™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
Shu kunlardagi vaziyat haqida qisqacha!

Agar qalbda dardingiz boʻlsa quyosh va issiqni sizga aloqasi yoʻq. Baxtli boʻlsangiz ham!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Oqibat haqida ikki ogʻiz soʻz

⭕️ Oqibat, biz hammadan talab qiladigan oqibat, minnat qiladigan oqibat, bilmaganimiz oqibat.........

🔘 Aslida oqibat siz kimgadur telefon qilganingizda uning har soatda sizga javob qaytarishi, har soniya sizni eslashi emas, ogʻir kuningizda chaqirmasingizdan, chaqirishga ulgurmasingizdan hozir boʻlishi;

🔘 Oqibat doʻstingiz sizning telegramdan yozgan xabaringizga darrov javob qaytarishi, sizni har ayyomda bir xil tabrik bilan eslashi emas, shirin diydorda mehrning koʻzda boʻlishi;

🔘 Oqibat sizni har yerda maqtash va olqishlashlari emas, pinhona duolarida esga olish;

🔘 Oqibat har kuni koʻrishish, kunni oʻyin kulgu va aysh ishrat bilan oʻtkazish emas, doʻstini iymon sari yetaklash, uni qalbiga nur olib kirish, qoʻlidan yetaklab jumʼa namoziga olib borish!

Shu oqibat, shu hayr, shu halovat va shu taskin! Oqibat va maynavozchilikni farqlab oling!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
2👍1
😁3👍1👏1
😕😕😕😕
😢1
Forwarded from Arxiv baza 1
👍6
Forwarded from KELAJAK LIDERLARI_NAMANGAN_ARGOS (Rasmiy kanal) (Murodjon Nabijonov)
Tayinlov

Namangan viloyati "Kelajak liderlari" klubi aʼzosi. Tursunov Ramziddin Abdixalil oʻgʻli Oʻzbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi Namangan viloyati Kengashida Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis lavozimiga ishga qabul qilindi.

Tursunov Ramziddin 1999-yilda Fargʻona viloyati Dangʻara tumanida tavallud topgan. Maʼlumoti oliy. 2022-yilda Namangan davlat universitetini tamomladi!

🇺🇿
@Kelajak_liderlari_Namangan🇺🇿
👍6👏1
#Bandi

U keldi, tavba bilan, qalbida mung va hasrat, koʻzi marjon yosh bilan qaytdi, vataniga, oʻsha kindik qoni toʻkilgan, bolaligi, begʻuborligi oʻtgan tuproqlarga qadam qoʻydi, tomogʻiga nimadur tiqildi, oʻzi ham bilmasdi..........
Olib ketishdi, shu bilan qaytib na quyosh va na oʻsha tuproqni koʻrdi(?

Nafsi olib ketgandi, vafo qilmadi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Jumʼa ayyomingiz muborak boʻlsin!
#Oʻng

Haqiqat nima ekanligini kimgadur uqdirishdan avval shuni yodda tuting, har kim uchun oʻng taraf bu uning oʻng tomoni, chap esa chap tarafi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Ana boʻlmasa 😕😭
😁5😱2👍1
#Sabab

Biz shunday insonmizki, bizda doim sabab bor, sabablar koʻp, ortigʻi bilan, har qanday holat va vaziyat uchun tayyor, faqat unga mos muammo yarata olsak bas!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍2
Abiturient ukalarim va singillarim!

Yaqinlashib kelayotgan imtihonlarda barchangizga omad yor bo'lsin, ota onangiz, oila a'zolaringiz va barcha yaqinlaringiz oldida yuzingiz yorug' bo'lsin, talabalik baxti sizlarga ham nasib qilsin. Ko'nglingizga solgan savollar tushsin, qilgan mehnatlaringiz va olgan ilmingiz ziyoda bo'lsin. Imtihondan quvonch va yuzingizda tabassum bilan chiqish nasib qilsin.

Talabalik yillaringizda hech ham ilm olishni va ziyo yo'lini to'xtatmang, zero halovat shunda, taskin shunda. Yo'lingiz ilm nuri bilan nurafshon bo'lsin. Alloh yo'lingizni hayrli qilsin!

Omad yor bo'lsin!

® Ramziddin Tursunov

Namangan viloyati Kelajak liderlari klubi aʼzosi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Namangan viloyat Kengashi yetakchi mutaxassisi
👍2
"Bizga koʻproq, gʻaflatdan qaytaradigan inson emas, balki nafs yoʻliga undayotgan doʻstlarimiz qadrliroq, chunki ular manfaatni bizga hozirning oʻzida beradi (bermoqda)...!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Jumʼa ayyomingiz muborak boʻlsin!

@Taskinnn
Nega taskin yozmay qoʻyganim sezdim, bugun his qildim. Yangi ish, ishonch, masʼuliyat, vaqt tigʻizligi......

Hech biri emas ekan, shunchaki jannatimning mehriga ehtiyojim bor, ilinjim bor.

Ketdim Qoʻqonim tomon, Mulkobodim tomon!
👍1