™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
😕😕😕😕
😢1
Forwarded from Arxiv baza 1
👍6
Forwarded from KELAJAK LIDERLARI_NAMANGAN_ARGOS (Rasmiy kanal) (Murodjon Nabijonov)
Tayinlov

Namangan viloyati "Kelajak liderlari" klubi aʼzosi. Tursunov Ramziddin Abdixalil oʻgʻli Oʻzbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi Namangan viloyati Kengashida Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis lavozimiga ishga qabul qilindi.

Tursunov Ramziddin 1999-yilda Fargʻona viloyati Dangʻara tumanida tavallud topgan. Maʼlumoti oliy. 2022-yilda Namangan davlat universitetini tamomladi!

🇺🇿
@Kelajak_liderlari_Namangan🇺🇿
👍6👏1
#Bandi

U keldi, tavba bilan, qalbida mung va hasrat, koʻzi marjon yosh bilan qaytdi, vataniga, oʻsha kindik qoni toʻkilgan, bolaligi, begʻuborligi oʻtgan tuproqlarga qadam qoʻydi, tomogʻiga nimadur tiqildi, oʻzi ham bilmasdi..........
Olib ketishdi, shu bilan qaytib na quyosh va na oʻsha tuproqni koʻrdi(?

Nafsi olib ketgandi, vafo qilmadi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Jumʼa ayyomingiz muborak boʻlsin!
#Oʻng

Haqiqat nima ekanligini kimgadur uqdirishdan avval shuni yodda tuting, har kim uchun oʻng taraf bu uning oʻng tomoni, chap esa chap tarafi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Ana boʻlmasa 😕😭
😁5😱2👍1
#Sabab

Biz shunday insonmizki, bizda doim sabab bor, sabablar koʻp, ortigʻi bilan, har qanday holat va vaziyat uchun tayyor, faqat unga mos muammo yarata olsak bas!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍2
Abiturient ukalarim va singillarim!

Yaqinlashib kelayotgan imtihonlarda barchangizga omad yor bo'lsin, ota onangiz, oila a'zolaringiz va barcha yaqinlaringiz oldida yuzingiz yorug' bo'lsin, talabalik baxti sizlarga ham nasib qilsin. Ko'nglingizga solgan savollar tushsin, qilgan mehnatlaringiz va olgan ilmingiz ziyoda bo'lsin. Imtihondan quvonch va yuzingizda tabassum bilan chiqish nasib qilsin.

Talabalik yillaringizda hech ham ilm olishni va ziyo yo'lini to'xtatmang, zero halovat shunda, taskin shunda. Yo'lingiz ilm nuri bilan nurafshon bo'lsin. Alloh yo'lingizni hayrli qilsin!

Omad yor bo'lsin!

® Ramziddin Tursunov

Namangan viloyati Kelajak liderlari klubi aʼzosi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Namangan viloyat Kengashi yetakchi mutaxassisi
👍2
"Bizga koʻproq, gʻaflatdan qaytaradigan inson emas, balki nafs yoʻliga undayotgan doʻstlarimiz qadrliroq, chunki ular manfaatni bizga hozirning oʻzida beradi (bermoqda)...!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Jumʼa ayyomingiz muborak boʻlsin!

@Taskinnn
Nega taskin yozmay qoʻyganim sezdim, bugun his qildim. Yangi ish, ishonch, masʼuliyat, vaqt tigʻizligi......

Hech biri emas ekan, shunchaki jannatimning mehriga ehtiyojim bor, ilinjim bor.

Ketdim Qoʻqonim tomon, Mulkobodim tomon!
👍1
Tarix - gʻoliblar ermagi.

Tarix - yolgʻonlar guldastasi.

Tarix - aks hilqat.


Tarixni yolgʻonligi uchun: bugun sizning hayotingiz va u haqida yozilayotgan fikrlarga eʼtibor bering!
👍2
Deydilar it hurur - o‘tadi karvon,
Ranju balolardan yonmasin joning,
Lekin alam qilar bir umr giryon
Itlar orasidan o‘tsa karvoning.


©️ Abdulla Oripov

Itlar ham hurmoqda, oʻtmoqda karvon,
Jon haqdan, kutmaymiz noqisdan ziyo.
Shukur, harom emas, fasod mas rizqi,
Alloh ajrin berar, kifoyasin ham.!


®️ Ramziddin Tursunov
👏2👍1
#Hayot_falsafasi

Har qaysi masalaning oʻz yechimi va hayri bor. Bahonalardan qoching, hayot sizga qodir boʻlmagan sinovingizni bermaydi!


Kimdur uchun muammo emas - balki yechim boʻling!
Bemorlar uchun dard emas - shifo boʻling!
Doʻstlaringizga yuk emas - yengillik boʻling!
Boʻlishingiz mumkin emas - shart boʻling!
Davralarda gʻalcha emas - sukut saqlaguvchi boʻling!
Luqmada harom emas - halol boʻling!
Koʻngillarda zulmat emas - nur boʻling!
Yordam kutuvchi emas - saxovat qilguvchi boʻling (saxovat faqat moddiyat emas, bir tabassum, bir shirin soʻz...)
Tilingiz gʻiybat va fisqu fasod bilan toʻlsa - soqov boʻling!
Hayotdan boylik emas - halovat qidiring!

Eng avvalo, fitrati inson boʻling! Taskin topasiz!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍1🔥1
#Oqibat

Oqibatdan tinmas tili,
Yilda bir bor bermas darak.
Taʼna dashnom qilar yana,
Oqibatdan gap ochganlar.

Koʻrsa koʻz yoshi tinmaydi,
Rost-u yolgʻonni bilmaydi.
Ogʻir kuning hech kelmaydi,
Oqibatdan gap ochganlar...

Yaxshi kunda hamma sherik,
Gʻurbat payti soya ham yoʻq.
Boshqa yerda, u qorni toʻq,
Oqibatdan gap ochganlar.

Qilmas sabr gap bitguncha,
Yugurmaydi to yetguncha,
Pana qilmas sel kelguncha,
Oqibatdan gap ochganlar.

Kelavermas hech kutganda,
Achchiq sharob, gʻam yutganda.
Bilsa edi, u bilganda,
Oqibatdan gap ochganlar.

Yur ketaylik bu yerlardan,
Asil inson bor yerlarga.
Balki shunda eslab qolar,
Oqibatdan gap ochganlar.

Yetsa yetar manzilga sheʼr,
Yetmaguncha hech tinmaydi.
Hech yoʻq shuni ham bilsaydi,
Oqibatdan gap ochganlar.....!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍1🔥1👏1