™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
BOQIY TUN

Erta tong, yana bir kun boshlandi, oddiy kun, yomgʻir, kayfiyat tushkun, sabab yoʻq, oʻylagim kelmadi, oʻylashga-da toqatim yoʻq, vujudim shu qadar ogʻirki, tura olmayman, yotishdan ham zerikkanman, oʻqishga chiqish kerak, yana oʻqish, yana oʻsha zerikarli darslar, shu kunni ham bir amallab oʻtkazay, keyin dam olaman, shu kunni tugata olsam bas, hammasidan charchadim, bir oz tin olaman, keyin hammasini boshlayman, yaxshi inson boʻlaman, katta-katta ishlarni qilaman, hali hamma men bilan faxrlanadi, ota-onam nomimni aytib hammaga maqtanishadi, katta odam boʻlaman, koʻnglim sezyapti, hammasi yaxshi boʻladi, bir oz uhlay, hali ulguraman, yoshman.......

U koʻzini yumdi va qaytib ochmadi, u ham yosh edi, hammasi oldinda edi, hali.....hali ulgurmagandi... Endi uning uchun tong otmaydi, endi boqiy tun boshlandi, boqiy tun.

Keyingisi kim, kimga umr kafolat qilingan, nega jimsiz...?

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn | achigan bol
😢5
#Missiya

🔒Agar siz oʻz tengdoshlaringiz bilan aynan bir xil harakat qilayotgan boʻlsangiz siz faoliyatingizga qarab umumiy nom bilan chaqirilasz (talaba, abituriyent, oʻquvchi, jiyan, uka, usta.......)

🔓Agar ozgina qoʻshimcha mehnat, izlanish, ilm va tashabbus bilan harakat qilsangiz sizni "siz" sifatida chaqirishadi!

❗️Bu shunchaki subyektiv qarash uchun, aslida har bir insonning bu hayotda oʻz buyuk kuchi, buyuk missiyasi bor! Faqat vosita kutiladi, rizq.

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn | rizq & missiya
👍1🤔1
QAROR

Agar kim uchundir malol kelayotgan, uning qalbida oʻrinsiz boʻlsangiz, uning soʻnggi nuqta qoʻyishini kutmang, keting, u sizsiz ham yashay oladi (olsin).

Qaror qabul qilish doim oʻz qoʻlingizda, kimningdir qarori uchun ijrochi va yoki kim uchundir gʻurbat boʻlib qolmang.

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn | andishasiz hayr
👍3🤔1🕊1
SOʻZ VA QADR

Ularning ilk soʻzlari ketma edi, oxirgisi esa qaytma boʻldi..

Qadringiz oʻz qoʻlingizda, hoh uni osmon qadar koʻtaring, hoh oyoq ostidan joy bering..

®Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn | qadrsiz tuygʻu
👍5👏2🤔1
EY BIRODARIM, FIKR QIL!

Sen shaharda oʻqib yurib lavash, hot-dog, gamburger yeysan, bazan shu ham yoqmaydi... Uyingdagi ota-onang esa qotgan nonlarni talqon qilish bilan ovvora.

Fanta, Pepsi va Cola: tanlashga qiynalyapsanmi, ularda esa oddiygina choydan boshqa tanlov yoʻq.

Sen ikki hafta avval kiygan koʻylaging yoqmayotgani uchun bugun bozor oldida yangi libos tanlayapsan, ular esa uch yil avvalgi kiyimlaridan hech ham nolishmayapti;

Sen bu yerda kimningdir oldida past ketmaslik uchun choʻntagingda borini sochyapsan, ular esa ming bir azobda uvoqlab rizq terishyapti;

Sen qaysidir yulduzni koʻrish uchun qanchalab pulga bilet olding, ular esa yulduzlarni tanishmaydi ham.

Kimmiz, kim boʻlyapmiz, doʻstim!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn | behalovat kunlar
🔥7👍4
#Qadr

Faqat ishi tushgandagina eslaydigan birodarlaringizga hech ham oson tutmang, zero sizni ishingiz tushmagani uchun ular oqibatsiz boʻlib qolmoqdalar!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn | aqilsiz qarorlar
👍8👎2😁1
Soʻqir inson zulmatdan qoʻrqib koʻzini yumdi, moviy osmon va porlagan quyosh...!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍4
Achchiq va adolatli, hukmi ogʻir va munosib hayot.

