... lozim.
P/S: Qani edi qalbda shu amallarni yil davomida qilish istagi oʻlmasa, uyalsak edi.
® Ramziddin Abdikhalil
™️ @Taskinnn

❤8🔥3🥰1🙏1
#Qismat
Moziy, 10 xonali uy, har birining oʻz sohibi va oʻz qulfi bor. Uydan chiqar ekan har qaysisi xonasini berkitib ketadi. Yillar oʻtdi, faqat bir kishi qoldi, qolgani bu yorugʻ olamni tark etishdi, adashib boshqa xonaga kalit soldi, xona ochildi, oʻz xonasi bilan bir xil, zarrasiga qadar, qolgan xonalarga qarab shoshildi, hammasini ochib koʻrdi, bir xil, ikki tomchi suvdek, hammasi.....
Nahot shuncha yil bir oʻzi yashagan boʻlsa, nahot aks.

😢8❤🔥3👍3🔥3😐2
IKKI QUTB
Ikki qutb oʻrtasida vosita boʻlib qolmoq juda ham ogʻir, bir tarafda samimiylik, sadoqat, soddalik va halollik, ikkinchi tomonda chirkin illat, harom va fasod.
Asli hammamizda ham doimo shu tanlov boʻlgan. Birinchisining bu yorugʻ olamda ajri bor, ikkinchisning kifoyasi.

👍8🔥1😢1
#__
Qaysidir dargohdan bosh olib ketish, qaysidir sohani tark qilish uchun avval unga kirgan, oʻsha yerdan oʻz oʻrnini topgan va oʻzidan iz qoldirgan boʻlish lozim. Avvaldan oʻrningiz boʻlmagan joydan keta olmaysiz.
Mohiyatini tushunmay munosabat bildirish ahmoqlik!

💯7🔥1🌚1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
Ikkovidan qaysi biri hali yashab koʻrmagan boʻlsa, qaysi biri yorugʻ dunyoda qilinayotgan yovuz ishlardan bexabar boʻlsa, oʻshanisi saodatmanddir.
© Yekklesiast
@Taskinnn
© Yekklesiast
@Taskinnn
👍4❤1
Forwarded from Jamshidbek Anvarov | blog
Tarjimayi holim
Men Jamshidbek Anvarov. Qachon va qayerda tugʻilganim umuman muhim emas, muhimi oʻsha on men tugʻilganimdir. Qanday sharoitda va qanday oilada tugʻilganim ham muhim emas, muhimi nima uchun tugʻilganimni anglashimdir. Meni dunyo bilishi muhim emas, muhimi men dunyoni bilishimdir. Butun koinot qadar mayda zarra ekanim ham muhim emas, muhimi mavjudligimdir.
©Jamshid

👍9❤2
Dunyoning g‘alati yo‘rig‘iga boq,
Kimga aysh tashnayu kimga dor mushtoq.
Lekin hammasidan ma’no bittadir:
Qurbon oldin ketar, jallod keyinroq.
© Abdulla Oripov
™️ @Taskinnn
Kimga aysh tashnayu kimga dor mushtoq.
Lekin hammasidan ma’no bittadir:
Qurbon oldin ketar, jallod keyinroq.
© Abdulla Oripov
™️ @Taskinnn
❤4🔥3👍1
Biz shundaymiz
Qarash shunday:
- Qaysidir oʻlkalardagi och insonlarga ich ichimizdan achinamiz, lekin och oʻtirgan qoʻshnimiiz holidan xabar olmaymiz;
- qaysidir mashhur insonning ustidan nojoʻya gap-soʻzlar tarqaliganidan gʻazablanamiz, fikr bildiramiz, biroq yaqinimizdagi minglab insonlarning begunoh badnom boʻlishini jim kuzatamiz;
- biz shunday insonlarmiz, ehson uchun ming soʻmni qizgʻonib, ziyofat va aysh uchun millionlarni ham ayamaymiz;
- koʻcha koʻyda minglab insonlarning yomon ekanligidan hasrat qilamiz, lekin aqalli bittasini yaxshi tomonga oʻtkazishga harakat qilmaymiz, chunki ular yomon;
- biz uchun skut saqlagan inson aybdor, ozovi boricha baqirganlar esa jabrdiyda.
Biz shundaymiz, balki xatodir, uzr!

👍4🔥3😢1
#Davr
Davrning dardi bilan 30 yoshli, yetuk, oliy maʼlumotli insondan umrning yakuni haqidagi savolga skut bilan toʻgʻri javob olishdi.
Huddi shu savol 6 yoshli bolaga berildi, u javob berdi "bilmayman". U toʻgʻri javob berdi, lekin inobatga olinmadi.
Baʼzi insonlarning skunati haqiqat, baʼzi insonlarning toʻgʻri javobi aks. Bilmaganimiz uchundir.

👍7🔥3💯1
RAMAZONNI ESLAB
Gʻulom, kunni yarmini uyqu bilan oʻtkazdi, qaydam, uyqu ham kelavermaydi, koʻchaga chiqdi, sayr qildi, ikkita chiroyli, lekin ochiq kiyingan qizlarga koʻzi tushdi, koʻzini uza olmadi, uzishgada qodir emasdi, yoʻlda davom etar ekan bir yaqin doʻsti bilan koʻrishib qoldi, u bilan oqibati uzoqlashgan bir tanishlari haqida uzoq suhbat qurdi, keyin yoʻlda bir faqir inson koʻcha supurayotganini koʻrib, ustidan kulgandek yoʻl changitdi, qiziqdida, uyiga qaytib kelgach hayol bilan boʻlib, ikki qultum suv ichib yubordi. Suv ichdiyu yuragi gʻalati boʻlib qoldi, oʻzini aybdor his qildi, roʻzam buzilmadimikan.

😢2👍1😐1