™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
ALHAMDULILLAH

Allohga shukurlar boʻlsin, yana bir yoshni qarshiladik, hayrli qilsin. Shu kunga kelishimga sabab boʻlgan davlatim va jannatimga, jigarlarim, ustozlarimga va qiyomatli doʻstlarimga boshimga yerga tekkuncha tazimdaman, sizlardan Alloh rozi boʻlsin!

Oʻtgan yillar davomida koʻplab quvonchli va sabrli kunlarni guvohi boʻldik. Bilganim har qachon va har yerda halollik va samimiylik fitratida ulgʻaygan hamda ilm ilinjida boʻlgan inson hor boʻlmas ekan. Qalbda istaganim faqat va faqat halovat boʻldi. Yaratganning oʻzi toʻgʻri yoʻldan adashtirmasin, ota-onam va ustozlarim, barcha yaqinlarimning yuzlarini yorugʻ qilish, halol rizq bilan yashash, yaxshilikka xizmat qilish nasib qilsin!
👍11🔥3
#Baxt

⌛️ Yoshimiz ulgʻayib borgani sayin koʻplab insonlarni koʻramiz, turli qismat va taqdir egalari. Har birining oʻz yoʻli, oʻz manzili va oʻz hikoyasi bor. Baʼzan tashqaridan qaraganda begʻam, betashvish va hursand yurgan inson biz uchun eng baxtli, omadli va hotirjamdek tuyiladi. Baʼzan oʻzimizdan kichiklarni inson oʻrnida koʻrmaymiz, baʼzan yoshi ulugʻlarga davri oʻtgan eskilik apparat kabi qaraymiz. Olamda faqat biz bebaxt va omadmiz, har qadami zahmat va azob bilan siylangan insonmiz. Biz shunday tahlil qiluvchi, xulosa chiqaruvchi, kuzatuvchi insonlarmiz toʻgʻrimi? Va shu kuzatish ortidan umrimiz oʻtmoqda.

Oʻsha har kuni hotirjamlik va hursandchilik bilan oʻtayotgan insonning siz koʻrmagan koʻz yoshlari va qalbini tirnayotgan gʻurbatlari, oʻsha yosh bolalarning oʻz dunyolarni va koʻngliga solgan bir niyatlari, yoshi ulugʻlarning qismat va hayot bergan hikmatlari, Yaratganning har bandasiga bergan bir hayrlari bor!

🕯 Baxt bu hozir sizning nafas olayotganingiz, yorugʻ dunyoga qaray olishingiz, siz uchun dunyolardan kechishga tayyor insonlarning, duoda eslovchi mainlining borligi, qalbingizdan zarra boʻlsada nur taralishi va eng asosiysi halovatingiz borligi, nimadur taskin bera olishidir!

Uzoq tanaffusdan soʻng yana oʻsha ® Ramziddin Abdikhalil

T.me/Taskinnn
#Farq

Mehnat bilan ishning farqi bor, haqqingizni ish uchun, jazoni mehnatingiz uchun olasz!


® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍1
#Duo

Haloldan kelgani halolga, haromdan kelgani haromga nasib qilsin!

®Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍4
#Koʻzgu

Qanday kutib olishlarini istasangiz, shunday tark eting. Zero, koʻzgu sinmaguniga qadar oʻz aksingizni koʻrsatadi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍5👏1
#Malham

Yarani it tirnaydi, malham haqdan.
Oʻkinma..!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍3👏1
#Yaxshilar

Yaxshi boʻlmasangiz aqalli yaxshilar tarafida boʻling!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍4
Choʻli iroq
Ixtiyor Tojiyev
Balki bu kuy sizni kayfiyatingizni koʻtara olmas, balki u siz uchun zerikarlidir, lekin uni bir oz tinglash sizni fikr qilishga, hayotning ovozini eshitishingizga, oʻzingizni his etishingizga yordam beradi!

T.me/Taskinnn
👍1
YUR DOʻSTIM TOYIGA BORIB KELAMIZ😔🥀

@Taskinnn |kechinmalar
😢61🥰1
ISTAMASLAR DUNYOSI

Ular istamaydilar:
yashashni, toʻgʻrilikni, mehnatni, halollikni, samimiylikni, kamtarlikni, kimgadur yaxshilik qilishni, harakat qilishni, ilmni, mehrni, maqsadni, hayrni, saxovatni, tushunishni, halovat topishni, taskinni....

😞Ular kecha istashmagan edi, bugun ham istashmadi, ertaga ham istashmaydi.......

⭕️ Ular kim - ular dunyoning tilloga teng vaqtini yutqazayotgan, rizqidan qarzdor boʻlayotgan insonlar...!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn | rizqdan bir qatra
👍2
#Taraqqiyot

Qanchalik eʼtibordan chetda qolganing va seni unutishgani sari shuncha taraqqiy etib boraverasan! Oʻzing bilan qolish seni tafakkur sari undaydi, agar boshqa yoʻl boʻlmasa!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn | yoʻqolmagan boylik
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
#Keyinchi

🏆Maqsadni katta qoʻydingiz, butun umringizni unga bagʼishladingiz, har narsadan uni ustun koʻrdingiz, baʼzan vaqtdan, baʼzan doʻstlardan, baʼzan oiladan, baʼzan.... uni ustun qoʻydingiz va siz eng yuqori marralarni zabt etdingiz, hamma sizni eng kuchli ekanligingizni tan oldi👏

⭕️ Keyinchi, kimga foyda, nimaga erishdingiz, insonlarga qanday yaxshilik va hayr qoldi sizdan?

