™️ TASKIN (T.R.A.)
167 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
Qilgan hayrli ishlarimizdan koʻra, gunoh va iflos ishlarimiz, yaxshilikdan koʻra yomonligimiz, tavbadan koʻra manmanligimiz, kechirimdan koʻra nafratimiz ortiqroq.

Oʻzing mustahkam iymon va subt bergin.


® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
😢7🔥2
#Alhamdulillah

Magistrlik ham nasib qildi, Alloh hayrli qilsin!
Shu kunga yetishimga sabab boʻlgan ota-onamga, ustozlarim, yaqin doʻstlarim, hamma hammalariga katta rahmat!
🎉92🥰2👏1
Har neki muvaffaqiyat kimningdir qalbidan chiqqan duo, har gʻurbat-u tanglik qaysidir ojiz uchun otilgan tosh jabridan!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
🕊6👍1🔥1
Ikki gumondordan biri oʻlishi, ikkinchi tirik qolishi lozim, birining ikki farzandi bor, yetim qoladi, ikkinchisini keksa onasi, farzand dogʻiga chiday olmaydi.

Hukm bir kunga kechikdi, erta tongda esa qozi bu foniy dunyoni tark etdi, qismat yuki ogʻir.

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👏4😢3🔥1
Hayrini yaratgandan soʻramas ekansan, yuksak fazilat va taqvo bilan bir haftada bir keladigan xabarni ham yubormay qoʻyishadi. Qurol oʻsha, manzil boshqa.

P/S: Muborak kun xabaridan qurol sifatida foydalanmang.

Fazilati buyuk insonning illati ham mayda boʻlmaydi!

#Ustozlardan_eshitganim

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍5🕊3
Har insonning chehrasida nur, issiqlik va mehr bor, hayrli va halol yoʻldan yurgani sari oʻsha nur yorqinlashib boraveradi, nafaqat oʻzi, balki atrofdagilarga ham ziyo ulashadi, harom yoʻlda, nafs botqogʻiga kirgani sari esa hiralashib, oxir oqibat sohibini tirik jasadga aylantiradi.

Nurni saqlash oson emas, aksi esa bir lahza,
tanlov qoʻlimizda, rizq yaratgandan.

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍6🕊1
#Munosabatlar_zanjiri

Munosabatlarimiz zanjirga oʻxshaydi, hech ham qilgan yomonliklarimiz oʻsha insondan qaytmaydi, uni qilgan yaxshiligi bizdan qaytmagani kabi.

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍3🔥3
Qiynalayotgan insonga har doim ham sizning yordamingiz kerak emas, balki shu sinov u uchun eng katta sovgʻadir, balki bir falokatning oldini olish uchun shu dard bilan band etilgandir!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍6🔥3❤‍🔥1👏1
#Qarash

Suvning mavjudligi suvsizlik va qurgʻoqchilik uchun bosh sabab;

So'zlashdan ko'ra tinglash yuki og'irroq;

"Islohotlar mening tovogʻimda", ha, haqiqatda islohotlar islohotchining tovogʻida aks etadi.

® Ramziddin Tursunov

@Taskinnn
🔥51🕊1
Boshginamga ag’anagan, katta tog’lar, alvido!
Men ketarman hasratlanib, ruhi sog’lar alvido!
Bu dunyoning shoʻr ishiga navnihollar tebraning,
Esliroq bog’boni yoʻq, qoldi bog’lar alvido!


👉 @Taskinnn
👍43😢3❤‍🔥1🤔1
Eshikdan hatlab koʻchaga chiqish koʻp narsani taqozo qiladi, masalan uyda olingan tarbiyani namoyon qilish uchun ajoyib imkoniyat.

Eng goʻzali bu shubhasiz, ahloqdan tikilgan libos!


® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍5🔥3🙏1
"Oʻzini bilsin"

Kamchiliklarimizni bartaraf etishdagi bequntligimiz sabablaridan bir bu bizga oz boʻlsa ham yaxshilik ilingan insonni oʻzidan illat izlashimizda.

"Oʻzini bilsin" deb qoʻyaqolamiz, vaholangki uni oʻzini bilishi bizni xatolarimizni tuzatib qoʻymaydi.

Shu postni yozga insonga ham oʻzini bilsin deb qoʻymanglar):

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
😁5👍3❤‍🔥1👎1👏1
Muborak oy davomida roʻza tutmoq, gʻiybat qilmaslik, zinodan, koʻz zinosidan saqlanish, insonlar koʻnglini ogʻritmaslik, yolgʻon gapirmaslik, haromdan hazar qilish...... lozim.

