™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#Taskin

Taskin deganda nimani tushunasiz?
- Halovat, xotirjamlikni, sizchi?
Men har kuni onamga qoʻngʻiroq qilganimda "Labbay oʻgʻlim" deb javob berganlarini...

©️ Jahongir Maxsutaliyev

@Taskinnn
™️
t.me/Maxsutaliyev_Jahongir
👏3👍2
Бир масжид пештахтасидаги ёзув

"Фарзандларингизга ибодат қилишдан аввал одоб ва аxлоқли бўлишни ўргатинг. Акс холда…
• намоз ўқийдиган бир ўғри;
• рўза тутадиган бир бузуқ;
• ҳажга борадиган ёлғончи;
• қурбонлик қиладиган бир судхўр;
• шаҳодат келтирадиган бир терорчи бўлиб етишиши мумкин…"
🔥4
#_

Hammada ayb, xato bor,
Faqat shu, tan olmaymiz.
Bir gapdan hech qolmaymiz,
Biz oppoqmiz, shundaymi?

Dunyoni suv bossa ham,
Qismat gʻurbat yozsa ham,
Zabon soʻzdan qolsa ham,
Biz oppoqmiz shundaymi?

Beh(x)ato ish qilamiz,
Bizda zarra nuqson yoʻq.
Shunga doim koʻngil toʻq,
Biz oppoqmiz shundaymi?

Pastkashlikka botsak jim,
Deymiz bu qismat izmi.
Barin taqdir qilga-u,
Biz oppoqmiz shundaymi?

Asli hayot shu ekan,
Nolimaylik, mayliga.
Sheʼrni yozgan men ahmoq,
Siz oppoqsiz shundaymi?

®
Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
#Kitob

Kitob tanlashda shoshilmang, lekin sustkashlik ham qilmang, asl kitoblarning hazmi ogʻir, dardi, hikmati va oʻz falsafasi bor. Oʻqib boʻlgach uni oʻz hayotingizga tadbiq eta olmasangiz, u bekor, vaqt uvol ketgan boʻladi. Hoh ilmiy, hoh badiiy boʻlsin baʼzan kitob nomining oʻzigina sizni jalb etadi... "Yaralangan qush hamon uchmoqda".........."Sivilizatsiyalar inqirozi"....."Yolgʻizlikning yuz yili"...!

Haqiqiy hafsala va qunt bilan oʻqiladigan kitob(lar) ni PR qilish shart emas, vaholanki ular unga muhtoj ham boʻlishmaydi.

Hammamizga ham nasib etsin yoqimli mutolaa tilash!

04/09/2022

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Toʻgʻri dardim bitta, mitti va kichik,
Imkon topolmayman unga bir bora.
Ogʻir dard yoʻq ekan ayriliqchalik,
Malham boʻlsa edi yoki bir chora...

Seni koʻrsam edi yana bir bora


©️ Jahongir Maxsutaliyev

Koʻrmaganing maʼqul oʻshal yuzlarni,
Usti yupun, qalbi tor, qaro koʻzlarni.
Diydor davo emas, ukam dardingga,
Malham haqdan, sindirma, qalb nurlarini!

©️ Ramziddin Abdikhalil


Haqsiz, shubha ham yoʻq soʻzlaringiz rost,
Mendan ayblar oʻtdi, yoʻqotdim oʻzim.
Faqat, istagandim qalbga surur mos,
Faqat, oʻzligimga solmabman razm.

Rahmat akam sizga, eʼtibordasiz
Haqqa yetaklaysiz men notavonni.
Nurli yoʻlim uchun ham duodasiz,
Uygʻotasiz uxlab yotgan vijdonni...


©️ Jahongir Maxsutaliyev

@Taskinnn
™️ t.me/Maxsutaliyev_Jahongir
👍53
Qadim davrlarda sud jarayoni(.