🔘 Qarorning toʻgʻri yoki xatoligini bilish uchun umrni tikish shart emas, shunchaki maqsad va hohishga qul boʻlib qolmang!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍3👏1
SOGʻLOM INSON

👂Bizlar kar odamlarmiz, hayotning bizga aytayotgan achchiq soʻzlari va nasihatini, yaqin doʻstimizning iymonga eltuvchi shivirini eshitmaydigan darajada.

😶 Biz soqov odamlarmiz, tilimiz qodir boʻla turib salovat va hayrli soʻz oʻrniga gʻiybat-u boʻxton, fisq-u fasoddan nariga oʻtmaymiz.

👨‍🦯 Biz soʻqir odamlarmiz, koʻzimiz halolidan koʻra nafsga mayl berayotgan zinoga koʻz tikamiz.

🍻Biz boshsiz insonlarmiz, boshimiz sajdaga emas, balki mastlikdan yerga bukilgan majruhlarmiz.

😔Biz chirkin odamlarmiz, jism va qalb bir boʻlmagan, maʼnan qashshoq, tuban insonlarmiz.

👨‍⚕Biz sogʻlom insonlarmiz, shifokor aytgan.....!

(Biz - men.)

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn | gʻurbatli lahzalar
🤔2😢2
HIKMAT

Alloh ravo koʻrgan va senga rizq boʻlib kelgan har neda bir hikmat, bir ibrat bor, uni angalagan inson sabr va bardosh bilan halovatga yetadi.

Hatto, hikmat borligini anglamaslikda ham bir hikmat bor, vaqti keladi, oʻrni ham, har goʻzal amalning oʻz ajri keladi, kifoyasi ham!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn | yozilmagan xulosa
👍2🔥1
KIBR

Kursi faqat suyanib turish uchun emas, unda qadr bor, unda hurmat bor, unda had bor!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍1👏1🤔1
XULOSA

☕️ Erta tongda nonushta qilamiz (hamma emas, masalan men qilmayman), keyin tushlikni kutamiz, nimagadur chalgʻiymiz, soʻng kechki ovqatgacha yana nimadirlar...

💵 Ishlaymiz, kunlar ketidan kunlar, haftalar ketidan haftalar oʻtaveradi, oylik kutamiz, olgandan soʻng keyingi oylikni kutamiz, har chorakda qoʻshimcha ish haqqi, u ham albatta kutiladi...

Doʻstlarimiz, yaqinlarimiz bilan koʻrishamiz, rejalar tuzamiz, albatta ular ham biz aytgan vaqtda boʻlmaydi, kechikadi, kutamiz..

🕯Umrimiz kutish bilan oʻtyapti, biz kutamiz, juda koʻp kutamiz, hech oʻylab koʻrdingizmi, bugun siz necha yoshsiz, ortingizdagi arzimas kutishlar sizni bugunga qadar olib keldi va yana qancha kuta olishingiz faqat yaratganga ayon...

P/S: Post joylandi, endi keyingi postni kutamiz!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn | telba taskinchi
👍5
DUO

Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisni bersin, har doim va har yerda yuzingizni yorugʻ qilsin, toʻgʻri yoʻldan adashtirmay, ummatga xizmat qiladigan bandalari qatorida qilsin!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn | niyatlar koʻzguda
👍1🔥1
BOQIY TUN

Erta tong, yana bir kun boshlandi, oddiy kun, yomgʻir, kayfiyat tushkun, sabab yoʻq, oʻylagim kelmadi, oʻylashga-da toqatim yoʻq, vujudim shu qadar ogʻirki, tura olmayman, yotishdan ham zerikkanman, oʻqishga chiqish kerak, yana oʻqish, yana oʻsha zerikarli darslar, shu kunni ham bir amallab oʻtkazay, keyin dam olaman, shu kunni tugata olsam bas, hammasidan charchadim, bir oz tin olaman, keyin hammasini boshlayman, yaxshi inson boʻlaman, katta-katta ishlarni qilaman, hali hamma men bilan faxrlanadi, ota-onam nomimni aytib hammaga maqtanishadi, katta odam boʻlaman, koʻnglim sezyapti, hammasi yaxshi boʻladi, bir oz uhlay, hali ulguraman, yoshman.......

U koʻzini yumdi va qaytib ochmadi, u ham yosh edi, hammasi oldinda edi, hali.....hali ulgurmagandi... Endi uning uchun tong otmaydi, endi boqiy tun boshlandi, boqiy tun.

Keyingisi kim, kimga umr kafolat qilingan, nega jimsiz...?

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn | achigan bol
😢5