™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
Xalqim deb yugurar xovuchlab jonin,
Xalqiga bagʼishlar shuhratin shonin.
Lekin shu chopishda keta ketguncha,
Tozalab boradi xalqin hamyonin....

© Abdulla Oripov

@Taskinnn
👍2👏1
#Qiyomat

Qiyomat yaqinmush, unga oz qolibdi deguvchi, alomatlarga qarab fol koʻrayotgan ey birodar, unutma - qaysiki inson haq yoʻlidan ozib, Allohni unutgan, iflos qilmishlarga botgan, bir halol miskin va yoki musofirni talagan, ojizni tahqirlagn, nafs quliga aylanib zinoga yotgan, gʻiybat va fasod bilan bir bandaning tanasini gʻajigan va mutlaqo pushaymon-u tavbani unutgan kuni oʻsha insonning qiyomati, oʻzga emas!

P/S: Iltimos, toʻgʻri talqin eting!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍5👏1😢1
#Keyinchi

🏆Maqsadni katta qoʻydingiz, butun umringizni unga bagʼishladingiz, har narsadan uni ustun koʻrdingiz, baʼzan vaqtdan, baʼzan doʻstlardan, baʼzan oiladan, baʼzan.... uni ustun qoʻydingiz va siz eng yuqori marralarni zabt etdingiz, hamma sizni eng kuchli ekanligingizni tan oldi👏

⭕️ Keyinchi, kimga foyda, nimaga erishdingiz, insonlarga qanday yaxshilik va hayr qoldi sizdan?

🔘 Qarorning toʻgʻri yoki xatoligini bilish uchun umrni tikish shart emas, shunchaki maqsad va hohishga qul boʻlib qolmang!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍3🔥1👏1
#Sanʼat

🧱 Universitetda uchinchi kursda oʻqib yurgan kezlarim kunlik mehnatga ishga bordim. Kechasi bilan ishlab, erta tongda qaytayotgan vaqtimiz birga ishga borgan bir notanish inson savol berib qoldi
- pul topish sanʼatmi yoki ishlatish?
- qiyinchilik, mashaqqat va haloldan topish, deb javob qaytardim!
- eh ahmoq bola, topgan pulingni hayr yoʻlida ishlatish sanʼatdir, esingdan chiqmasin, deb javob qaytardi!

🔘 U insonni qaytib koʻrmadim, lekin chiroyli xulosa qildim. Ilm olish, oʻrganish, koʻpdan koʻp kitob oʻqish sanʼat emas, balki unga amal qilish, qila olish haqiqiy sanʼatdir!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
🔥3👏2👍1
#Halovat

Yoshi oʻn oltiga toʻlgan yigit ota-onasining oldiga boribdi, ota-onasining unga kelajakda kim boʻlmoqchisan degan savoliga u oʻgʻri deb javob beribdi. Shunda unga yana savol berishibdi:
- ishni nimadan boshlamoqchisan oʻgʻlim?
- qoʻshnimizni qoʻyini oʻgʻirlayman, debdi.

Ertasi kuni otasi bilan birga qoʻshnini qoʻyini oʻgʻirlashibdi, uyiga olib kirib soʻyishibdi, goʻshtini naqd oʻn kun yeyishibdi. Oʻn kunda ota oʻn kiloga semiribdi, oʻgʻil esa oʻn kiloga ozibdi. Oʻgʻli otasidan buning sababini soʻraganida shunday javob olibdi:

- Sen qoʻyni oʻgʻirlaganing uchun uni goʻshtini qoʻrquv, hadik bilan yeganing sabab ozib ketding, u senga harom edi, men esa qoʻyni oʻgʻirlashdan bir kun avval qoʻshniga uni pulini berib qoʻygan edim, shuning uchun hotirjamlik va halovat bilan uni tanavvul qildim oʻgʻlim, hamma gap halovatda!

Abdujabbor akam bilan suhbatlardan

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍4👏1
Jumʼa ayyomingiz muborak boʻlsin!

@Taskinnn
#Tafsiya

🔘 Aql-u hushingiz joyida vaqtida yodingizda boʻlsin, agar hayr yoki haqqa qaytarish uchun boʻlmasa hech vaqti ikki inson oʻrtasiga tushmang.