Qozi nohaq ayblangan va jazoga hukm qilingan shaxsga yuzlanib:
- soʻnggi fikringiz bormi?
- soʻkinsam boʻladimi?
- yoʻq
- unda fikrim yoʻq!

P/S: baʼzan ichingizdan hapqirib chiqqan soʻzlar oʻz oʻrnida qoladi, gʻuborlar ham!
Hukm haqdan, albatta behikmat emas!

® Ramziddin Abdikhalil
(Doʻstim Asror bilan suhbatlardan, Andijon 13.09.2022)

@Taskinnn
👍1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
#Drabl
#Ota

2021-yil barcha uchun ogʻir keldi. Pandemiya - Covid 19. Boshqa boshqalar.

🏔 Boʻstonliq tumanida qurilish ishlaridan avgust oyida uyga qaytyapman, hamrohim Kosonsoylik bir amaki, Sadoqatgacha tashlab qoʻyadigan boʻldi.

Yoshlari oltmishlar atrofida, anchayin tetik edi, samimiy inson, yoʻl boʻyi suhbat qurdik, ota va ona oldidagi farzandlik burchi haqida soʻz ketdi, kim oldida? -ona oldida, keyinchi? ota.

👴 Amaki aytdi:
- oʻgʻlim yoshsan, hali oilali boʻlasan, katta hayotni koʻrasan, lekin unutma: "ona, ona doim seni kechiradi, har qanday aybingdan oʻtadi, shubhasiz sen ham uning duosi uchun harakat qilasan, lekin....lekin ota bir marotaba ranjiydi, uni qayta rozi qila olmaysan.

👨‍🦰Ota, umrini vaqti kelsa ming azoblar yoqasida, kerak boʻlsa jonini omonat qoʻyib farzandlari uchun, oilasi uchun kurashadi, hayotga qarshi, qismatning ogʻir sinovlariga qarshi, yoʻqchilikka qarshi...

📞 Telefonda chet elda roʻzgʻorim deb ishlab yurgan otang bilan suhbat qursang hammasi yaxshi deydi, aslida sovuq beton ustida, och, usti yupun, kimlarningdir eshigida qulay xizmatini qilayotgan boʻlsa ham, sen uchun, oila uchun zaxmat chekadi, qilgan ikki pullik mehnatingni minnat qilasan kuni kelsa, u-chi, u hech minnat qildimi, hech oʻylaganmisan, oʻzi uchun yashadimi otang? Hozir qayerda...?

- Biz kelayotgan joyda edi, ishda ):
* * *
Uzoqdan Sadoqat koʻrindi, patir bozori, men tushib qoldim, qaytib u amakini koʻrmadim, #taskinni ham......(!

Ramziddin Tursunov

@Taskinnn
😢4👍3
#Savol

Kun kelib oʻtgan umringdan rozimisan degan savolga roziman deya oladigan boʻlishga harakat qiling. Javobni qanday boʻlishi - ayni damda sizning qayerda ekanligingizga bogʻliq!

Oʻzingizga munosib boʻling, qismatdan eng goʻzalini oʻzingizga ravo koʻring
!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍4🔥1
Jumʼa ayyomingiz muborak boʻlsin!

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#VAQT_QADRI

Qadrdon doʻstim Muhammadrasulga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman!!!

"Ramziddin Tursunov DOʻSTIMIZNI
qalamiga mansub mazmunli sheʼr qoʻldan kelgancha harakat qildim"
👍1
#Davr

Har davrning oʻz sallohi, oʻz maddohi bor,
Har gardunning ming gʻaribi, ming nochori bor.
Bizlar yangi zamonlarda yashaymiz demang,
Davr oʻsha, "tarix bugun", taqdirlar oʻsha....!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍4👏1
😕😕😕😕🤦‍♂
👍3😁1
#Maqsad

🔘 Oʻzingizdan yoshi ulugʻ insonga yetib olishga ha deb harakat qilavermang. Uni yoshiga yetganingizda baribir u sizdan katta boʻlib qolaveradi!