Qismati qadar tanlangan insonlar va taqdiriga ergashgan soyalar maskani.

Jallodni qismatidan nolitgan, mahkumni esa qilmishidan....!


® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍4🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Arxiv

07.10.2021

Uchqoʻrgʻondan Namangan shahriga saylov targʻibotidan qaytish.

Oʻtgan, oʻtayotgan umr!
🔥2
Forwarded from Arxiv baza 1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻlmaydigan mavzu😅
🤣3😁2💯2👍1
BUYUK QARGʻISH

📝 Ustoz shunday insonki, oʻz bilimini, mehnatini, salohiyatini va vaqtini imkon qadar boshqalarga ulashishga, hayrli yoʻlda yaxshilik qilishga intiladi, haqiqiy inson, chin jasorat sohibi, Alloh rozi boʻlsin....

Faqat bir, buyuk qargʻishi bor..
Shogirdlaridan.
Beminnat xizmatlari va kalta qoʻllari uchun..!


® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍5🤔2😢2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥰4👍2🔥2
ORZU

Qadim zamonlarda yashagan qashshoq va umri og’ir mehnat bilan o’tgan insonning yoshligida bir orzusi bor edi, bir martta bo’lsa ham banan mevasini yeyish.

Yoshi saksonga yetib, o’lim to’shagida yotganida orzusi ushaldi, unga banan olib kelishdi, faqat, faqat meva achib qolgan edi.

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
😢6👍4
QADR

Butun elni qora mexnati bilan boqayotgan dexqon tadbirda etiketga amal qilmagani uchun qatl etildi, qolganlar esa shunchaki ochlikdan oʻlishdi.

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn | @Tursunov_Ramziddin
👍3😢2👎1
Ўша шўрликкина тилла балиқча,
Уммонга ташланди, роҳатлан дея.
Ва лекин бир жойда айланар тинмай...
Алҳол ўзгармади эски савия.

Х. Ҳамидов
🕊5🍓1
Taskin uchun qo'yib borgan har qadamda,
Shunga loyiq insonmidim deb o'ylayman.
Qismat bergan, shu libosda, so'ng manzilga,
Halol borsam, yetib borsam, so'ng o'lay man!

Nafs yo'lida yurganlarga bersin insof,
Qo'shilmaylik, qo'shmasin hech harom yo'lga.
Uyalaylik, xato yurgan, kibr bergan,
Biz noshudga amal tekkan o'tgan kunga.

Duolarda so'rab qoling, chalg'itmasin,
Toza yo'ldan, to'g'ri yo'ldan, asl yo'ldan.
O'zi asrab qolsin bizni, xatto zarra,
Bir ko'ngilni parcha-parcha sindirishdan.

Taqdir og'ir yo'l berganmi har insonga,
Olayotgan har nafasda ming jabr bor.
Sabr qilib, skut qilib, jon berganga,
Halovat bor, hayrlar bor, ming ajr bor!

®️Ramziddin Abdikhalil

™️
T.me/Taskinnn
👍2🔥2😢1🕊1
Forwarded from Arxiv baza 1
Aziz hamyurtlar!

Yaqinlashib kelayotgan yangi 2023-yil barchangizga muborak bo‘lsin! Yangi yil yangi baxt, yangi maqsadlar va yangi marralar bilan birga bo‘lsin.

Xonadoningizdan qut-baraka arimasin. Samimiy tabassum va halovat yil davomida sizni hech ham tark etmasin.

Yangi yil sizga hikmat va saodat bilan kelsin!

Hurmat bilan
Ramziddin Tursunov
🔥3👏2
Yoqimli manzara

Bilaszmi bu hayota nima yoqimli?
Ellik yoshli insonning dakki beradigan sakson yoshli otasi va onasining borligi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
5👍2🥰2🔥1👏1
QAXRAMONLAR

Jangdan keyin chiqadigan qaxramonlar va yomg’irdan so’ng bosh ko’targan qo’ziqorinlarning o’xshash jihatlari shundaki, ikkisini ham hodisa avvalida topib bo’lmaydi.

P/S: rasm shunchaki):

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn | fevral shamoli
👍4👎1