™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
Кажфеъл, кажрафторлар тарбиясига
Каждумлар қисмати ибратдир аён.
Жаҳолат авжида ўз миясига
Ниш уриб қўяди баъзида чаён.

Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов, 1988 йил.
Bejiz aytilmagan qissadan hissa,
Bejizga uzilmas shoxlardan barglar...
Yodingdan chiqmaydi, eng baxtli dardlar,
Bejiz mas, gard dunyo, gʻarib odamlar..!


® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
#Ijtimoiy_tarmoq

Ijtimoiy tarmoqlardan ikki maqsad boʻlsa foydalangan maʼqul. Biri foyda olish: maʼlumot almashish, umumiy axborot va soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻlish, ibrat olish.
Ikkinchisi: kim uchundir hayrli yoʻlda foyda berish, oʻz ibratli fikrlari va tajribasini ulashish, kimningdir qalbiga oz boʻlsada iliqlik berish.

P/S: Bizda esa telegram foydalanuvchilari bekorchi boʻlib qolsa kontaktidagi insonlar profilini tomosha qilishni kanda qilishmaydi😅

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
Yoshlar kuni muborak boʻlsin!

Aziz doʻstlarim, aka-ukalar va opa-singillar, mamlakatimizning tayanchi va ertangi kun egalari, barchangizga bugungi kun muborak boʻlsin, shunday kunlarni yana koʻpini koʻrish nasib qilsin, Alloh hammamizni hayrli va hikmatli, ilm va hidoyat yoʻlidan chalgʻitmasin, ota onalarimiz, yaqinlarimiz va shu halol xalqimizning duosi bilan har doim va har yerda yorugʻ yuz hamda halovat bilan yuraylik!

Hurmat bilan: Ramziddin Tursunov
#Yaxshilik

Yaxshi inson, halol inson, sabrli va samimiy inson har doim va har yerda oʻz oʻrnidan (vaqtidan) soʻng hotirlanadi. Albatta malomat va taʼna bilan! Har kim jamiyatga oʻz qarichi va fitratidan kelib chiqib baho beradi. Hayrli yoʻldan chalgʻitmasin, farosatdan ham!


P/S: Bejiz emas: itdan boʻlgan qurbonlikka yaramas!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
Jumʼaning fayzi va barokati sizga ham boʻlsin!

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
Ўқинг, фақат кулманг. Агар эплай олсангиз. 😄

Яримтамўйлов шогирд устозидан сўради:

- Устоз, нега мен 12 йилдан бери ўқишга кира олмаяпман? Бунинг синоати недир?

Устоз чуқур ўйга толди ва вазминлик билан жавоб берди:

- Бўтам, сиз тонг қуёшининг тоғлар ортидан секин-асталик билан чиқишини, майсалар устидаги қировни қитиқлаб эритиб, тиниқ шабнам томчиларига айлантиришини кузатасизми?

- Албатта, устоз.

- Тоғдан шарқираб, оламга шовқин солиб тушаётган шаршаранинг, дарёда сокин мавжланаётган сувнинг сўзларига қулоқ соласизми?

- Шубҳасиз, устоз.

- Кумуш қадаҳга тўлдириб қуйилган майнинг юзида ўз аксингизни кўрганда чуқур ўйга толасизми? Ҳаётнинг маъноси ҳақида фикр юритасизми?

- Жуда ҳам кўп марта, устоз.

- Ойдек сулув гўзалнинг кўксига бошингизни қўйиб, унинг ҳар бир юрак уришида намоён бўлган муҳаббатни вужудингизда хис қиласизми?

- Деярли ҳар куни, устоз.

- Ҳаа, падарингга лаънат! Эшшак, вақтингни бунақа бекорчи нарсаларга сарфламасдан кетингни бир жойга қўйиб, қунт билан ўқиганингда ҳозир университетда профессор бўлиб юрган бўлардинг! Ҳее мол!
😁3👏1
Har kim jisman ozod tugʻilgan, u hur, faqatgina ruhiyatini, fitratini ozod qila olsa bas!

Oʻz qalbini va mafkurasini ozod qila olmagan inson qul boʻlib yashaydi, qaram boʻlib qolaveradi!


® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍2👏1
#Matonat

Yangi davrda ular oʻz maqsadlari yoʻlida hech narsadan qaytishmadi, hech bir kimsa va yoki toʻsiq ularni izdan chiqara olmadi, oʻz hurmati, shaʼni, obroʻ va qadrini ham chetga surib qoʻyishdi, taʼna va malomatlar, boʻxton-u igʻvolar, fisq-u fasodlar, hatto laʼnatlar ham ularni bu yoʻldan qaytara olmadi....

Havas qilasan kishi, inson qadryati shunday boʻlishi kk aslida, haqiqiy matonat sohiblari, metin insonlarda.......

- ular oʻzi kim?
- tik tokerlar(!


Kim uchundir ibrat, kimga esa umr!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
😢2👍1👏1
#Nur

Orzularni yaxshilik va hikmatga bogʻlang, har qaysi yarqiragan narsa yorugʻlik va nur boʻlavermaydi, baʼzan istaklar bizni harob qiladi, harob...!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍1
#Fitna

Nohaqlikdan uzoq yurgan maʼqul, harom, yolgʻon, gʻiybat, fisq-u fasod va frib yaxshilikka yoʻl emas. Bu dunyo mayli, lekin ohiratda fitna qila olmaysiz!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍3
Boshqasiga tegib ketdi bevafo 💔💔



@Taskinnn
😢2
#Rizq

Bugungi kunidan hotirjam, ertangi kun rizqini Allohdan soʻrab, haloldan mehnat qilgan insonning koʻngli halovatga liq toʻla boʻladi! Yoki aksi(?

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍2
Jumʼa ayyomingiz muborak boʻlsin!

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
#Ilk_qadam

🔊 Masjidga jumʼa namozi uchun kelgan insonlardan birini ibodat mahali telefonlari jiringlab qoldi, hushuni oladi, koʻpchilik ijirgʻandi, ora-sura "bez zvuk" qilmaysanmi deb pichirlagan ovozlar ham eshitildi.

📿 Gʻulom hotirjam, hursand, chunki oʻsha insonning masjidga bugun birinchi qadami edi, uning hayoli endi telefonida emasdi.....

P/S: Masjidga, jumʼa namoziga kelgan birinchi safaringizni eslang!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍2
#Sabab

Qiziq, qiziqavermang, baʼzi narsalar uchun sabab shart emas, baʼzilari uchun esa natija. Qayerdadir yoki kimdadir boʻshliq bor, lekin qismatda emas!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍1👏1
#Kechir

Uzoq kutilgan kun, mehr qalbda, chiroyli sabr.......
Oʻsha kishilar erta tongda Hayit namozidan tik oyoqda chiqishdi, allaqayerlarga yoʻl olishdi, menimcha mahalla koʻydagi xonadonlarni aylanishdi.....

Shom mahali, gʻira-shirada oyoqda turolmas holatda ichgan oʻsha kishilar bir birlariga suyangancha guzarda uhlab qolishdi, kimdur qarab qoʻymadi, birinchi martta emas...

Jamiyatim, millatim, meni kechir(!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍2😢2
Xalqim deb yugurar xovuchlab jonin,
Xalqiga bagʼishlar shuhratin shonin.
Lekin shu chopishda keta ketguncha,
Tozalab boradi xalqin hamyonin....

© Abdulla Oripov

@Taskinnn
👍2👏1
#Qiyomat

Qiyomat yaqinmush, unga oz qolibdi deguvchi, alomatlarga qarab fol koʻrayotgan ey birodar, unutma - qaysiki inson haq yoʻlidan ozib, Allohni unutgan, iflos qilmishlarga botgan, bir halol miskin va yoki musofirni talagan, ojizni tahqirlagn, nafs quliga aylanib zinoga yotgan, gʻiybat va fasod bilan bir bandaning tanasini gʻajigan va mutlaqo pushaymon-u tavbani unutgan kuni oʻsha insonning qiyomati, oʻzga emas!

P/S: Iltimos, toʻgʻri talqin eting!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍5👏1😢1
#Keyinchi

🏆Maqsadni katta qoʻydingiz, butun umringizni unga bagʼishladingiz, har narsadan uni ustun koʻrdingiz, baʼzan vaqtdan, baʼzan doʻstlardan, baʼzan oiladan, baʼzan.... uni ustun qoʻydingiz va siz eng yuqori marralarni zabt etdingiz, hamma sizni eng kuchli ekanligingizni tan oldi👏

⭕️ Keyinchi, kimga foyda, nimaga erishdingiz, insonlarga qanday yaxshilik va hayr qoldi sizdan?

🔘 Qarorning toʻgʻri yoki xatoligini bilish uchun umrni tikish shart emas, shunchaki maqsad va hohishga qul boʻlib qolmang!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍3🔥1👏1
#Sanʼat

🧱 Universitetda uchinchi kursda oʻqib yurgan kezlarim kunlik mehnatga ishga bordim. Kechasi bilan ishlab, erta tongda qaytayotgan vaqtimiz birga ishga borgan bir notanish inson savol berib qoldi
- pul topish sanʼatmi yoki ishlatish?
- qiyinchilik, mashaqqat va haloldan topish, deb javob qaytardim!
- eh ahmoq bola, topgan pulingni hayr yoʻlida ishlatish sanʼatdir, esingdan chiqmasin, deb javob qaytardi!

🔘 U insonni qaytib koʻrmadim, lekin chiroyli xulosa qildim. Ilm olish, oʻrganish, koʻpdan koʻp kitob oʻqish sanʼat emas, balki unga amal qilish, qila olish haqiqiy sanʼatdir!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
🔥3👏2👍1