™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#Tabassum

Hech kimning hayot yoʻlini oson koʻrmang. Har kimning oʻzi qodir qilganicha dardi, oʻz sinovi va mashaqqati bor. Eng kuchli tabassum qilgan inson eng kuchli dard sohibi, koʻp kulgu oʻz oʻzidan kelmaydi, u darddan, bir alamdan, bir vijdon azobidan...!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍1👏1
#Gʻanimat

🔘 Bu yolgʻon va nisbiy dunyoda har insonning bir buyuk armoni, hech kimga aytmagan siri, jondan ortiq mehr qoʻygan insoni va toʻkilmagan koʻz yoshlari bor!

Vaqtingizni qadrlang, siz ham gʻanimatsiz birodarim. Mashhur insonlar bir soatda millionlab pul topishadi, lekin milliardlarga ham aqalli oʻn daqiqa vaqtlarini qayta topa olishmaydi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
#XXI_asr

Yangi asr, yangi davr, fan texnika va ilm fan rivojlanishda har qachongidan ham yuksak marraga yetib kelgan. Ajabo, insonlar ham chakana emas.
XXI asrning buyuklaridan biri oʻz nutqida
:
- biz har qachon va har qanday vaziyatda, vulqon otiladimi yoki zilzila, suv toshqini yoki sunami-tarnadolar, hatto oʻzga sayyoraliklar hujumi paytida ham oʻz vaqti va joyida majlis qila olamiz!

Ha, bu yangi davr, yangi zamon, biz kuchlimiz!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍1😁1
Deydilar it hurar oʻtadi karvon,
Ranj-u malomatda yonmasin joning.
Alam qilar ekan bir umir giryon,
Itlar orasidan oʻtsa karvoning....!

© Abdulla Oripov

T.me/Taskinnn
🔥1
Bugun Oliy dargohda bakalavriatning soʻnggi kunlaridan biri, bir ozdan soʻng diplom himoyam.

Alloh hayrli qilsin, yorugʻ yuz bilan chiqish nasib etsin!

Diplom himoya mavzusi: Mafkuraviy kurashda obyekt va subyekt munosabatlari

Ilmiy rahbar: f.f.n. dotsent Mamatov O.V.
👍3
Forwarded from NAMDU | Yoshlar ittifoqi (Aziza Nuriddinova [204]BT)
#Qadrdon_NamDU

Mana, toʻrt yil ham koʻz ochib yumguncha oʻtib ketdi. Namangan davlat universitetiga ilk qadam qoʻygan paytimiz hali hayotdan maqsadimiz nima ekanligini ham bilmas edik.

Shu oliygohda ilmli va izlanuvchan, oʻz vaqtida qattiqqoʻl ustozlardan taʼlim-tarbiya oldik. Hayot yoʻli, chin insonning fitratini bizga oʻrgatishdi. Shu dargohda jonkuyar ustozlarimiz boshchiligida qadrdon jamoaga birlashdik, hayrli ishlarga qoʻl urdik, shu yerda halovat topdik!

Kun kelib mendan dunyodagi eng yaxshi oliygoh qaysi deyishsa, men hech ikkilanmay Garvard yoki Oksford emas, balki menga ilm bergan, yoshligimning eng yorqin kunlarini menga hadya etgan Namangan davlat universiteti deb gʻurur va iftixor bilan ayta olaman. Universitetda oʻtgan toʻrt yilimning hatto bir lahzasidan ham afsuslanmayman!

Hamma hammasi uchun sendan minnatdorman qadrdon NamDU!

Ramziddin Tursunov

Namangan davlat universiteti Yoshlar Kengashi aʼzosi,
Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi yoʻnalishi bitiruvchisi

@yi_namdu
Forwarded from NamDU Registrator Ofis
#Qadrdon_NamDU

Mana, toʻrt yil ham koʻz ochib yumguncha oʻtib ketdi. Namangan davlat universitetiga ilk qadam qoʻygan paytimiz hali hayotdan maqsadimiz nima ekanligini ham bilmas edik.

Shu oliygohda ilmli va izlanuvchan, oʻz vaqtida qattiqqoʻl ustozlardan taʼlim-tarbiya oldik. Hayot yoʻli, chin insonning fitratini bizga oʻrgatishdi. Shu dargohda jonkuyar ustozlarimiz boshchiligida qadrdon jamoaga birlashdik, hayrli ishlarga qoʻl urdik, shu yerda halovat topdik!

Kun kelib mendan dunyodagi eng yaxshi oliygoh qaysi deyishsa, men hech ikkilanmay Garvard yoki Oksford emas, balki menga ilm bergan, yoshligimning eng yorqin kunlarini menga hadya etgan Namangan davlat universiteti deb gʻurur va iftixor bilan ayta olaman. Universitetda oʻtgan toʻrt yilimning hatto bir lahzasidan ham afsuslanmayman! Hamma hammasi uchun sendan minnatdorman qadrdon NamDU!

Ramziddin Tursunov Namangan davlat universiteti Yoshlar Kengashi aʼzosi, Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi yoʻnalishi bitiruvchisi

http://t.me/NAMDU309
Diplomimni aʼlo bahoga himoya qildim!

