™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
Foto emas RASMlar.
Umidjon Alimov.
Haqiqiy shedevr, haqiqiy sanʼat bu. Inson ongidagi xotiralarga masʼul joyini jimirlatib yuboradi...

👉@sodirjonov_m
❤‍🔥5🔥2👍1🤗1
Taqdir

Bozor yaqinidagi gul do'koni oldida ehson ilinjida turgan bir qismat sohibiga har doim ehson berguchi insonlardan biri bu yorug' olamni tark etdi, yana biri og'ir darda uchrab uyidan chiqa olmay qoldi, yana biri ehsonni "hamma beradiku, men bermasam hech narsa o'zgarmaydi" dedi va ortiq ehson qilmay qo'ydi. Qismat og'ir, hayot ham, ehson kutguvchi inson uch kundan so'ng omonatini topshirdi, jon chiqqunicha nimanidir kutdi, balki ehson, balki ehson berguchilar uchun so'ngi rahmatini, hech kim kelmadi, u ketdi, endi qaytmaydi....

Oradan ikki hafta o'tdi, 4 yashar bola gul do'koni oldida, ko'zi qizarib turardi...

®️ Ramziddin Abdikhalil

™️
@Taskinnn | ____
😢6❤‍🔥2🔥1
Har qaysi qilgan iflos va harom ishlarimiz uchun asta-sekin javobini olayotgan ekanmiz, ertangi kunda kutayotgan azoblar ming chandon ortiq va og'ir, zero qilmishlarimizni faqat insonlardan yashirgan edik.

Yaxshi va halol insonlar borligi, yaratganning sahovati bilan yerning darz ketmaganiga shukr qilaylik.

Kifoya va tavbaga manzilimizni yaqin qilsin!

®️ Ramziddin Abdikhalil

™️
@Taskinnn | ___
👍2👏1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
BUYUK QARGʻISH

📝 Ustoz shunday insonki, oʻz bilimini, mehnatini, salohiyatini va vaqtini imkon qadar boshqalarga ulashishga, hayrli yoʻlda yaxshilik qilishga intiladi, haqiqiy inson, chin jasorat sohibi, Alloh rozi boʻlsin....

Faqat bir, buyuk qargʻishi bor..
Shogirdlaridan.
Beminnat xizmatlari va kalta qoʻllari uchun..!


® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍6🔥1
Hayrli qoʻllar

Namangan shahridan chiqaverishda xalq tili bilan aytganda "Fazo" deb ataladigan joy bor, Toʻraqoʻrgʻon, Chust, Pop va shu yoʻlga boradigan insonlar yoʻl yoʻlakay mashinalarga chiqib manzillariga yetib olishadi, baʼzan yoʻlovchilar koʻpayib, yuz ikki yuzlab boʻlib ketishadi. Yoʻl haqqi arzon va manzillariga tezroq yetib olganliklari tufayli koʻplab insonlar shu yerdan ketishadi.

Bugun bir yumush bilan shu yerga keldim, shom mahali edi, odamlar koʻp, aholi orasida ikki nafar yoʻl patrul xizmati xodimlarini koʻrdim. Yaqinroq borganda bildim, ular yoʻldan mashinalarni toʻxtatib, yoʻlovchilarni manzillariga yetishlariga yordam berayotishgan ekan.

Sovuq kunlarda insonlarni uzogʻini yaqin qilishda oʻz xizmatini ayamayotgan shu insonlarga katta rahmat, ulardan Alloh rozi boʻlsin!

@Taskinnn
🔥6👍1
Agar eʼtibor ehson boʻlsa barchamiz tilanchimiz!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍7🔥4🕊1
Jinoyat

Ikki qabih niyatli insonlar oʻzaro til biriktirib koʻplab oʻgʻirlik, qotillik va jinoyatlar qilishdi, ularning taʼrifi butun olamni tutdi, hatto ular haqida afsonalar tarqaldi. Ular eng buyuk jinoyatchilar boʻlishdi, ha, buyuk jinoyatchilar, buyuk sheriklar.

Yakunda biri ikkinchisini oʻldirdi, shunchaki ikkisi ham qotil edi.

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn | ____
👍4🔥1👏1😱1😢1
Tavba

Biz hayratlanganda, ajablanganda, qo'rqqanda, ayb ish qilganda, nohaq bo'lganimizda, ikkilangan va hayajonlangan vaqtlarda eng ko'p ishlatadigan va eng kam amal qiladigan so'z, "tavba".

P/S: Ehtimol shu so'zlarni o'qib ham tavba degandursiz!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn | ____
🔥5👍1
Bahor yaqin, sovuq kunlar ham oʻtdi, inson qalbiga oz boʻlsada iliqlik, oz boʻlsada taskin beradi. Qushlar shom mahali ovozi boricha chinqira boshlashdi, skunatni buzgan bu chinqiriq insonni hayot hikmatini oʻylashga undaydi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍5👏2😇1
Besabr mehmon

Bugun bir yoshi ulugʻ insondan ajib bir nasihat eshitdim: "Ey bolam, kechadan soʻng kunduz, undan soʻng yana kecha keladi, ularda navbat bor va u doim takrorlanib turadi. Lekin yaxshi-yomon yoki adolat va adolatsizlik navbat bilan kelmaydi, duoda soʻrab qolgin, toʻgʻri yoʻldan adashtirmasin!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
🔥5👍2🕊2🤔1
Qilgan hayrli ishlarimizdan koʻra, gunoh va iflos ishlarimiz, yaxshilikdan koʻra yomonligimiz, tavbadan koʻra manmanligimiz, kechirimdan koʻra nafratimiz ortiqroq.

Oʻzing mustahkam iymon va subt bergin.


® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
😢7🔥2
#Alhamdulillah

Magistrlik ham nasib qildi, Alloh hayrli qilsin!
Shu kunga yetishimga sabab boʻlgan ota-onamga, ustozlarim, yaqin doʻstlarim, hamma hammalariga katta rahmat!
🎉92🥰2👏1
Har neki muvaffaqiyat kimningdir qalbidan chiqqan duo, har gʻurbat-u tanglik qaysidir ojiz uchun otilgan tosh jabridan!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
🕊6👍1🔥1
Ikki gumondordan biri oʻlishi, ikkinchi tirik qolishi lozim, birining ikki farzandi bor, yetim qoladi, ikkinchisini keksa onasi, farzand dogʻiga chiday olmaydi.

Hukm bir kunga kechikdi, erta tongda esa qozi bu foniy dunyoni tark etdi, qismat yuki ogʻir.

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👏4😢3🔥1
Hayrini yaratgandan soʻramas ekansan, yuksak fazilat va taqvo bilan bir haftada bir keladigan xabarni ham yubormay qoʻyishadi. Qurol oʻsha, manzil boshqa.

P/S: Muborak kun xabaridan qurol sifatida foydalanmang.

Fazilati buyuk insonning illati ham mayda boʻlmaydi!

#Ustozlardan_eshitganim

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍5🕊3