™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
Sovuq havoda kunini ishda o'tkazgan birodarimiz uchun oilasi davrasida shirin uyquga ketish yoqimli, yana kimgadur shu uyqudan uyg'onish!

Alloh hayrlisini bersin!


®️ Ramziddin Abdikhalil

™️
@Taskinnn | Sabr va bardosh
👍3🔥2👏1😢1
Hammaning ham kelishini umid bilan kutgan, yaxshi va quvonchi kuni uchun saqlab qo'ygan bir ilinji, ko'z yoshlari va hasrati bor. Shu kunga yetsa, yetkazsa baxt, yetmasa o'sha buyuk sirni o'zi bilan olib ketadi.

®️ Ramziddin Abdikhalil

™️
@Taskinnn | _____
👍3🔥1😢1
Sabr, skut va shukrga qodir qilgan Allohimga behisob shukrlar bo'lsin! Dunyolar kerak emas, to'g'ri yo'ldan adashtirmasa bas!

Oʻzi hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

®️ Ramziddin Abdikhalil

™️
@Taskinnn | ____
2🔥2👍1🙏1
"Oʻz nasibamni qayerdan topsam, shu yerdan olaman"

P/S: Nihoyanga qayerda qazo qilish nasib boʻlsa oʻsha yer, bir qadam ham nari emas.

©Fyodor Dostoyevskiy
📚Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar

@Taskinnn | qismat
👍2🔥2
***
Масжидга ўхшаса эди бу дунё,
Ишонч бирлаштирса одамиятни.
Оқибат дегани бўлмаса рўё,
Ҳеч кас йўқотмаса ор, ҳамиятни...

Ҳамма тарқалмоқда дилга бериб зеб,
Яна оташ олди юракда бир Чўғ.
Меҳримни эҳсондай улашайин деб
Ташқарига чиқсам, пойабзалим йўқ...

©️ Беҳзод Фазлиддин
😢4😐1
Foto emas RASMlar.
Umidjon Alimov.
Haqiqiy shedevr, haqiqiy sanʼat bu. Inson ongidagi xotiralarga masʼul joyini jimirlatib yuboradi...

👉@sodirjonov_m
❤‍🔥5🔥2👍1🤗1
Taqdir

Bozor yaqinidagi gul do'koni oldida ehson ilinjida turgan bir qismat sohibiga har doim ehson berguchi insonlardan biri bu yorug' olamni tark etdi, yana biri og'ir darda uchrab uyidan chiqa olmay qoldi, yana biri ehsonni "hamma beradiku, men bermasam hech narsa o'zgarmaydi" dedi va ortiq ehson qilmay qo'ydi. Qismat og'ir, hayot ham, ehson kutguvchi inson uch kundan so'ng omonatini topshirdi, jon chiqqunicha nimanidir kutdi, balki ehson, balki ehson berguchilar uchun so'ngi rahmatini, hech kim kelmadi, u ketdi, endi qaytmaydi....

Oradan ikki hafta o'tdi, 4 yashar bola gul do'koni oldida, ko'zi qizarib turardi...

®️ Ramziddin Abdikhalil

™️
@Taskinnn | ____
😢6❤‍🔥2🔥1
Har qaysi qilgan iflos va harom ishlarimiz uchun asta-sekin javobini olayotgan ekanmiz, ertangi kunda kutayotgan azoblar ming chandon ortiq va og'ir, zero qilmishlarimizni faqat insonlardan yashirgan edik.

Yaxshi va halol insonlar borligi, yaratganning sahovati bilan yerning darz ketmaganiga shukr qilaylik.

Kifoya va tavbaga manzilimizni yaqin qilsin!

®️ Ramziddin Abdikhalil

™️
@Taskinnn | ___
👍2👏1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
BUYUK QARGʻISH

📝 Ustoz shunday insonki, oʻz bilimini, mehnatini, salohiyatini va vaqtini imkon qadar boshqalarga ulashishga, hayrli yoʻlda yaxshilik qilishga intiladi, haqiqiy inson, chin jasorat sohibi, Alloh rozi boʻlsin....

Faqat bir, buyuk qargʻishi bor..
Shogirdlaridan.
Beminnat xizmatlari va kalta qoʻllari uchun..!


® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍6🔥1
Hayrli qoʻllar

Namangan shahridan chiqaverishda xalq tili bilan aytganda "Fazo" deb ataladigan joy bor, Toʻraqoʻrgʻon, Chust, Pop va shu yoʻlga boradigan insonlar yoʻl yoʻlakay mashinalarga chiqib manzillariga yetib olishadi, baʼzan yoʻlovchilar koʻpayib, yuz ikki yuzlab boʻlib ketishadi. Yoʻl haqqi arzon va manzillariga tezroq yetib olganliklari tufayli koʻplab insonlar shu yerdan ketishadi.

Bugun bir yumush bilan shu yerga keldim, shom mahali edi, odamlar koʻp, aholi orasida ikki nafar yoʻl patrul xizmati xodimlarini koʻrdim. Yaqinroq borganda bildim, ular yoʻldan mashinalarni toʻxtatib, yoʻlovchilarni manzillariga yetishlariga yordam berayotishgan ekan.

Sovuq kunlarda insonlarni uzogʻini yaqin qilishda oʻz xizmatini ayamayotgan shu insonlarga katta rahmat, ulardan Alloh rozi boʻlsin!

@Taskinnn
🔥6👍1
Agar eʼtibor ehson boʻlsa barchamiz tilanchimiz!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍7🔥4🕊1