Ustozlarimdan Alloh rozi boʻlsin, oldilarida qarzim katta!
👍6🔥1👏1
#Gʻarib

Hayot tashvishlari bilan oʻralashib yurgan Gʻulom, shu kunda haftaning qaysi kuni ekanligini ham unutdi, lekin u doʻstlari bilan oʻyin kulguni, oʻsha qurgʻur tamakisini chekishni, kelgan tilaklarga javob berishni va peshin mahali tushlik qilishni yodidan chiqarmadi!


Afsus, kunlik amalini qila olmagan bu gʻarib, shu hafta ajridan ham quruq qoldi. Ey Rabbim, hammaga ham mustahkam iymon va hidoyat bergin!

® Ramziddin Abdikhalil

📌 2022.06.24 (jumʼa)

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
🔥2😢1
#Havas

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilari baʼzan magistlar kiyimini kiyishlariga juda koʻp guvoh boʻlamiz, chiroyli, yoshlikning oltin davri, lekin avvalo unga munosib boʻlish, ushbu darajaga mos mehnat, ham ilmiy, ham hayot tajribasi bilan erishish lozim

📌 Yaxshi niyat albatta yaxshi, lekin baʼzan eng chiroyli sabr qadrli va oʻrinli boʻladi! Yarashadigan ishni qilish eng maʼquli!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍1
#Farosat

Talabaligimning ikkinchi yilida bir ustozimiz birinchi kurs talbasining:


- "nega bizni teatr va qariya ustozlarning bemani gap-u nasihatlarini eshitish va safsatalarini tinglash uchun olib boraverishadi" degan savoliga javoban shunday fikr bildirgan edi:

- "agar jamiyatdagi insonlar maʼnaviyat va axloqni, ezgulik va ibratni oʻzlari hohlashmasa ularga buni majburan singdirishga majburmiz" degan edi!

Hush kelibsiz shu kunlarga azizlar!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍3👏1😢1
#Ket

Bu jamiyatning va insonlarning fisq-u fasodlari, chirkin qilmishlari, gʻurbat va taʼnalar, gumonlar, soxtalik va ikkiyuzlamachilik, inson shaxsidan faqat manfaat koʻzlovchi insonlar (agar inson fenomeniga loyiq boʻlsa)....... Hech boʻlmasa siz yaxshi boʻling, oʻz qoʻlingizdaku hammasi. Yoki keting, huddi men kabi!


- qayerga ketdingiz?
- Chodakka, dam olib kelaman😁


® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
😁2🤩1
#Vijdon

Biror nojoʻya ishga qoʻl urayotgan vaqtingizda koʻngildan gʻaliz va mujmal tuygʻular oʻtayotgan boʻlsa, ikkilansangiz unutmangki - sizda oz boʻlsada vijdon bor, hali uning miltiragan nurlari soʻngani yoʻq, uni yoʻqotib qoʻymang!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍3👏3😁1
Sizning muvofaqiyatingiz uvoqdek boʻlsa ham qalbi qusr inson uchun dunyolarcha gʻurbat keltiradi, ularning olamlarcha quvonchi fonida esa sizning hayrihohligingiz koʻrinmaydi!

Oʻzingiz uchun yashang!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Кажфеъл, кажрафторлар тарбиясига
Каждумлар қисмати ибратдир аён.
Жаҳолат авжида ўз миясига
Ниш уриб қўяди баъзида чаён.

Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов, 1988 йил.
Bejiz aytilmagan qissadan hissa,
Bejizga uzilmas shoxlardan barglar...
Yodingdan chiqmaydi, eng baxtli dardlar,
Bejiz mas, gard dunyo, gʻarib odamlar..!


® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
#Ijtimoiy_tarmoq

Ijtimoiy tarmoqlardan ikki maqsad boʻlsa foydalangan maʼqul. Biri foyda olish: maʼlumot almashish, umumiy axborot va soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻlish, ibrat olish.
Ikkinchisi: kim uchundir hayrli yoʻlda foyda berish, oʻz ibratli fikrlari va tajribasini ulashish, kimningdir qalbiga oz boʻlsada iliqlik berish.

P/S: Bizda esa telegram foydalanuvchilari bekorchi boʻlib qolsa kontaktidagi insonlar profilini tomosha qilishni kanda qilishmaydi😅

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
Yoshlar kuni muborak boʻlsin!

Aziz doʻstlarim, aka-ukalar va opa-singillar, mamlakatimizning tayanchi va ertangi kun egalari, barchangizga bugungi kun muborak boʻlsin, shunday kunlarni yana koʻpini koʻrish nasib qilsin, Alloh hammamizni hayrli va hikmatli, ilm va hidoyat yoʻlidan chalgʻitmasin, ota onalarimiz, yaqinlarimiz va shu halol xalqimizning duosi bilan har doim va har yerda yorugʻ yuz hamda halovat bilan yuraylik!

Hurmat bilan: Ramziddin Tursunov
#Yaxshilik

Yaxshi inson, halol inson, sabrli va samimiy inson har doim va har yerda oʻz oʻrnidan (vaqtidan) soʻng hotirlanadi. Albatta malomat va taʼna bilan! Har kim jamiyatga oʻz qarichi va fitratidan kelib chiqib baho beradi. Hayrli yoʻldan chalgʻitmasin, farosatdan ham!


P/S: Bejiz emas: itdan boʻlgan qurbonlikka yaramas!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin