™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
Majlislar......(?

Dunyoga keldikku - aqilli boʻlib,
Zaminni yashnatmoq uchun otlandik.
Hammasi aksiga urdi-yu chappa,
Majlis boshladig-u tugatolmadik...

Tugʻilsak majlis-u, oʻlganda majlis,
Yigʻilsak bir majlis, tarqalsak majlis.
Boshlaganga aytib ezgu tilaklar,
Majlis boshladig-u tugatolmadik...

Shu qurgʻur bolmasa ishimiz bitmas,
Xattoki insonlar bir luqma yutmas.
Baʼzi doʻstlarimiz aslo tark etmas,
Majlis boshladig-u tugatolmadik...

Qarang ajib savdo, ajib hodisa,
Uhlasak ham majlis, tursak ham majlis.
Yugursak ham majlis, yursak ham majlis,
Majlis boshladig-u tugatolmadik...

Erta tongdan boshlab shomlarga qadar,
Bir toʻxtab, yana subhi sodiqqa qadar,
Oddiy hammoldan to olimga qadar,
Majlis boshladig-u tugatolmadik....

Boshlagan kim oʻzi, kimlar yaratdi,
Chappaklar, olqishlar bilan qaratdi.
Mundoq oʻylab koʻrsang juda gʻalati,
Majlis boshladig-u tugatolmadik...

Ramz gapirma hech bu mavzuda sen,
Tugab kelmagan u, tugatolmaysan.
Dardingni ichingga yutib yuraver,
Majlis boshlading-u tugatolmading...

Sheʼr uzun, mazmunli edi rejada,
Yozishgada qittak erinib qoldim.
Tugatar edim shu kuzning tongida,
Majlisim bor edi, shoshilib qoldim....(!

® Ramziddin Tursunov [R/T]
📆 23.09.2021
06:53:48

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
1👍1
#Oqibat

Oqibatdan tinmas tili,
Yilda bir bor bermas darak.
Taʼna dashnom qilar yana,
Oqibatdan gap ochganlar.

Koʻrsa koʻz yoshi tinmaydi,
Rost-u yolgʻonni bilmaydi.
Ogʻir kuning hech kelmaydi,
Oqibatdan gap ochganlar...

Yaxshi kunda hamma sherik,
Gʻurbat payti soya ham yoʻq.
Boshqa yerda, u qorni toʻq,
Oqibatdan gap ochganlar.

Qilmas sabr gap bitguncha,
Yugurmaydi to yetguncha,
Pana qilmas sel kelguncha,
Oqibatdan gap ochganlar.

Kelavermas hech kutganda,
Achchiq sharob, gʻam yutganda.
Bilsa edi, u bilganda,
Oqibatdan gap ochganlar.

Yur ketaylik bu yerlardan,
Asil inson bor yerlarga.
Balki shunda eslab qolar,
Oqibatdan gap ochganlar.

Yetsa yetar manzilga sheʼr,
Yetmaguncha hech tinmaydi.
Hech yoʻq shuni ham bilsaydi,
Oqibatdan gap ochganlar.....!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin

Ramziddin akamizdan zoʻr sheʼr yozilibdi. Javob tariqasida men ham she'r yozdim

👇
👉 @Maxsutaliyev_Jahongir 👈
https://t.me/Maxsutaliyev_Jahongir
𝑴꯭𝑨꯭𝑿꯭𝑺꯭𝑼꯭𝑻꯭𝑨꯭𝑳꯭𝑰꯭𝒀꯭𝑬꯭𝑽꯭𝑳꯭𝑨꯭𝑹꯭ ꯭𝑶꯭𝑰꯭𝑳꯭𝑨꯭𝑺꯭𝑰꯭
#Oqibat Oqibatdan tinmas tili, Yilda bir bor bermas darak. Taʼna dashnom qilar yana, Oqibatdan gap ochganlar. Koʻrsa koʻz yoshi tinmaydi, Rost-u yolgʻonni bilmaydi. Ogʻir kuning hech kelmaydi, Oqibatdan gap ochganlar... Yaxshi kunda hamma sherik, Gʻurbat…
Oqibatdan gap ochganda
Buriladi iyaklari.
Balki mehr bilmasmikin
Yomonlikmi tilaklari.

Aytib kelsang dardingni sen
Eshitasan dashnomlarni .
Qanday deysan ichingda bu
Yer koʻtarar insonlarni.

Oqibatmish avval salom
Bersin oʻzdan kattalarga.
Gap qisqasi xullas kalom
Kun qolmasin bundaylarga.

Oqibatsiz boʻlib qoldik
Oʻzimiz ham onda-sonda.
Aybga yo'ymang bu sheʼrimni
G'iybatchi koʻp bu zamonda.

Shunchaki men sheʼrim yozdim
Ilhomlanib Ramziddindan
Akam siz hech xafa boʻlmang,
Xafaman men oʻz-oʻzimdan.

©️ Jahongir Muhammad oʻgʻli

👇
👉 @Maxsutaliyev_Jahongir 👈
https://t.me/Maxsutaliyev_Jahongir
Ulg'ayib varoqli kemalarni yasamay qo'yganimizdan beri cho'kmoqdamiz...
@Taskinnn
#Qismat

Hayoting va qismatingdan hech ham nolima. Chunki u oʻzingniki va u faqat va faqat sen uchun yozilgan!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
Jumʼa ayyomingiz muborak boʻlsin qadrdonlar!

@Taskinnn
#Doʻst

Doʻstlikni har xil vaziyat va kundan qidiramiz, baʼzan ogʻir kunda, baʼzan esa quvonchli. Baʼzan doʻstlikni beqiyos ota onaga tenglab ham qoʻymiz(?

Asli, sizga hali yomonlik qilmagan, ichida gʻarazi boʻlmagan inson sizning doʻstingiz, uning ertaga kimga aylanishi sizga bogʻliq. Qolgani bekor (.

Halol boʻling, samimiy boʻling, sadoqatli boʻling, hayr va halovat shunda!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍4
Forwarded from Arxiv baza 1
#___

Shirin dardlar va chirkin gʻurbatli sukunatimni buzib qalb eshigimdan qadam bosib kirib kelding, omonatga olayotganingni ehtiyot qil, ishonch, sadoqat, halollik va poklik bilan qadrla, hayri va ajri senga boʻlsin!

🗓 28.08.2022
👍4
#Kelajak_liderlari_
#Malaka_oshirish_kursi

Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan masofaviy malaka oshirish kursini ham muvaffaqiyatli yakunlab oldik. Imkoniyat va eʼtibor uchun alohida tashakkur!!
👏3👍2
#Haqiqiy baxt

Ular tasodifan tanishib qoldilar va umrlarini oxirigacha baxtli hayot kechirdilar...
#Tahlil

Biz qaysidir aslzoda insonlarning buyrugʻi emas, balki bir gʻaribning iltimosini hafsala bilan qiluvchi insonlarmiz!

Unda majburiyat emas, balki vijdon bizni boshqaradi, halovat uchun qadam bosiladi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍3🔥1
#Taskin

Taskin deganda nimani tushunasiz?
- Halovat, xotirjamlikni, sizchi?
Men har kuni onamga qoʻngʻiroq qilganimda "Labbay oʻgʻlim" deb javob berganlarini...

©️ Jahongir Maxsutaliyev

@Taskinnn
™️
t.me/Maxsutaliyev_Jahongir
👏3👍2
Бир масжид пештахтасидаги ёзув

"Фарзандларингизга ибодат қилишдан аввал одоб ва аxлоқли бўлишни ўргатинг. Акс холда…
• намоз ўқийдиган бир ўғри;
• рўза тутадиган бир бузуқ;
• ҳажга борадиган ёлғончи;
• қурбонлик қиладиган бир судхўр;
• шаҳодат келтирадиган бир терорчи бўлиб етишиши мумкин…"
🔥4
#_

Hammada ayb, xato bor,
Faqat shu, tan olmaymiz.
Bir gapdan hech qolmaymiz,
Biz oppoqmiz, shundaymi?

Dunyoni suv bossa ham,
Qismat gʻurbat yozsa ham,
Zabon soʻzdan qolsa ham,
Biz oppoqmiz shundaymi?

Beh(x)ato ish qilamiz,
Bizda zarra nuqson yoʻq.
Shunga doim koʻngil toʻq,
Biz oppoqmiz shundaymi?

Pastkashlikka botsak jim,
Deymiz bu qismat izmi.
Barin taqdir qilga-u,
Biz oppoqmiz shundaymi?

Asli hayot shu ekan,
Nolimaylik, mayliga.
Sheʼrni yozgan men ahmoq,
Siz oppoqsiz shundaymi?

®
Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
#Kitob

Kitob tanlashda shoshilmang, lekin sustkashlik ham qilmang, asl kitoblarning hazmi ogʻir, dardi, hikmati va oʻz falsafasi bor. Oʻqib boʻlgach uni oʻz hayotingizga tadbiq eta olmasangiz, u bekor, vaqt uvol ketgan boʻladi. Hoh ilmiy, hoh badiiy boʻlsin baʼzan kitob nomining oʻzigina sizni jalb etadi... "Yaralangan qush hamon uchmoqda".........."Sivilizatsiyalar inqirozi"....."Yolgʻizlikning yuz yili"...!

Haqiqiy hafsala va qunt bilan oʻqiladigan kitob(lar) ni PR qilish shart emas, vaholanki ular unga muhtoj ham boʻlishmaydi.

Hammamizga ham nasib etsin yoqimli mutolaa tilash!

04/09/2022

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Toʻgʻri dardim bitta, mitti va kichik,
Imkon topolmayman unga bir bora.
Ogʻir dard yoʻq ekan ayriliqchalik,
Malham boʻlsa edi yoki bir chora...

Seni koʻrsam edi yana bir bora


©️ Jahongir Maxsutaliyev

Koʻrmaganing maʼqul oʻshal yuzlarni,
Usti yupun, qalbi tor, qaro koʻzlarni.
Diydor davo emas, ukam dardingga,
Malham haqdan, sindirma, qalb nurlarini!

©️ Ramziddin Abdikhalil


Haqsiz, shubha ham yoʻq soʻzlaringiz rost,
Mendan ayblar oʻtdi, yoʻqotdim oʻzim.
Faqat, istagandim qalbga surur mos,
Faqat, oʻzligimga solmabman razm.

Rahmat akam sizga, eʼtibordasiz
Haqqa yetaklaysiz men notavonni.
Nurli yoʻlim uchun ham duodasiz,
Uygʻotasiz uxlab yotgan vijdonni...


©️ Jahongir Maxsutaliyev

@Taskinnn
™️ t.me/Maxsutaliyev_Jahongir
👍53