⭕️ Maqsad qoʻyishda yaxshilab oʻylang, koʻprogʻini yutqazib qoʻyishingiz mumkin
!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍1🔥1
#Dars

Haybatli bino, vazmin va sokin!

419-xonada quyonlar uchun "oʻljaga aylanmaslik va uning tipologiyasi" mavzusida maʼruza oʻtilmoqda.

421-xonada esa boʻrilarga quyon ovlash texnologiyalari haqida seminar....

Har ikki guruhda ham hafsala yoʻq, natija ham, yana oʻxshamadi!


® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
#Subyektiv
#Tavsiya

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida oʻzining mustahkam oʻrnini topishga ulgurgan Subyektiv ijodkorlarining mazkur loyihasi haqiqatda inson qalbining eng chuqur manzillariga qadar qaqshata oladigan, uning bir oz tin olishga, ogʻir hoʻrsinishga majbur qila oladigan darajada olingan. Faoliyatlariga omad, Alloh hayrli qilsin!


https://youtu.be/WL5IEfuu6wc
ALHAMDULILLAH

Allohga shukurlar boʻlsin, yana bir yoshni qarshiladik, hayrli qilsin. Shu kunga kelishimga sabab boʻlgan davlatim va jannatimga, jigarlarim, ustozlarimga va qiyomatli doʻstlarimga boshimga yerga tekkuncha tazimdaman, sizlardan Alloh rozi boʻlsin!

Oʻtgan yillar davomida koʻplab quvonchli va sabrli kunlarni guvohi boʻldik. Bilganim har qachon va har yerda halollik va samimiylik fitratida ulgʻaygan hamda ilm ilinjida boʻlgan inson hor boʻlmas ekan. Qalbda istaganim faqat va faqat halovat boʻldi. Yaratganning oʻzi toʻgʻri yoʻldan adashtirmasin, ota-onam va ustozlarim, barcha yaqinlarimning yuzlarini yorugʻ qilish, halol rizq bilan yashash, yaxshilikka xizmat qilish nasib qilsin!
👍11🔥3
#Baxt

⌛️ Yoshimiz ulgʻayib borgani sayin koʻplab insonlarni koʻramiz, turli qismat va taqdir egalari. Har birining oʻz yoʻli, oʻz manzili va oʻz hikoyasi bor. Baʼzan tashqaridan qaraganda begʻam, betashvish va hursand yurgan inson biz uchun eng baxtli, omadli va hotirjamdek tuyiladi. Baʼzan oʻzimizdan kichiklarni inson oʻrnida koʻrmaymiz, baʼzan yoshi ulugʻlarga davri oʻtgan eskilik apparat kabi qaraymiz. Olamda faqat biz bebaxt va omadmiz, har qadami zahmat va azob bilan siylangan insonmiz. Biz shunday tahlil qiluvchi, xulosa chiqaruvchi, kuzatuvchi insonlarmiz toʻgʻrimi? Va shu kuzatish ortidan umrimiz oʻtmoqda.

Oʻsha har kuni hotirjamlik va hursandchilik bilan oʻtayotgan insonning siz koʻrmagan koʻz yoshlari va qalbini tirnayotgan gʻurbatlari, oʻsha yosh bolalarning oʻz dunyolarni va koʻngliga solgan bir niyatlari, yoshi ulugʻlarning qismat va hayot bergan hikmatlari, Yaratganning har bandasiga bergan bir hayrlari bor!

🕯 Baxt bu hozir sizning nafas olayotganingiz, yorugʻ dunyoga qaray olishingiz, siz uchun dunyolardan kechishga tayyor insonlarning, duoda eslovchi mainlining borligi, qalbingizdan zarra boʻlsada nur taralishi va eng asosiysi halovatingiz borligi, nimadur taskin bera olishidir!

Uzoq tanaffusdan soʻng yana oʻsha ® Ramziddin Abdikhalil

T.me/Taskinnn