™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#Tafsiya

🔘 Aql-u hushingiz joyida vaqtida yodingizda boʻlsin, agar hayr yoki haqqa qaytarish uchun boʻlmasa hech vaqti ikki inson oʻrtasiga tushmang.

⭕️ Ichganingiz zaxar-u, chaynaganingiz tuproq boʻladi, kifoyasiga sherik boʻlib qolishingiz mumkin.

P/S: ikki ot tepishsa oʻrtada eshak oʻladi! (xalq tilidan)

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍2
#Inson

🔘 Har qaysi inson qalbining tub tubida bir orzu bor, eng bemaʼni va ahmoqona orzu, vaqt va imkon bor, lekin toʻsiq bor, subut;

🔘 Har qaysi inson bagʻrida bir buyuk armoni bor, achchiq va ogʻriqli, hatto eslashni yurak koʻtarmaydi, unga vaqtning ahamiyati yoʻq, vaqt davolay olmaydi;

🔘 Har qaysi bandaning bir ogʻir gunohi bor, bari baridan katta va ogʻirroq, har yodiga olganida tavbadan boshi koʻtarilmaydi;

🔘 Har qaysi halol moʻminning bir yoʻldan adashgan birodari bor, ikkisining shu holatda qarishi halokat;

🔘 Har qaysi badnafs badavlatning million million pullari bor, ehsondan yashirib qimorga atalgan;

🔘 Har qaysi qiyomatli qalin doʻstlarning bir birlariga ayta olmagan ikki ogʻiz gapi bor, qilgan hiyonati va yolgʻoni haqida;

🔘 Har qaysi insonning oʻz yoʻli, oʻz manzili, oʻz dunyosi, oʻz halovati va taskini bor, huddi Gʻulom kabi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍6😢2
Forwarded from Ubaydullayev's blog
Bugun bir dardi-dun boʻlgan dunyoning ertasi haqida gaplashamizmi?

P/C: Izohlarda belgisini yozib qoldiring! 10ta reaksiyadan soʻng suhbatni boshlaymiz!

@Ubaydullayev_Shaxboz
👍2
#Inson

🔘 Inson, undan yaxshi quruvchi yoʻq, koʻrsang havasing ortadigan bunyodkor, qalblarni yashnatadi, uning qoʻli gul!

⭕️ Inson, undan qabix va buzgʻunchiroq, chirkin va tuban mavjudot yoʻq, taqdirlarni barbod qiladi, qalblarni sindiradi, uning qoʻli qon(!

Biz insonmiz!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
📿 Oʻtgan jumʼa, masjid, peshin vaqti. Oldi qatorda oʻtirgan bir birodar oldida 0,5 baklashkada suv bor edi, qaydam, chanqagani, havo issiqligidan olib olgan boʻlsa kerak.....

💧Duodan soʻng hamma turib, sekin asta qayta boshladi, nimadur sabab ortga qaradim, sohibidan ajralgan idish yolgʻiz qolibdi!

Ayyomingiz muborak boʻlsin!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Shu kunlardagi vaziyat haqida qisqacha!

Agar qalbda dardingiz boʻlsa quyosh va issiqni sizga aloqasi yoʻq. Baxtli boʻlsangiz ham!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Oqibat haqida ikki ogʻiz soʻz

⭕️ Oqibat, biz hammadan talab qiladigan oqibat, minnat qiladigan oqibat, bilmaganimiz oqibat.........

🔘 Aslida oqibat siz kimgadur telefon qilganingizda uning har soatda sizga javob qaytarishi, har soniya sizni eslashi emas, ogʻir kuningizda chaqirmasingizdan, chaqirishga ulgurmasingizdan hozir boʻlishi;

🔘 Oqibat doʻstingiz sizning telegramdan yozgan xabaringizga darrov javob qaytarishi, sizni har ayyomda bir xil tabrik bilan eslashi emas, shirin diydorda mehrning koʻzda boʻlishi;

🔘 Oqibat sizni har yerda maqtash va olqishlashlari emas, pinhona duolarida esga olish;

🔘 Oqibat har kuni koʻrishish, kunni oʻyin kulgu va aysh ishrat bilan oʻtkazish emas, doʻstini iymon sari yetaklash, uni qalbiga nur olib kirish, qoʻlidan yetaklab jumʼa namoziga olib borish!

Shu oqibat, shu hayr, shu halovat va shu taskin! Oqibat va maynavozchilikni farqlab oling!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
2👍1
😁3👍1👏1
😕😕😕😕
😢1
Forwarded from Arxiv baza 1
👍6
Forwarded from KELAJAK LIDERLARI_NAMANGAN_ARGOS (Rasmiy kanal) (Murodjon Nabijonov)
Tayinlov

Namangan viloyati "Kelajak liderlari" klubi aʼzosi. Tursunov Ramziddin Abdixalil oʻgʻli Oʻzbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi Namangan viloyati Kengashida Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis lavozimiga ishga qabul qilindi.

Tursunov Ramziddin 1999-yilda Fargʻona viloyati Dangʻara tumanida tavallud topgan. Maʼlumoti oliy. 2022-yilda Namangan davlat universitetini tamomladi!

🇺🇿
@Kelajak_liderlari_Namangan🇺🇿
👍6👏1
#Bandi

U keldi, tavba bilan, qalbida mung va hasrat, koʻzi marjon yosh bilan qaytdi, vataniga, oʻsha kindik qoni toʻkilgan, bolaligi, begʻuborligi oʻtgan tuproqlarga qadam qoʻydi, tomogʻiga nimadur tiqildi, oʻzi ham bilmasdi..........
Olib ketishdi, shu bilan qaytib na quyosh va na oʻsha tuproqni koʻrdi(?

Nafsi olib ketgandi, vafo qilmadi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Jumʼa ayyomingiz muborak boʻlsin!
#Oʻng

Haqiqat nima ekanligini kimgadur uqdirishdan avval shuni yodda tuting, har kim uchun oʻng taraf bu uning oʻng tomoni, chap esa chap tarafi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Ana boʻlmasa 😕😭
😁5😱2👍1