⭕️ Ichganingiz zaxar-u, chaynaganingiz tuproq boʻladi, kifoyasiga sherik boʻlib qolishingiz mumkin.

P/S: ikki ot tepishsa oʻrtada eshak oʻladi! (xalq tilidan)

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍2
#Inson

🔘 Har qaysi inson qalbining tub tubida bir orzu bor, eng bemaʼni va ahmoqona orzu, vaqt va imkon bor, lekin toʻsiq bor, subut;

🔘 Har qaysi inson bagʻrida bir buyuk armoni bor, achchiq va ogʻriqli, hatto eslashni yurak koʻtarmaydi, unga vaqtning ahamiyati yoʻq, vaqt davolay olmaydi;

🔘 Har qaysi bandaning bir ogʻir gunohi bor, bari baridan katta va ogʻirroq, har yodiga olganida tavbadan boshi koʻtarilmaydi;

🔘 Har qaysi halol moʻminning bir yoʻldan adashgan birodari bor, ikkisining shu holatda qarishi halokat;

🔘 Har qaysi badnafs badavlatning million million pullari bor, ehsondan yashirib qimorga atalgan;

🔘 Har qaysi qiyomatli qalin doʻstlarning bir birlariga ayta olmagan ikki ogʻiz gapi bor, qilgan hiyonati va yolgʻoni haqida;

🔘 Har qaysi insonning oʻz yoʻli, oʻz manzili, oʻz dunyosi, oʻz halovati va taskini bor, huddi Gʻulom kabi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍6😢2
Forwarded from Ubaydullayev's blog
Bugun bir dardi-dun boʻlgan dunyoning ertasi haqida gaplashamizmi?

P/C: Izohlarda belgisini yozib qoldiring! 10ta reaksiyadan soʻng suhbatni boshlaymiz!

@Ubaydullayev_Shaxboz
👍2
#Inson

🔘 Inson, undan yaxshi quruvchi yoʻq, koʻrsang havasing ortadigan bunyodkor, qalblarni yashnatadi, uning qoʻli gul!

⭕️ Inson, undan qabix va buzgʻunchiroq, chirkin va tuban mavjudot yoʻq, taqdirlarni barbod qiladi, qalblarni sindiradi, uning qoʻli qon(!

Biz insonmiz!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
📿 Oʻtgan jumʼa, masjid, peshin vaqti. Oldi qatorda oʻtirgan bir birodar oldida 0,5 baklashkada suv bor edi, qaydam, chanqagani, havo issiqligidan olib olgan boʻlsa kerak.....

💧Duodan soʻng hamma turib, sekin asta qayta boshladi, nimadur sabab ortga qaradim, sohibidan ajralgan idish yolgʻiz qolibdi!

Ayyomingiz muborak boʻlsin!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Shu kunlardagi vaziyat haqida qisqacha!

Agar qalbda dardingiz boʻlsa quyosh va issiqni sizga aloqasi yoʻq. Baxtli boʻlsangiz ham!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Oqibat haqida ikki ogʻiz soʻz

⭕️ Oqibat, biz hammadan talab qiladigan oqibat, minnat qiladigan oqibat, bilmaganimiz oqibat.........

🔘 Aslida oqibat siz kimgadur telefon qilganingizda uning har soatda sizga javob qaytarishi, har soniya sizni eslashi emas, ogʻir kuningizda chaqirmasingizdan, chaqirishga ulgurmasingizdan hozir boʻlishi;

🔘 Oqibat doʻstingiz sizning telegramdan yozgan xabaringizga darrov javob qaytarishi, sizni har ayyomda bir xil tabrik bilan eslashi emas, shirin diydorda mehrning koʻzda boʻlishi;

🔘 Oqibat sizni har yerda maqtash va olqishlashlari emas, pinhona duolarida esga olish;

🔘 Oqibat har kuni koʻrishish, kunni oʻyin kulgu va aysh ishrat bilan oʻtkazish emas, doʻstini iymon sari yetaklash, uni qalbiga nur olib kirish, qoʻlidan yetaklab jumʼa namoziga olib borish!

Shu oqibat, shu hayr, shu halovat va shu taskin! Oqibat va maynavozchilikni farqlab oling!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
2👍1
😁3👍1👏1
😕😕😕😕
😢1
Forwarded from Arxiv baza 1
👍6