P/S: Qani edi qalbda shu amallarni yil davomida qilish istagi oʻlmasa, uyalsak edi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
@Taskinnn
8🔥3🥰1🙏1
#Qismat

Moziy, 10 xonali uy, har birining oʻz sohibi va oʻz qulfi bor. Uydan chiqar ekan har qaysisi xonasini berkitib ketadi. Yillar oʻtdi, faqat bir kishi qoldi, qolgani bu yorugʻ olamni tark etishdi, adashib boshqa xonaga kalit soldi, xona ochildi, oʻz xonasi bilan bir xil, zarrasiga qadar, qolgan xonalarga qarab shoshildi, hammasini ochib koʻrdi, bir xil, ikki tomchi suvdek, hammasi.....

Nahot shuncha yil bir oʻzi yashagan boʻlsa, nahot aks.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
@Taskinnn
😢8❤‍🔥3👍3🔥3😐2
IKKI QUTB

Ikki qutb oʻrtasida vosita boʻlib qolmoq juda ham ogʻir, bir tarafda samimiylik, sadoqat, soddalik va halollik, ikkinchi tomonda chirkin illat, harom va fasod.

Asli hammamizda ham doimo shu tanlov boʻlgan. Birinchisining bu yorugʻ olamda ajri bor, ikkinchisning kifoyasi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
@Taskinnn
👍8🔥1😢1
#__

Qaysidir dargohdan bosh olib ketish, qaysidir sohani tark qilish uchun avval unga kirgan, oʻsha yerdan oʻz oʻrnini topgan va oʻzidan iz qoldirgan boʻlish lozim. Avvaldan oʻrningiz boʻlmagan joydan keta olmaysiz.

Mohiyatini tushunmay munosabat bildirish ahmoqlik!

®
Ramziddin Abdikhalil

™️
@Taskinnn
💯7🔥1🌚1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
Ikkovidan qaysi biri hali yashab koʻrmagan boʻlsa, qaysi biri yorugʻ dunyoda qilinayotgan yovuz ishlardan bexabar boʻlsa, oʻshanisi saodatmanddir.

© Yekklesiast

@Taskinnn
👍41
#Ramazon

Kimningdir iftorligi uchun kamlik qilayotgan puli kim uchundir butun boshli Ramazon oyi uchun yetarli.

Tafakkur qilaylik!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
@Taskinnn
🔥4👏31👍1
Tarjimayi holim

Men Jamshidbek Anvarov. Qachon va qayerda tugʻilganim umuman muhim emas, muhimi oʻsha on men tugʻilganimdir. Qanday sharoitda va qanday oilada tugʻilganim ham muhim emas, muhimi nima uchun tugʻilganimni anglashimdir. Meni dunyo bilishi muhim emas, muhimi men dunyoni bilishimdir. Butun koinot qadar mayda zarra ekanim ham muhim emas, muhimi mavjudligimdir.

©Jamshid
👍92
Dunyoning g‘alati yo‘rig‘iga boq,
Kimga aysh tashnayu kimga dor mushtoq.
Lekin hammasidan ma’no bittadir:
Qurbon oldin ketar, jallod keyinroq.

© Abdulla Oripov

™️
@Taskinnn
4🔥3👍1
Biz shundaymiz

Qarash shunday:


- Qaysidir oʻlkalardagi och insonlarga ich ichimizdan achinamiz, lekin och oʻtirgan qoʻshnimiiz holidan xabar olmaymiz;

- qaysidir mashhur insonning ustidan nojoʻya gap-soʻzlar tarqaliganidan gʻazablanamiz, fikr bildiramiz, biroq yaqinimizdagi minglab insonlarning begunoh badnom boʻlishini jim kuzatamiz;

- biz shunday insonlarmiz, ehson uchun ming soʻmni qizgʻonib, ziyofat va aysh uchun millionlarni ham ayamaymiz;

- koʻcha koʻyda minglab insonlarning yomon ekanligidan hasrat qilamiz, lekin aqalli bittasini yaxshi tomonga oʻtkazishga harakat qilmaymiz, chunki ular yomon;

- biz uchun skut saqlagan inson aybdor, ozovi boricha baqirganlar esa jabrdiyda.

Biz shundaymiz, balki xatodir, uzr!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
@Taskinnn
👍4🔥3😢1